Mavzu savoli
|
Bilaman «+»
Bilmayman «-»
|
Bildim «+»
Bilaolmadim «-»
|
1
|
2
|
3
|
4
|
1
|
Ekologik inqirozlar
|
|
|
2
|
Inqirozni qanday turlarini bilasiz?
|
|
|
3
|
Urbanizatsiya nima?
|
|
|
4
|
Urbanizatsiya ta’siri?
|
|
|
5
|
Axolii o’sishi sababi
|
|
|
6
|
Oylarni rejalashtirish
|
|
|
4-ilova
Aholi o’sishi
3-MAVZU. Tabiatni muhofaza qilishning ilmiy - nazariy asoslari (4-soatlik)
Ma’ruza mashg’ulotining texnologiyasi
Vaqti – 2 soat
|
Talabalar soni: 60-80 nafar
|
O’quv mashg’ulotining shakli
|
Axborot, vizual ma’ruza, ikki tomonlama tahlil.
|
Ma’ruza mashg’ulotining rejasi
|
1.Ekologiyada muhit tushunchasi.
2. Ekologik omillar va ularning tasnifi.
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Tabiatni muhofaza qilishning ilmiy-nazariy asoslari haqida talabalarda aniq tasavvur hosil qilish.
|
Pedagogik vazifalar:
- Ekologiyada muhit haqida ma’lumot beradi.
- Ekologik omillar va ularning tasnifini tushuntiradi.
|
O’quv faoliyatining natijalari:
Talaba:
- Muhit haqida gapiradi.
- Ekologik omillar turlarini aniqlaydi.
|
O’qitish uslubi va texnikasi
|
Ma’ruza, axborot.
|
O’qitish vositalari
|
Ma’ruza matni, doska, bo’r.
|
O’qitish shakli
|
Guruhiy, kollektiv.
|
O’qitish sharoitlari
|
Jihozlangan auditoriya.
|
Ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi
Bosqichlar, vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O’qituvchi
|
Talaba
|
1-bosqich.
Kirish
(5 min)
|
1.1. O’quv mashg’ulotining mavzu va rejasini ma’lum qiladi. erishadigan natijalar bilan tanishtiradi.
|
1.1. Tinglaydilar va yozadilar.
|
2-bosqich.
Asosiy
(65 min)
|
2.1. Mavzuni yoritish uchun muammoli savollarni taklif etadi.
2.2. Dars avvalida va so’ngida «bilaman-bildim» jadvalini to’ldirish uchun savollar tarqatiladi.
|
2.1. Savollarga e’tibor beradilar. B.B.B. jadvali 1-ustuni to’ldiradilar.
2.2. eshitadilar, yozadilar.
|
3-bosqich
YAkuniy
(10 min)
|
3.1. Asosiy masala ustida to’xtaladi. B.B.B. jadvalini to’ldirishdagi savol-javoblarni tahlil qiladi va faol talabalarni rag’batlantiradi.
3.2. Mustaqil ish uchun topshiriqlar beradi.
|
3.1. Tinglaydilar, savollarini beradi, yozib oladilar.
3.2. Topshiriqlarni yozib oladilar.
|
|
|
|
1-ilova
REJA:
1. Ekologiyada muhit tushunchasi.
2. Ekologik omillar va ularning tasnifi.
Tayanch so’zlar: Muhit, sun’iy muhit, ekologik omil, abiotik omillar, biotik omillar, relef, antropogen omil, bilvosita, bevosita, kimyoviy moddalar, fitogen, zoogen, mikrobiogen, optimum zona, maksimum, minimum, individ.
Adabiyotlar: [7,8,9].
1-ilova
B.B.B. usuli asosida tarqatma materiallar
T/r
|
Bilaman
|
Bilaman (+)
Bilmayman (-)
|
Bildim (+)
Bilmadim (-)
|
1
|
Muhit nima?
|
|
|
2
|
Ekologik omillar
|
|
|
3
|
Yorug’sevar o’simliklar
|
|
|
4
|
Namni sevuvchi o’simliklar
|
|
|
EKOLOGIYADA MUHIT TUSHUNCHASI
Ekologiyada muhit deb tirik organizmni o’rab turgan fizik qurshovni e’tiborga olinadi. Aniqroq so’z borganda muhit tevarak-atrofdagi o’zaro bog’lanishlardagi shart-sharoitlar va ta’sirlar majmuidir.
Odatda tabiiy va sun’iy muhitlar ajratiladi. Tabiiiy muhitni suv, quyosh, shamol, havo, yer, o’simlik va hayvonot dunyosi kabi tabiiy omillar majmui tashkil etadi. Sun’iy muhit inson tomonidan yaratilgan bo’lib, bunda insonning mehnat mahsuli yotadi. Tabiiy va sun’iy muhitlar bir-biri bilan chambarchas bog’liq. Ularning bog’liqligini ekologik muhit tushunchasi ifodalaydi.
Ekologik muhit muvozanatda yoki muvozanat buzilgan holatlarda bo’ladi. Tirik organizmlarning hayoti o’zgarmagan shart-sharoitlar va ta’sirlar barqaror holatida muvozanat o’zgarmaydi, aksincha, muhitning shart-sharoitlari ta’sirlar buzilganda muvozanatsiz holat kelib chiqadi.
EKOLOGIK OMILLAR VA ULARNING TASNIFI
Tirik organizmlarning hayotiga va geografik tarqalishiga ta’sir etuvchi (ijobiy yoki salbiy) shart-sharoitlar ekologik omil deb ataladi. ekologik omillar juda xilma-xil, ular tabiati va tirik organizmlarga ta’sir etishiga ko’ra shartli ravishda 3 ta asosiy guruhlarga ajratiladi: 1) abiotik omillar; 2) biotik omillar; 3) antropogen omillar.
Abiotik omillar – jonsiz tabiatning omillari hisoblanib, birinchi navbatda, iqlim omillari, ya’ni yorug’lik, harorat, namlik va mahalliy omillar kiradi. Mahalliy omillarga relef, tuproq xususiyatlari, sho’rlanish, oqim, shamol, radiatsiya (nurlanish) va boshqalar kiradi.
Biotik omillar – tirik organizmlarning o’zaro ta’sir etishining barcha ko’rinishlari (masalan, o’simliklarning hasharotlari yordamida changlanishi, raqobat, bir organizm tomonidan ikkinchisini iste’mol qilish, parazitlik) va ularning tashqi muhitga ta’siridan iborat. Biotik o’zaro aloqa munosabatlar murakkab va o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, bevosita va bilvosita bo’lishi mumkin.
Antropogen omillar – hozirgi vaqtda tabiatdagi eng kuchli omillardan biri hisoblanadi.
Antropogen omil deganda insonning xo’jalik faoliyati bilan bog’liq bo’lgan ta’sirlar tushuniladi.
Inson tabiatga ko’rsatadigan kuchli ta’siri orqali abiotik va biotik sharoitlarni o’zgartiradi (2-jadval).
2-adval.
Ekologik omillar
3-MAVZU. Tabiatni muhofaza qilishning ilmiy - nazariy asoslari (4-soatlik davomi)
Do'stlaringiz bilan baham: |