O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti sh. A. Do‘stmuhamedova, X. A. Tillashayxova


 O‘qituvchining kasbiga xos xislatlari



Download 5,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet299/362
Sana20.01.2022
Hajmi5,33 Mb.
#392806
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   362
Bog'liq
fayl

16.2. O‘qituvchining kasbiga xos xislatlari 
 
Ota-onalar o‘qituvchidan uning ish staji va yoshi qanday bo‘lishidan qatiy nazar, 
farzandlarini  tarbiyalash  va  o‘qitish  mahoratini  kutadilar.  O‘quvchilar  esa 
o‘qituvchilarni  uch  xil  xislatlari  bo‘yicha  xarakterlab  beradilar.  Jumladan, 
birinchidan, o‘qituvchining odamgarchiligi, adolatliligi, sof vijdonliligi, bolalarni 
yaxshi ko‘rish xislatlari; ikkinchidan, o‘qituvchining sezgirligi, talabchanligi bilan 
bog‘liq  tashqi  xislatlari  va  xulq-atvoriga  qarab;  uchinchidan,  o‘qituvchining  o‘z 
fanini bilishi, uni tushuntira bilishi kabi ta’lim jarayoni bilan bog‘liq xislatlariga 
qarab xarakterlab beradilar. 
 
Shuni  ta’kidlab  o‘tish  kerakki,  tarbiya  jarayonining  samaradorligini  oshirishga 
qo‘yiladigan  talablar  bilan  birga,  o‘qituvchi  shaxsi  va  uning  faoliyatiga  nisbatan 
qo‘yiladigan ijtimoiy talablar ham o‘sib bormoqda. 
 
O‘kituvchiga  jamiyat  tomonidan  qo‘yiladigan  talablar,  turli  xilda  ijtimoiy 
kutishlar,  pedagogning  individualligi,  uning  shu  tariqa  talablarga  javob  berishga 
sub’ektiv  tayyorligi  muayyan  o‘qituvchining  pedagogik  faoliyatga  naqadar 
tayyorligidan dalolat beradi. 
 
Shunisi  muhimki,  zamonaviy  o‘qituvchi  uchun  zarur  bo‘lgan  shaxsiy  xislatlarni 
batafsil ko‘rib chiqish kerak. Bular qanday xislatlar ekan? 
 
Ko‘pchilik psixologlar, shu bilan birga o‘zbekistonlik psixolog olimlar tomonidan 
olib  borilgan  tadqiqotlar  zamonaviy  o‘qituvchilar  uchun  eng  zarur  xislatlarni 
aniqlab  olish  imkoniyatini  beradi.  Rossiya  psixologlaridan  N.V.Kuzmina, 
V.Slastenin,  F.N.Gonobolin,  o‘zbekistonlik  psixologlardan  R.Z.Gaynutdinov, 
M.G.Davletshin,  S.Jalilova,  A.Jabborov,  M.Kaplanova  va  boshqalar  tomonidan 
olib  borilgan  ilmiy-tadqiqotlar  o‘qituvchilik  kasbini  atroflicha  o‘rganib,  ancha 
batafsil  ko‘rsatmalar  berish  imkoniyatini  yaratadi.  Bunda  gap  o‘qituvchilik 


295 
 
kasbining  professiogramma  (ma’lum  tizimga  keltirilgan,  mehnat  psixologik 
tomonidan  o‘rganishga  va  undan  kelgusi  amaliy  faoliyatda  foydalanishga 
qaratilgan  qisqa  va  har  tomonlama  batafsil  ko‘rsatib  berilgan  hujjatga 
professiogramma  deyiladi).  Professiogramma  psixologik  nuqtai  nazardan  ishlab 
chiqarish faoliyati xarakteristikasi (aniq birorta kasb bo‘yicha kelgusi amaliy ishlar 
uchun  zarur  bo‘lgan  mazmundagi  barcha  tomonlarini  o‘z  ichiga  olishi  kerak) 
ustida boradi. 
 
O‘qituvchi professiogrammasi muayyan fan tomonidan  o’qituvchiga qo‘yiladigan 
maxsus  talablarni  o‘z  ichiga  qamrab  olishi  lozim.  Bo‘lajak  o‘qituvchi  u  yoki  bu 
xildagi  fan  tomonidan  qanday  talablar  qo‘yilishini  bilishi  va  shu  asosida  o‘quv-
tarbiya jarayonini tashkil qilish uchun pedagogika oliy o‘quv yurtlarida muayyan 
mutaxassislik bo‘yicha o‘qituvchi professiogrammasi ishlab chiqilishi zarurdir. 
Psixologik  tadqiqot  ishlarini  olib  borgan  M.Abdullajonova,  Ye.Gladkova, 
A.Mashkurov,  T.Hamroqulov,  E.Xidirov  va  boshqalarning  ilmiy  izlanishlari 
o‘zbek  tili  va  adabiyoti,  o‘zbek  maktablarida  rus  tili  va  adabiyoti,  matematika, 
jismoniy  tarbiya  o‘qituvchilari  va  maktabgacha  tarbiya  muassasalarining 
tarbiyachilari 
kabi 
qator 
mutaxassisliklar 
bo‘yicha 
o‘qituvchi 
professiogrammasining  taxminiy  modelini,  ya’ni  namunasini  aniqlab  olish 
imkoniyatini  berdi.  Har  bir  mutaxassislik  bo‘yicha  o‘qituvchining  ixtisoslashgan 
xarakteristikasini 
nazarda 
tutgan 
professiogrammasi 
tuziladi. 
Jumladan, 
maktabning  o‘qituvchi-murabbiysi  professiogrammasini  misol  qilib  keltiramiz. 
Professiogrammada  muhim  xislatlardan  borgan  sari  birmuncha  ortib  borishini 
hisobga olgan holda o‘qituvchining quyidagi xislatlari ko‘rsatib berilishi lozim. 
 
1)
 

Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish