O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti kasb ta’limi fakulteti



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/63
Sana01.02.2022
Hajmi5,44 Mb.
#424693
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   63
Bog'liq
Зияева Ш. Туташмаларни укитиш

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


11 
I BOB. GEOMETRIK CHIZMACHILIK MUHANDISLIK GRAFIKASI
FANLARINING ASOSI SIFATIDA 
1.1-§. Geometrik chizmachilikning mazmun va mohiyati 
Texnika taraqiyoti, ishlab chiqarish samaradorligi yoki turmushdagi turli 
qulayliklarni lohihalash, ixtiro qilish, yaratish uchun dastavval, konstruktor 
hayolidagi narsaning chizmasi chiziladi. Uch o‘lchamli geometrik jismlarni grafik 
usulda shartli belgilar yordamida tekislikda tasvirlash va undan foydalanish 
g‘oyalarining insoniyat jamiyatida rivojlanishi ko‘p asrlik tarixga ega. 
Dastlabki chizmalarda faqat bitta tasvir bo‘lib, reja deb nomlangan. 
Qadimdan bizgacha yetib kelgan osori-atiqalarimiz sayyohlarni o‘ziga rom etgan 
me’morchilik inshootlarimiz ham chizmalar yordamida qurilgan. Dastlab, odatda 
bino plan (reja)lari yer sirtiga haqiqiy kattaligi bilan chizilgan. Bunday 
chizmalarni yasash uchun birinchi chizmachilik asboblari, yog‘ochdan yasalgan 
sirkul, arqondan yasalgan to‘g‘ri burchakli uchburchakliklar yaratilgan. Chizmalar 
bilan rasm o‘rtasida deyarli farq bo‘lmagan. Tasvirlar ko‘z bilan chamalab qo‘l 
bilan chizilgan. 
O‘rta Osiyo olimlaridan Abu Rayhon Beruniy o‘z ilmiy ishlarida 
proyeksiyalash metodini tatbiq etib chizmalar chizgan va undan foydalangan. U 
biror jismni tasvirlovchi chizmani chizishda uning ko‘rinishlariga e’tibor berishga 
to‘xtalib, shunday deb yozgan: “
To‘g‘ri burchakli oltiyoqlik ichida uning biror 
tarafiga qarab jonivor turibdi deb faraz qilinsa, u holda yoqlar jonivorning oldi, 
orqasi, o‘ngi, so‘li, usti va osti bo‘ladi
”. Abu Rayhon Beruniy o‘z ilmiy ishlarida 
foydalangan asboblarni chizmalar yordamida yasagan. U o‘z ilmiy-amaliy
faoliyatida tasvirlar chizish nazariyasini yaratib, ancha yuqori darajadagi
chizmalar chizishni tavsiya qilgan. 
Fazoviy shakllarni tekislikda tasvirlash usullarini ishlab chiqish, ularni 
amalda tatbiq qilish nazariyasini rivojlantirish sohasida bir qancha olimlar yetakchi
o‘rin egallaganlar. Qadimgi Rim arxitektori Vitruviyning “
Arxitektura cohasida 
o‘n kitob
” asarida qurilish chizmachiligiga taalluqli plan, fasad va proyeksiyalar 


12 
haqida ma’lumotlar berilgan. Shu tariqa chizma geometriya va chizmachilik fanlari 
o‘z taraqqiyot yo‘lini bosib rivojlanib bordi. 
Nihoyat, 
buyumni o‘zaro perpendikular bo‘lgan ikki tekislikka 
proyeksiyalash eng maqsadga muvofiq sistema ekanligini ishlab chiqqan, 
isbotlagan va amaliyotga tatbiq etgan fransuz injener-matematigi hamda olimi
Gaspar Monj chizmachilik fanida keskin burilish yasadi. Natijada “
Monj 
sistemasi
” vujudga keldi va 1798 yilda dastlabki “
Chizma geometriya
” kitobi nashr 
etildi. Bu kitob chizma geometriya fani bo‘yicha birinchi darslik bo‘lib, unda 
ortogonal (to‘g‘ri burchakli parallel) proyeksiyalash metodining takomillashgan 
nazariyasi bayon qilingan. Ortogonal proyeksiyalar metodi Monjga qadar ham 
qo‘llanilgan. Monj esa bu metodni nazariy jihatdan umumlashtirib sistemaga 
soldi. Shunday qilib vaqt o‘tishi bilan narsalarni tasvirlash usullari takomillashib 
bordi va hozirgi zamon chizmasi shakllandi. Chizmachilik fani tarixiy taraqqiyotini 
kuzatganimizda uning tasviriy va amaliy san’at, me’morchilik, fizika, matematika, 
meditsina va boshqa tarmoqlar bilan uzviy bog‘langanligini ko‘ramiz. 
Texnikaviy chizmalarni to‘g‘ri tuzish usullari, shuningdek, chizma 
xo‘jalaigining barcha sohalarini to‘g‘ri tashkil qilish haqidagi fan 
 
chizmachilik
deyiladi. Chizmachilik aniq texnik fan bo‘lib, insonlarda o‘z vaqtida ish bajarish, 
ya’ni aniqlik, talabchanlik va tozalikka rioya qilisg hissini tarbiyalaydi. 
Chizmachilik fani beshta asosiy bo‘limdan iborat bo‘lib, ular 
geometrik 
chizmachilik, proyeksion chizmachilik, mashinasozlik chizmachiligi, qurilish 
chizmachiligi va topografik chizmachiliklardir
.
Geometrik chizmachilikda turli geometrik yasashlarni bajarishning qonun-
qoidalari va usullari o‘rganiladi. Masalan, kesma, burchak va aylanalarni teng 
bo‘laklarga bo‘lish, tutashmalar bajarish, qiyalik va konusliklar yasash, sirkul va 
lekalo egri chiziqlarini yasashning turli usullari o‘rganiladi. Geometrik 
chizmachilik bo‘limi boshqa bo‘limlarda bajariladigan barcha chizmalarni chizish 
uchun geometrik nuqtai nazardan asos bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, olti yoqli bolt 
kallagini chizishda aylanani teng oltiga bo‘lish, ko‘za va aylanish sirtli detallarning 
ko‘rinishini chizishda tutashmalar bajarish va hokazolarda yuqorida sanab o‘tilgan 
geometrik yasashlardan foydalaniladi.


13 

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish