Elektronika asoslari
8-sinflarga
3
ta
mavzu:
Elektronika
elementlari.
Rezistor
va
kondensatorlarning turlari, tuzilishi va ishlash prinsipi, 1soat. Yarimo`tkazgichli
51
qurilmalar ( diod, tranzistor, tiristor, fotodiod, varikap, svetodiod ), 2 soat. Oddiy
mikrosxemalarning ishlash prinsipi bilan tanishish va ularni ishlatishni o‘rganish, 2
soat. Jami: 5 soat kiritildi.
9-sinflarga
3 ta mavzu: Avtomatikaning asosiy tushuncha va atamalari, 2
soat. Avtomatik qurilmalar (avtomatik nazorat, avtomatik boshqarish, avtomatik
rostlash ), 2 soat. Avtomatik qurilmalarning asosiy elementlari, 2 soat. Jami: 6 soat
kiritildi.
Kasb tanlashga yo`llash (bo‟limiga qo‟shimcha)
9-sinflarga
2 ta mavzu: Mahalliy hududda joylashgan KHK va AL larda
tayyorlanayotgan mutaxasisliklar va yo‘nalishlar to‘g‘risida ma‘lumot, 1 soat.
Mahalliy hududda joylashgan ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlardagi
kasblar to‘grisida ma‘lumotlar berish hamda kasbga yo‘naltirish, 1 soat. Jami:2
soat kiritildi.
Mehnat ta‘limi fanining optimallashtirilgan o‘quv dasturi (1-ilova)da to‘liq
aksini topgan.
52
2. Mehnat ta‟limining optimallashtirilganlashtirilgan mazmunda
o„qitish metodikasi
Bugungi kunda mehnat ta‘limi oldida ishlab chiqarish sohalariga yuqori
malakali va chuqur bilimga hamda kasbiy bilim, ma‘naviy barkamol, ijodkorlikga
ega bo‗lgan o‗quvchilarni yetkazib berish masalasi dolzarb bo‗lib turibdi.
O‗quvchilar mehnat ta‘limi fanini o‗zlashtirish jarayonida ta‘limning to‗rtta
shartini chuqur o‗zlashtirgan bo‗lishlari kerak, bular: fanini a‘lo darajada bilish,
kasb egallashni jon-dilidan sevish va fanlarga nisbatan qiziqish, amaliy ishlarni
hozirgi davr talablari asosida bajarish, chuqur bilimga ega bo‗lish kabilardir. Bular
o‗z navbatida o‗qituvchilarning kasbiy mahoratini yanada yaxshilashga, ularni
ijodiy fikrlovchi va tashabbuskor mutaxassislar qilib tarbiyalashga xizmat qiladi.
Mehnat ta‘limini optimallashtirilganlashtirilgan mazmunda o‗qitish
o‗rganadigan jarayonlarning murakkabligi, chuqur mushohada hamda tasavvur
qilish jihatlarni talab qilishi, umumtexnik bilimlarni egallashi bilan ajralib turadi.
Shu sababli ham bu sohani insonparvarlashtirish masalasi birinchi o‗rinda turadi.
YA‘ni, bu fanning o‗qitilishini o‗quvchilar tushunadigan darajada tashkil etish va
pirovard natijada yuqori samaradorlikka erishish. Buning uchun har bir mavzuni
mehnat faning boshqa bo‗limidagi mavzular bilan solishtirgan holda bayon qilish
muhim natija beradi. Masalan, elektrotexnika ishlari bo‗limini o‗qitishda yarim
―Elektr o`tkazgichlarni montaj qilish izolliyatlash ishlari. Elektr asboblari‖
Mavzusini o‗qitishda fizika fanining
“
Elektr toki. Elektr zanjir‖ bo‗limi bilan
uyg‗unlashtirish masalalari. Yoki texnologiya va dizayin yo‗nalishida ―Metalga
ishlov berish texnologiyasi‖ bo‗limining ―Mashina, mexanizm, stanoklar va
ulardan foydalanish‖ qismini o‗qitishda ―Tokarlik-vint qirqish stanogining
vazifasi, qo`llanishi, tuzilishi, asosiy qismlari va ularning vazifasi. Tokar va
chilangarning ish o`rnini tashkil qilish‖ mavzusi ―Yog`ochga ishlov berish
texnologiyasi‖ bo‗limining ―Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan
foydalanish‖ qismida o‗qitiladigan ―Stanoklarning asosiy qismlari va vazifalari.
Yog`ochga ishlov beradigan tokarlik stanogining ish tamoyillari, unda
bajariladigan operatsiyalar‖ mavzusi bilan integratsilashgan holda o‗qitilsa va
53
hakoza. Shunga o‗xshash fizika, matematika, iqtisod, kimyo va biologiya fanlari
bilan ham turli bog‗lanishlarni keltirish mumkin.
Ikkinchi tomondan mehnat ta‘limi optimallashtirilgan mazmunini tanlashda
ishlatiladigan terminlar, tushunchalar, o‗lchov birliklari, yo‗nalishlarga xos
mavzular ular o‗rtasidagi bog‗liklik ham o‗rganuvchilar uchun qandaydir abstrakt,
ahamiyatsiz, ma‘nosizday bulib tuyuladi. Shu sababdan ham mehnat ta‘limi
fanidan, mehnat ta‘limi optimallashtirilgan mazmunini tanlashda mavzularini
o‗quvchilarga yetkazishda o‗ziga xos yondashuv zarurligini ta‘kidlash muhim.
Ko‗p yillik kuzatuvlar shuni ko‗rsatadiki, har bir mavzu maqsadini bayon qilishda,
uning sababini yoritishda, mavzuda ishlatiladigan terminlar, bilimlar va
tushunchalarni o‗quvchilar onggiga chuqur yetib borishini ta‘minlashdan iborat
bo‗lgandagina samara beradi. Shu sababli mehnat ta‘limi optimallashtirilgan
mazmunini tanlash asosida mavzularni o‗rganishda shakllantirilayotgan bilim,
ko‗nikma va malakalar va tushunchalarni egallashga alohida hamda zarur hollarda
har bir mavzu doirasida batafsil to‗xtalib o‗tish, ularga tabiat, jamiyat va fanlar
kesimidagi tushunchalar bilan bog‗lab tushuntirib borish yaxshi natija beradi .
Uchinchidan, texnik modellashtirish bilan bog‗liq mavzularni bayon qilishda
bu fanga kiritilish sabablarining to‗liq ifodalanishiga erishish lozim. Masalan,
o‗quvchining o‗zaro o‗rganilayotgan mavzular asosida biror bir amaliy ish
bajarishda uning ijodiy tafakkur mahsulini ko‗rish maqsadida o‗quvchining formal
bilimlariga bog‗liq emaslik xususiyati birinchi ichki, yashirin bo‗lgan ―ijodiy
qobilyatlarning‖ namoyon bo‗lishi ―model‖ va ―modellashtirish‖ tushunchasining
fanga kiritilishi asosida tushuntirildi. Shunga o‗xshash model va modellashtirish
tushunchalarinig birga ularga mos xususiyatlarning kiritilishiga sabab bo‗ldi.
Mehnat ta‘limi optimallashtirilgan mazmunini tanlashning hozirgi holatida biz
mavzularining mohiyati boshqa fanlar kesimida ularning o‗quvchilarga yosh
xususiyatlarini hisobga olib o‗qitilishi hamda bir necha mavzularning takroriy
kelishini, o‗quvchilarga jamiyatda rivojlanayotgan sohalarga qarab o‗rgatishga
erishishimiz lozim bo‗ladi. Shu sababli ham bu fanning tabiat, jamiyat, ishlab
chiqarish va milliy hunarmandchilik an‘anlarini davom etirishimizni yanada
54
yaqqol tushuntirish ―mehnat ta‘limi‖ faniga yangicha yondashuv asosida amalga
oshirildi.
Bu
yangicha
talqin
o‗quvchilarning
mehnat ta‘limi fanini
o‗zlashtirishlariga imkon beradi.
Uzoq yillar mobaynida pedagogika amaliyotida ustuvor o‗rin egallab kelgan
an‘anaviy ta‘lim, o‗quvchilarning yalpi o‗qishini va ularning bilish faoliyatini
passiv tinglovchi sifatida tashkil etishni nazarda tutar edi. O‗qitish ishlarini tashkil
qilish o‗rtacha o‗qiydigan (bilim oladigan) o‗quvchilarga mo‗ljallangan bo‗lardi.
Lekin, bu kamchilikni bartaraf etish maqsadida, individual va kichik guruhlarga
ajratib o‗qitishlarni taklif qilish mumkin edi. Umuman olganda bilim oluvchi
o‗quvchi subekt, dars beruvchi obekt vazifasini bajarardi.
14
Hozirgi ta‘lim tizimimizda esa o‗quv jarayonida asosiy e‘tibor bilim
oluvchiga qaratiladi va u o‗quv jarayonida obekt vazifasini bajaradi. Dars beruvchi
asosiy e‘tiborini bilim oluvchining talabiga qaratishi kerak bo‗ladi. Aynan shunday
yondashuv mehnat ta‘limi optimallashtirilgan mazmunini tanlashda qo‗l keladi. Bu
yondashuv mehnat ta‘limi optimallashtirilgan mazmunini tanlashning xarakteriga,
ya‘ni umumkasbiy bilimlar, ko‗nikma va malakalar hamda tasavvurlar zarurligi,
jarayonlarning anglab yetilishi uchun ko‗p ijodiy mehnat talab qilinishi kabi o‗ziga
xosliklariga to‗g‗ri keladi. Shuning uchun darslarni mavzular mohiyatining
o‗quvchilarga yetib borishiga qarab boshqarish zarurligi kelib chiqadi.
O‗quvchilar mahsuldor faoliyatni bajarishda doimo yangilikka duch keladi
yoki yangi obektlar, hodisa va jarayonlar, faoliyat metodlari vujudga keladi. Har
ikki faoliyat turi ham mustaqil ravishda yoki tashqaridan ko‗rsatilgan ta‘sir
yordamida bajariladi. Nomahsul faoliyat yo‗riqnoma, lug‗at orqali yoki
harakatlarni bajarish qoidalari to‗g‗risida boshqa bir axborot manbalari asosida
ko‗rsatmasiz bajarilsa, mahsuldor faoliyat ma‘lum metodik ko‗rsatmalar ostida
bajarilishi mumkin.
14
Толипов Ў.Қ. Олий педагогик таълим тизимида умуммеҳнат ва касбий кўникма ва малакаларни
ривожлантиришнинг педагогик технологиялари: Дис. … пед. фан. Докт. – Т.: 2004. – 314 б.
55
Professor N.Saydahmedov yuqorida bayon qilingan fikrlarni hisobga olgan
holda o‗quvchilarning o‗quv materiallarini o‗zlashtirish faoliyatini quyidagi 4
daraja asosida ko‗rsatgan:
15
Do'stlaringiz bilan baham: |