62
III bob. MAVZU BO‘YICHA TAJRIBA-SINOV ISHLARINING
TASHKILIY MASALALARI VA NATIJALARI
3.1-§. Ta’lim bosqichlarida “Tutashmalar” mavzusini o‘qitishga
oid metodik ta’minotni yaratish va tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish
metodikasi …………………………………………………..…………….
82
3.2-§. “Tutashmalar” mavzusi bo‘yicha o‘quvchi va talabalarning
savodxonlik darajasi aniqlashi va ularning natijalari tahlili………………
88
XULOSA
………………………………………………………………
92
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
………………………………
96
ILOVALAR
……………………………………………………………..
101
3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligining
dastlabki yillaridan har sohada sobitqadamlik bilan ish yuritishni boshladi.
Natijada mamlakatning iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy va madaniy sohalarida ulkan
o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Ayniqsa, ta’lim-tarbiya berish jarayoniga katta
ahamiyat berildi va ta’lim sohasida bir qancha qonunlar qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaroriga asosan 1992- yilning 2-
iyulida “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Bu qonun mamalakatimiz
ta’lim sohasini isloh qilish, o‘zimizga xos va mos ta’lim tizimini shakllantirish
kabi vazifalarni bajardi. Ammo tezkor rivojlanayotgan dunyoda qonunlarni
o‘zgartirish, mustahkamlash talab etiladi. Shuning uchun hozirda ko‘plab
mamalakatlar tan olgan va “O‘zbek modeli” deb atalgan “Ta’lim to‘g‘risida”gi
Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” 1997 yilning avgustida qabul qilindi.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad eski tuzum sarqitlaridan xalos bo‘lish,
to‘plagan boy tajribalarni yo‘qotmagan holda yangi ta’lim tizimiga o‘tishdan
iborat.
Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimovning «Yuksak ma’naviyat
yengilmas kuch» asarida «…
har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola
timsolida avvalo shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan
holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli
yashaydigan komil insonlar etib voyaga etkazish – ta’lim-tarbiya sohasining
asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim
»
1
deyiladi.
Hozirgi kun ziyolilarining vazifasi zamon talablariga javob beradigan
yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosini bartaraf
etishdir. Mamlakatimizda sanoat juda rivijlanmoqda, ya’ni neft-gaz,
avtomobilsozlik va boshqa tarmoqlarga katta e’tibor berilmoqda. Bu tarmoqlarni
talab darajasida rivojlantirish, yangi ilg‘or goyalar bilan yuksaltirish uchun
yetuk muhandis kadrlarga ehtiyoj katta. Har bir yetuk muhandisdan
1
Karimov I.A
. “Yuksak ma’navit - engilmas kuch» -T.: “Ma’naviyat”, 2008.-176 b.
4
“Chizmachilik” fanini mukammal bilish talab etiladi. Bunday mutaxassislar
chizmachilik fani tarixi, uning turmushdagi ahamiyati, asosiy vazifa va maqsadlari
hamda fanning muammolari bilan chuqur tanishgan, shuningdek, fanning qonun-
qoidalarini amaliy egallagan hamda grafik savodxon bo‘lishlari kerak.
Uzluksiz ta’limda fan va ishlab chiqarish davlat va jamiyat bilan o‘zaro
bog‘liq. Ta’lim va tarbiya jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi omildir. Chunki,
ta’lim tizimi jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichidagi ijtimoiy buyurtmasini
bajarishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Prezidentimiz I.Karimov ta’lim-tarbiya sohasiga
milliy didaktik nuqtai nazardan yondashib, uni quyidagicha ta’riflaydi: “
Ta’lim
O‘zbekiston xalqi ma’naviyatiga yaratuvchilik faoliyatini baxsh etadi. O‘sib
kelayotgan avlodning barcha yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo‘ladi, kasb-
kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodlarning dono tajribasi anglab
olinadi va yosh avlodga o‘tadi
.”
Uzluksiz ta’lim tizimida uzviylashgan fan dasturlarining mavjud bo‘lishi va
uni o‘quv jarayoniga joriy qilinganligi katta ahamiyatga ega. Demak, uzluksiz
ta’lim tizimida metodik ta’minotni: Davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va
dasturlarining ahamiyati, ta’lim sifatini oshirishda, uzluksiz ta’limni
takomillashtirishda uzviylashgan dasturlarning yaratilishi va izchillik bilan
amaliyotga tatbiq etilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, chizmachilik fanini ta’lim bosqichlarida o‘qitish
jarayonida uzviylik va uzluksizlikni ta’minlashga ehtiyoj mavjud. Chizmachilik
fanining geometrik chizmachilik bo‘limi qolgan to‘rtta bo‘lim uchun “fundament”
vazifasini o‘taydi. Unda detal va buyumlarning ishchi chizmalarini tuzishda
qo‘llaniladigan geometrik yasashlar o‘rganiladi. Ana shunday geometrik
yasashlardan biri tutashmalar bajarish bo‘lib, unda bir qator yasashlardan
kombinatsion foydalaniladi. “Tutashmalar” mavzusi umumiy o‘rta ta’lim
maktabining “Chizmachilik”, kasb-hunar ta’limining “Chizmachilik”, oliy ta’lim
muassasalarining bakalavriat va magistratura yo‘nalishlaridagi “Chizmachilik”,
“Grafik tasvirlash asoslari”, “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi”,
5
“Kompyuter grafikasi” kabi fanlari mazmunidan o‘rin olgan. Demak, ta’lim
bosqichlarida “Tutashmalar” mavzusini o‘qitishda uzviylik va uzluksizlikni
ta’minlashga qaratilgan ilmiy va metodik tavsiyalarga zaruriyat mavjud. Bu
mening bitiruv malakaviy ishim mavzusining dolzarbligini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |