Olinish usullari:
1. Birlamchi spirtlar oksidlanganda dastlab aldegid, so`ngra kislota hosil bo`ladi. Bunda uglerod atomlarining soni o`zgarmaydi:
2. Gemigaloidli uglevodorodlar, orto-efirlar, amidlar, kislota angidridlari va xlorangidridlari gidrolizlanishidan hosil bo`ladi.
Sirka kislota 118,50C da qaynaydigan, +16,60da suyuqlanadigan o’tkir hidli suyuqlik. Sanoatda sirka aldegidini oksidlab yoki metil spirti va uglerod-(II)-oksiddan sintez qilinadi. Texnikada sirka kislota polimerlar olishda, oziq-ovqat sanoatida, sintetik tolalar ishlab chiqarishda keng qo’llanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |