O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti sh. A. Do‘stmuhamedova, X. A. Tillashayxova



Download 5,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/362
Sana20.01.2022
Hajmi5,33 Mb.
#392806
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   362
Bog'liq
fayl

O‘smirlik  davrida  yetakchi 
faoliyat o‘qish va shaxsiy - intim muloqotdir.
O‘rtoqlarining ta’siri ostida o‘smir 
o‘zining extiyojlari va istaklarini qondirishi mumkin. Agarda bundan qanoatlanish 
unga  katta  mamnunlik  bag‘ishlasa,  bunday  xollarda  uning  ba’zi  bir  harakat  yoki 
qiliqlarga nisbatan bo‘lgan tasodifiy qiziqishlari dastavval ishtiyoqga, undan keyin 
extiros  yoki  odatga  aylanishi  mumkin.  Ana  shunday  yo‘l  bilan  o‘quvchilarda, 
masalan,  matematikaga,  fizika  yoki  ximiyaga,  duradgorlik,  slesarlik  yoki 
qandaydir boshqa  bir  ishlarga nisbatan  ishtiyoq  yuzaga keladi,  ammo  o‘quvchilar 
xuddi  shunday  yo‘l  bilan  yolg‘onchilikka,  bezorilikka  va  boshqa  axloqsiz  hatti-
harakatlarga xam o‘rganib qolishlari mumkin. 


126 
 
      O‘smirlar kattalarning ularga bildiradigan ishonchlariga katta ehtiyoj sezadilar. 
Kattalarning  o‘smir  yoshdagilarga  ta’sir  ko‘rsatishi,  tarbiya  berishi  uchun  eng 
qulay  sharoit  -  bu  umumiy  mehnat  bilan  shug‘ullanishdir.  Agar  kichik  yoshdagi 
bolalar yordamchi bo‘lish rollaridan qoniqsalar, o‘smirlar, ayniqsa katta o‘smirlar 
kattalar  bilan  teng  ravishda  faoliyat  ko‘rsatayotganlaridan,  lozim  bo‘lganda 
ularning  o‘rnilariga  ham  ishlay  olishlaridan  qoniqadilar.  Kattalar  o‘smirlar  bilan 
do‘stona, uni to‘la tushungan holda va aql bilan rahbarlik qilsalar, bunga o‘smirlar 
ijobiy  qaraydilar,  lekin  bu  rahbarlik  kattaning  xohish-istagi  ustunligida  kechsa, 
unday  holda  ular  to‘la  qarshilik  ko‘rsatadilar.  Bu  qarshilik  ko‘pincha  salbiy 
natijalarga,  ba’zan  depressiya  holatini  ham  yuzaga  keltirishi  mumkin.  Bu  holat 
ko‘pincha  ota-onasi  avtoritar  munosabatda  bo‘luvchi  o‘smirlarning  oilalarida 
uchraydi.  Bunday  oilalarda  tarbiyalanayotgan  o‘smirlar  hayotda  mustaqil  holda 
harakat  qilishlari,  o‘z  rejalarini  amalga  oshirishlari,  qiyin  mas’uliyatni  o‘z 
zimmalariga olishlari birmuncha qiyin kechadi.  
      Ular  ko‘pincha  intellektual  xarakterdagi  muammolarni  ham  qiyinchilik  bilan 
yengadilar.  O‘smirlik  davrida  bolalarning  atrofdagi  odamlar  bilan  shaxsiy  va  ish 
yuzasidan  bo‘ladigan  munosabatlaridagi  mavqei  o‘zgaradi.  Endi  o‘smirlar  o‘yin 
hamda  damga  kamroq  vaqtlarini  ajratgan  holda  ko‘proq  jiddiy  ishlar  bilan 
shug‘ullana  boshlaydilar  va  ularda  bilish  jarayonlari  jadal  rivojlana  boshlaydi. 
O‘qish o‘smirlar hayotida katta o‘rinni egallaydi.        Ularga mashg‘ulotlarning 
mustaqil  shakllari  yoqadi.  Boshqa  davr  bolalariga  nisbatan  o‘smirlarning  fanlarni 
muvaffaqiyatli  o‘zlashtirishlari,  qiziqishlarining  ortishi,  o‘qituvchining  o‘quv 
materialini tushuntira olish mahoratiga bog‘liq. Bilim o‘rganish ehtiyojlari asosida 
asta-sekinlik  bilan  o‘quv  fanlariga  nisbatan  qat’iy  ijobiy  munosabat  shakllanadi. 
Bu  davrda  o‘qishning  yangi  motivlari  yuzaga  keladi.  Bu  motivlar  o‘smirning, 
hayotiy  rejalari,  kelajak  kasbi  va  ideali  bilan  bog‘liq  bo‘ladi.  Aynan  o‘smirlik 
davridan  boshlab,  bolalar  hayotiy,  ilmiy,  badiiy  bilimlarni  kengaytirishga  alohida 
ehtiyoj  sezadilar  va  bunga  harakat  qiladilar.  Bilimli  bola  tengdoshlari  orasida 
hurmatga  sazovor  bo‘ladi.  Bilim  o‘smirlarga  alohida  bir  quvonch  bag‘ishlaydi  va 
uning tafakkur qilish layoqatini rivojlantiradi. Bu davrda o‘quvchilarga beriladigan 
o‘quv  materialining  hajmi  katta  bo‘lgani  uchun  ham  uni  eslab  qolishi  yoki  bir 
necha  marta  takrorlash  yo‘li  bilan  o‘zlashtirishi  qiyin.  Buning  uchun  o‘quvchi 
o‘quv  materialining  mazmunini  tahlil  qilishi,  undagi  mantiqiy  tuzilishni  bilishi 
muhim. Bu davrda bolalarning idroki, diqqati va tasavvurlari rivojlanadi, lekin bu 
rivojlanish bolaning o‘ziga va atrofdagilarga sezilmagan holda kechadi. Shu bilan 
birga bu davrda bolaning xotirasi, nutqi, tafakkur jarayonlari ham jadal rivojlanadi. 
Bu  o‘zgarishlar  atrofdagilarga  sezilarli  darajada  bo‘ladi.  O‘smirlik  davrida  o‘z-
o‘zini anglash darajasi kengayadi va unda boshqa odamlar, olam haqidagi bilimlari 
chuqurlashadi.  O‘yin  faoliyati  asta-sekin  kamayib,  yangi  faoliyatlar  yuzaga  kela 
boshlaydi. Psixik rivojlanishning yangi bosqichi boshlanadi. O‘smirlik davrida o‘z 
faoliyatini  nazorat  etish  rivojlana  boshlaydi  va  o‘zini-o‘zi  boshqarishga  intilishi 


127 
 
kuchayadi.  Bir  so‘z  bilan  aytganda,  o‘smirlik  davri  psixik  rivojlanishda  keskin 
burilish davri hisoblanadi.  
      Ijobiy  sifatlar,  ehtiyojlar  va  intilishlar  har  bir  yoshda,  jumladan,  ma’lum 
darajada  yo‘ldan  ozgan  o‘smirda  ham  bo‘ladi.  O‘smirlar  hamma  narsani  bilishga 
qiziqadilar.  Ko‘pchilik  o‘smirlar  boshqalardan  yomonroq  bo‘lishni  xohlamaydilar 
va  o‘z  muhitida  ko‘zga  tashlanib  turishga  hamda  boshqalardan  nimalar  bilandir 
farq  qilishga  intiladilar.  O‘smirlarning  hammasi  g‘ayratli  va  faoldirlar,  biroq, 
o‘zlarining  kuch-quvvatlarini  qayoqqa  yo‘naltirishni  hamma  vaqt  ham 
bilavermaydilar.  Binobarin,  ularni  bevosita  natijalari  bilan  xursand  qiladigan 
xilma-xil  foydali  va  qiziqarli  ishlar  bilan  band  qilish  kerak.  O‘smirlar,  garchi 
hamma  vaqt  ham  bunga  tayyor  emasliklariga  qaramay,  mustaqillikka  iitiladilar. 
Ammo ko‘pincha mustaqil ish-harakatlar uchun ularning imkoniyatlari bo‘lmaydi. 
Demak, ularni mustaqil faoliyatga yaxshiroq tayyorlash va ularga mustaqil ishlarni 
ishonib  topshirish  hamda  muvaffaqiyatli  bajarilishini  hamma  vositalar  bilan 
ta’minlash  kerak.  O‘z-o‘zidan  ko‘rinib  turibdiki,  o‘smirlar  psixikasida  ijobiy 
tomonlar yetarli darajada mavjuddir. Bu ijo¬biy tomonlardan foydalanib va ularni 
rivojlantirish, salbiy ishtiyoq, mayl, ishlar va xatti-harakatlarni yo‘qotish kerak. 
      Katta  o‘smirlar  asta  sekinlik  bilan  bevosita  ishlari  va  xatti-  harakatlarining 
natijalarini  hamda  oqibatlarini  oldindan  ko‘ra  boshlaydilar.  Ularda  o‘z-o‘zini  tuta 
bilish,  matonat  paydo  bo‘ladi,  qarorlari  birmuncha  qat’iy  bo‘la  boshlaydi,  iroda 
tarkib topadi. Ular o‘zlarining faoliyatlarida ishtiyoq va istaklardan ko‘ra ko‘prok 
SOG‘LOM  fikrga  asoslanadigan  bo‘ladilar.  Ularning  ichki  kechinmalari  va 
xayajonlari  endi  irodaviy  nazoratga  bo‘ysundirilgan  bo‘ladi.  Lekin  axloqiy  va 
estetik  hislarning  taraqqiyoti  tufayli  ichki  kechinmala¬ri  va  hayajonlari  yanada 
kuchliroq  bo‘ladi.  Kattalarga  nisbatan  qo‘pol  munosabatning  paydo  bo‘lishi, 
noxush  xulq-atvor  alomatlari,  o‘smir  yashaydigan  ijtimoiy  shart-sharoitlar,  uning 
tengdoshlari  va  turli  jamoalardagi  mavqei,  kattalar  bilan  munosabati,  maktab  va 
oilasidagi munosabatlari sababli yuzaga keladigan xarakter belgilaridir. Mana shu 
ijtimoiy sharoitlarni o‘zgartirish yo‘li bilan o‘smirlarning xulq-atvoriga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatish mumkin 

Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish