Imom Buhoriy hadislaridan namunalar keltirin
1 – topshiriq. Quyidagi mavzular yuzasidan SAVOLLARGA JAVOB YOZING.
Dinning mohiyati va unga berilgan ta’riflar
Din arabcha so‘z ekani barchaga ma’lum. Lekin, din tushunchasini to‘liq anglab olish uchun, uning ham lug‘aviy, ham istilohiy ma’nolarini alohida-alohida olib tanishib, tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Arab manbalarida qayd etilishicha, din so‘zi fe’lidan yasalgan bo‘lib, «kimgadir bo‘ysunmoq, bo‘yin egmoq, itoat etmoq, kimdandir qarzdor bo‘lmoq, e’tiqod qilmoq, qilgan ishiga yarasha mukofotlamoq»; «diynun» so‘zi esa, «din, imon, ajr-mukofot, qilingan ishga yarasha berilgan haq» kabi ma’nolarni bildiradi. O‘zbek tili lug‘at adabiyotlarida «din» - ishonch, ishonmoq, e’tiqod, mulk, hukm, hisob, jazo, tadbir, bo‘ysunish, itoat qilish, ibodat, parhez, yo‘l tutish, odat qilish, e’tiqod qilish ma’nolarini bildirishi keltirib o‘tiladi. Islomdan avval turkiy xalqlarning din tushunchasini ifodalash uchun turli davrlarda «darm», «nom» va «den» kabi so‘zlarni ishlatganlari ma’lum. Ulardan «drm», «darm» din, aqida ma’nosida sanskritcha (qadim hind tili) «dharma»dan (Pali tilida dhamma); «nom» din ishonch, qonun ma’nosida sug‘d tilidan kirib kelganligi aytiladi. O‘zbek tilidagi «din» ma’nosini beruvchi atamalar barcha tillarda mavjud. Jumladan, zardushtiylarning manbasi «Avesto»da «din» sifatida «daena», qadimgi fors pahlaviy tilida «den», «din», «dena», «daena» so‘zi ishlatilib, «yo‘l», «mazhab», «marosim», «uslub», «tarz» kabi ma’nolarni bildirgan. Ibroniy tilida istifoda qilinadigan «dath» so‘zi «din» tushunchasini ifodalash uchun umumiy termin bo‘lib, «hukm», «amr» va «qonun» ma’nolarini anglatgan. Rus tilida din ma’nosini anglatadigan «religiya» so‘zining kelib chiqishi borasida lug‘atlarda bir qancha yondashuvlar keltirib o‘tilgan. Ulardan ba’zilariga ko‘ra mazkur atama lotincha «religio» so‘zidan kelib chiqib, «diyonat, dindorlik, taqvodorlik, xudojo‘ylik, mo‘minlik, taqvo, muqaddas narsa yoki joy, qadamjo, ziyoratgoh, ibodattopinish-sig‘inish va u bilan bog‘liq diniy marosimlar» degan ma’nolarni anglatadi. Ikkinchi guruh tilshunoslar «religio» so‘zi semantik, ma’no va morfologik jihatdan «relegere» so‘zi bilan bog‘liq bo‘lib, «yangidan to‘plamoq, yangidan tanlashga kirishmoq, qayta ishlab chiqish uchun oldingi sintezga qaytish» kabi ma’nolarni anglatadi, deb ta’kidlaydilar. Din – insoniyat ma’naviy hayotining tarkibiy qismidir. Birinchi Prezidentimiz aytganlaridek: “Ma’naviyat unsonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, idodasini baquvvat, iymon- e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir”.1 O‘zbekiston Rеspublikasida ziyolilar oldiga ma'naviy barkamol insonni shakllantirish vazifasi 1 I.A. Karimov «Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch.:. Lеkin kеyingi paytda paydo bo‘lgan diniy bo‘lmagan masalalarni diniy dеb atash, har qanday, hatto bir-biriga zid bo‘lgan, fikrlarni tahlil qilmasdan turib maqtash uslubi ham o‘zini oqlamaydi. Gumanistik e'tiqod shaxsning barcha fazilatlarini asosini tashkil qiladi. Dеmak, insonning hayotdagi pozitsiyasi, uning turmush tarzi mazmunini e'tiqodining mustahkamligiga bog‘liq. O‘z navbatida inson e'tiqodi bilimlar, g‘oyalar, nazariyalar asosida shakllanadi. Insonlar e'tiqodini shakllanishiga xizmat qiladigan bilim va g‘oyalar ekanligini bilib olganimizdan so‘ng shunga e'tibor qaratishimiz lozimki, inson e'tiqodsiz, g‘oyasiz, fikrlashsiz yasholmaydi. Insonning va jamiyatning maqsad sari yеtaklaydigan kuch g‘oyadir. Dеmak, g‘oya inson tafakkurida vujudga kеladigan, ruhiyatiga kuchli ta'sir o‘tkazib, maqsad sari еtaklaydigan fikrdir. Diniy e'tiqod esa o‘ziga xos g‘oya sifatida inson ruhiyatining holatidir. E'tiqodning o‘ziga xos ko‘rinishlaridan biri bu dindir. 19 Din tushunchasiga olimlar tomonidan yuzlab ta’riflar berilgan. Bunda, turli soxa va dunyoqarash egalari, o‘z soxalari va qarashlarida kelib chiqib dinga ta’rif berishgan. Shu tufayli turfa xil ta’riflar yuzaga kelgan. Quyida ularning ba’zilarini keltirib o‘tamiz: «Din, insonning muqaddas deb bilgan narsalariga nisbatan munosabatidir». Rudolf Otto «Din, ruhiy borliqlarga nisbatan ishonchdir». Edvard Teylor «Din, insonning abadiyatni anglashini ta’minlovchi, aql va mantiqqa tobe’ bo‘lmagan zehniy malaka yoki iqtidordir» Maks Myuller «Din, malakalarimizni erkin holda qo‘llashni to‘suvchi ta’qiqlar majmuasidir» Salmon Reynax «Din, e’tiqodlar, xatti-harakatlar va ijtimoiy hayotning muayyan shartlariga ko‘ra tashkil etilgan muassasalar tizimidir» Vitold Taylok «Din, eng buyuk ijtimoiy qadriyatlar shuuridir» Edvard S. Amis «Din, muayyan jamoatning vujudga kelishini ta’minlovchi marosim va e’tiqodlar majmuidir». Emil Dyurkgeym Umuman olganda, olimlar muayyan e’tiqod din deb atalishi uchun uch asosiy xususiyatga ega bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydilar. Bulardan birinchisi, g‘ayritabiiy iloh (yoki ilohlar) haqidagi tasavvurning mavjudligi. Har bir dinda topinish ob’ekti – Xudo bo‘lishi shart hisoblanadi. Mavjud dinlardagi Xudo haqidagi tasavvurlarni shartli ravishda ikkiga – transsendent va immanent ilohlarga bo‘lish mumkin. Transsendent ilohlarga insonlar olamidan tashqarida, insonlarga hech qanday aloqasi bo‘lmagan, qusur va nuqsonlardan xoli Xudolar kiradi. Bunga misol sifatida tom ma’noda islom dinidagi Alloh taolo va qisman xristianlikdagi Ota Xudo, yahudiylikdagi Yahvelarni keltirish mumkin. Immanent ilohlar deganda esa tabiatning bir bo‘lagi sifatida tasavvur qilingan, insonlarga o‘xshab ketadigan, biroq g‘ayrioddiy yaratuvchilik, buzg‘unchilik, rizqlantiruvchilik kabi kuchlarga ega bo‘lgan Xudolar kiradi. Bunday turdagi ilohlar ko‘pincha yo antropomorf (inson qiyofasida) yo zooantropomorf (yarim odam yarim hayvon) yoki zoomorf (hayvon) shaklda tasavvur qilinadi. Bunga misol sifatida Qadimgi Misr, Yunon, Rim sivilizatsiyalari, zamonaviy Hindiston, Xitoy, Yaponiya dinlarini sanash mumkin. Ikkinchisi, Xudo bilan insonlarni bog‘lab turuvchi kult yoki kultlar majmuasi. Yuqorida aytilganidek har bir dinda topinish ob’ekti - Xudo bo‘lishi lozim. yaratuvchi bilan insonni bog‘lab turadigan ibodat va marosimlar majmui kult deb ataladi. Kultlar kundalik yoki mavsumiy, yakka tartibdagi yoki jamoaviy kabi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Jumladan, islom dinida «Namoz mo‘minning me’roji» hisoblansa xristianlikdagi «sirli marosimlar»da Muqaddas Ruhning o‘zi ishtirok etadi deb hisoblanadi. Shu tariqa, mavjud barcha dinlarda kultlar vositasida e’tiqodchilar o‘z ilohlari bilan bog‘lanadilar Uchinchisi esa e’tiqodchilarni o‘zida jamlaydigan diniy tashkilotlarning mavjudligi. Diniy tashkilot, bu bir din izdoshlarining jamoaviy ravishda o‘z diniy rasm rusum, ibodat marosimlarini o‘tkazadigan, diniy ta’lim oladigan muassasalaridir. Bu, islomda - masjid, madrasa, xristianlikda - Cherkov, seminariya, yahudiylikda - sinagoga va hokazo. “Inson qachondan beri Xudoga ishonib keladi?”, “Din qachon paydo bo‘ldi?” kabi savollar doimo olimlarni qiziqtirib, o‘ylantirib kelgan. Mazkur izlanishlar necha asrlardan beri davom etib kelayotgan bo‘lsa-da, hali hanuz bu borada bir to‘xtamga kelinmagan. Umumiy ma'noda, bugungi kunda fanda dinlarning shakllanishi tarixiga oid ikki xil qarash mavjud. Birinchi qarashga ko‘ra dinning paydo bo‘lishi bevosita insoniyatning yaralishi bilan bog‘liq. Xudo ilk insonlarni yaratishi bilan ularga O‘zini tanitdi, natijada inson ilk dinga e'tiqod qila boshladi. Bunday qarash fanda “teologik yondashuv” deb nomlanadi. Bugun mavjud bo‘lgan har qanday din o‘zining tarixini insoniyat yaralishi – ilk inson bilan bog‘lashini ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, islom dinida – Odam va Havvo, yahudiylik va xristianlikda – Аdam va Yeva, zardushtiylikda – Govmard, sintoizmda – imperator Mikado va boshqalar. Mazkur ta'limotlar dinlarning muqaddas manbalarida bayon qilingan. Teologik yondashuvga ko‘ra, turli buyumlarga sig‘inish va ko‘pxudolik, jumladan animizm, totemizm, fetishizm va shomonlik yakkaxudolilikdan keyin yuzaga kelgan. “Teologiya” atamasi (“deus” – Xudo, “logos” – ta'limot) qadimgi Yunonistonda paydo bo‘lgan va dastlab hech qanday falsafiy yukka ega bo‘lmagan. “Teologiya” so‘zi ilohlar to‘g‘risidagi dostonlarda qo‘llanilgan, bunday asarlarning mualliflarini esa teologlar deb atashgan. Аrastu “teologiya” atamasidan falsafaning muayyan qismini belgilash uchun foydalanib, mazkur atamani sharhlashda burilish yasadi. U nazariy falsafani matematika, fizika va teologiyaga ajratdi. Аrastu ilohiyot ilmini “birinchi falsafa”, oliy mushohada fani yoki “oliy falsafa” deb nomladi. U ilohiyot ilmini borliq, uning ibtidosi va mavjudligi sabablari to‘g‘risidagi fan sifatida belgilab berdi. Dinlarning kelib chiqishi haqidagi ikkinchi qarash fanda “materialistik yondashuv” deb nomlanadi. Mazkur qarashlarning paydo bo‘lishi antik davrga borib taqalib, ilk bor qadimgi yunon faylasuflari qarashlarida aks etgan. XVII asrga kelib Yevropada cherkov hokimiyatining susaya boshlashi, hurfikrlilik namoyandalari - din tanqidchilarining paydo bo‘lishi, XIX asrning ikkinchi yarmida Charlz Darvin tomonidan “Turlarning kelib chiqishi” nomli asarning chop etilishi ham turtki bo‘ldi. Keyinchalik mazkur qarashlar Аvgust Komt va Lyudvig Buxnerlar tomonidan eng cho‘qqisiga ko‘tarildi. Unga ko‘ra din bu ijtimoiy hodisa, inson tafakkuri, emotsiyalari mahsulidir. Mazkur qarash tarafdorlari fikricha, dinlar soddadan – murakkabga, umumiylikdan – xususiylikka, ko‘pxudolikdan – yakkaxudolikka tomon uzoq tarixiy evolyutsion jarayonni bosib o‘tgan. Unga ko‘ra, ilk davrdagi ibtidoiy odamning jismoniy, fiziologik, asab-endokrin, biologik, psixologik va boshqa sohalari o‘ziga xos xususiyatlarga ega edi. Bu nafaqat uning hayoti va faoliyatiga, fe'l-atvoriga, balki uning fikrlash darajasiga, kuchli hayajonlanishiga, tasavvur etishiga, mustahkam, haqiqiy yoki soxta mantiqiy qonuniyatlarni kashf etishiga ta'sir ko‘rsatadi. Uyqu, tush va nafas olish kabi holatlarda tanani boshqaruvchi va o‘lim bilan undan ajratib turuvchi, hayot bag‘ishlovchi qandaydir kuch mavjudligiga ishongan ajdodlarimiz, mazkur kuch harakat qiluvchi har bir narsa: daryo, quyosh, oy, daraxt kabi mavjudotlarda bor deb tasavvur qilganlar. Natijada, inson qo‘rquvi, hurmati, ehtiyoji va zarurati darajasida ularga sig‘ina boshlagan. Materialistik maktab tarafdorlari fikriga ko‘ra, qo‘rquv dinlarning kelib chiqishida asosiy rolь o‘ynagan hissiy holatdir. Jumladan, ingliz faylasufi Xerbert Spenser (1820-1903) ham ibtidoiy qabila dinlarining kelib chiqishiga qo‘rquv natijasida “ajdodlarga sig‘inish” sabab bo‘lganligini ta'kidlaydi. Spenser ijtimoiy hisob-kitoblarga suyangan holda, hayot qo‘rquvining dinlardagi o‘rniga alohida diqqatni tortadi. Bu qo‘rquvning ajdodlarga nisbatan ibodatning barcha ko‘rinishlari shakllantirganligini va tangrilarning ustun yoki qahramon bo‘lgan ajdodlardan tanlanganligi fikrini ilgari suradi; har bir dinda ajdodlarga alohida e'tibor qaratilganligiga ishora qiladi. Din tushunchasi o‘zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan bo‘lib, ishonch, inonmoq ma'nosini bildiradi. Bizning fikrimizcha, din real voqelikdagi, ijtimoiy hayotdagi narsa va hodisalarni tabiatdan, jamiyatdan tashqarida mavjud deb hisoblaydigan, ularni o‘ziga xos tarzda aks ettiradigan ma'naviy e'tiqod va amalning bir turidir. E'tiqod so‘zi ham arab tilidan kirib kelgan bo‘lib, chuqur, mustahkam ishonch ma'nosini anglatadi Demak, diniy e'tiqod deganda mustahkam, chuqur ishonch, maslak, ishonish tushuniladi. Ilohiyot, ya'ni diniy ta'limot nuqtai nazardan "din", "diniy e'tiqod" tushunchalari jamiyat, inson, uning ongi hayotning ma'nosi, maqsadi va taqdiri uni bevosita qurshab olgan moddiy olamdan tashqarida bo‘lgan, uni go‘yo yaratgan, ayni zamonda insonlarga birdan-bir "to‘g‘ri", "haqiqiy", "odil" hayot yo‘llarini ko‘rsatadigan va o‘rgatadigan ilohiy kuchga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarashlar, ta'limotlar majmuidan iboratdir. Muayyan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va g‘oyaviy sabablarga ko‘ra diniy dunyoqarashlar to‘la hukmron bo‘lgan sharoitlarda qar qanday ilg‘or tabiiy, ilmiy, jumladan, falsafiy qarashlar ham diniy qarashlarni, ularning mavjudlik sabablarini, mohiyati masalalarini chetlab o‘ta olmagan; lekin ularning din haqidagi qarashlari ruhoniy va ulamolarning rasmiy qarashlaridan jiddiy farq qilgan. Biz bu vaziyatni Forobiy va Beruniyning dinga bo‘lgan munosabatlarida ko‘rishimiz mumkin. Forobiyning dinga munosabati asosan uning "Fozil shahar aholisi haqida kitob" risolasida bayon qilingan. Uning fikricha, din ham falsafa kabi voqelikni o‘rganishga qaratilgan, Bu falsafa moddiy olamni bilish, sabab, oqibat bog‘lanishlarini aniqpash orqali o‘rganadi. Din esa voqelikka bu uslub bilan emas, balki tasvir (obrazli), ramziy, majoziy, qiyosiy tasavvurlardan foydalanish orqali e'tiqod qilishga chakirish yo‘li bilan yondashadi. Demak, din voqelikni, sabab va oqibat bog‘lanishlarining moddiy asosini o‘rganmasdan izoxlashga kirishadi. Аyni zamonda voqelikni falsafiy bilish, o‘z mohiyatiga ko‘ra, diniy bilishdan ustuvordir. Beruniyning dinga munosabati uning "qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" va "Hindiston" asarlarida bayon qilingan. Uning fikricha, din ham bilim bo‘lib, bunday bilim vokelikdagi narsa va hodisalarni dalillar orqali isbotlash bilan o‘rganish mumkin bo‘lmagan joyda qo‘llaniladi. Diniy bilim isbotsiz e'tiqodga, ilmiy bilim esa dalillashga, isbotlashga asoslanadi. Beruniyning o‘zi esa butkul dalillarga asoslangan bilimlar bilan shugullangan. U moddiy olam haqidagi ilmiy masalalarni hal qilishda dinning ta'sirini cheklashga intilgan. Forobiy va Beruniy dinga bunday yondashishlar orqali ilmiy bilimni din ta'siridan xalos etishga g‘oyat o‘rinli harakat qilganlar. Ular dinga emas, unga singib qolgan mutaassiblikka qarshi chiqqanlar. Ilmiy bilimlarga asoslangan dunyoviy ishonchli, haqiqiy ta'limot olamning mavjudlik sabablari masalasida diniy qarashlar bilan kelishmasa-da, ammo insonni, uning ijtimoiy faoliyati, ma'naviy va axloqiy qadriyatlarini o‘rganishda minglab yillar mobaynida uning bag‘rida qo‘lga kiritilgan bilim, tajriba, ularning hozirgi kundagi ijobiy ahamiyatini aslo rad qilmaydi. Dinlarning paydo bo‘lishi, qaror topishi va kayta tiklanishining gnoseologik, ijtimoiy va psixologik ildizlari mavjudtsir. Uning ildizlari o‘zaro aloqadorlikda bo‘lib, ijtimoiy taraqqiyotning turli bosqichlarida ularning egallagan o‘rni ham, odamlarga ta'sir darajasi ham goh kuchayib, goh pasayib turadi; bu ildizlar tufayli din tarqalib, qaror topib, amal qilib, goh avj olib, goh zaiflashib turadi. Masalan, hozirgi davrda umumbashariy (global) muammolar, chunonchi oziq-ovqat yetishmasligi, xom ashyo kamayib borayotganligi, energiya tanqisligi, aholining tez ko‘payib borayotganligi, termo-yadro urushi xavfi kuchayayotganligi, atrof-muhitning tobora ifloslanayotganligi, ekologik vaziyat, ya'ni axloqiy buzilish (siyosiy, diniy ekstremizm, terrorchilik, koruptsiya, o‘garlik, talonchilik, buzg‘unchilik va h. k., tobora ko‘proq taxdid, xavf-xatar tug‘dirmokda. Din kishilar o‘rtasidagi muayyan munosabatlar va bu borada diniy tashkilotlarning faoliyatidan ham iboratdir. Dinning hamma tarkibiy qismlari singari diniy munosabatlar va diniy tashkilotlar faoliyati ham ijtimoiy vaziyatlar bilan belgilanadi. Bularning faoliyati nisbiy mustaqillikka ega bo‘lib, kishilarning voqelikka bo‘lgan munosabatiga muayyan darajada ijobiy yoki salbiy ta'sir etib turadi. Diniy tushunchalar, tasavvur va kayfiyatlarga moslashib, bularning bevosita ta'siri natijasida vujudga keladigan dindorlar o‘rtasidagi aloqadorlik va diniy jamoa, uyushma va tashkilotlarning faoliyatlari diniy munosabatlar deb ataladi. Bunday munosabatlar ijtimoiy, goyaviy, mafkuraviy munosabatlarning turlari bo‘lib, muayyan dunyoqarashni shakllantiradi, pirovardi-oqibatda ishlab chiqarish munosabatlarining mahsuli hisoblanadi. Jamiyatda diniy munosabatlar alohida mavjud bo‘lmaydi; ijtimoiy munosabatlarning boshqa turlari, chunonchi siyosiy, huquqiy, axloqiy, ma'naviy munosabatlar, mehnat jarayonlari bilan uzviy bog‘liqtsir; bir-birini oziklantirib turadi. Diniy munosabatlar, birinchidan, har bir diniy jamoa, uyushma, tashkilotlar orasidagi, ikkinchidan, diniy tashkilotlar o‘rtasidaga va uchinchidan, tashqi munosabatlar doirasidagi aloqalarga bo‘linadi. Bu alokalarning ob'ekti va sub'ekti diniy jamoalardir, ular diniy e'tiqodga asoslangan dunyoqarashga ega bo‘lgan kishilar birligining muayyan shakli va diniy uyushmaning boshlang‘ich elementidir. Bu birlikning asosiy belgilari quyidagicha: 1) diniy e'tiqod, maqsad va vazifalar birligi; 2) diniy marosimlar va undan tashqaridagi faoliyatlarning birligi; 3) etnik birlik tuyg‘uei; 4) jamoa a'zolari orasidagi o‘zaro taqsimlangan mavqe va vazifalarning birligi. Diniy jamoalarning tuzilishi an'analar va urf-odatlar, huquq yoki umumiy dasturlar, qoida, fatvolar bidan belgilanadi. Bular maxsus mezonlar sosida rasmiy va norasmiy guruhlarga: -"jamoa kengashi", "ruhoniylar", "qavmlar" va "va'zxonlar" ga, diniy va xo‘jalik, moliya ishlari bilan shug‘ullanuvchi guruhlarga bo‘linadi. Mustaqillik ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, jumladan, ma'naviy hayotdagi yangilanish jarayoni va tub o‘zgarishlar davrini boshlab berdi. Dinga bo‘lgan munosabat ijobiy tomonga o‘zgardi: sobiq sovet tizimining dinga ateistik hujumkorlik siyosatiga barham berildi, vijdon erkinligi qonun orqali kafolatlandi. Din – e'tiqod va u har bir kishining shaxsiy ishi hisoblanadi. Diniy nuqtai nazarga ko‘ra, din – muayyan diniy e'tiqodlarga, ya'ni ilohga, uning tomonidan insonlarga xabar yetkazuvchilarning g‘ayrioddiy salohiyatga ega ekaniga (payg‘ambarlik), insonlar atrofida unga ko‘rinmaydigan ammo undan ancha yuqori darajada turuvchi mavjudotlar borligiga (farishtalar, jinlar) inson ideal hayot kechirishi uchun azaldan belgilangan qonuniyatlar mavjudligiga inson hayoti muntazam nazorat ostida ekaniga, qilingan barcha yaxshilik va yomonlik uchun mukofot yoki jazo muqarrarligiga, hisob-kitob inson qismati avvaldan belgilanishiga va shu kabi qarashlarga ishonish, ularni aqida sifatida qabul qilishdan iborat. Din – tabiat, jamiyat inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri insoniyatning bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bo‘lgan, uni yaratgan ayni zamonda insonlarga to‘g‘ri, haqiqiy, odil hayot yo‘lini ko‘rsatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash ta'limotdir. U muayyan ta'limotlar, his-tuyg‘ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo‘ladi. U olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish usuli, olamda insoniyatning ilk tarixidan to bizgacha o‘tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks etishidir. Din komil insonni tarbiyalashda salmoqli tarbiyalovchi qudratga ega bo‘lgan ma'naviy-axloqiy kuchdir. Din ishonmoq tuyg‘usidir. Ishonmoq tuyg‘usi insoniyatning eng teran va go‘zal ruhiy-ma'naviy ehtiyojlaridandir. Dunyoda dini, ishonchi bo‘lmagan xalq yo‘q. Xalq dinsiz, e'tiqodsiz biror-bir narsaga ishonchsiz holda yashay olmaydi. Sotsiologik nuqtai nazardan qaraganda din jamiyat uchun zaruriy narsa, ijtimoiy hayotning ajralmas qismidir. U ijtimoiy munosabatlarni yuzaga keltiruvchi va amalga oshiruvchi omil sifatida namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |