uchinchidan,
mehnat
ta‘limi mazmunining imkoniyatlari hisobga
olinmaganligi. Shuning uchun, eng ilg‘or tajribalar, fan va texnika rivojlanishini
hisobga olgan holda mehnat ta‘limi fani boyicha o‘quv dasturi ketma-ketligi va
mazmuninining uzviylik darajasini ko‘rib chiqish va uni pedagogik jihatdan
asoslash hamda o‘sha dastur asosida har bir ta‘lim yo‘nalishi boyicha
optimallashtirilganlashtirilgan o‘quv dasturlarini yaratish va tajribada sinab ko‘rish
zaruriyati yuzaga kelgan.
Sanab o‘tilgan kamchiliklar ta‘lim mazmunining to‘g‘ri tanlanmaganligini;
ta‘lim oluvchilarning yosh xususiyatiga e‘tibor berilmaganligini; tanlangan (agar
to‘g‘ri tanlangan bo‘lsa) ta‘lim mazmunini uzviy ravishda joylashtirilmaganligi;
mavjud ta‘lim mazmunini boshqa turdosh, qo‘shni fanlar bilan qanday aloqada
o‘qitish zarurligini e‘tiborga olinmaganligidan kelib chiqqan.
Tavsiya etilayotgan dasturni yaratishdan asosiy maqsad: birinchidan, ta‘lim
turlari orasidagi, ya‘ni boblararo, mavzulararo uzviylikni ta‘minlash, ikkinchidan,
ushbu dasturdan kelib chiqqan holda (mavzular ketma-ketligini o‘zgartirmasdan)
alohida yo‘nalishlarga ajratilgan o‗quv soatlarini optimallashtirilganlashtirish
(masalan, texnologiya va dizayn, qishloq xo‗jalik asoslari), mavzulardagi
bog‗liklikni ta‘minlash, umulashtirish va soddalashtirish boyicha invariant
(optimallashtirilganlashtirilgan) dastur yaratish. Optimallashtirilganlashtirilgan
dasturning yaratilishi esa, mehnat ta‘limi fanining uzviyligini ta‘minlash, ya‘ni
fanga oid bilimlarni egallashga ajratilgan o‗quv soatlarini mukammal o‗zlashtrish
imkonini beradi. Bu dasturda predmetlararo uzviylikni ta‘minlashga imkon
yaratish bilan birga o‘quvchi uchun mehnat fani asoslarining boshqa fanlariga
tadbiqi (ya‘ni, uning mehnat fanini o‘rganishi hayotiy va kasbiy zaruriyat)
ekanligini tushunib yetishga yordam beradi.
Ma‘lumki, davlat tomonidan meyoriy xujjat sifatida qabul qilinadigan o‘quv
dasturi ma‘lum davrda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy talablariga javob berib, yangi
islohotlar natijasida takomillashib boradi. Shu bilan birga, o‘quv jarayoni shakli va
uni tashkil etish, o‘quv materiali mazmuni hamda ichki va tashqi sabablarga ko‘ra
vaqt o‘tishi bilan uzviylik darajasi o‘zgarishi mumkin. Shunga ko‘ra, uzviylikning
31
strategik jihati bo‘lgan ta‘lim dasturlarining uzviylik darajasi monitoringini
yo‘lga qoyish talab etiladi.
Funksional (invariant) optimallashtirilganlashtirilgan o‘quv dasturining
afzalligi shundaki, bu muayyan fan boyicha tayanch o‘quv dasturi asosida tuzilgan
bo‘lib, mehnat ta‘limi fani bo‗yicha bilim, malaka va ko‗nikmalarni egallashda
zarur bo‘ladigan fanlarni mehnat fani bilan uyg‘unlikda olib borishga to‘la imkon
beradi.
Bir guruh olimlar uzviylikni ta‘minlash deganda faqat muayyan fanning ichki,
ya‘ni boblararo, mavzulararo uzviylik yoki tushunchalarning aloqadorligi; ikkinchi
gurux tadqiqotchilari
6
7
esa ma‘lum bir fanlarning tashqi (predmetlararo)
uzviyligini; uchinchi guruh esa faqat bitta fan misolida nazariya va amaliyot
uzviyligini ta‘minlashni inobatga oladilar.
Muallif tomonidan tavsiya etilayotgan ta‘lim jarayoni uzviyligida yuqorida
qayd etilgan omillarni o‘zida aks ettiruvchi yaxlit tizim asosiy o‘rin tutadi va u
takrorlash, umumlashtirish darslarida o‘quvchilarning muayyan bob yoki kurs
boyicha yaxlit tushunchalarga ega bo‘lishiga, o‘quv materialining mantiqiy
birligini tushunishiga, to‘liq o‘zlashtirishiga yordam beradi.
Ta‘lim jarayoni uzviyligini ta‘minlash o‘qituvchi tomonidan oldindan
rejalashtiriladi, o‘tiladigan dars uzviyligini ta‘minlovchi model yordamida uning
metodikasi ishlab chiqiladi. Bu jarayonning umumlashtirilishi, takrorlanishi zarur
bo‘lgan bilimlarni o‘quvchilar bilim darajasini inobatga olgan holda muayyan
izchillik asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Jarayonning samaradorligi:
•
ta‘lim mazmuni uzviyligining ta‘minlanganligi;
•
har bir o‘quvchining bilim saviyasining to‘g‘ri aniqlanganligi;
•
har bir o‘quvchining psixik holatini to‘g‘ri tashhis qilinganligi;
•
o‘qituvchining har bir o‘quvchi uchun maxsus tayyorlanishi;
•
o‘quvchilarni fanga qiziqtira olinishi;
6
Проблеми взаимосвязи общеобразовательних предметов и дисциплин профессионально-технического
цикла в средних ПТУ/Сб. науч. тр./Редкол.М.И.Махмутов (отв. ред.) и др.-М., 1985.-146 с.
7
Nishonova M.M. va boshq. Umumta‘lim fanlari о‗quv dasturlarida uzviylikni ta‘minlashning ba‘zi muammolari //
Kasb-hunar ta‘limi;-Toshkent, 2000. - №4. - B. 10-11.
32
•
o‘qituvchining o‘z ustida ishlashi va pedagogik mahorati;
•
har bir o‘quvchi shaxsiy bilimining monitoring qilinishi kabi omillarga
bog‘liq.
Uzviylik o‘ziga xos ta‘lim tamoyili sifatida ko‘p qirrali tushunchalar sirasiga
kiradi. Uni faqat alohida ta‘lim mazmuni yoki ta‘lim jarayoniga tadbiq etish bilan
uzviylik ta‘minlanmaydi. O‘quvchi xotirasi va tafakkurida muayyan fan boyicha
aniq bilimlar izchilligi, ularning o‘zaro aloqadorligi anglanib, uni amaliyotga
tadbiq eta olgandagina o‘quvchi yaxlit tushunchaga ega yoki uning mantiqiy birligi
(uzviyligi)ni tushungan deb hisoblash mumkin.
Pedagogik lug‘atlarda "predmetlararo aloqalar" tushunchasi o‘quv
dasturlarining o‘zaro moslashuvi sifatida ta‘riflanadi. Ta‘lim jarayonidagi
predmetlararo aloqalar o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini faollashtiradi.
I.Y.Lerner va M.N.Skatkin
8
o‘quv rejasining predmetlarga asoslangan
tuzilishi o‘quvchi ongida bir predmetdagi bilimlarni, ikkinchi predmetdagi
bilimlardan, bir o‘quv predmetida beriladigan ko‘nikma va malakalarni esa, boshqa
predmetda shakllanadigan maxsus ko‘nikma va malakalardan ajralgan holda
o‘zlashtirish havfi borligini ta‘kidlaydi.
Shuning uchun o‘quv jarayoni, predmetlararo aloqalarni o‘zlashtirish boyicha
maqsadga qaratilgan boshqarishni nazarda tutadi. Bunday boshqarish dastur
ko‘rsatmalari, darsliklar mazmuni bilan o‘qituvchining faoliyati orqali amalga
oshiriladi.
M.I.Maxmutov va V.S.Bezrukovaning
9
tadqiqotlarida birinchi marotaba
umumiy va kasbiy ta‘lim aloqadorligini amalga oshiruvchi ta‘lim va tarbiya birligi,
motivasiyalar, muammolilik, kasbga yo‘nalganlik, politexnizm, bilimlar uzviyligi,
predmetlararo aloqadorlik kabi tamoyillar majmuasi berilgan.
a) turli o‘quv predmetlarida ko‘rib chiqiladigan obektlar orasidagi
aloqadorlik;
b) turdosh qonun va nazariyalar orasidagi aloqadorlik;
8
Скаткин М.Н. Методология и методика педагогических исследований. -М.: Педагогика, 1986.—152с.
9
Махмутов М.И., Безрукова B.C. Принципи обучения как системообразующий фактор взаимосвязи общего
и профессионального образования в среднем профтехучилище. Сб. науч. тр.: Взаимосвязь общего и
профессионального образования учащихся средних ПТУ. М:. 1983 г. с 4-21.
33
v) tadqiqot usullari va o‗quvchilarning amaliy faoliyatlari orasidagi
aloqadorlik;
g) fizik qonuniyatlar va falsafiy tushunchalar orasidagi aloqadorlik;
d) hisob-o‘lchov va grafik xarakterdagi aloqalarda;
e) informatika va xisoblash texnikasi haqidagi bilimlarda;
j) pedagogik, psixologik va falsafiy bilimlar hamda ta‘lim-tarbiyaning
metodik usullari, uslublari orasidagi aloqadorlik turlari muhim ahamiyat kasb
etadi.
10
Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish uchun quyidagilarni tavsiya etadilar:
barcha ta‘lim turlari DTS larida uzviylikni ta‘minlash; uzluksiz ta‘lim
bo‘g‘unlarida uzviylikni ta‘minlash uchun barcha ta‘lim bo‘g‘inlari pedagoglari
ishtirokida konferensiyalar va seminarlar o‘tkazish; o‘quv muassasasi yo‘nalishi
nuqtai nazaridan umumta‘lim fanlari o‘quv dasturi va rejasini ko‘rib chiqish;
barcha ta‘lim muassasalari xodimlaridan iborat ijodiy guruxlarni tuzib turli fanlar
boyicha sifatli integrativ o‘quv dasturlarini yaratish; o‘rta maxsus, kasb-xunar
ta‘limi va oliy o‘quv yurtlari mutaxassislik tasniflagichlari uzviyligini ta‘minlash;
uzviilikning mazmunli va jarayonli jihatlarini aks ettiruvchi aniq qoidalarini
asoslash; ta‘limda uzviylik jarayonining miqdorini baholash tizimini ishlab chiqish
boyicha ilmiy-tadqiqot olib borishni tavsiya etadilar.
Bu o‘rinda dissertant tomonidan o‗quv dasturining uzviylikni ta‘minlash, bu
masalaga yanada jiddiy e‘tibor qaratish zarurligi taklif etiladi. Buning uchun
mehnat o‘qituvchisi nafaqat o‘zining fanini, balki maktabda o‘qitiladigan barcha
umum ta‘lim fanlari asoslaridan xabardor bo‘lishi nazarda tutiladi.
Davlatimiz tomonidan «Ta‘lim to‗g‗risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi» qabul qilinishi bilan respublikamizda uzluksiz ta‘lim tizimi joriy
etildi.
Uzluksiz ta‘lim tizimi ta‘lim uzviyligiga asoslangan bo‗lib, u barcha ta‘lim
bo‗g‗inlarining izchilligi asosida ta‘minlanadi. Bu jarayonni amalga oshirish uchun
10
О‗zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi: XII chaqiriq О‗zbekiston Respublikasining Oliy
Kengashining XI sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan. - T.: О‗zbekiston, 1999. - 37 b.
34
nafaqat ta‘lim bosqichlari o‗rtasida, balki har bir bosqichdagi fanlarning ichki,
ya‘ni mavzulararo, boblararo uzviyligi, shuningdek, tashqi, ya‘ni fanlararo
uzviyligi ham ta‘minlanishi nazarda tutilishi kerak.
Ta‘lim amaliyotiga taqdim qilingan ta‘lim mazmunining sifatini Davlat ta‘lim
standarti talablari asosida muntazam tahlil qilish, o‗quvchilarning doimiy
rivojlanib boruvchi ehtiyojlarini. Ta‘lim mazmunining samaradorlik darajasini
aniqlash, ta‘lim modellarini izchil tarzda Yangi-yangi bilim va tushunchalar bilan
boyitish, ta‘limni tezkor boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqish sohasida keng
ko‗lamli tadqiqotlarni amalga oshirish taqozo qilinmoqda.
Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, ta‘lim jarayonini diagnostika qilish hamda
davlat ta‘lim standartlari talablari asosida o‗quvchi va talabalar bilim, ko‗nikma
hamda malakalarining sifatini baholash yagona zanjirnitashkil etishga erishish
lozim.
Ma‘lumki, ko‗p hollarda o‗quv dasturida muayyan bir tushuncha yoki bilimni
egallashuchun belgilab qo‗yilgan vaqt o‗quvchi va talabalarning o‗zlashtirish
imkoniyatlariga mos kelmaydi. Natijada o‗quvchi hamda talabaning vaqti kuchini
tejashda nomutanosib holatlar vujudga keladi. Bu hol, eng avval ta‘lim oluvchilar
ruhiy imkoniyatlarining bir tekisda rivojlanishiga to‗sqinlik qiladi. Bu o‗rinda
birinchi navbatda, davlat ta‘lim standarti talablari doirasida o‗quvchi va
talabalarning tayyorgarlik darajasini aniqlash asosida ular egallagan ko‗nikma,
malakalarning o‗zaro aloqadorligi, uzviyligi va tadrijiy asosda takomillashib borish
jarayonini ilmiy-metodik jihatdan chuqur tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.
Kuzatishlar shuni ko‗rsatadiki, o‗quvchi undan talab qilingan birinchi
ko‗nikmani egallashga nisbatan mazkur ko‗nikmalar zanjiridagi ikkinchi, uchinchi
va hokazo ko‗nikmalarini egallashga bir qadar kamroq vaqt va kuch sarflaydi.
Chunki shaxsga nisbatan rivojlantiruvchi xarakter kasb etgan ta‘lim jarayonida
ko‗nikma va malakalarning o‗zaro interpretatsiyalashuvi vujudga keladi.
Faqatgina, o‗zaro interpretatsiya holatiga kirgan bilim, ko‗nikma va malakalargina
uzluksiz tarzda bir-birini boyitish mumkin. Ta‘lim mazmunining turli mazmuni
darajalarini belgilash jarayonida o‗zaro interpretatsiya holatida turgan bilim,
35
ko‗nikma va malakalar hosil qilinishini nazarda tutish ta‘lim mazmuni doirasida
uzluksizlikni ta‘minlash, o‗quvchi hamda talabalarning vaqtini oqilona
rejalashtirish yo‗llari va qonuniyatlarini aniqlash imkonini beradi. Bu o‗rinda
davlat ta‘lim standartlari doirasida bilim, ko‗nikma va malaklarning rivojlanib,
mustahkamlanib borishi, ya‘ni evolyusiyasi bilan bog‗liq tarzda belgilab
qo‗yiladigan minimum talablarning ham muntazam ortib borishi pedagogik
tadqiqotlarda o‗z ifodasini topmog‗i shart. Aks holda, ta‘lim o‗quvchi shaxsiga
nisbatan rivojlantiruvchi xarakter kasb eta olmaydi.
O‗zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‗g‗risida»gi Qonuni va «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi» ta‘limning bosh maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan
holda, o‗quv-metodik majmualarga kiritiladigan materiallar o‗quvchilarning yosh
xususiyatlarini, mustaqil faoliyat ko‗rsatishini, shaxsiy qobiliyatlarini namoyon
qila olishini hamda ta‘lim turlari va fanlar mazmunida uzluksizlikni ta‘minlash
tamoyillarini hisobga olgan tanlanishi lozim. Ushbu maqsadni ro‗yobga chiqarish
uchun «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» negizida umumiy o‗rta ta‘lim maktablari
uchun DTS va ular asosida dastur, qo‗llanma va darsliklar yaratilib, o‗quv
jarayoniga joriy etildi.
Tajriba-sinov ishlarining natijalari mazkur ta‘lim turlarining har biri uchun
umumta‘lim fanlaridan o‗quv dasturlarini yaratish alohida-alohida amalga
oshirilganligi sababli ta‘lim turlari va mazmuni orasida uzluksiz yetarli darajada
ta‘minlanmaganligini tasdiqlaydi.
Ta‘limda uzviylik quyidagicha tushuniladi:
1. Ta‘lim bosqichlari o‗rtasida (vertikal) uzviylik. Bunda muayyan ta‘lim
mazmuni avvalgisi bilan uzviy bog‗langan holda, uni keyingi ta‘lim turlarida
davom ettirish ta‘minlanadi.
2. O‗quv fanlarida uzviylik (gorizontal). Bu ko‗pincha fanlararo yoki
predmetlararo bog‗lanish deyiladi. Uzviylik muammosini to‗la hal etish uchun
nafaqat ta‘lim bosqichlari va fanlararo uzviylik, shuningdek, ta‘lim mazmunini
bayon qilishda o‗qitish texnologiyasidagi uzviylikni ham ta‘minlash muhimdir.
36
Demak uzviylik ta‘lim bosqichlari va uning kurslari orasidagi zaruriy bog‗lanish
va munosabatlarni to‗g‗ri o‗rnata olishdan iborat.
11
Uzluksiz ta‘lim tizimining har bir bosqich va tarkibiy qismlarida o‗xshash
maqsadlar va ta‘lim tizimlari uchun ta‘lim-tarbiya shakllari, ta‘lim mazmunini
amalga oshirishning samarali metodi, usul va vositalari tanlanishi kerak.
Bu borada olib borilgan tajriba-sinov ishlari bo‗yicha mavjud ma‘lumotlar
tahlili asosida uzviylashgan fan dasturlarining amaliyotdagi mavjud holati
qoniqarli deb topildi. Albatta, bu o‗rinda barcha fanlar bo‗yicha ahvol bir xil
darajada bo‗lmasligi o‗z-o‗zidan ayon.
Shuni alohida ta‘kidlash joizki, uzviylikni ta‘minlash nuqtai nazaridan
o‗quvchilar bilim, ko‗nikma va malakalari nazoratlarini olib borish monitoringi
alohida tadqiqotni talab etadi.
Umumiy ta‘lim tizimida uzviylikni to‗la taminlash tamoyillarga asoslangan
holda ish yuritish talab etiladi:
- umumta‘lim fanlari bo‗yicha fan dasturlarining DTS talablariga javob
berishi;
- ijtimoiy buyurtmaga rozi bo‗lish;
- milliy g‗oya, milliy mafkuraga oid nazariy bilimlarning aks etishi;
- o‗quvchilar bilish faoliyati yaxlitligini ta‘minlay olishi;
- dasturda vertikal va gorizontal uzviylikning ta‘minlanganligi;
- dastur mazmuniga kiritilgan mavzular o‗quvchilar dunyoqarashi, bilim
olishga bo‗lgan qiziqishini shakllantirish yuzasidan tanlanganligi;
-
dasturdagi
mavjud
yuklamalarning
o‗quvchilar
psixo-fiziologik
xususiyatlariga muvofiqligi;
- fanlararo aloqani amalga oshirishda o‗qitishni integratsiyalashga oid
ko‗rsatmalarning dasturda o‗z ifodasini topganligi;
- dasturda axborot texnologiyalarini qo‗llashga oid ko‗rsatmalarning hisobga
olinganligi;
11
Tolipov О‗.Q., Choriyev R.Q. Ta‘lim turlari о‗rtasidagi uzluksizlik va ularni strukturalashtirish // «Uzluksiz
ta‘lim jarayonini takomillashtirishning dolzarb masalalari» mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
materiallari. T., 2004.- B. 64- 65.
37
-
dastur
materiallarining
oddiydan
murakkabga
tamoyili
asosida
joylashtirilishi;
- dastur materiallarining tematik, muammoli tematik, tarixiylik tamoyillari
asosida guruhlashtirilganligi.
Mazkur tamoyillarni amalga oshirishda fan o‗qituvchilari quyidagi didaktik
talablarga e‘tibor berishi muhim hisoblanadi:
- ta‘lim jarayonini aniq maqsad asosida tashkil etish;
- ta‘lim jarayonini tizimli, uzviy, izchil tashkil etishga erishish;
- ta‘lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan unumli foydalana olish;
- ta‘lim jarayonida demokratik tamoyillar hamda milliy va umuminsoniy
qadriyatlar ustivorligiga tayanish;
- ta‘lim jarayonida ko‗rgazmalilikka alohida e‘tibor berish;
- har bir mavzu mohiyatini ochib beruvchi hamda o‗quvchilarni ijodiy
izlanishga chorlaydigan ta‘lim shakli va metodlaridan foydalanish va boshqalar.
Uzviylikni ta‘minlashning yaxlit va tizimli yondashuvida pedagogik axborot
texnologiyalaridan, pedagogikaning eng ilg‗or tajribalaridan o‗rinli foydalanish
maqsadga muvofiqdir.
Yuqoridalarni hisobga olib quyidagilarni aytish mumkin:
- umumiy o‗rta ta‘lim tizimida vertikal va gorizontal uzviylikni ta‘minlashni
takomillashtirishga doir metodik majmualar yaratish;
- ta‘lim tizimida uzviylikni ta‘minlash xizmat qiladigan ilg‗or pedagogik
texnologiyalarning zamonaviy metod va usullarini tadqiq etish va amaliyotga joriy
etish;
- har bir fan xususiyatidan kelib chiqqan holda, uzviylik nuqtai nazaridan,
o‗quvchilar o‗zlashtirishi monitoringini olib borish;
- ta‘lim jarayoniga yaxlit tizim asosida yondashish;
- ta‘lim tizimida vertikal va gorizontal uzviylikni ta‘minlash bo‗yicha ilmiy-
amaliy, metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablarini amalga oshirish uchun, o‗quv-
tarbiyaviy tizimning asosiy komponentlarida uzviylikni ta‘minlashga erishish
38
zarur. Chunki, yuqori malakali ishlab-chiqarish mutaxassislarini tayyorlash,
talabalar tomonidan o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi fanlarining ilmiy asoslarini
chuqur o‗zlashtirishni, zarur bo‗lgan darajada bilim, ko‗nikma va malakalarga ega
bo‗lishni talab etadi. Bular o‗z navbatida umumta‘lim, umumkasbiy va maxsus
fanlarni turli bosqichlarda o‗qitishda uzviylik va izchillikning ta‘minlanishini
taqozo etadi.
Uzviylik bu didaktik prinsip bo‗lib, u ta‘lim mazmunini ifodalovchi o‗quv
rejalar, dasturlar, darsliklarda o‗quv materiallarining bir-biri bilan mantiqiy
bog‗lanish bo‗lishini, oldin o‗zlashtirgan bilimlarga tayangan holda keyingilarini
o‗zlashtirishga tayyorlashni, o‗quvchilarda ta‘limning har bir bosqichida ma‘lum
darajada bilim, ko‗nikma va malakalarni shakllantirishni ta‘minlashni talab
qiluvchi prinsipdir.
Uzviylik murakkab pedagogik, psixologik muammo bo‗lib, buni hal etish
yangi dasturlar, darsliklar yaratishda, ta‘lim samaradorligini oshirishda muhim
vositadir. Shuning uchun ham darsliklar mazmunini shakllantirishda uzviylik
prinsipiga amal qilish kerak. Buning uchun esa eng avvalo, uzviylikni amalga
oshirish obektlari bo‗lib nimalar hisoblanadi, degan savolga javob topish darkor.
Shuning uchun mehnat ta‘limi optimallashtirilganlashtirilgan mazmuni
asosida ishlab chiqilgan o‗quv fan dasturining uzviylik prinsipini ta‘minlash uchun
quyidagilarga e‘tibor berish lozimdir:
- o‗quv fan dasturi mazmunida mazkur fanni va uning ayrim mavzularini
o‗rganish dasturda ajratilgan vaqtga mos kelishi, o‗quvchilar tegishli mavzu va
bilimlarni ongli o‗zlashtirishlari uchun sarflanadigan vaqtni hisobga olinishi;
- o‗quv fan dasturi mazmuni dasturga muvofiq ravishda yoritilishi,
meyorlangan bilimlarning puxta o‗zlashuvini ta‘minlashi, shu bilan birga iqtidorli
yoshlarga qo‗shimcha mustaqil bilimlarni egallashlari uchun ma‘lumotlar berishi;
- o‗quv fan dasturi turdosh fanlar bo‗yicha berilayotgan barcha xulosalar bir-
birini to‗ldirib boyitishi tabiat, jamiyat va ong to‗g‗risidagi qarashlarning yaxlit
tizimini tashkil etishi;
39
- o‗quv fan dasturi orqali o‗quvchilarning bir fanni o‗rganishda hosil
qiladigan ko‗nikma va malakalar ikkinchi fanni o‗rganishda yordam berishi uchun
zamin yaratilishi va boshqalar;
- o‗quv fan dasturi qo‗llaniladigan atamalar, tushunchalarning ta‘riflari,
qonun-qoidalarining ifodalari, hodisalarning izohlari fanda va amalda qabul
qilingan izohlarga mos tarzda bayon etilishi;
- o‗quv fan dasturida ta‘lim turlariga mos ta‘lim mazmunini yoritilishida
xalqaro tajribalar hisobga olinganligi maqsadga muvofiqdir.
Muayyan fan bo‗yicha o‗quvchilar foydalanishi uchun mo‗ljallangan
ta‘limning didaktik vositalari tizimi o‗quv majmua deb ataladi. O‗quv fan dasturi
o‗quv metodik majmua tarkibiga kiradi va unda yetakchi o‗rinni egallaydi, shuning
uchun ham o‗qitish vositalari va metodik qo‗llanmalarning butun tizimi o‗quv fan
dasturi mazmuniga va tuzilmasiga to‗la mos kelishi ham uzviylik prinsipini
ta‘minlashda muhim o‗rin egallaydi.
Umumiy o‗rta ta‘limda fanlararo uzviylikni ta‘minlashning ilmiy-metodik
tizimi quyidagicha namoyon bo‗luvchi o‗ziga xos xususiyatlarga ega:
12
- umumiy o‗rta ta‘limda amalga oshiriladigan ta‘lim-tarbiya jarayoni hamda
fanlararo uzviylikning o‗ziga xos maqsad va vazifalarga egaligi;
-umumiy o‗rta ta‘lim o‗quvchilarining jismoniy va ruhiy rivojlanishidagi
o‗ziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda yaratilgan maxsus pedagogik
tizimni ishlab chiqish zarurati;
- milliy qadriyatlar, urf-odatlarimiz, turmush tarzi hamda mahalliy sharoitdan
kelib chiqqan holda ta‘lim-tarbiya jarayoni o‗ziga xosligining e‘tiborga olinishi;
- umumiy o‗rta ta‘limga yangi pedagogik texnologiyalar hamda samarali
ta‘lim-tarbiya usullarini ishlab chiqish va tashkiliy shakllarini va mazmuni tanlash
lozimligi;
- umumiy o‗rta ta‘lim o‗quv dasturlari mazmunidagi fanlararo aloqadorlik,
bog‗liqlik hamda uzviylik, atrof-muhitni o‗rganishga oid materiallarga
qo‗yiladigan talabning yuqoriligi.
12
Shodiyev D. Ta‘lim tizimida uzluksizlik va uzviylik . Ta‘lim taraqqiyoti. Toshkent, 2001 y. №3-4. 39-40 b.
40
Qayd etilgan fikrlardan kelib chiqib aytish mumkinki, umumiy o‗rta ta‘lim
jarayoni mazmunida fanlararo uzviylikni ta‘minlashning ilmiy-metodik omillarini
aniqlash va amalga oshirish bilan bog‗liq ko‗plab masalalar mavjud.
Umumiy o‗rta ta‘limda ta‘lim-tarbiya jarayonidagi mazkur muammolarning
muhim sabablaridan biri o‗qituvchilarga vaqtli matbuotda yoritilayotgan
yangiliklarning o‗z vaqtida va kerakli hajmda yetib borishi va ular tomonidan
o‗zlashtirilishi bilan bog‗liq.
O‗zbekiston Respublikasida umumiy o‗rta ta‘lim ikki bosqichdan iborat
bo‗lib, boshlang‗ich (1 - 4 sinflar) va umumiy o‗rta ta‘lim (1 - 9 sinflar)ni qamrab
oladi.
Umumiy o‗rta ta‘limning Davlat ta‘lim standarti boshlang‗ich hamda umumiy
o‗rta ta‘lim nihoyasida o‗quvchilar egallashi lozim bo‗lgan bilim ko‗nikma va
malakalarning minimal darajasini belgilab beradi. Ma‘lumki, umumiy o‗rta
ta‘limning davlat ta‘lim standarti tarkibiga boshlang‗ich ta‘lim va har bir o‗quv
predmetlari Davlat ta‘lim standartlari ham kiradi. Jumladan mehnat ta‘limi o‗quv
predmeti boshlang‗ich ta‘lim Davlat ta‘lim standartida
13
«Inson va jamiyat» ta‘lim
sohasi tarkibida, 5-9 sinflarda esa «Texnologiya» tarkibiga kiritilgan. Quyida
«Mehnat ta‘limi» o‗quv predmetining boshlang‗ich ta‘limdan umumiy o‗rta
ta‘limga o‗tishdagi uzviyligi va uzluksizligini ta‘minlashning ilmiy pedagogik va
metodik muammolarni aniqlashga harakat qilinadi.
Boshlang‗ich ta‘lim Davlat ta‘lim standartida - mazkur ta‘lim bosqichining
har bir ta‘lim sohasi uchun belgilangan standart predmetlari, mazkur ta‘lim
sohasining modernizatsiyalashtirilishi ko‗zda tutilgan mazmuni, shu mazmunning
tarkibiy qismlari, ta‘lim jarayonining vosita va metodlari hamda umumpedagogik
texnologik tizimi va darajasini belgilab berishga xizmat qiladi. Bunda boshlang‗ich
ta‘lim berishning maqsadi yuzasidan dastur, darslik va boshqa o‗quv-metodik
materiallarni tayyorlashda uzviylik, tadrijiylik va to‗laqonlikni ko‗rsatkichlari
negiz qilib olinadi. «O‗quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‗yiladigan minimal
13
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi Respublika ta‘lim markazi. Uzviylashtirilgan Davlat ta‘lim
standarti va o‘quv dasturi. Mehnat ta‘limi tasviriy san‘at, chizmachilik, musiqa madaniyati, jismoniy tarbiya.
(1-9 sinflar). Toshkent. Orginal maket ―Ma‘rifat - Pres‖ 2010 y.1-89 b.
41
talablar» bo‗limida o‗quvchilarning boshlang‗ich sinflarda egallashi shart bo‗lgan
minimal ko‗rsatkichlar keltirilgan. Boshlang‗ich ta‘lim bosqichi yakunida har bir
o‗quvchidan ana shu bo‗limda belgilab berilgan ko‗rsatkichlarga erishishi davlat
tomonidan talab etiladi.
Shundagina muayyan o‗quv fanining o‗quvchi shaxsiga hamda jamiyat hayoti
va fan texnikaning nisbatan rivojlantiruvchi xarakterdagi ta‘siri ta‘minlanadi.
Umumiy o‗rta ta‘lim muassasalari uchun tayyorlanadigan o‗quv rejalarga
qo‗yiladigan didaktik talablarda: umumiy o‗rta ta‘limning majburiy ikki bosqichi
nazarda tutilishi lozim: birinchi bosqich - boshlang‗ich ta‘lim (6 yoshdan 10
yoshgacha). Bu bosqichda shaxsni shakllantirishning negizi yaratiladi. Bu
yoshdagi bolalar rivojlanishi juda shiddat bilan borishi ko‗zda tutilishi zarur.
Ikkinchi bosqich - o‗rta ta‘lim (10 yoshdan 15 yoshgacha). Bu bosqichda
o‗smirlarda kelajakda kasb-hunar ta‘limi kollejlari yoki akademik litseylarda ta‘lim
olishni davom ettirishi uchun zaruriy bilim, ko‗nikma va malakalar majmuini
shakllantirish ko‗zda tutiladi. O‗quv rejalarini tayyorlashda bu yoshdagi bolalarga
xos ruxiy va jismoniy xususiyatlarning g‗oyat beqarorligi hisobga olinishi shart.
Shuningdek, o‗quv rejalarini ishlab chiqishda umumiy o‗rta ta‘lim muassasalarida
o‗qitiladigan predmetlarga qo‗yiladigan Davlat ta‘lim standartlari ko‗rsatgichlariga
tayanish zarur deb ko‗rsatilgan. Qabul qilingan tayanch o‗quv rejasidagi mehnat
ta‘limi mazmunini o‗zlashtirishga esa 10 dan 9 ta bola umumiy o‗rta ta‘lim
maktabidan keyin ixtiyoriy majburiy ta‘lim turini kasb-hunar kollejlarida davom
ettirishlari lozim bo‗lgan bugungi kunda ular egallashlari zarur bo‗ladigan umum
mehnat va dastlabki kasbiy bilim, ko‗nikma va malakalarni shakllantirishni ongli
ravishda olib borishni talab etadi.
Boshlang‗ich sinflar «Mehnat ta‘limi» mazmuni va uni umumiy o‗rta
ta‘limdagi uzluksizligi va uzviyligida ham bir qancha muammolar mavjud.
Boshlang‗ich maktablardagi (1-4 sinf) mehnat ta‘limi maqsadi: oddiy mehnat
turlari va mehnat jarayonlari hamda oddiy mehnat qurollari bilan tanishtirishni,
oddiy ish harakat usullarini to‗g‗ri bajarishni o‗rganishni, ularni rejalashtirishni,
ish o‗rin tartibini saqlash, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish kabi boshlang‗ich
42
mehnat hislatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. 5-9 sinflarda esa o‗quvchilarda
umummehnat ko‗nikma va malakalari shakllantiriladi, ularning qiziqish va
qobiliyatlariga ko‗ra kasbiy moyilliklari, ixtiyoriy majburiy ta‘lim yo‗nalishini
tanlashga yo‗naltirilgan xizmatlar, umummehnat madaniyati shakllantiriladi va
rivojlantiriladi. Mehnat faoliyatining turli sohalari bilan amaliy mehnat orqali
yaqinroq tanishishlariga imkon yaratiladi, ularni xaridorgir mahsulotlar ishlab
chiqarish texnologiyalariga o‗rgatiladi. Umumiy o‗rta ta‘lim maktablarida mehnat
ta‘limi o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘lim muassasalarida ixtiyoriy majburiy ta‘lim
turini kasb-hunar sohasini yo‗nalishini (boshqa o‗quv predmetlari: tabiiy ilmiy,
ijtimoiy gumanitar, filologiya, matematika va h.k. asosan akademik litseylarda
tahsil yo‗nalishini ixtiyoriy majburiy ta‘limini tanlashga tayyorlasa, mehnat
ta‘limi esa asosan kasb-hunar kollejlarida kasb-hunar soha yo‗nalishiga
tayyorlashga xizmat qiladi, nisbatan: 10 ta o‗quvchidan 1 tasi litseyda o‗qishni
davom ettirsa, 9 tasi kasb-hunar kollejlarida mutaxassislik egallaydilar) tanlashga
tayyorlashning negizi bo‗lib, uning mazmuni asosan quyidagi yo‗nalishlarni o‗z
ichiga oladi:
I - IV sinflarda keng ko‗lamda ishlatiladigan turli xil oddiy materiallar
(qog‗oz, karton, penaplet, plastilin, gazlama, simlar va boshqalar) bilan
tanishtirish,
ulardan
o‗yinchoqlar
va
oddiy
buyumlar
yasash,
xalq
hunarmandchiligi to‗g‗risida boshlang‗ich tushunchalar berish, o‗quvchilarni o‗z-
o‗ziga xizmat ko‗rsatishga odatlantirish, uy-ro‗zg‗or mehnatini pazandachilikka
dastlabki elementlarini shakllantirish, turli xildagi shakllar va buyumlarni yasashni
o‗rganish va boshqalardan iborat. Bu davrda mehnat ta‘limiga ajratilgan o‗quv
soatini yana 1 soatga oshirish maqsadga muvofiq. Chunki, bir soat davomida
bajariladigan ishlar to‗g‗risida nazariy ma‘lumotlar berilsa, keyingi soatda esa
aytilgan ish-harakat usullari amalda bajariladi, buyumlarni yasash yo‗llari,
metodlari o‗rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |