O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti sh. A. Do‘stmuhamedova, X. A. Tillashayxova


Kichik maktab yoshidagi bolalarning emotsional xususiyatlari



Download 5,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/362
Sana20.01.2022
Hajmi5,33 Mb.
#392806
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   362
Bog'liq
fayl

5.5.Kichik maktab yoshidagi bolalarning emotsional xususiyatlari 
      Kichik  maktab  yoshidagi  o‘quvchilarning  hislari  o‘zining  ancha  barqarorligi, 
anglanganligi  bilan  maktabgacha  yoshdagi  bolalarning  hislaridan  farq  qiladi,  bu 
hislar  anchagina  osoyishtalik  bilan  o‘tadi,  ancha  chuqur  va  kuchli  bo‘lib  qoladi. 
Kichik  maktab  yoshidagi  o‘quvchilarning  umumiy  emotsional  tonusida 
xushchaqchaqlik,  ruhiy  tetiklik  kayfiyati  ustunlik  qiladi.  Darslarda  va  tanaffus 


110 
 
vaqtlaridagi  o‘yinlarda  ular  quvnoq  va  tetik  bo‘ladilar.  Bunday  holat  esa  kichik 
maktab yoshidagi o‘quvchilarning emotsional hayotida norma bo‘lib hisoblanadi. 
      Kichik  maktab  yoshidagi  bolalarning  emotsional  hayoti  ta’lim  va  tarbiyaning 
ta’siri ostida ancha kengayadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning hislaridan farqli 
ravishda  kichik  maktab  davrida  hislarning  yo‘nalganligida  katta  tabaqalanish 
yuzaga keladi. Bu yoshda oliy hislarning barcha turlari rivojlanishni boshlaydi. 
      Kichik  maktab  yoshidagi  o‘quvchilarning  his-tuyg‘ulari  ularning  faoliyatida 
namoyon  bo‘ladi  va  rivojlanadi.  Kichik  maktab  yoshidagi  o‘quvchilar  o‘zlarining 
har  bir  faoliyat  natijalariga  baho  bera  oladilar.  Baho  kishida  qoniqish  va 
qoniqmaslik  hislarini  yuzaga  keltirishi  mumkin  bo‘lib,  bu  hislar  bolani  yaxshi 
o‘qishga  ruhlantiradi.  Ba’zan  past  baho  olish  orqali  yuzaga  kelgan  salbiy  hislar 
chuqurlashib, o‘qituvchining noto‘g‘ri reaksiyasi va kattalarning doimiy tanbeh va 
tanqidlari  oqibatida  bolaning  xarakter  xislatiga  aylanib  qolishi  mumkin. 
Boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarining  faoliyatlari  uchun  ijobiy  baho  olishlariga 
yordam  beruvchi  asosiy  hislardan  biri  intellektual  hislardir.  Odamning  aqliy 
faoliyati  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  hislar  intellektual  hislar  deb  ataladi.  Bilishga 
qiziqish,  taajjublanish  va  hayron  qolish  hislari,  ishonch,  ishonchsizlik  va 
shubhalanish hislari intellektual hislar qatoriga kiradi. 
      Bunday  hissiyotlar  har  xil  nazariy  va  amaliy  savollar  tug‘ilganida,  vazifa  va 
masalalarni  hal  qilish  chog‘ida,  biror  yangilikni  o‘zlashtirish  va  bilish  chog‘ida 
paydo bo‘ladi va his qilinadi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning intellektual 
hislari  bilish  jarayonida  rivojlanadi.O‘quv  faoliyatida  bolalar  katta  hajmdagi 
bilimlar  va  faktlarga  duch  kelib,  ular  bolalarda  taajublanish,  ishonchsizlik, 
quvonch, hislarini yuzaga keltirib, qiziquvchanlik, urinchoqlik va shu kabi boshqa 
hislarning shakllanishiga asos bo‘ladi. 
      O‘qish  jarayonida  yoshi  kattalashib,  tajribasi  orta  borgan  sari,  oqilona 
urinchoqlik
  rivoj  topa  boradi.  Bu  his  odamning  ilmiy  tadqiqot  ishlari  bilan 
samarali  shug‘ullanishini  rag‘batlantiradi. 

Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish