O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/214
Sana18.02.2022
Hajmi1,91 Mb.
#452628
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   214
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni (1)

Pichano‟rarlar (
Opilliones
) turkumi.
Tashqi ko‘rinishi o‘rgimchaklarga o‘xshaydi. 
Ulardan tanasining bo‘g‘imlarga bo‘linganligi bilan farq qiladi. Qorin bo‘limi 9—10 
bo‘g‘imdan iborat. Xelitserasi qisqichga o‘xshash, oyoqlari juda uzun va ingichka bo‘ladi. 
Traxeyalar bilan nafas oladi. 3200 dan ortiq turi ma‘lum. Oddiy pichano‘ rar-
Phalangium 
opillio
imoratlar devori va daraxtlarda uchraydi. 
O‟rgimchaklar (
Aranei
) turkumi.
O‘rgimchaklarning boshko‘krak va qorin bo‘limlari 
bo‘g‘imlarga bo‘linmagan, lekin bu bo‘limlar qisqa va ingichka poyacha orqali o‘zaro 
tutashgan. Xelitseralari uchki bo‘g‘imi harakatchan tirnoqqa o‘xshaydi. Pedipalpalari uzun 
paypaslagichga o‘xshash, erkaklarida qo‘shiluv organi vazifasini bajaradi. O‘pkalari bir yoki 
ikki juftdan, ko‘pchilik turlarida bir juft traxeya naylari ham bo‘ladi. Qorin bo‘limining ikki 
bo‘g‘imida qorin oyoqlari o‘zgarib, ikki juft to‘r so‘gallari-o‘rgimchak bezlarini hosil qiladi 
(133-rasm). 
O‘rgimchaklarning qorin bo‘shlig‘ida juda ko‘p bezlari bo‘ladi. Ayrim o‘rgimchaklarda 
bu bezlarning soni 1000 ga yetadi. Bezlarning yo‘li qornining keyingi qismida to‘r so‘gallari 
oldidagi plastinkaga ochiladi. Bezlar ishlab chiqargan yopishqoq suyuqlik havoda qotib, ip 
hosil qiladi. Bir necha yuzlab bezlar ishlab chiqaradigan juda ingichka ipchalarni bitta umumiy 
ipga yopishtirib o‘rgimchak ip to‘qiydi. Bu iplar quruq, ho‘l yoki yopishqoq bo‘lgadi. Ulardan 
o‘rgimchaklar tutuvchi o‘rgimchak to‘rini to‘qiydi va pilla yasaydi. 
Hayot kechirish xususiyatlariga ko‘ra o‘rgimchaklarni daydilar va o‘troqlar ya‘ni to‘r 
to‘quvchilarga ajratish mumkin. Daydi o‘rgimchaklar tutuvchi to‘r to‘qimaydi, o‘ljasini yerda 
yoki o‘simliklar ustiga chiqib olib poylaydi. Ko‘pchilik o‘rgimchaklar uyada yoki to‘ri ustida 
o‘troq hayot kechiradi. Tutqich to‘rlarning o‘lchami va shakli juda xilma-xil, har bir to‘r o‘ziga 
xos bo‘ladi. O‘troq o‘rgimchaklarning tutqich to‘ri ini yaqinida yastanib yetadi yoki daraxtlar 
va butalarning shoxlari orasiga tortilgan bo‘ladi. Bir qancha o‘rgimchaklar yer yuzasiga 


chuqurcha shaklida in qurib, uning devorlariga to‘rini to‘shaydi. Inni to‘rdan yasalgan 
qopqoqcha yopib turadi. Suv o‘rgimchagi 
Argyroneta aquatica
suv tubida qo‘ng‘iroqcha 
shaklida tutqich to‘r to‘qiydi. To‘ rni suv o‘simliklarga yopishtirib, havo bilan to‘ldiradi. 
O‘rgimchak damba-dam suv yuzasiga ko‘tarilib, tanasi sirtidagi tuklar orasiga havo olib, inga 
qaytadi. 
O‘rgimchaklar to‘rga tushgan hasharotlarni iplar bilan o‘rab tashlaydi. So‘ngra o‘lja 
terisini yirtib, so‘lagini tomizadi. So‘lak ta‘sirida parchalanib, suyuq holga kelgan ichki 
to‘qimalarni so‘rib oladi. O‘rgimchaklar iplardan tuxumi atrofiga pillaham to‘qiydi Urg‘ochi 
o‘rgimchaklar pillasini olib yuradi yoki uni qo‘riklaydi. O‘rgimchak iplari o‘rgimchaklarni 
havo oqimi yordamida tarqalishida ham katta ahamiyatga ega. Yengil shabada esib turadigan 
kuz kunlari tuxumdan chiqqan yosh o‘rgimchaklar o‘tlarning ustiga chiqib, uzun ip chiqara 
boshlaydi. Ip ma‘lum uzunlikka yetgach, o‘rgimchak oyog‘ini yig‘ib olib, o‘simlikdan 
sakraydi. Shamol esa uni uchirib ketadi. 
O‘rgimchaklarda jinsiy dimorfizm yaxshi rivojlangan. Erkaklari urg‘ochilariga nisbatan 
kichik, pedipalpasida naysimon o‘simta - qo‘shilish organi bo‘ladi. Erkak o‘rgimchak urug‘ 
bilan to‘lgan spermatoforini urg‘ochisi urug‘ xaltasiga kiritadi. Erkak o‘rgimchaklar kuyikish 
paytida raqsga o‘xshash turli hara-katlar qiladi. Ayrim o‘rgimchaklarning erkagi urg‘ochisiga 
o‘ ldirilgan o‘lja in‘om etadi. Urug‘langan urg‘ochi o‘rgimchak qochishga ulgurmagan erkagini 
yeb qoyadi. 
O‘rgimchaklar hayotida tanasi yuzasidagi sezgir tuklar tuyg‘u vazifasini bajaradi. Ular 
tuklar yordamida yaqindan uchib o‘tayotgan hasharotlarni yoki tutqich to‘ ri iplari tebranishini 
sezadi. Bir qancha o‘ rgimchaklar ovoz chiqarish va uni eshitish xususiyatiga ega. Bu organlar 
tananing turli joylarida, xususan xelitsera va pedipalpalari, ko‘krak va qorin qismlarida joy-
lashgan. Hid sezish va ta′m bilish vazifasini oldingi oyoqlar panjasidagi 
tarzal organlar
yoki 
tana sirtidaga o‘simtalarda joylashgan 
lirasimon organlar
bajaradi. Hid bilish organlari 
kuyikish davrida katta ahamiyatga ega. O‘rgimchaklarning ko‘ zi 4 juft, ba‘zan 3 juft bo‘ladi. 
Ko‘pchilik o‘rgimchaklarda, ayniqsa to‘r to‘ qiydigan turlarida ko‘zlar yaxshi rivojlanmagan. 
To‘rdagi o‘rgimchaklar faqat harakatlanadigan yirik narsalarni ko‘radi. Sakrovchi 
o‘rgimchaklarning ko‘zlari yaxshi ko‘radi, hatto ular narsalarning rangini ham farq qiladi. 
Tajriba yo‘li bilan o‘rgimchaklarda shartli reflekslar ham hosil qilish mumkin. Bir qancha 
o‘rgimchaklarda himoya rangi va mimikriya xususiyati yaxshi rivojlangan. 
Ko‘pchilik o‘rgimchaklarning hayoti bir yilda tugaydi. Ularning pilla ichidagi tuxumi 
yoki yosh nasli qishlab qoladi. Tropik iqlimda hayot kechiradigan qushxo‘r o‘rgimchak (34-
rasm) 7—8 yildan 20 yilgacha umr ko‘ radi. 
O‘rgimchaklar ko‘p miqdorda zararkunanda hasharotlarni yo‘qotib foyda keltiradi. 
Ularning o‘zi ham boshqa hayvonlar, masalan, kemiruvchilar, sudralib yuruvchilar va 
hasharotlarga yem bo‘ladi. Ko‘pchilik o‘rgimchaklar zahari faqat hasharotlarga ta‘sir qiladi. 
Ayrim vakillarining zahari odam va hayvonlar uchun xavfli hisoblanadi. O‘rta Osiyo, Kavkaz, 
Qrim va Eronning cho‘l va dasht mintaqalarida uchraydigan qoraqurt 
Latrodectus 
tredecimguttatus
va Amerika cho‘llarida tarqalgan qora beva 
L.mactans
ayniqsa juda zaharli 
hisoblanadi. 


Qoraqurtning urg‘ochisi 10—20 mm, erkagi 4—7 mm bo‘ladi. Yosh qoraqurt qorin 
qismining ustida qizil dog‘lari bo‘ ladi. Qoraqurt odatda qo‘riq cho‘llar, jarliklar va tog‘ yon 
bag‘irlarida ko‘p uchraydi. O‘rg‘ochi qoraqurt tuproq ustidagi chuqurchalara, kemiruvchilar 
ini, yirik toshlar ostiga in quradi. Inining og‘ziga tutqich to‘rini tortib qoyadi. Issiq yoz 
mavsumida (iyun, iyul) qoraqurtlar pana joy qidirishga tushadi. Qoraqurt chaqishi ayniqsa ana 
shunday migratsiya davrida ko‘ proq sodir bo‘ ladi. Qoraqurt zahari tuyalar va otlarga kuchli 
ta‘sir qilib, ularni odatda o‘limga olib keladi. Zahar odamga ham ta‘sir qilib, ba‘zan halokatga 
olib kelishi mumkin. Hozir qoraqurt zahariga qarshi zardob ishlab chiqilgan
15

Zaharli o‘rgimchaklardan O‘rta Osiyo va Yevropaning janubida 
biy (Lycosa
singorensis
) keng tarqalgan. Biy 25—35 mm kattalikda bo‘lib, tanasi qalin tuklar bilan 
qoplangan. U chuqur vertikal inlarda yashaydi. Inining ostiga to‘r to‘shaydi. Biy ko‘proq nam, 
yerosti sizot suvlari tuproq yuzasiga yaqin joylashgan yerlarda uchraydi. Biy chaqqanida og‘riq 
sezilsa ham uning zahari odam uchun xavfli emas. 

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish