O’rta Osiyoning qadimiy o’lchov birliklari.
Hozirgi o‘lchov birliklari qabul qilinmasdan oldin O‘rta Osiyoda xilma-xil
o‘lchov birliklari bo‘lgan. Mamlakatimizda hozirgi o‘lchov birliklari 1918 yilda
joriy qilingan. 1927 yildan e‘tiboran boshqa har qanday o‘lchov birliklaridan
foydalanish butunlay man etilgan. Shundan so‘ng uzunlik uchun metr, og‘irlik
uchun kilogramm, hajm uchun kub metr, suyuqlik uchun litr, vaqt uchun soniya va
ularning hosilalari qabul qilindi.
Shunga qaramasdan yozma adabiyotda va xalq orasida botmon, misqol tosh,
gaz, qarich, tanob, chaksa kabi o‘lchov birliklari hamon tilga olinadi. O‘rta
Osiyodagi qadimiy o‘lchov birliklari haqida bir qancha tarixchilar, sharqshunoslar,
etnograflar, tilshunoslar so‘z yuritganlar. Ana shu mutaxassislarning fikrlarini
keltirib o‘taman.
Do'stlaringiz bilan baham: |