O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo‘limi


-kurs magistrantlarning ilmiy-tadqiqot ishini baholash mezonlari



Download 413,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/24
Sana26.02.2022
Hajmi413,02 Kb.
#468951
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
ITI va IPI - 2021-2022

 
1-kurs magistrantlarning ilmiy-tadqiqot ishini baholash mezonlari
(1-semestr) 
 
№ 
Bajariladigan ishning mazmuni 
Maksimal 
ball 
1. 
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini tanlash. 
 
9
2. 
Ilmiy tadqiqot ishining maqsadi va vazifalarini aniqlash. 
 
9
3. 
Tadqiqot ob’ekti va predmetini aniqlash. 
 
9
4. 
Dissertatsiya mavzusini asoslash (annotatsiya tayyorlash). 
 
9
5. 
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusi doirasida birlamchi 
ma’lumotlarni to‘plash.
 
9
6. 
Ilmiy adabiyotlar bilan tanishish va eng muhimlari bo‘yicha 
katalog tuzish.
 
9
7. 
Ilmiy tadqiqot ishlari va natijalarini o‘rganish. 
 
9
8. 
Tadqiqotning ilmiy yangiligini va amaliy ahamiyatini 
aniqlash.
 
9
9. 
Dissertatsiyaning 1-bobi ustida ishlash.
 
10 
10. Dissertatsiya mavzusining 1-bobi yuzasidan ilmiy maqola 
tayyorlash.
 

11. O‘quv yilining 1-semestri davomida amalga oshirilgan ishlar 
yuzasidan hisobot tayyorlash va kafedraga himoya uchun 
taqdim etish.
 

 
 


15 
2.3.Ilmiy faoliyatning II-bosqichi (2-semestr) 
 
Magistrant uchun ilmiy faoliyatning asosiy natijasi magistrlik dissertatsiyasi 
bo‘lib, u magistrlik dissertatsiyasiga nisbatan Nizomda belgilab qo‘yilgan barcha 
talablarga to‘liq javob berishi kerak. Talabaning ilmiy faoliyat yuzasidan bajargan 
ishlari 2 - semestr davomida har oyda kafedra yig‘ilishida muhokama qilinadi. 
Kafedra yig‘ilishi qaroriga binoan har bir Magistrantning semestr yakunida ilmiy 
faoliyatining natijalari bo‘yicha va bajarilgan ishlari bo‘yicha hisoboti eshitiladi.
Birinchi bosqich magistrantlari 2-semestrda rejalashtirilgan ilmiy-tadqiqot 
ishi davomida dissertatsiya mavzusining umumnazariy qismi ustida ishlaydi, 
mavzuga doir adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar, ilmiy maqolalar, statistik 
ma’lumotlarni tahlil qiladi, ularda keltirilgan ilmiy g‘oya va konsepsiyalarga 
nisbatan o‘z yondoshuvini bayon etadiTajriba-sinov ishlari dasturini tuzishda, 
tadqiqot usullarini tanlashda ob’ekt bo‘yicha ma’lumot beradi, tanlangan, ishlab 
chiqilgan tadqiqot usullarini bayon etadi. Tajriba – sinov ishlarini o‘tkazishda 
foydalaniladigan didaktik materiallar, algoritmlar, metodlar, dasturiy vositalar, 
asbob-uskunalar, ko‘rgazmali materiallar izohlanadi. Tajriba-sinov ishlarining 
natijalarini taxlil qilish, qayta ishlashda to‘plangan materiallar, statistik ma’lumotlar 
va ko‘rsatkichlarni umumlashtirishda, jamlashda qo‘llanilgan uslublar beriladi. 
Tajriba-sinov ishlarining natijalari tahlil qilinadi, qayta ishlanadi. Magistrlik 
dissertatsiyasi mavzusi bo‘yicha ilmiy rahbar yordamida ilmiy jurnalga maqola 
tayyorlanadi. Magistrant dissertatsiya mavzusidan kelib chiqib, zaruriy 
adabiyotlarni tahlil qiladi va ularning kamida beshtasiga annotatsiya tayyorlaydi. 
Annotatsiyada tahlil qilingan monografiya, dissertatsiya, darslik yoki o‘quv-uslubiy 
qo‘llanmaning qisqacha mazmuni, dissertant tomonidan ko‘tarilgan muammoning 
yechilganlik darajasi, uning yutuq va kamchiliklari ochib beriladi.
Birinchi kursda magistrant faoliyati ustidan monitoring quyidagi 
ko‘rsatkichlar asosida olib boriladi: Magistrantning kalendar ish rejasi belgilangan 
muddatlarda o‘z vaqtida bajarilishi; bitta ilmiy makola yoki respublika yoki xalqaro 
miqyosdagi ilmiy konferensiyada bitta tezis chop etganligi; ilmiy seminarlarda 
ishtirok etganligi; mutaxassislik bo‘yicha o‘quv fanlarini o‘zlashtirish darajasi. 

Download 413,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish