O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo’limi


I. O‘quv faoliyatining asosida mavjud motivlar



Download 1,1 Mb.
bet3/8
Sana11.04.2020
Hajmi1,1 Mb.
#43814
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


I. O‘quv faoliyatining asosida mavjud motivlar:

1) ta'lim mazmuni bilan bog‘liq motivlar:o‘quvchini yangi faktlarni bilish-o‘rganishga, bilimlarni egallashga, turli vositalar asosida o‘rganilayotgan jarayonning tub mazmun-mohiyatini bilish, anglab yetishga yo‘naltiradi.

2) o‘quv jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan motivlar: o‘quvchida ta'lim jarayonida turli xarakterdagi topshiriqlarni bajarish paytida intellektual faollik namoyish etishga, tafakkur qilish, mushohada yuritish, shuningdek, ta'lim jarayonida topshiriqlarni bajarish chog‘ida uchraydigan qiyinchiliklarni yengib o‘tish, ya'ni bolani natija bilan emas, balki ta'lim jarayonidagi faoliyatning qiziqarliligi bilan band qilib qo‘yish.

II. Ta'lim faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan motivlar.

Keng ko‘lamdagi ijtimoiy motivlar: vatan, jamiyat, ota-ona va pedagoglar oldidagi burch motivlari.



O‘zligini anglash motivlari (ta'limning kelajakdagi ahamiyatini his qilish, bo‘lajak kasbiy faoliyatga o‘zini tayyorlash va b.) va o‘z-o‘zini takomillashtirish, rivojlantirish ( ta'lim asosida o‘z shaxsini kamol toptirish).

Tor doiradagi xususiy motivlar: maqtovga sazovor bo‘lish, yaxshi baho olishga intilish, tengqurlari orasida ajralib turish (xotirjamlik va farovonlik motivsiyasi), birinchi o‘quvchi bo‘lish, o‘z tengqurlari orasida munosib o‘ringa ega bo‘lish istagi (istiqbol motivatsiyasi).

Salbiy motivlar: ota-onasi, o‘qituvchilari, tengqurlari orasidagi ko‘ngilsizliklardan qochish (ko‘ngilsizliklardan qochish motivatsiyasi)44.

A.K. Markovaning fikriga ko‘ra, motivlar sirasiga asosan bilish-anglash hamda ijtimoiy motivlarni kiritish mumkin. Agar ta'lim jarayonida o‘quvchilarda o‘quv fani mazmunini o‘zlashtirishga intilish kuchli bo‘lsa, u holda bolada bilish motivlarining mavjudligini e'tirof etish mumkin. Agar o‘quvchida fanga nisbatan atrofdagilarga bo‘lgan qiziqish ustun bo‘lsa, demak, unda ijtimoiy motivlar yetakchi ahamiyat kasb etadi45.

Bilish motivlariga bolaning ta'lim jarayonidagi o‘zini rivojlantirishga qaratilgan boshqalar bilan hamkorligi, hamjihatligi, noma'lumni, yangilikni bilishga bo‘lgan intilishlari nazarda tutiladi.

Yanada kuchliroq tashqi muhit bilan belgilanadigan quyidagi motivlar mavjud:



  • ta'limning majburiy xarakterga egaligi;

  • ta'lim jarayonining kundalik odatiy holat ekanligi;

  • ta'limning shaxsiy manfaatlar omili ekanligi;

  • diqqat markazda, e'tiborda bo‘lishga intilish.

Biz fikr yuritayotgan motivlar ta'lim jarayoni natijalari va uning xarakteriga o‘zining salbiy ta'sirini ham o‘tkazishi mumkin. Ayniqsa, o‘quvchining ta'lim motivlari maqtov eshitish yoki moddiy manfaatdorlik asosiga qurilganligi tashqaridan qaraganda yaqqol namoyon bo‘lsa bu ta'sir kuchli bo‘ladi.

O‘qituvchining asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarning barcha motivlari orasida ichki ta'lim motivatsiyalarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi muhim ahamiyatga ega.

A.K.Markovaning fikriga ko‘ra, bilish va ijtimoiy motivlar turli xil darajaga ega.

Bilish motivlari darajalari:


  • Keng ko‘lamli bilish motivlari(yangi bilim, fakt, hodisa va qonuniyatlarni o‘zlashtirishga qaratilgan);

  • O‘quv-bilish motivlari(bilimlarni o‘zlashtirish yo‘llarini hamda mustaqil ta'lim olish usullarini o‘zlashtirishga qaratilgan);

  • Mustaqil ta'lim motivlari (qo‘shimcha bilimlarni egallash asosida o‘z bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirish borasida o‘z shaxsiy dasturiga ega bo‘lish).

Ijtimoiy motiv darajalari:

  • keng ko‘lamli ijtimoiy motivlar (burch va majburiyat, ta'limning ijtimoiy ahamiyatini anglab yetish);

  • tor doiradagi yoki xususiy ijtimoiy motivlar (atrofdagilarga nisbatan ma'lum bir tarafga mansub bo‘lishlikka intilish hamda ularning e'tiborini qozonishga harakat qilish);

  • ijtimoiy hamkorlik motivlari(boshqa insonlar bilan hamkorlik qilishning barcha vositalarini ishga solishga intilish).

A.K.Markova ta'kidlaganidek, ta'lim jarayonida turli motivlar namoyon bo‘lishi bir xil xususiyatga ega emas. Masalan, keng ko‘lamdagi ijtimoiy motivlar ma'lum bir qaror qabul qilish jarayonida, o‘qituvchidan qo‘shimcha ma'lumotlar olish chog‘ida, o‘quv-bilish motivlari masalaning yechimini topishga qaratilgan mustaqil faoliyat, savollarga javob berish yoki o‘qituvchiga savol berish jarayonida, mustaqil ta'lim motivlari esa bevosita mustaqil ta'lim faoliyati chog‘ida, shuningdek, o‘quvchining ta'lim tarkibini o‘zgartirishga qaratilgan takliflarini ifodalash paytlarida namoyon bo‘ladi46.

Keng ko‘lamdagi ijtimoiy motivlar o‘quvchining o‘z burch va mas'uliyatini his qilishi bilan bog‘liq xatti-harakatlarida o‘z aksini topadi. Ijtimoiy hamkorlik motivlari jamoat ishlaridagi faollikka intilishi va uni samarali tashkil qilish yuzasidan bergan takliflaridan bilinib turadi.



Ta'lim motivlarining tasnifi va vazifalari.

Ta'lim motivlari o‘quv motivlarining kuchi va ishonchli-mustahkamligi bilan tasniflanadi. Ta'lim motivlari kuchi o‘quvchining bilim olish yo‘lidagi qiyinchiliklarni yengib o‘tishga bo‘lgan intilishilari, motivning ehtiyoji, uning davomiyligi bilan belgilanadi. Motiv kuchi ham fiziologik, ham psixologik omillarga bog‘liq. Fiziologik omillarga motivatsion qo‘zg‘atish kuchi kirsa, psixologik motivlarga o‘quv-anglash faoliyatining natijalari, uning mohiyatini anglab yetish, ma'lum ma'nodagi ijod erkinligi kabilar kiradi. Bundan tashqari, motivlarning kuchini bolalikda kuchliroq namoyon bo‘ladigan emotsiyalar ham belgilab beradi.

O‘quv motivlarining mustahkamligi deyilganda butun ta'lim faoliyati jarayonida o‘quvchining turli ta'limiy topshiriqlarni bajarishda namoyon bo‘ladigan iroda kuchi hamda uning o‘quv materiallarini o‘zlashtirish, esda saqlab qolish va amalda ulardan foydalana olish qobiliyatlari nazarda tutiladi. Mohiyatan olib qaraganda, o‘quvchining o‘zini ta'lim olishga ongli yo‘naltira olishi, maqsad va vazifalarni to‘g‘ri belgilay bilishi va ularga amal qilishi anglaniladi.

O‘quv motivlarining quyidagi vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:

a) qo‘zg‘atuvchi funksiya o‘quvchi motivlari energetikasi, boshqacha aytganda, motiv o‘quvchining faoliyati va o‘zini tutishidagi faolligini ta'minlab beradi.

b) yo‘naltiruvchi funksiya o‘quvchi energiyasi, maqsad va vazifalarining yo‘naltirilgan obektini ko‘rsatadi, chunki o‘quvchi ta'lim jarayonida o‘z faoliyatini konkret bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashga yo‘naltiradi. Yo‘naltiruvchi funksiya motiv mustahkamligi bilan chambarchas bog‘liq.

v) tartibga soluvchi funksiya bolaning xulqi va faoliyatini tartibga solish, ularning xarakterini belgilash vazifasini bajaradi. Bunda mazkur funksiya ijtimoiy motivlar bilan xususiy motivlar orasidagi muvozanatni tartibga soladi. Vazifa (funksiya) ning bu shaklida barcha motivlar baravar ishtirok etadi. Tartibga solishdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad qay bir motiv aynan qaysi o‘rinda ko‘proq samara berishini belgilab berishdan iborat.

Yuqorida e'tirof etilgan funksiyalar bilan bir qatorda motivning rag‘batlantiruvchi, boshqaruvchi hamda tashkillashtiruvchi47, tarkibli, ma'no anglatuvchi, mazmun kasb etuvchi, nazorat qiluvchi, himoyalanuvchi funksiyalari ham mavjud48.



Motivatsion sohadagi qiziqish.

Aslida qiziqish juda katta va keng ko‘lamdagi tushunchalarni qamrab oladi. Shu bois ham ta'lim jarayonida yuzaga keladigan yoki namoyon bo‘ladigan qiziqishning o‘zini bir necha tarkibiy qism hamda turlarga bo‘lib o‘rganish zarurati mavjud. A.K.Markovaning ta'kidlashicha, qiziqishni rejalashtiruvchi, natijali, mazmunli, samarali, o‘quv-biluv anglashga qaratilgan, o‘zgartiruvchi kabi turlarga bo‘lish mumkin.

Qiziqish (lat.interesum - muhim ahamiyatga ega bo‘lmok ) - shaxsning muayyan narsa yoki hodisaga ega bo‘lishga, bilishga aktiv va barqaror yo‘nalishidan iborat individual xislati. Qiziqish mazmuni, hajmi, teranligi va barqarorligiga qarab turlicha 49 bo‘ladi. Qiziqish har qanday faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishning asosiy omillaridan biridir.

Bilim olishga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish va shakllantirishning muhimligi muammolari ko‘pgina olimlarning tadqiqotlarida o‘z aksini topgan. Ularning ishlarini tahlil qilish asosida S.M.Bondarenko ta'lim, bilim olish jarayonining o‘quvchi uchun qiziqarli bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadigan omillarni ajratib ko‘rsatadi.50 Ta'lim mazmuniga hamda bilim olish jarayoniga nisbatan bo‘lgan qiziqishlarni o‘quvchilarda shakllantirishda ularning bilim olish jarayonida mustaqillik, tashabbuskorlik va ijodkorlikni namoyon etishlariga ahamiyat qaratiladi. Ta'lim metodlari qanchalik faol bo‘lsa, o‘quvchida bilim olishga bo‘lgan qiziqish shunchalik ortib boradi. O‘quvchilarda bilim olishga bo‘lgan mustahkam va ishonchli qiziqishni shakllantirishning asosiy vositasi - o‘quvchilarga beriladigan savol va topshiriqlar mazmuni, murakkablik va qiziqarlilik darajasi bilan belgilanadi. Savol tug‘iladi. Nima uchun o‘quvchilarda, aynan kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda atrofdagi real voqe’liklar, hodisa va predmetlardan ko‘ra to‘qima obrazlar, xayoliy voqyealar, mavhum tushunchalar ko‘proq qiziqish uyg‘otadi? Buning asosiy sababi shundaki, ular real voqea-hodisa va predmetlarning asl mohiyatiga tushunmaydi. Ularni bolalar o‘z ongida to‘liq aks ettira olmaydi. Bolalar uchun ma'lum hayotiy qonuniyatlarga bo‘ysunmaydigan, o‘zlari tomonidan yoki ular uchun to‘qib chiqarilgan voqea-hodisalar ko‘proq tushunarli. Bu esa ularda qiziqishning paydo bo‘lishiga olib keladi. Masalan, ertaklarda mavjud “Yalmog‘iz kampir” obrazini ular istalgan darajada vahshiy ko‘rinishda tasavvur qilishlari mumkin. Ular uchun insonning fiziologik-genetik rivojlanish qonuniyatiga bo‘ysunishi umuman yot narsa. Bundan tashqari qachonki o‘quvchi ma'lum bir savol va topshiriqni mustaqil izlanish, aktiv faoliyat bilan amalga oshirsa va to‘g‘ri yechimni topa olsa, ana shundagina bolada bilim olishga bo‘lgan chinakam qiziqish shakllanadi.

Ta'limga bo‘lgan bolalarning qiziqishlarini shakllantirishda muammoli ta'lim muhim rol o‘ynaydi . Bunday xarakterdagi ta'lim faoliyatida bola muayyan qiyinchilik va to‘siqlarga duch keladi va shu bois o‘zidagi bilim zahiralariga murojaat etadi. Agar mavjud bilim, ko‘nikma va malakalari darajasi belgilangan topshiriqni to‘g‘ri amalga oshirishga yetsa, unda qoniqish hissi va amalga oshirgan ta'limiy faoliyati samarasi natijasida shu muvaffaqiyatga erishganligini anglab yetadi. Aksincha, muammoli topshiriqni bajara olmasa, uning yechimini topa olmasa, o‘zida mavjud bilim, ko‘nikma va malakalari darajasining zamon va talab darajasidan ortda qolib ketganligini teran anglab yetadi va ongli tarzda bilimlarini oshirishga kirishadi. Ma'lum bir aqliy faoliyat, mehnatni talab qilmaydigan o‘quv materali bolani hech qachon qiziqtirmaydi. Ta'lim jarayonida bolaning ma'lum bir ta'limiy qiyinchiliklarni yengib o‘tishi bilim olish jarayonining qiziqarli bo‘lishi shartidir. Lekin shuni unutmaslik kerakki, har qanday ta'limiy qiyinchilik bolaning yosh va fiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda qo‘yilishi lozim, aks holda, o‘quv topshirig‘ining haddan tashqari murakkabligi bolaning ta'lim jarayoni va bilim olish faoliyatidan tezda bezishiga olib keladi.

Bundan tashkari, an'anaviy ta'limda darslarni tashkil etish davomida "fokusirovka" ya'ni, o‘quvchilar diqqatini to‘plash, da'vat bosqichi (2-3 daqiqa ajratiladi) ham o‘quvchilarni darslarga qiziqtirishda muhim ahamiyatga ega.

O‘quvchilarning ta'lim jarayoniga qiziqishini shakllantirishning yana bir yo‘li bolada maqsadlar, havas, shaxsni ijtimoiy hayotda o‘z munosib o‘rnini topishga bo‘lgan qiziqishning tayyor "shakl"laridan foydalangan holda amalga oshirish xisoblanadi. Bunda o‘quvchining bilim olish jarayonida ta'lim materiallari mazmunidan kelib chiqqan holda jamiyatda o‘z o‘rnini topishga bo‘lgan ongli intilishni tarbiyalaydi.

Bu yo‘l ishontirish, ta'sir etish, tushuntirish, axborot berish, namuna metodlariga asoslanadi. Bu jarayonda muhim vazifani bevosita o‘quvchi yashayotgan va faoliyat yuritayotgan jamoa, ijtimoiy muhit va ularda yaratilgan qarashlar, an'analar, sharoit va boshqalar o‘taydi. Qachonki o‘quvchi ota-onasi, mahalla, tengqurlari va boshqa jamiyat a'zolarining bilim, ta'lim olishning mohiyatini teran anglab unga nisbatan hayotiy zarurat sifatida qarasagina, uning bevosita ta'limga nisbatan e'tibori kuchayadi. Shu orqali o‘quvchida ta'limning jamiyat va ijtimoiy hayotdagi roli va o‘rniga ijobiy munosabat shakllanadi va unga jiddiy munosabatda bo‘la boshlaydi, boshqacha aytganda, uning mustahkam qiziqishlari orta boradi.

Demak, qiziqishni oshirish bir qancha omillarga bog‘liq:

-o‘qituvchi mahoratiga;

-o‘quvchilarning o‘quv-biluv motivlariga;

-o‘quvchilarning yosh va fiziologik xususiyatlari hisobga olinganligiga;

-uzatilayotgan materiallarning izchilligi ta'minlanganligiga;

-o‘quv materiallari (mazmun-mohiyati, amaliy ahamiyati) ga;

-didaktik va texnik vositalar (ta'limda AKT) samaradorligiga va h.k.

Bola uchun aynan uning diqqat va e'tiborini doimiy tarzda tortib turadigan faoliyat yoki ish turigina qiziqarli ekanligini unutmaslik lozim.

O’quvchilarda ta'limning jamiyat va ijtimoiy hayotdagi roli va o‘rniga ijobiy munosabatni shakllantirish orqali uning mustahkam qiziqishlari orta boradi. L.M.Fridmanning e'tiroficha, o‘qituvchi o‘zining ta'lim faoliyatida o‘quvchilarda motivlarni shakllantirishning har ikkala yo‘l va usullaridan foydalanishi maqsadga muvofiq51.

O‘quv motivatsiyasining muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan qiziqishga tavsif berishda shuni aytish kerakki, “qiziqish” so‘ziga ta'lim sohasi vakillari ta'limning deyarli barcha bosqichlarida motiv so‘zining sinonimi sifatida qaraydilar. Buning isboti sifatida aksariyat hollarda tez-tez eshitib turadigan “uning bilim olishga qiziqishi yo‘q, unda ilm olishga bo‘lgan qiziqishni tug‘dirish lozim”, degan gapni keltirish mumkin. Bu kabi terminlarni aralashtirib yuborishning o‘ziga xos izohi mavjud bo‘lib, u ta'lim motivatsiyalarini o‘rganishda birinchi ob'ekt qiziqish bo‘lganligi bilan xarakterlanadi. Ikkinchidan, qiziqishning o‘zi juda katta va keng ko‘lamdagi tushunchalarni qamrab oladi. Shu bois ham ta'lim jarayonida yuzaga keladigan yoki namoyon bo‘ladigan qiziqishning o‘zini bir necha tarkibiy qism hamda turlarga bo‘lib o‘rganish zarurati mavjud.

Bundan tashqari, motivlarni shakllantirishga ta'lim mazmuni, ta'lim jarayonini tashkil etish darajasi, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilish, o‘qituvchi shaxsi kabi omillar ham bevosita o‘zining ta'sirini o‘tkazadi (Masalan, bolaning oilasidagi ta'lim-tarbiyaga bo‘lgan munosabat va boshqalar). Bu o‘rinda maktabda mavjud an'analarning o‘rnini alohida ta'kidlash lozim; maktabdagi hayot xarakterining o‘ziga xosligi, o‘qituvchilarning bolalar ta'limi va tarbiyasi hisoblanadigan murakkab jarayoniga bo‘lgan munosabati, qiziqishlari kabilar. Bir o‘qituvchining loqaydligi, ko‘plab o‘qituvchilarning faolligiga nisbatan yuqumliroq ekanligini unutmaslik lozim. A.N.Leontevning yozishicha: “Ta'lim jarayonida ham o‘quvchi tomonidan o‘quv materialining mukammal o‘zlashtirilishi uchun o‘quvchi bevosita ta'lim jarayonining ichida yashashi va ta'lim uning hayoti mazmunining ajralmas tarkibiy qismiga aylanishi lozim. Hatto bu jarayonda o‘zlashtirilayotgan ko‘nikma yoki malaka kichik bir xarakter-ahamiyatga ega bo‘lsa ham.”52

A.N.Leontevning bu fikrlari tahlili “agar o‘quvchi o‘z hayoti mazmuni-maqsadiga ega bo‘lmas ekan, o‘zini kelajakdagi hayotiy faoliyatga tayyorlamas ekan, unda bilim olishga bo‘lgan ongli motivatsiyani shakllantirish to‘g‘risida gap ham bo‘lishi mumkin emas”. O‘quvchining ijtimoiy hayotda o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi aksariyat hollarda ta'lim motivatsiyalarini belgilashda muhim omil vazifasini o‘tashini yodda tutishimiz lozim

O‘quv motivlari nafaqat mazmun, balki jamiyat a'zolari tomonidan nisbatan teran anglanganligi bilan ham ajralib turadi. O‘quvchilar tomonidan esa motivlarning ta'limdagi yaqin istiqbolni ta'minlashga xizmat qiladiganlari ko‘proq namoyon bo‘ladi.

Sharoitlardan kelib chiqqan holda o‘quv motivlari yashiringan yoki mohiyatini aniqlash imkoniyati qiyin bo‘lgan ko‘rinishlarga ham ega.

Shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari bilan uning motivatsiyasi orasida bog‘liqlik mavjud. Shaxsning mavjud o‘ziga xos xususiyatlari uning motivatsiyalariga bevosita o‘zining ta'sirini o‘tkazadi. Motivatsiyalarning o‘ziga xosligi va qatiyligi esa insonning o‘ziga xos xususiyatiga aylanadi.

O‘quv motivatsiyasi har bir shaxsning xususiy motivatsiyasi sifatida e'tirof etiladi va o‘z ichiga shaxs faoliyati faolligi va mazmunini belgilab berishga xizmat qiladigan maqsadlar, bilishga bo‘lgan ehtiyojlar, qiziqishlar, g‘oyalar, intilish, motivatsion ko‘rsatmalarni qamrab oladi. Sanab o‘tilgan motivlar tizimi o‘quvchining bilishga bo‘lgan o‘quv motivining asosini tashkil qiladi va uning darajasini hamda uning dinamikasi va mustahkamligini belgilab beradi.

Mutaxassislar o‘quvchi shaxsi faolligining quyidagi ichki, tashqi va xususiy singari uch xil shakli mavjudligini e'tirof etadilar.

Nomlari yuqorida sanab o‘tilgan faollik manbalari orasidan mutaxassislar ijtimoiy, bilishga qaratilgan anglash hamda xususiy (shaxsiy )motivlarni alohida e'tirof etishadi.

O‘quv motivlarining quyidagi; undovchi (qo‘zg‘atuvchi), yo‘naltiruvchi, tartibga soluvchi funksiyalarini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin.

O‘quv motivlari har bir shaxsda mavjud ta'lim motivlarining kuchliligi hamda mustahkamligi bilan xarakterlanadi.

Demak, barcha darajadagi motiv tiplari o‘zining shakllanish jarayonida quyidagi bosqichlarni bosib o‘tadi: odatiy motivlarning dolzarbligi, mavjud motivlar asosida yangi g‘oyalarning qo‘yilishi, muayyan maqsadlarga erishishda mavjud motivlarning ish berishi natijasida ularning mustahkamlik darajasining ortishi, aynan shu motivlar asosida yangi bir motivlarning yuzaga kelishi, turli motivlarning yagona bir motiv asosida birlashishi, bir qator motivlarda yangi (mustaqillik, ishonchlilik) sifatlarning paydo bo‘lishi va boshqalar. Bu jarayon esa shaxs shakllanishining ko’rinishini ifoda etadi.

1-bob bo‘yicha xulosalar

Ilmiy manbalarning tahlili quyidagi muhim xulosalarni chiqarishga asos bo‘ldi:



  1. Sharq mutafakkirlari, xorij va o‘zbek psixologlari o‘quv motivlarini ehtiyojlar nuqtai nazaridan tahlil etishga harakat qilganlar,

  2. Motivlar – didaktik jarayonining asosiy xarakatlantiruvchi kuchidir.

  3. Motivlar o‘qish – bilish jarayonini boshqaradi, unga faollik kasb etish bilan bir qatorda ta'limning mazmun-mohiyatini belgilab beradi.

  4. Ta'lim motivlari kuchi o‘quvchining bilim olish yo‘lidagi qiyinchiliklarni yengib o‘tishga bo‘lagan intilishilari uning davomiyligi bilan belgilanadi.

5. O‘qituvchi o‘quvchilarda o‘quv-biluv motivlarini shakllantirish uchun ularda motivalarning o‘sish jarayonini muntazam kuzatib, tahlil qilib borishi borishi talab qilinadi.

6. Ta'lim motivlari jamiyat va ijtimoiy hayotdan ajralgan alohida bir shakl va ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin emas.



II BOB. AXBOROT – KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VOSITASIDA O‘QUVCHILARDA O‘QUV-BILUV MOTIVLARINI SHAKLLANTIRISHNING MAZMUN, SHAKL VA VOSITALARI
2.1. O‘quvchilarda o‘quv biluv motivlarini shakllantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati
Ta'limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati

XXI asr – axborotlashtirilgan jamiyat sari asrida axborot texnologiyalarning roli va o‘rni kundan – kunga o‘sib boraveradi, hamda har bir jabhaning ajralmas qismiga aylanib boradi. Bugungi kunda hayotimizni axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tassavur etib bo‘lmaydi. O‘zbekistonda ta'lim jarayonida AKTni qo‘llash bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda va uning huquqiy va me'yoriy asoslari yaratilgan.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-maydagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi PF-3080 sonli farmoniga binoan:


  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 6-iyundagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora–tadbirlari to‘g‘risida”gi 200-sonli qarori;

  • O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni;

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 8-iyuldagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF 117-sonli qarori;

  • Xalq ta'limi vazirligi tomonidan 2004-yil 12-oktabrda qabul qilingan “Ta'lim muassasalarini yagona axborot makoniga aylantirish, integratsiyasini chuqurlashtirishni hisobga olgan holda zamonaviy maktabni jihozlash Konsepsiyasi”;

  • O‘zbekiston Respublikasiyning Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan “Ta'lim sektorini rivojlantirish dasturi” hamda “Umumta'lim maktablariga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish” loyihalari;

  • Xalq ta'limi vazirligining 2006-yil 3-avgustdagi “2006-2007-o‘quv yillarini “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kadrlarni salohiyatini oshirish o‘quv yili” deb nomlash to‘g‘risida”gi 6/5-sonli buyruqlari.

Yuqorida qayd etilgan konsepsiyalar, loyihalar va Xalq ta'limi vazirligining buyruqlari ta'lim jarayonida AKT ni qo‘llash va bu orqali ta'lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan.53

O‘zbekistonda axborotlashtirish jarayonida uning ham jamiyat, ham shaxsning o‘rni beqiyosdir. Axborotlashtirish har bir istagan sohasini tubdan o‘zgartirish qobiliyatiga ega. Bunday sharoitda jamiyatdagi har bir shaxsning barkamollik sari intilishlari ro‘yobga chiqadi. Chunki kerakli axborotlarni o‘z vaqtida olish bilan birga ulardan to‘g‘ri foydalana olish insonni ijtimoiy jihatdan rivojlanishiga sabab bo‘ladi.

Respublikamiz xalq ta'limi boshqarmasi tomonidan shahar va tumanlardagi barcha maktab va maktabgacha ta'lim muassasalari, maxsus maktab-internetlarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish keng joriy etilmoqda. Maktablarda zamonaviy o‘quv kompyuter tarmoqlari tashkil etilmoqda. Shuningdek, maktablar “ZiyoNET” jamoat ta'lim axborot tarmog‘iga ulangan bo‘lib, o‘qituvchi va o‘quvchilar undan samarali foydalanish uchun sharoitlar yaratilgan.

“O‘zbekistonda elektron kitob (Jet Book)lardan foydalanish” loyihasi esa o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirmoqda. Maktablarda veb-saytlar ochilib, maktabda amalga oshirilayotgan ishlar, o‘tkazilayotgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, o‘qituvchilar tomonidan yaratilayotgan elektron darsliklar mazkur veb-saytlarga joylashtirilib borilmoqda. O‘z navbatida ana shunday yo‘nalishda o‘zoro tajriba almashish (masalan “O‘rgan-o‘rgat” tadbiri) ishlari yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu ham albatta axborot texnologiyalarini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarning samarasidir.

Yaratilayotgan ana shunday imkoniyatlar natijasida o‘quvchilar zamonaviy axborot texnologiyalarini puxta egallab, bu borada zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lib bormoqda.
Ta'lim jarayoniga axborot texnologiyalarini olib kirish

bugungi kun zarurati
Ta'lim jarayoniga axborot texnologiyalarini olib kirish zarurati 70-80 yillardan boshlab (o‘quvchilarning mashg‘ulotlarga qiziqishi pasayib ketgach ) dars metodlarini, shakl va metodlarini o‘zgartirish, yangilik kiritishdan boshlandi. Nostandart (ular 40-50 tadan oshdi) darslarga axborot texnologiyasini (kompyuter. filmoskop, kodoskop va h.k) va pedagogik texnologiyalarni qo‘llash bilan takomillashtirib borilmoqda.

Mustaqillikka erishgach, ta'limda, umuman, barcha jabhalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash, hech qanday to‘siqlarsiz axborot izlash, olish, tekshirish, uzatish hamda axborotlarni yanada takomillashtirish yuzasidan qator chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilinmoqda. Ushbu chora-tadbirlarning uzluksiz amalga oshirilib borilishi O‘zbekiston Respublikasining “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa qator me'yoriy-huquqiy hujjatlar bilan kafolatlangan.

Globallashuv jarayoni ta'limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) dan keng foydalanishni talab etadi. O‘qitishning zamonaviy usullari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llamasdan turib, o‘qituvchi o‘z kasbiy faoliyatida samarali natijalarga erisha olmaydi. Ammo bunda ta'limning maqsad va mazmuni, usul va vositalari hamda tashkiliy shakllarini to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga ega.

Axborot texnologiyalari qo‘llanadigan darslarning qulayligi shundaki, unda o‘quvchining o‘quv materiallarini o‘zlashtirib olayotganligini doimiy ketma – ket kuzatishga, nazorat olib borishga, kerak holarda tuzatishlar kiritib borishga imkoniyat yaratiladi.

Shuning uchun ham axborot texnologiyalari asosidagi darslarda qiziqish, o‘zini - o‘zi boshqarish, yangi bilimlarni o‘zlashtirib borishga intilish dars oxirigacha saqlanib qoladi. Bunday darslarda o‘quvchining bilim olish motivatsiyasi oshib boradi.

Axborot texnologiyalarining ta'lim jarayoniga kirib kelishi bilan “Inson va kompyuter” muammosi markaziy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Ta'lim jarayoni - axborot, ayniqsa, uning oliy shakli bo‘lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish jarayonidir. Bu jarayonning to‘g‘ri, maqsadli tamonga qaratilgan yo‘nalish, imkoniyatlarini topishga to‘g‘ri keladi.

O‘quv jarayoni axborotni taqdim qilishdek alohida va muhim funksiyani bajarishi lozim. Bu jarayonda “Inson – inson” va “Inson – kompyuter” o‘rtasidagi aloqa bog‘lovchi vosita “axborot” hisoblanadi. Ta'lim sohasining asosiy resursi – axborotdir, shuning uchun axborot tushunchasiga kengroq to‘xtalib o‘tamiz.

Yer yuzida jonli mavjudotlarning paydo bo‘lishi bilan birgalikda ularning taraqqiyoti xamda atrof muhit to‘g‘risidagi, voqea-hodisalar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilish va ular to‘g‘risida axborot olish, shu axborotlar asosida yashash sharoitlarini belgilash, rivojlanish taraqqiyotini anglash katta ahamiyatga ega.

Bundan tashqari, vaqt o‘tishi bilan birgalikda tabiatning insonlar tomonidan o‘rganilishi davomida bu axborotlarga yaratilayotgan va ishlatilayotgan mashinalar, apparatlar, o‘lchov asboblari, texnologik jarayonlar xaqidagi axborotlar qo‘shilib bordi.

Axborot odamlar o‘rtasida uzatiladigan ma'lumotlar hisoblanib, ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyot darajasini belgilashda katta ahamiyatga ega bo‘lib qoldi.

Axborot - agarda tayyorlangan ma'lumotlardan biror narsa (jarayon, hodisa) to‘g‘risida aniqlikni oshirish maqsadida foydalanilsa, u holda foydalanilgan ma'lumotlar axborot deb ataladi.

Axborotlar ta'lim – tarbiya jarayonlarini boshqarishda asosiy manbaa bo‘lib hisoblanadi, chunki ular ob'ektdan olingan axborotlarni tizimlarga (qismlarga) ajratish va qayta ishlash hamda kerakli maqsadlar bo‘yicha uzatish algoritmlarini amalga joriy etishga keng imkoniyatlar yaratadi.

Axborot – iste'mol uchun tayyorlangan, tevarak – atrof (manbaalar) dan olingan ma'lumotlar axborot deb ataladi.

Axborot voqea va hodisalar haqidagi ma'lumotlarni beradi. Hodisa, voqealar mazmun – mohiyatini ochib beradi. Axborot termini kishilik jamiyatining barcha jabhalarida qo‘llaniladi va ular asosida ta'lim – tarbiya jarayoni olib boriladi hamda pedagogik faoliyat boshqariladi54.

Axborot – fanning eng umumiy tushunchalaridan biri. Axborot qandaydir ma'lumot, ba'zi bir dalillar, bilimlar va h.k.lar mohiyatini anglatadi. Hozirga qadar axborotning yagona ta'rifi ishlab chiqilmagan. Eng ko‘p qo‘llanayotgan ta'riflari quyidagicha ifodalanadi: axborot tashqi muhitga moslashish jarayonida undan olingan malumot55.

Demak axborot degan savolga qisqacha javob berishimiz uchun ikkita ob'ektga: manba va iste'molchi orasidagi bog‘lanishga murojaat qilishimiz zarur.

Axborot manbaiga tabiiy ob'ektlar - sayyoralar, yulduzlar, insonlar, hayvonlar, o‘simliklar, maydon, o‘rmonlar hamda fan va texnikani rivojlantirishdagi ilmiy tajribalar, mashinalar, texnologik jarayonlar kiradi.

Axborot iste'molchilari ro‘yxati xam katta bo‘lib unga, insonlar, hayvonlar, o‘simliklar, turli xil o‘lchov asboblari kiradi.

Shuning uchun axborot keng doiradagi tushuncha bo‘lib, jamiki ob'ektlar, mavjudodlar, jarayonlar haqidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi.

Axborot manbalari va iste'molchilarining har xilligi axborot shaklining turli ko‘rinishda bo‘lishiga olib keldi:

– belgili – turli ishoraviy belgilardan iborat axborotlar. Bular biror voqea-hodisalar haqidagi axborotlarni uzatishda foydalaniladi;

– matnli – harf, raqam va belgilar to‘plamidan tarkib topgan ma'lum ma'noni anglatuvchi so‘zlardan iborat axborot;

– grafik – tasvirlardan iborat bo‘lgan tasavvur ko‘rinishidagi axborotlar.

Axborotning mavjud bo‘lishi, saqlanishi, uzatilishi uchun biror-bir material - ob'ekt bo‘lishi zarur. Bunday ob'ektlar juda ko‘p bo‘lib va ularning soni taraqqiyot natijasida o‘sib bormoqda.

Axborot – 1) amalda qo‘llanadigan aniq xabar. Axborot kishilar orasidagi, odamlar va EHM orasidagi ma'lumot almashinish hodisasi; 2) axborot – biror voqea , jumladan, ta'lim – tarbiyaga oid xabar, ma'lumot56.

Axborot atrof-muhit ob'ektlari va hodisalari, ularning o‘lchamlari, xosiyatlari va holatlari to‘g‘risidagi ma'lumotlardir. Keng ma'noda axborot insonlar o‘rtasida ma'lumotlar ayirboshlash, odamlar va qurilmalar o‘rtasida signallar ayriboshlashni ifoda etadigan tushunchadir.

Keyingi paytlarda axborotlarning haddan tashqari ko‘payishi sababli, ularni insonning jismoniy imkoniyatlari doirasida xal etilishi mumkin bo‘lmay oldi. Bunday muammolarni hal etish maqsadida yaratilgan zamonaviy axborot texnologiyalari va tizimlari, ayniqsa, shaxsiy kompyuterlar insonning eng yaqin yordamchisiga aylandi.

Zamonaviy axborot texnologiyalari va tizimlaridan foydalanish orqali axborotlarni qayta ishlash ta'lim samaradorligining muhim omillaridan biri bo‘lib qoldi.

Ta'lim tizimi oldida keng o‘quvchilar ommasini axborot olish va qayta ishlash madaniyatini o‘stirish va shakllantirishdek vazifalar turibdi. Pedagog bolalarga axborot uzatish jarayonida ularga ta'limiy va tarbiyaviy ta'sir etib boradi. Bu jarayonning muvaffaqqiyatli kechishida o‘qituvchining o‘zi tobora maslahatchiga, yo‘l–yo‘riq ko‘rsatuvchiga, o‘quv jarayonining boshqaruvchisiga aylanib boradi. O‘qituvchi axborot egasi, tarqatuvchi funksiyalarni axborot texnologiyalari zimmasiga yuklab boradi. Bunda bosh masala bilimlar olamiga kirish, u bu olamning resurslaridan qanday foydalana olish va o‘zlashtira olishiga bog‘liq bo‘lib qoladi. O‘quvchi axborot ummonida yangicha qoidalarni o‘rganishi, barcha o‘quv fanlari kesimida axborot olishi, uni qayta ishlay olishi zarur bo‘ladi.

Ta'limda o‘qitishning va bilimlarni o‘zlashtirishrishning nutq, so‘z, tovush bilan bog‘langan usullari ikkinchi navbatga o‘tib, o‘qitishning tasavvurlar, shakllar, rang, tasviriy ko‘rsatuvlar bilan bog‘liq usullari birinchi o‘ringa o‘ta boshlaydi.

Global kompyuter tarmoqlarining vujudga kelishi kishilar muloqotining kitob, gazeta va televideniedan farq qiluvchi yangi o‘ziga xos usul va shakllarini vujudga keltirmoqda.

Bu usullar endi kishilik munosabatlarining yangi shakllari, faoliyatlarining yangicha turlari, tafakkur qilish va o‘zini – o‘zi anglashning o‘zgacha tarzi bilan xarakterlanadi.

Axborotlar ustida ish olib borish, ularni uzatish va foydalanuvchiga axborotlarni yetkazish axborot – kommunikatsiya texnologiyalari orqali amalga oshiriladi. Bunda kompyuter va inson o‘rtasida o‘zro kommunikatsiya o‘rnatiladi. Shuni ta'kidlab o‘tish lozimki, pedagogik jarayonda kommunikatsiya ushbu jarayonning eng muhim tashkil etuvchi qismi hisoblanadi.

Ba'zi hollarda muloqot va kommunikatsiya o‘zoro sinonim tarzida qo‘llanilib kelinadi. Ba'zi adabiyotlarda ular quyidagicha farqlanadi.

Muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida axborot ayirboshlashni o‘z ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ (o‘zaro aloqaga doir) jihati hisobga olinadi.

Kommunikatsiya – jonli va jonsiz tabiatdagi tizimlar o‘rtasida axborot almashinuvini anglatadi. Insonning texnik vositalar bilan aloqa qilishi bu - kommunikatsiya. Muloqot esa faqat insonlar o‘rtasidagina amalga oshirilishi mumkin. Inson bolasi aynan boshqalar bilan muloqotda va munosabatda bo‘lish jarayonida shaxsga aylanib boradi, ijtimoiy tajriba va madaniyatni egallab boradi.

Muloqot – odamlar o‘rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog‘lanishlar rivojlanishining ko‘p qirrali jarayonidir. Muloqot birgalikda faoliyat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida axborot ayiraboshlashni o‘z ichiga oladi. Bunday axborot ayirboshlash munosabatining kommunikativ shakli sifatida ta'riflanadi. Odamlar muloqotga kirishayotganda ular tildan foydalanadilar. Muloqotning ikkinchi jihati – muloqotga kirishuvchilarning o‘zaro birgalikdagi harakati – nutq jarayonida faqat so‘zlar bilan emas, balki, xatti – harakatlar bilan ham bir – birini tushunishdan iborat.

Muloqot kishilarning hamkorlikdagi faoliyati ehtiyojlari asosida tug‘iladigan ular o‘rtasidagi aloqa rivojlanishining ko‘p qirrali jarayonidir. Muloqot hamqorlikdagi faoliyat qatnashchilari o‘rtasida axborot almashinishni o‘z ichiga oladi, bu muloqotning kommunikativ tomonida ifodalanadi. Odamlar bir-biri bilan munosabatga kirishishda tildan muomala vositasi sifatida foydalanadilar. Muloqotning ikkinchi tomoni muomalaga kirishuvchilarning o‘zaro ta'siridir. Bunda faqat so‘zlar emas, balki harakat va holatlar ham almashinadi. Masalan, sotuvchi bilan xaridor o‘rtasida biror so‘z aytmasdan muomalaga kirishish mumkin. Muloqotning uchinchi tomoni muomalaga kirishuvchilarning bir-birini idrok qilishidir. Shunday qilib, muloqotning shartli uch tomonini ajratish mumkin: kommunikativ (axborot berish), interaktiv (o‘zaro ta'sir) va perseptiv (o‘zaro idrok qilish).

Muloqotning bu uch tomonining birligi muomalaga kirishuvchi kishilarning o‘zaro munosabati va hamqorlikdagi faoliyatining tashkil etish usuli sifatida namoyon bo‘ladi. Muloqotning mazmuni - axborot almashish, o‘qituvchi tomonidan turli kommunikativ vositalar yordamida o‘quvchilar bilan o‘zaro tushunish va o‘zaro munosabatlarni tashkil etishdir. Pedagoglarning tarbiyaviy va didaktik vazifalarni o‘qituvchi hamda o‘quvchilar jamoasi o‘rtasida munosabatlarni ta'minlamay turib amalga oshirib bo‘lmaydi.

Ta'lim jarayoni – bu avvalo axborot almashinish jarayonidir. O‘qituvchi o‘quvchiga bilimlarni ma'lum qiladi (tegishli axborot beradi) va o‘z navbatida teskari aloqa tarzida undan bayon qilingan bilimlar qanday o‘zlashtirilganligi haqida tasavvur hosil qiladigan axborot oladi. Bu axborot o‘quvchilarning diqqat bilan o‘tirishlarida, o‘qituvchiga qarab turishlarida, yuz ifodalarida o‘z aksini topadi. Agar teskari aloqa bo‘lmaganda edi, o‘qituvchi bergan axborotining o‘quvchilar tomonidan qanday qabul qilinayotganini bilmagan bo‘lar edi. Teskari aloqa o‘qituvchiga o‘z nutqini davom ettirish yoki to‘xtatish, ish turini o‘zgartirish, umuman, faoliyatini korrektura qilish imkonini beradi.

Xuddi shu kabi kompyuter va ta'lim oluvchi o‘rtasida kommunikatsiyanining samaradorligini belgilovchi va natijalarini kafolatlovchi o‘qituvchi hisoblanadi.

Kommunikatsiya (lot communikatio) – informatsiya (axborot)larni almashish jarayoni. Jismoniy va ijtimoiy nuqtai nazardan yondashiladigan kommunikatsiyalar mavjud. Jismoniy nuqtai nazardan yondashiladigan kommunikatsiya aloqa ham deb ataladi. Inson yaratgan texnikaviy tizimlarda quyidagi 4 ta asosiy kommunikatsiya turi bor:

Inson – inson;

Inson – mashina;

Mashina – inson;

Mashina – mashina.

Texnikaviy darajadagi kommunikatsiya jarayonlarida turli xil sun'iy tillardan foydalaniladi. Ijtimoiy nuqtai nazardan yondoshiladigan kommunikatsiya guruh yoki tashkilot ichidagi, butun jamoa ichidagi alohida shaxslar o‘rtasida aloqa almashish jarayonini o‘z ichiga oladi. Bunday turdagi kommunikatsiya asosan, tabiiy til yordamida amalga oshiriladi. Yakka kommunikatsiyada inson axborotni aniqlashi va idrok etishi katta ahamiyatga ega. Guruh ichidagi kommunikatsiya uchun shu guruh yoki a'zolari o‘rtasida munosabatlarning taqsimlanishi, qabul qilingan kommunikatsiya qoidalarining xususiyatlari ahamiyatli57.

Ta'lim jarayoni kommunikatsiya va qaytar aloqa singari o‘zaro ta'sir jarayonlaridan iborat. Bu jarayon muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun u albatta qayta aloqaga ega bo‘lishi - sub'ekt o‘zaro ta'sir natijalari haqida axborot olishi kerak. Kommunikator o‘zi uzatgan axborotni retsipient (qabul qiluvchi) qanday qabul qilishini va qanday munosabatda bo‘layotganligini qayta axborot ma'lumotlariga asoslanib bilib oladi. Muomalada suhbatdoshni yoki tinglovchini idrok etish bir-birini tushunishning asosiy shartidir. Agar o‘qituvchi o‘quvchilari uni qanday idrok etayotganligini, tushunayotganligini anglay olmasa, pedagogik munosabat samarali natija bermaydi.



Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish