O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti sh. A. Do‘stmuhamedova, X. A. Tillashayxova


Bog‘cha yoshidagi bolalar bilish jarayonlarining rivojlanishi



Download 5,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/362
Sana20.01.2022
Hajmi5,33 Mb.
#392806
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   362
Bog'liq
fayl

 
4.3.Bog‘cha yoshidagi bolalar bilish jarayonlarining rivojlanishi
 
 
Bog‘cha  yoshidagi  bolalarda  sezgi,  idrok,  diqqat,  xotira,  tasavvur,  tafakkur, 
nutq,  xayol,  hissiyot  va  irodaning  rivojlanishi  jadal  kechadi.  Bola  ranglarni 
hali  bir-biridan  yaxshi  farq  qila  olmaydi.  Unga  ranglarning  farqini  bilishga 
yordam beradigan o‘yinchoqlar, rangli kiyimlar, rangli xalqalar, qutichalar va 
shu singari o‘yinchoqlar berish maqsadga muvofiqdir. 
      Bog‘cha  yoshidagi  bolalar  turli  narsalarni  idrok qilishda  ularning  ko‘zga 
yaqqol  tashlanib  turuvchi  belgilariga  (rangi  va  shakliga)  asoslansalar  ham, 
lekin chuqur tahlil qila olmaydilar. 
Bog‘cha  yoshidagi  bolalar  kattalarning  yordami  bilan  suratlarni  analitik 
ravishda  idrok  qilish  qobiliyatiga  ega  bo‘ladilar.  Bolalar  suratlarni  idrok 
qilayotganlarida  kattalar  turli  xil  savollar  bilan  ularni  tahlil  qilishga 
o‘rgatishlari lozim. Bunda, asosan, bolalar diqqatini: 
1.  Suratning mazmunini (syujetini) to‘g‘ri idrok qilishga; 
2.  Suratning    umumiy    ko‘rinishida    har    bir    tasvirlangan narsalarning 
o‘rnini to‘g‘ri idrok qilishga; 
3. Tasvirlangan  narsalar  o‘rtasidagi  munosabatlarni  to‘g‘ri  idrok  qilishga 
qaratish kerak. 
         Diqqat  har  qanday  faoliyatning  doimiy  yo‘ldoshidir.  Shuning  uchun 
diqqatning  inson  hayotidagi  ahamiyati  benihoya  kattadir.  Bog‘cha  yoshdagi 
bolalarda ixtiyorsiz diqqat ustunligicha qolaveradi. Bog‘cha yoshidagi bolalarda 
ixtiyoriy diqqatning o‘sib borishi uchun o‘yin juda katta ahamiyatga ega. O‘yin 
paytida  bolalar  diqqatlarini  bir  joyga  to‘plab,  o‘z  tashabbuslari  bilan  ma’lum 
maqsadlarini  ilgari  suradilar.  Masalan,  bola  juda  berilib  ertak    eshitayotgan 
bo‘lsa  ham,  xonaga  birov  kirib  qolsa,  uning  diqqati    ixtiyorsiz    shu  ertakdan 
chalg‘iydi. 
Bu  yoshdagi  bolaning  xotirasi  yangi  faoliyatlar  va  bolaning  o‘z  oldiga 
qo‘ygan  yangi  talablari  asosida  takomillasha  boradi.  Maktabgacha  yoshdagi 
bolalarning  xotirasi  ko‘rgazmali,  obrazli  bo‘lishi  bilan  xarakterlidir.  Bolada 
ko‘proq  ixtiyorsiz esda qoldirish va ixtiyorsiz esga tushirish ustunlik qiladi. Bola 
so‘zlarni  hech  qanday  ma’nosiz  takrorlayveradi.  Ammo  keyinchalik,  kattalarning 
ta’sirida,  ixtiyoriy  esda  qoldirish  ham  asta-sekin  rivojlana  boradi.  Bog‘cha 
yoshidagi  bolalar  o‘zlari  uchun  ahamiyatga  ega  bo‘lgan,  ularda  kuchli 
taassurotlar  qoldiradigan  va  ularni  qiziqtiradigan  narsalarni  beixtiyor  eslarida 
olib qoladilar. 
 Bola ravshan va emotsional rang-barang materiallarni oson esda qoldiradi. 
Maktabgacha yosh davrida statik tasavvurning ustunligi  kuzatiladi.Uch yosh 
bola taassurotlarini bir necha oy davomida esda  saqlab tura olishga qodirdir. 
Xotiraning o‘sishiga o‘yinlar, turli mashg‘ulotlar, she’r yodlash, ertak va hikoyalar 
aytish hamda sayr paytida kuzatish ishlarini olib borish yordam beradi. Ushbu 


74 
 
yoshdagi bolalar yangi so‘zlarni ham, hatto chet tillardagi so‘zlarni ham osongina 
eslab qoladilar. Lekin, bolalar materialni oson esda qoldirsalar ham, ular ko‘pining 
ma’nosiga yaxshi tushunmaydilar va ulardan nutqda foydalanishga qiynaladilar. 
Kattalarning vazifasi bolalarning mumkin qadar ko‘proq so‘zlarni va tasavvurlarni 
eslab qolishigagina emas, balki ular uchun tushunarli, foydali bo‘lgan 
turli bilimlarni egallashiga erishishdan iborat. Bolalar bu xildagi bilimlardan o‘z 
o‘yinlarida, rasmlarida, ustozlari yoki kattalar bilan suhbatda foydalanadilar, bu 
bilimlar ularning aqliy va axloqiy o‘sishlari uchun xizmat qiladi. 
 
Maktabgacha  yoshdagi  bolalarning  tafakkuri  va  uning  rivojlanishi  o‘ziga 
xos 
xususiyatga 
ega. 
T  Sh
veysariyalik   
psixolog va   filosof  olim  Piaje  bolalarning  kognitiv 
rivojlanishlari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borgan. Tadqiqotlarning  birida  4-6 
yoshli  bolalardan  bir-biri  bilan  teng  bo‘lgan  idishlardagi  suvning  miqdori 
so‘ralgan. Bolalar “Idishlardagi suv miqdori teng”,-deb javob berishgan. Aynan 
shu  miqdordagi  suv  bolalar  ko‘z  o‘ngida  turli  xil  balandlikdagi  idishlarga 
quyilib,  so‘ngra  qaysi  idishdagi    suv  miqdori  ko‘pligini  so‘ralganida  bolalar 
ingichka, lekin baland idishdagi suvning miqdori ko‘pligini aytishgan.  Bolalar 
aynan  o‘sha    suv  miqdorini  yana  bir-biri  bilan  teng  bo‘lgan  idishlarda 
ko‘rganlaridan  so‘nggina  o‘z  javoblari  noto‘g‘riligini  bilganlar.  Aynan 
shunday tajriba  bir xil kattalikdagi plastilin shakllari o‘zgartirilganida hamda  


75 
 
teng  miqdordagi  tugmachalar    orasi  ochiqroq  qilib  qo‘yilgan  qatordagi 
tugmachalar bilan solishtirilganida ham xuddi shunday javoblar bo‘lgan.
 
    Bu 
tajriba 6-7 yoshli bolalar asosan ko‘rganlari bo‘yicha fikrlashlarini isbotlab beradi. 
Tafakkur  bolaning  bog‘cha  yoshidagi  davrida  juda  tez  rivojlana  boshlaydi. 
Buning sababi, 

Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish