tenglashtirish mumkin. Sernam sug‘oriladigan maydonlarda va issiqxonalarda keng tarqalgan
Hemilepistus zachvatkini
zaxkashi o‘simliklarga birmuncha ziyon keltiradi.
Har xil oyoqlilar, ya‘ni yonlab suzarlar
(Amphipoda)
turkumi. Yonlab suzarlarning
tanasi ikki yon tomondan siqilgan; tuzilishi tengoyoqlilarga birmuncha o‘xshash bo‘ladi. Bosh
bo‘limi birinchi, ba‘zan ikkinchi ko‘ krak bo‘g‘imi bilan qo‘shilib ketgan. Fasetkali ko‘zlari va
ikki juft
moylovlari yaxshi rivojlangan, og‘iz organi chaynovchi tipda bo‘ladi. Bosh qalqoni
ostida muvozanat organi joylashgan. Ko‘krak oyoqlari 7 juft bo‘lib, bir-biridan birmuncha farq
qiladi. Shu sababdan ularga har xil oyoqlilar nomi berilgan.
Yonlab suzarlarning qorin bo‘limi olti bo‘g‘imdan iborat; qorinoyoqlari yaxshi
rivojlangan. Uch juft ikki shoxli oldingi qorin oyoqlari tukchalar bilan qoplangan bo‘lib, suzish
uchun xizmat qiladi. Keyingi 2 juft qorin oyoqlari ham ikki shoxli, lekin ular orqa tomonga
egilgan. Bu oyoqlar telson bilan birga sakrovchi oyoqlar - uropodlarni hosil qiladi. Ko‘payish
davrida urg‘ochilarining ko‘krak qismida tuxum xaltasi hosil bo‘ladi.
Xaltadagi tuxumlar
ichida embrionlar rivojlanadi. Yosh nasli voyaga yetgan davriga o‘xshash bo‘ladi.
Yonlab suzarlarga 4500 dan ortiq tur kiradi. Ko‘pchilik turlari dengizlarda suv tubidagi
loyqada yoki naysimon inlarda yashaydi. Ayrim turlari planktonda hayot kechiradi. Chuchuk
suvli ko‘ llarda ko‘l yonlab suzari
Gammarus lacustris
, oqar suvlarda
G.balanicus
keng
tarqalgan. Yonlab suzarlar ko‘pchilik ovlanadigan baliqlarning asosiy ozig‘i hisoblanadi. Suv
havzalarida baliqchilikni rivojlantirish uchun yonlab suzarlarni ko‘paytirish
ayniqsa muhim
ahamiyatga ega.
O‘noyoqlilar (Decapoda) turkumi. O‘ noyoqlilar - yirik va eng murakkab tuzilgan
qisqichbaqasimonlar (129-rasm). Ularning bosh qismi prototsefalonda ikki juft moylovlari va
poyachali bir juft fasetkali ko‘zlari joylashgan. Harakatchan poyacha ko‘rish maydonini
kengaytiradi. Poyachada joylashgan ichki sekretsiya bezlari gormonlari pigmentni hujayrada
tarqalishi, tullash, modda almashinuvi, qon tarkibidagi shakar va kaltsiy miqdorini boshqarish
jarayonlariga ta‘sir ko‘rsatadi. Qisqichbaqalarning murakkab ko‘zlari pigment hujayralar qavati
bilan ajralib turadigan juda ko‘p mayda ommatidlardan tashkil topgan. Ko‘pchilik uzundumli
qisqichbaqasimonlar antennulalari 2-3 shoxli bo‘ladi. Antennalardagi
tuklar hid bilish, tuyg‘u
va kimyoviy sezgi organi vazifasini bajaradi.
O‘noyoqlilarning ko‘ krak bo‘g‘imlari uch juft jag‘ bo‘g‘imlari bilan qo‘shilib, yaxlit
jag‘ko‘krakni hosil qiladi. Jag‘ko‘krakni orqa tomondan karapaks yopib turadi. Ko‘pchilik
turlarida karapaksning oldingi qismi o‘tkir uchli rostrumni hosil qiladi. Oldingi uch juft ko‘krak
oyoqlari jag‘oyoqlarga aylangan. Jag‘oyoqlari oziqni ushlash va uni og‘iz teshigiga surish
uchun xizmat qiladi. Qolgan 5 juft ko‘krak oyoqlari yordamida ular o‘rmalaydi. Shu sababdan
ular o‘noyoqlilar deb ataladi. Oldingi bir juft ko‘krak oyoqlari oziqni ushlash uchun xizmat
qiladi.
Ko‘pchilik qisqichbaqasimonlarning tutish oyoqlarining qisqichi bor. Krablar va
zohid qisqichbaqalarning faqat birinchi juft oyoqlari; krevetkalarning oldingi ikki juft oyoqlari,
daryo qiskichbaqalari, omarlar va ayrim krevetkalarning oldingi uch juft oyoqlarida qisqichlar
rivojlangan. Odatda oldingi ko‘krak oyoqlarining qisqichlari boshqalariga
nisbatan kuchliroq
bo‘ladi. Langustlar va boshqa ayrim o‘noyoqlilarda qisqichlar bo‘lmaydi. Qisqichlar ko‘pincha
asimmetrik, ya′ni ulardan biri ikkinchisidan yirikroq bo‘ladi. Omarlarning yirik qisqichi dengiz
kirpilarining qattiq po‘sti va mollyuskalar chig‘anog‘ini maydalash, kichik qisqichi esa
krevetka va baliqlar tanasini bo‘laklash uchun xizmat qiladi. Tropik dengizlarda tarqalgan
chorlovchi krablarning o‘ng qisqichi chap qisqichiga nisbatan juda yirik bo‘ladi. Ayrim
o‘noyoqlilarning keyingi ko‘krak oyoqlari ham o‘zgargan bo‘lishi mumkin. Masalan,
zohid
qisqichbaqalarda bu oyoqlar qisqargan bo‘lib, qisqichbaqa tanasini chig‘anoq ichida ushlab
turish uchun xizmat qiladi.
O‘noyoqlilarning jabralari oyoqjag‘lar va yurish oyoqlarining asosiy bo‘g‘imi bilan
bog‘langan yoki ko‘krak oyoqlarining tanaga birikkan joyida joylashgan. Karapaks jabralarni
ikki yon tomondan yopib olishi tufayli jabra bo‘ shlig‘i paydo bo‘ ladi. Suv jabra bo‘ shlig‘iga
qisqichlar asosida yoki yurish oyoqlarining asosiy bo‘g‘imlari o‘rtasida joylashgan teshiklar
orqali kirib, karapaksning oldingi tomonidan chiqib ketadi. Quruqlikda hayot kechiradigan qis-
qichbaqalar (masalan, palma o‘g‘risi
Do'stlaringiz bilan baham: