O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti sh. A. Do‘stmuhamedova, X. A. Tillashayxova


Oilaviy hayotga tayyorlik muammo sifatida



Download 5,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet238/362
Sana20.01.2022
Hajmi5,33 Mb.
#392806
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   362
Bog'liq
fayl

2.Oilaviy hayotga tayyorlik muammo sifatida.
 
 
Oila 
har 
bir 
xalqning, 
millatning 
davomiyligini 
saqlaydigan, 
milliy 
qadriyatlarning  rivojini  ta’minlaydigan,  yangi 
avlodni  dunyoga  keltirib,  uni  ma’naviy  va 
jismoniy 
barkamol 
qilib 
tarbiyalaydigan, 
jamiyatning 
asosiy 
negizi 
hisoblanuvchi 
muqaddas  maskandir.  Oila  tabiatning  eng 
go‘zal mo‘jizalaridan biri 
Oila  qadriyatlarining  tiklanishi  va  qarindoshlik  munosabatlari  o‘z  umrini 
tugatgan oila-urug‘ munosabatlarini abadiylashtirishni emas, balki har bir oilaning 
iqtisodiy,  madaniy,  kasb-kor  jihatdan  ravnaq  topishini  anglatadi.  Oila  va  oila 
muammolari hamisha davlatning diqqat-e’tibori va himoyasida bo‘lib kelmoqda. 
Er-xotinlik  va  oilaviy  munosabatlarning  barqarorligi  yoshlarning  oilaviy 
hayotga  tayyorligiga,  ya’ni  oilaviy  hayotga  ijobiy  emotsional  munosabatni 
ifodalaydigan  shaxsning  ko‘rsatmalarining  butun  boshli  tizimiga  bog‘liq.  Bugun 
birga  yashaydigan  va  rasmiy  ravishda  nikohni  qayd  etishdan  qochadigan 
yoshlarning  soni  tobora  oshib  bormoqda.  Bunday  holat  birga  yashash 
munosabatlarining  psixologik  mohiyati,  birga  yashovchilarning  yetuklik  darajasi 
va  ularning  fuqarolik  nikohi  istiqboliga  yo‘nalganlik  darajasini  aniqlashtirishga 
yordam  beradigan  bir  qator  savollarni  keltirib  chiqaradi.  Shunday  qilib,  nikohga 
tayyorlik  shunday  yetuklikning  mezonlaridan  biri  bo‘lib,  tadqiqotchi  uchun 
qiziqarli  mavzu  bo‘lib  bormoqda,  chunki  u,  bir  tomondan  yoshlarning  ijtimoiy 
ko‘rsatmalarining  yaqqol  ko‘rinadigan  yig‘indisi  bo‘lib,  va,  ikkinchi  tomondan, 
psixologik  hodisa  (fenomen)  hisoblanadi,  unda  fuqarolik  nikohiga  intilishning 
asosida  yotadigan  ehtiyoj  va  motivlarning  mavjudligi  yoki  yo‘qligi  aks  etadi 
(masalan,  sevimli  inson  haqida  qayg‘urishga  tayyorlik,  ota-onalikka  bo‘lgan 
ehtiyoj,  ma’naviy  o‘zaro  almashish  va  boshqalar).  Bu  hozirgi  jamiyatdagi 
nikohning  o‘rni  va  uning  to‘laqonli  amalga  oshirishni  to‘g‘ri  tushunishga 
qaratilgan  ijtimoiy  talabga  to‘liq  mos  keladi.  Umuman,  yoshlarning  oilaviy 
hayotga  tayyorlash,  oila  va  nikoh  haqida  adekvat  tasavvurlarning  demografiya 


256 
 
sohasida  mavjud  jiddiy  vaziyat  sharoitlarida  shakllantirish  dolzarb  jiddiy 
umumdavlat muammo hisoblanadi.     
Yosh  avlodni  axloqiy  tarbiyalashning  eng  muhim  jihati  hozirgi  kunda 
yoshlarni  oilaviy  hayotga  tayyorlashni  tashkil  yetishdir.  Yoshlarda  oila  va 
nikohning  ma’naviy-psixologik  asoslari,  oilaviy  va  oilaviy  munosabatlarda  xulq-
atvorni tartibga solish haqidagi g‘oyalar tizimini shakllantirish dolzarb ehtiyojdir
13

Oila  hayotiga  keng  ma’noda  tayyorgarlik  ko‘rish  bir  qator  vazifalarni  hal 
etishni o‘z ichiga oladi, ularning aksariyati shaxsni shakllantirish bo‘yicha umumiy 
tarbiyaviy  ishlar  vazifalari  bilan  bevosita  bog‘liq.  Shaxsning  axloqiy  shakllanish 
asoslari  yoshlarni  oilaviy  hayotga  maxsus  tayyorlash  poydevorini  yaratadi. 
Shuning  uchun  ham  yosh  avlodni  oila  va  nikoh  munosabatlariga  tayyorlashning 
asosiy  vazifalaridan  biri  bo‘lajak  oila  kishisi  shaxsini  shakllantirishdir.  Asosiy 
e’tiborni axloqiy ongni shakllantirish, axloqiy fazilatlarni, odatlarni rivojlantirish, 
yoshlarning  axloqiy  ongi,  xulq-atvori  va  his-tuyg‘ularni  birligini  tarbiyalash, 
yoshlarning  axloqiy  saviyasini  oshirishga  qaratilmoqda.  Tor  ma’noda,  demak, 
bo‘lajak  oila  va  nikoh  rollarini  samarali  ijro  etish  uchun  yoshlar  oilaviy  hayot 
sohasida muayyan bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari kerak. 
Oilaviy hayotga tayyorlashning muhim vazifasi yigit-qizlar o‘rtasida oila va 
nikoh  munosabatlari  sohasida  adekvat  munosabatni  shakllantirishdan  iborat. 
Bo‘lajak  oila  va  nikoh  rollarini  samarali  bajarish  uchun  yosh  shaxs  mustahkam, 
baxtli  oila  va  oila  vazifalarini  (reproduktiv,  tarbiyaviy,  iqtisodiy  va  h.k.) 
mas’uliyatli  bajarishga  qaratilgan  ijobiy  munosabatlar  tizimiga  ega  bo‘lishi 
lozim.). Umuman olganda, insonning oilaga bo‘lgan ehtiyojini, uning zarurligi va 
muqaddasligiga  ishonishini  tasdiqlash  kerak  shuningdek,  insonning  oila  qadrini, 
uning  jamiyatdagi  o‘rni  va  shaxs  rivojlanishi  uchun  ahamiyatini  anglash;  oilaviy 
hayot  idealini  shakllantirish  va  sozlash;  farzand ko‘rishga psixologik  tayyorlik  va 
ularni to‘g‘ri tarbiyalash istagini shakllantirishdan iborat. 
Yoshlarni  oilaviy  hayotga  tayyorlashda  alohida  vazifa  nikohga  bo‘lgan 
motivatsiyani,  turmush  o‘rtog‘ini  ongli  tanlashga  psixologik  tayyorlikni 
shakllantirish  va  ularning  shaxsiy  jozibadorligini  aniqlashtirishdan  iborat.  Shu 
bilan  birga,  bu  sohada  yetarli  ma’lumot,  kerakli  ma’lumotlarni  o‘zlashtirishni 
ta’minlash,  sevgi,  nikoh,  oila,  zamonaviy  o‘g‘il-qizlarning  qadriyat  yo‘nalishlari 
haqida mavjud g‘oyalarni aniqlash muhimdir. 
Keng  ma’noda,  yosh  avlodni  kelajakdagi  oilaviy  hayotga  tayyorlashdan 
maqsad-nikoh  va  oilaviy  munosabatlarni  muvaffaqiyatli  qurish  va  ularni 
uyg‘unlashtirish,  nikoh  barqarorligini  ta’minlash  va  mas’uliyatli  nikoh  va  ota-
onaga  munosabatni  rivojlantirishga  qodir  bo‘lgan  oilaviy  insonning  faol  hayotiy 
pozitsiyasini shakllantirishdir. Bularning barchasi yoshlar uchun oilaviy hayotning 
eng  muhim  jihatlari  haqida  yetarli  ma’lumotni  yemas,  balki  tegishli  semantik 
                                                           
13
 
Дружинин В.Н. Психология семьи/ Екатиринбург  2000г- 205стр 
 


257 
 
munosabat,  qarama-qarshi  jinsdagi  odamlar  bilan  muloqot  qilishning  amaliy 
ko‘nikmalarini  yaratish  va  jinsiy  ijtimoiylashuvni amalga oshirishni  ham  nazarda 
tutadi. 
Bo‘lajak oila a’zolarini yuqori sifatli tayyorlash jihatlaridan biri-bo‘lajak oila 
hayotidan  xabardorlik  darajasidir.  Bunday  xabardorlik  oila  va  nikoh  haqidagi 
bilimlar  majmuasi,  oila  va  nikoh  munosabatlari  sohasidagi  ko‘nikmalar  bilan 
belgilanadi va quyidagi tarkibiy qismlardan iborat : 
1) 

Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish