Bakalavriat yo’nalishi: Kasb ta’limi (Informatika va axborot texnologiyalari)
yo’nalishi uchun
TOSHKENT - 2014
MUNDARIJA
Kirish
6
1-mavzu: Kirish. ekologiya kursi, maqsadi, vazifasi, tuzilmasi va tarixi.
7
2-mavzu: Tabiat va jamiat orasidagi munosabatlar. ITR ni atrof-muhitga ta’siri
12
3-mavzu: Tabiatni muhofaza qilishnibg ilmiy nazariy asoslari.
21
4-mavzu Populyatsiyalar ekologiyasi
25
5-mavzu: Ekotizimlar ekologiyasi
28
6-mavzu: Biosfera
34
7-mavzu: Tabiiy resurslar va ulardan oqilona foydalanish.
38
8-mavzu: Atmosfera va uni muhofazasi
45
9-mavzu: Suv resursi va uni muhofazasi.
59
10-mavzu: Tuproq va uni muhofazasi
69
11-mavzu: Muhofazaga olingan hududlar.
73
12-mavzu: O’simlik resurslari va uni muhofaza qilish.
77
13-mavzu: Hayvonot dunyosi va uni muhofaza qilish.
81
14-mavzu: Tabiatni muhofaza qilish ta’lim va tarbiyaviy xususiyatlari.
86
91
K I R I SH XXI asr bo’sag’asida insoniyat oldida turgan eng muhim muammolardan biri – bu tabiatni asrash va ekologiya muammolarni hal qilish bo’lib qolmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning “Ozbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik va taraqqiyot kafolatlari’ nomli asarida shunday deyilgan: “Ekologik muammo – Yer yuzining hamma burchagida ham dolzarb. Faqat uning keskinlik darajasi dunyoning turli mamlakatlari va mintaqalarida turlichadir”1. Markaziy Osiyoda ekologik xavfning g’oyat xatarli zonalaridan biri vujudga kelganligini aytib o’tish joizdir. Bu xavfning mohiyati shundan iboratki, bu holat avvalo deyarli yarim asrga teng vaqt ichida mazkur muammo borligini inkor etish va tan olmaslik natijasida kelib chiqdi. Ekologik jihatdan tahdidli holatga qarshi zudlik bilan chora tadbirlar ko’rilishi lozimligi Prezident I.A. Karimov asarida atroflicha yoritib berilgan.
Bugungi kunda mustaqil O’zbekistonimizda iqtisodiy islohatlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Xalq xo’jaligining barcha tarmoqlari tezkorlik bilan rivojlanayotganligi ekologik muhitga o’z ta’sirini o’tkazmoqda. Prezident I.A. Karimov ta’kidlaganidek:
“Atrof muhit ekologiyasining buzilishiga asosiy sabablardan biri tabiiy boyliklardan foydalanishda moddiy va ma’naviy javobgarlikni his qilmaslik sanoat sohasida katta hajmda mahsulitlar ishlab chiqarish ilinjida vaqtida sanoat chiqindilarini zararsizlantirish masalalariga e’tibor bermaslikdir”2.
Atmosferani ifloslantiruvchi asosiy manbalardan biri ishlab chiqarish korxonalaridir. Respublikamizda joylashgan nlab kimyo zavodlarining hammasida ham atrof muhitga chiqarilayotgan zararli chiqindilar muammosi hal etilgan emas
Ekologik muammolarning birinchisi – biosfera tabiiy jarayonlar uchun xosdir. Masalan, vulqonlar otilishidan hosil bladigan zgarishlar natijasida global miqyosida zararlar kelib turadi. ekotizimda muvozanat tezroq tiklansada, lekin ularning oqibatlari hiyla vaqt bilinib turishi mumkin. ekologik holatlarning ikkinchi shakli – tabiiy hodisalar blib, u inson faoliyati ta’sirida yuz beradi.
Inson ishlab chiqarish faoliyatining umumbashariy xarakteri bilan bog’liq quyidagi ekologik zgarishlar sodir blmoqda:
“Yer yuzidagi rmonlar hajmi har yili 11 mln gektarga qisqarib bormoqda. Osiyo va Lotin Amerikasi tropik mintaqalardagi o’rmonlarda esa, yangilanib turadigan o’simlik resurslarning asosiy zaxiralari to’plangan. Bundan tashqari, Sayyoramizning boyligini tashkil etgan bu o’rmonlar biosfera an’anaviy “Planeta o’pkasi” funksiyalarini saqlab qolishda katta ahamiyatga ega. O’rmon zahiralari faqatgina xom ashyo manbai emas, balki ular tabiiy suv aylanishini ham ta’minlaydiki, o’rmonlardagi suv bug’lanishi hisobiga yong’ingarchilikning ½ qismidan ko’prog’i to’g’ri keladi. Bu esa, tuproq yuzasiga mo’tadil ta’sir ko’rsatadi, ozuqa bo’ladigan mineral moddalarning tiklanib turishi ta’minlanadi”.
1-mavzu
Kirish. ekologiya kursi, maqsadi, vazifasi, tuzilmasi va tarixi.