4. ekotizimda mahsuldorlik Jamoaning hayot faoliyati natijasida organik moddalar to’planadi va sarf bo’lib turadi. Demak, har bir ekotizim ma’lum darajada mahsuldorlikka ega.
Ekotizimning asosiy yoki birlamchi mahsuldorligi yashil o’simliklar tomonidan fotosintez jarayoni natijasida vaqt birligida to’plangan mahsulot hisoblanadi. Masalan, fotosintez natijasida o’rmondagi o’simliklar 1 ga maydonda 5 t organik modda hosil qilsa, bu umumiy yoki yalpi birlamchi mahsuldorlik deb qaraladi. Ammo o’simlikning hayoti uchun ham hosil bo’lgan moddalar sarf bo’ladi.
Ekotizimda to’plangan barcha mahsulot (nafas olishga sarf bo’lgandan tashqari) jamoaning haqiqiy birlamchi mahsuldorligini tashkil etadi. Haqiqiy birlamchi mahsuldorlikni hosil qiluvchi organik moddalar geterotrof organizmlar uchun o’zlashtirilishi mumkin. Konsumentlar ham haqiqiy birlamchi mahsulot hisobiga organik modda to’playdi. Ular hosil qilgan mahsuldorlik ikkilamchi hisoblanadi.
Agroekotizimlar haqida tushuncha Agroekotizimlar qishloq xo’jaligida foydalanadigan ekin maydonlari, yem-xashak olinadigan yaylovlar hamda tuyoqli uy hayvonlarini o’z ichiga oluvchi hududlar majmuidir. Agroekotizimlar tarkibiga inson ham kiradi, chunki u har doim ekologik zanjirni boshqarib iloji boricha ko’p energiyaga ega bo’lgan mahsulot olishga harakat qiladi va energetik piramidaning cho’qqisida turadi. Agrofitotsenoz agroekotizimlarning eng muhim qismi hisoblanib, u ma’lum maydondagi madaniy va begona o’tlar majmuidan iborat. Agrofitotsenozning madaniy, begona o’tlar hamda tuproqdagi suvo’tlari va mikroorganizmlari agroekotizimning mustaqil qismi hisoblanadi. Agrofitotsenozning hayoti uchun zarur bo’lgan va ularsiz yashay olmaydigan hayvonlar uning tarkibiga kirmaydi. Agrofitotsenozlar sun’iy fitotsenoz, deb qaraladi va uning tabiiy fitotsenozlarga o’xshash tomonlari hamda farqlari bor.
Agroekotizimlar o’ziga xos xususiyatlari Agroeotizimlarning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Miqdoriy ko’rsatkichi bilan. 2. Agrofitotsenozlarda dominantlar inson tomonidan kiritiladi va boshqariladi. 3. Tabiiy jamoalarda turlarni turli mavqedagi turlarga ajratish mumkin. 4. Agrofitotsenozlardagi begona o’tlar keng ekologik doiradagi va kosmopolit organizmlardir. 5. Agrofitotsenozdagi madaniy o’simlik populyatsiyasi ma’lum bir navga tegishli bo’lgani uchun yaxshi differentsiallashmagan.