O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo’limi


Zokirjon Mulla Xolmuhammad o’g’li Furqat (1858-1909)



Download 1,1 Mb.
bet2/8
Sana11.04.2020
Hajmi1,1 Mb.
#43814
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Zokirjon Mulla Xolmuhammad o’g’li Furqat (1858-1909) ta'lim berishda faqatgina kitob va boshqa o‘quv qurollarigagina emas, balki qo‘shimcha texnik vositalardan foydalanishning samarasi haqida quyidagicha bayon etadi: “... kamina Zokirjon Furqat va Hoji Zuhur ul gimnaziyani ko‘rub tomosha qilduk. Daf'ai avval janobi mazkurning takliflari ilan gimnaziyaga kirib, amonlashib, marhamat aylab, o‘zlari yo‘l boshlab sobikan ilm xosiyati birlan bino bo‘lg‘on hikmatxonadagi asbob va olotlarni ko‘rsatdilar. Aning tomoshasida bizlarga ko‘p xayriyatlar yuzlandi va aqlimiz lol bo‘ldi. Gustoxlik yuzidin ba'zi ash'yo va asboblarni so‘raduk, xaqiqatini bayon qilib tushuntirdilar.... Mazkur shogirdlarni zexnini ochmoqqa darsxonalarga batadrij intikol qildirub, ta'lim berur ekanlar”17.

Samarqand pedagogika muhitining yorqin namoyandalaridan biri Saidahmad Hasanxo‘ja o‘g‘li Siddiqiy (1864-1927) ning pedagogik faoliyatiga chuqur nazar solinsa, shu narsa alohida ko‘zga tashlanadiki, u eski maktab ta'lim – tarbiya uslubining eng ilg‘or tomonlarini qabul etgan holda, masalan, kerakli ma'lumotni yod olish, keyin uni izohlab bera olish, o‘quv va tarbiya ishiga ongli yondashuv asosida qurishga harakat qilgan. U mashg‘ulotlarni qat'iy jadval asosida o‘zbek, rus va tojik tillarida olib borgan. Tabiatshunoslik, geografiya darslari tabiat qo‘ynida o‘tkazilgan, bu mashg‘ulotlar davomida o‘qituvchi o‘z shogirdlariga olam sirlari va ularni egallashlari lozimligi haqida qiziqarli tarzda hikoyalar qilib bergan18.

Kishilarning bilimi, ilmi, amaliy malakalari rivojisiz jamiyat taraqqiyotini tasavvur etib bo‘lmaydi. Muayyan ma'naviy ehtiyojlarga, yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lmagan kishilarda ilm-fanni o‘rganishga, halol mehnat qilib, kasb-hunar egallashga, malaka oshirishga ishtiyoq ham bo‘lmaydi. Shu sababli jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida avval yoshlarni tarbiyalab, ya'ni ularda ta'limga bo‘lgan ishtiyoq, qiziqishlarni tarkib toptirib, keyin ularga ta'lim berganlar.

Haqiqatan ham, bilimga, ilmga ehtiyoj anglangan motivlar tizimidir. Ularni ta'lim oluvchilarda tarkib toptirish va rivojlantirish muammolari sharq allomalarining asarlarida ilmiy asoslab berilgan.

Motivlar shaxs faolligini boshqarib turuvchi, tartibga soluvchi muhim omil sifatida g‘arb olimlari e'tiborini tortib kelgan. Bugungi kunga qadar psixologiya fanida motivning mohiyati xususida juda xilma-xil ta'riflar keltirilib o‘tiladi, jumladan, xohishlar, tasavvurlar, g‘oyalar, kechinmalar (BojovichL.I.), ehtiyojlar, hissiyotlar, moyilliklar (X.Xekxauzen) istak-xohish, odatlar, fikrlar, psixik jarayonlar, shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari (K.K.Platonov), tashqi olam predmetlari (A.N.Leontev), ko‘rsatmalar(A.Maslou), bevosita harakatlarini belgilab beruvchi hissiyotlar (V.S.Merlin), shaxsning faoliyati sohasidagi mushohadaliligi (J.Godfrua) kabi.

Bundan tashqari, motiv va motivatsiya bilan bog‘liq muammolar xorij psixologlaridan E.Torndayk, U.Makdaugoll, J.Bruner, D.Atkinson, A.Maslou, G.Ollport, G.Xekxauzen, G.Rozenfeld tadqiqotlarida o‘z ifodasini topdi

Yan Amos Komenskiy (1592-1670) ning “Buyuk didaktika” asari jahon pedagogikasining nodir asarlaridan biridir. Komenskiy o‘z asarlarida o‘quvchilardagi o‘qishga qiziqishni ularning bilimni o‘zlashtirishlari uchun zaruriy shart hisoblanishini ta'kidlaydi. U barcha vositalar bilan o‘quvchilarda bilim olish ishtiyoqini uyg‘otishni taklif etadi va shu masala yuzasidan ko‘rsatmalar beradi: o‘quvchilarga o‘rganilayotgan materiallarning ahamiyatini, egallagan bilimlarning mohiyatini tushuntirish lozim, ularni rag‘batlantirish, mashg‘ulotning qiziqarli bo‘lishiga harakat qilishi lozim.

U darsliklar ham o‘quvchilarning o‘qishga mehr qo‘yishga undashi lozimligini, buning uchun darsliklar tushunarli tilda yozilishi, tashqi ko‘rinishi bolalarni qiziqtiradigan bo‘lishi kerakligini aytib o‘tadi19.

Barcha narsalar bolalarning yosh xususiyatiga mos bo‘lishi lozim. Shuni nazarda tutish lozimki, bola tabiati quvnoqlik, hazilkashlik, sho‘xlikka moyil bo‘lib, jiddiylik va rahmsizlikni xush ko‘rmaydi. Demak, turmushda qachondir zarur bo‘ladigan jiddiy narsalarni o‘rganishi, shunda ham oson va mamnuniyat bilan o‘rganishi uchun foydali narsalarni qiziqarli shaklda bayon yetish, shu yo‘l bilan bola aqlini biz istagan tomonga qaratish lozim.

O‘quvchilar diqqatini jalb etish uchun kitoblarning nomi qiziqarli bo‘lib kitoblarning mazmunini to‘liq ifodalab bersin. U yana bir muhim jihat, ya'ni ko‘rsatmali o‘qitishda ma'lum tartibga amal qilish va shu asosda o‘quvchilar diqqatini markazlashtirish lozimligini uqtiradi20.

Motivga g’arb olimlari tomonidan turlicha ta'riflar keltirilgan.

S.L.Rubinshteyn motivning psixologik mohiyati to‘g‘risida shunday yozgan: “motivatsiya – bu psixika orqali hosil bo‘ladigan insonni harakatga undovchi sabablar majmuasidir; motiv – insonni u yoki bu harakatga undovchi kuchdir”. S.L.Rubinshteyn motivni “u yoki bu mayl, zaruriyat, qiziqish inson uchun maqsad bilan munosabatdoshlikda harakat motiviga aylanadi”, deb tushuntiradi.

S.L. Rubenshteynning fikricha, motiv bu ehtiyojlarning his qilinishi va qondirilishidir21.

A. Maslauning ta'kidlashicha, motiv deganda ma'lum bir talabni qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsning u yoki bu faoliyatga undovchi ichki intilishi sifatida baholab, o‘z nazariyasiga asosan 5 ta asosiy talabni ko‘rsatib o‘tadi22.

A.N.Leontev motivni inson faoliyatiga yo‘nalgan aniq ehtiyojlar va uni qo‘zg‘atadigan voqelik deb hisoblaydi23.

Motiv – ma’lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog’liq faoliyatga undovchi sabab, motivatsiya – odamni faol faoliyatga undovchi sabablar majmuidir deb ta’rif beradi.24

Mashhur nemis olimi Kurt Levin (1890-1947) motivlar muammosi, ayniqsa, shaxsdagi ijtimoiy xulq borasida katta keng qamrovli tadqiqotlar olib borib, shu narsani aniqlaganki, har bir odam o‘ziga xos tarzda u yoki bu vaziyatni idrok qilish va baholashga moyil bo‘ladi. Shunisi ajablanarliki, o‘sha bir aniq vaziyat xususidagi turli shaxslarning baholari ham turlicha bo‘ladi. Bundan tashqari, bir shaxsning o‘zi ham o‘zidagi holat va kayfiyatga bog‘liq holda bir xil vaziyatni alohida hollarda turlicha idrok qilishga moyil bo‘larkan. Shuning uchun ham odamning ayni paytdagi real harakatlarini o‘sha ma'lum sharoitdagi ichki va tashqi stimullarga uning bergan bahosi yoki reaksiyasi sifatida qaramay, balki unda shunga o‘xshash holatlarni idrok, ichki bir hozirlikni – dispozitsiyaning mavjudligi bilan tushuntirish to‘g‘riroq bo‘ladi. Shu ma'noda shaxs xulqining motivatsiyasi turli sharoitlardan orttirilgan tajribaga tayangan, ongli tahlillar, hattoki ijtimoiy tajriba normalarining ta'sirida shakllanadigan sabablar kompleksini o‘z ichiga oladi.

R. Nemov shaxsdagi motivatsion sohani quyidagicha tasavvur qiladi: har qanday motivlarning orqasida uning ehtiyojlari yotadi. Ya'ni avvalo shaxsda ma'lum ehtiyojlar paydo bo‘ladi, aynan ularning tabiati va zaruratiga bog‘liq ravishda motivlar namoyon bo‘ladi. Ehtiyojlar ikki guruhga ajratiladi:

1. Biologik ehtiyojlar,

2. Ijtimoiy ehtiyojlar25.

Shaxsdagi ehtiyojlar ijtimoiy hayot talabidan kelib chiqqan tarzda yuzaga keladi. Ya'ni ular o‘sha jamiyat va muhitdagi qadriyatlar, madaniy me'yorlar va insonlararo munosabatlar xarakteriga bog‘liq bo‘ladi26.

V.S. Merlin motivlar tizimlarining ayrim jihatlarini ancha batafsil yoritib bergan. U motivlar tizimlarining shakllanishi jarayonini quyidagicha tasavvur etadi: turli motivlar bora-bora o‘zoro bog‘liq va bir-biriga tobe bo‘lib borib, oqibatda motivlarning yaxlit tizimi vujudga keladi. V. M. Merlin fikricha, motivlar tizimining shakllanishi jarayonida nafaqat motivlar barqarorligi, balki motivlarni anglash kabi shartlar bajarilishini talab etadi27.

Motivlar ta'limda samaradorlikka erishishning zarur shartidir. Psixologlarning asarlarida shunday holatlar ham mavjudki, ularda xulq motivatsiyasi muammolari shaxsning muhim xususiyatlarini tahlil qilish negizidan kelib chiqib qaraladi. Ushbu holat T. Olport asarlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Uningcha, eng muhim jihat bu inson xulqining o‘zgarish sabablarini ochishdir. Shuning bilan birga mazkur vaziyatga olib keluvchi motivlar omillarini tekshirishlari ham alohida ahamiyatga ega ekanligini anglab yetish qiyin emas28.

O‘quv faoliyati motivlari deganda o‘quv faolligi namoyon bo‘lishiga sabab bo‘luvchi barcha omillar: ehtiyojlar, maqsadlar, ustanovkalar, burch hissi, qiziqishlar va boshqalar tushuniladi. G.Rozenfeld o‘qish motivatsiyasining quyidagi omillarini ajratgan.


  1. Ta'lim olish uchun o‘qish, faoliyatdan qoniqmaslik yoki o‘rganilayotgan fanga qiziqmaslik.

  2. Ma'lum qiziqishlarsiz o‘qish.

  3. Ijtimoiy identifikatsiya uchun o‘qish.

  4. Muvaffaqqiyatga erishish yoki muvafaqqiyatsizlikdan qochish uchun o‘qish.

  5. Majburlab yoki qo‘rqqanidan o‘qish.

  6. Umum qabul qilingan me'yorlarga yoki axloqiy majburiyatlarga asoslangan o‘qish.

  7. Hayotda maqsadga erishish uchun ta'lim olish.

  8. Ijtimoiy maqsadlarga, talablarga va qadriyatlarga asoslangan ta'lim.29

E. Torndayk o‘quv jarayonini u yoki bu qo‘zg‘atuvchiga (stimulga) javob reaksiyasining holati bilan bog‘liqligini, ya'ni ushbu reaksiya hamda vaziyat o‘rtasidagi ma'lum aloqani o‘rnatish bilan izohlanishini aytib o‘tadi.

Torndayk kishi o‘zi xohlagan reaksiyaning takrorlanishiga nisbatan ro‘yxushlikning hamda o‘zi xohlagan reaksiyaga nisbatan bo‘lgan moyillikning ta'sirini o‘rganishga harakat qiladi. U bir xil sharoitda yuzaga kelgan jazolash omillari rag‘batlantirish omillaridan ancha samarasiz va kuchsizdir, degan xulosaga keladi. Keyingi tadqiqotlarida esa, rag‘batlantirish, umuman, jalb etish barcha aloqalarni saqlash va kuchaytirish salohiyatiga, jazolash esa tez-tez (lekin har doim ham emas) aloqalarni muayyandan noaniqlikka o‘zgartirish xususiyatiga egaligini ta'kidlab o‘tadi. Torndayk bolaning ijobiy o‘quv motivatsiyasini uni jazolash orqali hosil qilib bo‘lmasligini, bunday chora-tadbirlar bolada faqatgina salbiy motivatsiyani vujudga keltirishini e'tirof etgan. O‘z tadqiqotlaridan kelib chiqib, Torndayk real inson turli rejadagi o‘z ehtiyojlari hamda talablari orqali amalga oshiradigan, uzoq vaqt davom etadigan jarayon hisoblangan o‘quv faoliyatiga aloqador bo‘lgan umumiy ko‘rinishdagi xulosalarga keladi va bu xulosalar, motivlashtirish nuqtai nazaridan qaralganda, mustahkamlashning alohida bitta tizimiga sig‘maydi.30



J. Bruner o‘qish motivlari masalasiga Torndaykdan boshqacharoq yondashadi. U o‘zining “O‘quv jarayoni” nomli kitobida o‘quvchining real, yetarli darajada uzoq davom etadigan o‘qish jarayoni tufayli tug‘iladigan amaliy va nazariy muammolarini e'tirof etgan.

J. Bruner faqat o‘qishni motivatsiyalash, ya'ni har doim ham o‘qish jarayoniga undovchi, anglangan omillar haqidagina emas, shu bilan birga, o‘quvchining motivlari haqida ham fikr yuritadi. Garchi uning fikrlari umumiy xarakterda bo‘lsa ham, ulardagi ayrim yo‘nalishlar diqqatga sazovordir. Bu, birinchi navbatda, o‘qish jarayonida bilish xarakteridagi motivlarning ahamiyati va yangi narsani bilishdan paydo bo‘ladigan ichki qanoat hissi, himoya masalalarining qo‘yilishidir. Shuni e'tirof etish kerakki, ushbu ichki qanoat hissi keyinchalik bilim olishga yo‘naltirilgan ijobiy motivatsiya bilan uyg‘unlashib ketadi.31



E. Deci ichki motivlarni tug‘ma, inson tug‘ilishiga xos bo‘lgan motivlar deb ta'riflaydi. Uning fikricha, hamma insonlar o‘zini-o‘zi baholashga nisbatan differensiallashmagan zaruriyat bilan tug‘iladilar.

O‘quvchi imkoniyatlarini aniqlash va ularni yuzaga chiqarishdagi samaradorlik o‘qituvchining ustaligiga, uning vaqtida yordamga kelishi, o‘quvchi bilan hamkorlik munosabatini o‘rnatish mahoratiga bog‘liq32.



D.N.Uznadze boshlang‘ich ta'limning bosh vazifasi bolaning ichki kuchlari va imkoniyatlari rivojlanishi uchun sharoit yaratib berishdan iborat, deb hisoblaydi. Tahsildagi asosiy narsa ta'lim berilayotgan predmetdan ko‘ra ko‘proq ushbu jarayonda faollashadigan kuchlarning rivojlanishiga bog‘liq33.

Motivlar ehtiyojga undaydigan stimulga asosan tashqi va ichki motivlarga ajratiladi34. Shaxsning axloqiyligi, yo‘nalganligiga bog‘liq ravishda: shaxsiy va jamoa motivlari, g‘oyaviy va axloqiy motivlarni ajratish mumkin. Shunday qilib, ko‘p hollarda motivlar faoliyatga undovchi kuch sifatida baholanadi.

Motivlarni tasniflashda keng tarqalgan yo‘nalish bu - vaqtni hisobga olishdir. Unga ko‘ra: vaziyatli va doimiy namoyon bo‘luvchi motivlarni, qisqa muddatli va barqaror motivlarni ajratish mumkin.

Motivning tuzilishiga ko‘ra: dastlabki – mavhum maqsad mavjud motivlar, ikkinchi – aniq maqsad mavjud motivlarga ajratilgan35.

I.A.Vasilev va M.Sh.Magomed-Eminovning kitobida: umumlashtirilgan barqaror motivlar (muvafaqqiyatsizlikdan qochish va muvafaqqiyatga intilish motivlari), aniq barqaror motivlar(aniq kasbiy faoliyatdagi faollik), umumiy beqaror motivlar va aniq beqaror motivlarga (aniq qisqa muddatli maqsadlari mavjud) ajratilgan36.

Respublikamizda hozirgi kunda o‘qish faoliyatidagi motivlar muammolarini o‘rganishga qaratilgan tadqiqot ishlarini olib borilmoqda. Masalan M.G.Davletshin, E. G’oziev, G‘.B.Shoumarov, V.A.Tokareva R.I.Sunnatova, A.A.Fayzullaev, A.K.Saitova, E.Z.Usmonova, M.Rasulova, F.I.Haydarov kabi psixolog olimlar ta'lim jarayonida o‘qish motivlarini o‘rganishga oid ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.



E. G’oziev o‘z tadqiqotlarida mustaqil tafakkurning rivojlanishi, bilish jarayonining qiziqarli tashkil etilishi o‘quvchilar faoliyatida yangi muvaffaqiyatlarga erishishning ijodiy manbai ekanligini aytib o‘tadi. 37

Olim o’quv faoliyatini boshqarishning diagnostik metodini ishlab chiqib, psixologiya fanining kam o’rganilgan sohalaridan biri bo’lgan o’qish faoliyatini boshqarish muammosining nazariy va amaliy, emperik tomonlarini yoritib berdi.38



V.Karimova motiv motivatsiyaga nisbatan aniqroq, torroq tushuncha hisoblanib, u shaxsdagi u yoki bu xulq-atvorga nisbatan turgan moyillik, hozirlikni tushuntirib beruvchi sababni nazarda tutadi.39

V.A.Tokarevaning tadqiqotlarida o‘quvchilar o‘quv faoliyati motivlarini o‘rganishga katta e'tibor beriladi. Uning fikricha, o‘qish motivlari o‘zgarishi uchun yasama vaziyat va sharoitlar zarur emas, bularning barchasi kundalik hayotda va ta'lim jarayonida shakllanadi.40

A.A.Fayzullaev motivatsion jarayonni bosqichma-bosqich tahlil qiladi. Bu bosqichlar quyidagilar: 1- qo‘zg‘alishning anglanishi; 2 – motivning qabul qilinishi; 3 – motivning hayotga tatbiq qilinishi; 4 – motivning mustahkamlanishi; 5 - qo‘zg‘alishning faollashuvi.

Birinchi bosqich qo‘zg‘alishning paydo bo‘lishi va anglanishi. Qo‘zg‘alishning to‘liq anglanishi qo‘zg‘atishni qanday predmet chaqirganligini anglash bilan hamda mazkur harakatni amalga oshirish usullari va natijasini tushunib yetish bilan belgilanadi.

Ikkinchi bosqich motivning qabul qilinishi. Muallif buni qo‘zg‘alishning ichki jihatdan qabul qilinishi bilan tushuntiradi. Bu bosqichda odam o‘zining axloqiy prinsiplari, qadriyatlari va boshqalarni tahlil qilib ko‘rib, paydo bo‘lgan ehtiyoj, mayl va uning hayoti uchun naqadar muhimligi, ularni qondirish kerakmi - yo‘qligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Uchinchi bosqich bu motivning amalga oshirilish bosqichi bo‘lib, bu jarayon davomida konkret vaziyatlarga va motivning bajarilishiga bog‘liq holda motivning psixologik mazmuni o‘zgarishi mumkin.

To‘rtinchi bosqich motivning mustahkamlanishi hisoblanib, bu bosqich natijasida motiv xarakter belgisiga aylanadi.

So‘nggi bosqich potensial qo‘zg‘alishning faollashuvi bo‘lib, bu holatda xarakterning ma'lum belgisi anglangan va anglanmagan holda yuzaga chiqadi.41

E.Z.Usmonova o‘zining tadqiqot ishlarida ikki asosiy motivatsiya toifasini ko‘rsatib o‘tgan: muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi tashqi motivatsiyaga, bilish motivatsiyasini esa ichki motivatsiyaga mansub, deydi.42

Biz tadqiqotimizda maktab o‘quvchilarida yetakchi hisoblanmish o‘qish faoliyati motivlarini o‘rganishga harakat qildik.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, sharq mutafakkirlari, xorij va o‘zbek psixologlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra o‘quv motivlari ehtiyojlar nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Demak har qanday motivlarning asosida shaxsning ehtiyojlari yotadi, ya'ni shaxsda avval u yoki bu ehtiyojlar bo‘ladi va aynan ularning tabiat va zaruriyatiga bog‘liq tarzda xulq motivlari namoyon bo‘ladi.

Mazkur ehtiyojlarni hosil qilishga, oshirishga, asosan o‘qituvchilar tomonidan ta'lim jarayonining psixologik xususiyatlarini e'tiborga olish, ya'ni o‘qish jarayonida bolalarning fiziologik va psixologik xususiyatlarini inobatga olish, ularga imkon qadar individual yondashish orqali erishish mumkinligini e'tirof etishgan.

Shuningdek, o‘qish faoliyatiga bo‘lgan qiziqish, bilishga intilish shaxsdagi tashqi motivlar negizida yuzaga kelishi ta'kidlanadi.

Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko‘rinadiki, o‘qish motivlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Ushbu muammo yuzasidan olimlar keng qamrovli izlanishlar olib bormoqdalar.




    1. O‘quvchilarning o‘quv-biluv motivlarini shakllantirish va uning shaxs sifatida shakllanishining omillari

Motivlar o‘qish – bilish jarayonini boshqaradi, unga faollik kasb etish bilan bir qatorda ta'limning mazmun-mohiyatini belgilab beradi. Shunday ekan, o‘quvchilarning ta'lim jarayonida har tomonlama barkamol shaxs, yetuk malakali kadr sifatida shakllanishada o‘quv-biluv motivlari, umuman keng qamrovli motivlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Motivatsiya shaxs faolligi, xulqi va faoliyatini tartibga soluvchi muhim omildir. Chunki insonning har xil xatti-harakatlari ostida ushbu xatti-harakatlarga undovchi asoslar, ularning motivatsiyasi yotadi. Shuning uchun ta'lim jarayoniga faqatgina o‘quv – biluv motivlarigina emas, barcha keng qamrovli motivlar o‘z ta'sir doirasi bilan ta'sir etib turadi.

O‘qitish - ta'lim jarayoniga undash va uni qo‘llab-quvvatlash. Biz ta'lim jarayonida faol qatnashuvchi, o‘z qarashlari uchun ma’suliyatni his eta oluvchi shaxsni tarbiyalashimiz lozim.



O‘quv motivlari mohiyati. Motivlar tizimi o‘quv faoliyatining harakatga keltiruvchi kuchi-qo‘zg‘atuvchisi bo‘lib, ular o‘z tarkibiga bilish ehtiyojlari bilan bog‘liq quyidagi singari o‘ta muhim jihatlardan iborat:

- maqsadlar;

- qiziqishlar;

- intilish;

- g‘oyalar;

Zikr etilgan o‘quv motivlari tizimi o‘zining mustahkamligi hamda dinamik xususiyatga egaligi bilan xarakterlanadi.

O‘quv motivatsiyasining mustahkamligini uning tarkibiga kiruvchi yetakchi ichki motivatsiyalar majmuasi belgilab beradi. A.K.Markovaning e'tiroficha, ijtimoiy motivlar bilish bilan bog‘liq motivlarni keltirib chiqaradi. Bu motivlar o‘quvchining bilishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishi, ba'zan esa uning aksi kabi bir-biri bilan qarama –qarshi shakllarga ega bo‘lib, u bolaning yosh xususiyati va unga yaratilgan sharoitlar bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi43.

Olima o‘quvchilarning o‘qish-bilish bilan bog‘liq motiv sifatlarini quyidagi turlarga ajratadi:



Mazmunli – ya'ni ta'lim faoliyati xarakteri bilan bog‘liq (anglanganlik, mustaqillik, umumiylik, o‘z o‘rniga ega bo‘lishlik va boshqalar).

Dinamik - bolaning umumiy rivojlanishi bilan bog‘liq o‘ziga xos psixofiziologik xususiyatlari (qiziqishlarining mustahkamligi, uning iroda va iroda kuchi, qiziqishlarini bir faoliyatdan ikkinchisiga almashtira olish qobiliyati, motivlarining rang-barangligi) bilan bog‘liq va boshqalar.

O‘quv motivi bu ma'lum bir faoliyatga yo‘naltirilgan xususiy motivdir. Bu o‘rinda faoliyat turi – o‘qish, o‘rganish, bilish faoliyatidir.

O‘quv motivlari rivojlanib kelayotgan o‘quvchiga nafaqat o‘z yo‘nalishini belgilab olishni, balki o‘zida mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solishni hamda emotsional-irodaviy jihatlarini ham namoyon qilish va rivojlantirishda muhim omil vazifasini o‘tab beradi. Shuningdek, u o‘quvchining ma'lum bir oraliqdaga o‘quv faoliyatini xolisona baholash va undagi sifat o‘zgarishlarini aks ettirishning muhim omili vazifasini ham o‘tashga xizmat qiladi.

Barcha faoliyat turlari singari ta'lim faoliyati motivatsiyalari ham shaxsda mavjud juda ko‘plab quyidagi singari omillar bilan belgilanadi yoki ularga chambarchas bog‘liq bo‘ladi:



  • ta'lim tizimining xarakteri;

  • ta'lim muassasasida pedagogik jarayonning tashkil qilinishi;

  • ta'lim oluvchilarining o‘ziga xos (jinsi, yoshi, bilim darajasi, qobiliyati, o‘qish-bilishga bo‘lgan munosabati, o‘zini baholay olishi, boshqalar bilan hamkorlik qila olish sifatlari) jihatlari;

  • o‘qituvchi(pedagog) shaxsi va uning o‘quvchilarga hamda pedagogik faoliyatga bo‘lgan munosabati;

  • o‘quv fanining o‘ziga xosligi.

O‘qish motivlari manbalari.

Ta'lim faoliyati ko‘pmotivlilik xususiyatiga ega, chunki ta'lim oluvchi o‘quvchining faollik manbalari xilma-xil va rang-barangdir.

Pedagogikada faollikning uch manbasi ajratiladi.

- ichki;


- tashqi;

- shaxsiy(xususiy).

Ta'lim faoliyatining ichki manbasiga o‘quvchining bilish hamda ijtimoiy (jamiyat a'zolari tomonidan qabul qilingan va e'tirof etiladigan yutuqlarni qo‘lga kiritishga bo‘lgan intilishi ) ehtiyojlari kiradi.

Ta'lim faoliyatining tashqi manbalari asosan ijtimoiy talablardan iborat. Talablar ijtimoiy odob normalari, muloqot, faoliyat jarayonida jamiyat talablariga amal qilishni taqozo etadi. Jamiyat a'zolarining ta'lim faoliyati jarayonida qiyinchiliklarni yengib o‘tish faoliyatini nazarda tutadi. Imkoniyatlar - bu ta'lim jarayonini amalga oshirish bilan bog‘liq shart-sharoit (maktab, darslik, kutubxona va boshqalarning mavjudligi) lardir.



Shaxsiy manbalar. Sanab o‘tilgan ta'lim faoliyatining faollik manbalari orasida shaxsiy manbalar boshqalariga nisbatan asosiy o‘rinni egallaydi. Shaxsiy (xususiy) manbalarning tarkibiga shaxsning qiziqish, ehtiyoj, hamda ta'lim, shuningdek, boshqa faoliyat turlarida ham o‘zini namoyon etish, ko‘rsatish, o‘zligini anglash, jamiyatda o‘z o‘rnini topishga intilishi bilan bog‘liq xatti-harakatlari majmuasi kiradi.

O‘quv faoliyatining ichki, tashqi va shaxsiy (xususiy) faollik manbalari uyg‘unligi bevosita ta'lim jarayoni sifati va uning yakuniy natijalariga o‘zining amaliy ta'sirini ko‘rsatadi. Mazkur faollik manbalaridan birining yetishmasligi o‘quv motivlari tizimining nomukammalligiga yoki ular tarkibining buzilishiga olib keladi.



O‘quv motivlari tasnifi.

Yuqorida zikr etilgan faollik manbalari asosida quyidagi motivlar guruhini ajratib ko‘rsatish mumkin:



Ijtimoiy motivlar (ta'limning ijtimoiy ahamiyatini anglash, uning shaxsni rivojlantirish xususiyatiga egaligini bilish, ta'limning dunyoqarashni o‘stirish, fikr doirasini kengaytirishning zaruriy sharti ekanligini tushunib yetish va boshqalar). Ijtimoiy motivlar shunday motivlarki, bunda bola ta'limni hayotiy zarurat sifatida anglab yetadi va o‘z ustozlaridan rag‘bat olishga intiladi.

Ular ta'lim faoliyati jarayonidagi ichki o‘quv motivi shakliga xos bo‘lmasa-da tabiiy hol sifatida qabul qiladi.

Anglab yetilganlik (bilim olishga bo‘lgan qiziqish, qiziquvchanlik, bilish qobiliyatlarini o‘stirishga bo‘lgan intilish, intellektual faoliyatdan zavq ola bilish va boshqalar).

Shaxsiy (o‘zini hurmat qilish, o‘rtoqlari orasida ajralib turishga bo‘lgan intilish, hurmatga loyiq bo‘lgan shaxslarga taqlid, atrofdagilarning e'tiborida bo‘lishga bo‘lgan intilish singari).

M.V.Matyuxina bular orasidan ikki asosiy motivni ajratib ko‘rsatadi.


Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish