O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti sh. A. Do‘stmuhamedova, X. A. Tillashayxova


 O‘qituvchining o‘z malakasini oshirib borishining muammolari



Download 5,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet304/362
Sana20.01.2022
Hajmi5,33 Mb.
#392806
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   362
Bog'liq
fayl

 
16.3. O‘qituvchining o‘z malakasini oshirib borishining muammolari  
Muhim davlat vazifasini – “ Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” ni amalga 
oshirayotgan 
 
zamonaviy  maktab  o‘kituvchisining  xislatlari,  uning  ijodiy  faoliyati  21-asrda 
shakllanib,  asosan  amaliy  ishda,  pedagogik  tajribalarni  egallash  jarayonida  o‘sib 
rivojlana boradi. 
 


298 
 
Hozirgi  jamiyatimizda  o‘qituvchining  mustakil  ravishda  bilimlarni  egallab,  o‘z 
malakasini  oshirib  borishi  –  bir  tomondan  o‘qituvchilik  faoliyatining  borgan  sari 
nakadar  muvaffakiyatli  borayotganligini  ko‘rsatsa,  ikkinchi  tomondan  muhim 
vazifa ekanligidan dalolat beradi – chunki, bu kechiktirib bo‘lmas jarayon shaxsni 
intellektual kashshoklikdan kutkarib koladi. 
 
Psixologik  nuqtai-nazardan  o’qituvchi  doimiy  ravishda  o‘z  bilimlarini  oshirish 
bilan  shug‘ullanishi  zarurdir.  Chunki  o‘qituvchilik  mehnatining  asosiy  xususiyati 
ham shudir. Pedagog har doim odamlar orasida bo‘larkan, u birinchidan, odamlarni 
ko‘pdan  beri  qiziqtirib  kelayotgan  haqiqatni  o‘z  qarashlari  bo‘yicha  to‘g‘ri 
tushuntirib  berishi  lozim.  Albatta,  o‘qituvchidagi  bu  tariqa  qarashlar  ko‘p  yillar 
davomidagi  mehnat  va  hayot  faoliyati  jarayonida  shakllanadi;  ikkinchidan, 
o‘qituvchining o‘zi axborotlar olish uchun o‘quvchilarga nisbatan cheklangan vaqt 
imkoniyatiga  ega;  uchinchidan,  u  o‘ta  tor  doiradagi  tengqurlari  bilangina 
muloqotda  bo‘lish imkoniyatiga  ega bo‘lib, ko‘pincha o‘z  kasbiga  xos  qiziqishlar 
bilangina cheklanib qoladi. 
 
O‘qituvchining  mustaqil  bilim  egallashi  deganda,  uning  o‘z  bilimlarini  doimiy 
ravishda  kasbiy  va  umummadaniy  axborotlar  bilan  to‘ldirib,  o‘zining  individual 
ijtimoiy tajribasini keng miqyosda doimo yangilab borishi tushuniladi. 
 
Odatda aksariyat o‘qituvchilar mustaqil bilim egallash zarurligini tushungan holda, 
undan muvaffaqiyatli foydalanadilar. 
 
Buning  motivlari  odatda  pedagogik  faoliyat  jarayonida  o’qituvchi  oldida  yuzaga 
keladigan muammolarni anglab olish natijasida shakllanadi. Ko‘p hollarda bunday 
motivlar o‘qituvchilarni qanday o‘qitib va qanday tarbiyalash kerak, degan xohish-
istaklar  tariqasida,  fanning  oxirgi  yutuqlari,  o‘zining  pedagogik  mahoratini 
takomillashtirish ehtiyoji tug‘ilishi munosabati bilan shakllana boradi. 
 
Shu  bilan  birga  yaqqol  ko‘zga  tashlanib  turgan  ayoim  hollardan  ko‘z  yuma 
olmaymiz.  Masalan,  o‘qituvchilar  ommasining  ma’lum  qismi  mustaqil  izlanishda 
bo‘lib,  o‘z  bilim  saviyasini  oshirish  bilan  faol  shug‘ullanmaydi,  malakasini 
oshirishga  intilmaydi,  ba’zilar  muayyan  bilimlar  sohasida  taraqqiyotdan  butunlay 
ortda  qolmoqdalar.  Bunday  o‘qituvchilar  o‘sib  kelayotgan  yosh  avlodning  ta’lim 
va tarbiya taraqqiyotiga jiddiy zarar keltiradilar. 
 
Bu mammoni hal yetishda asosiy vazifa malaka oshirish tizimi zimmasiga tushadi. 
Respublikamizda  xalq  ta’limi  xodimlarining  malakasini  oshirish  instutlarining 
tarmoqlari joriy etilgan, bular viloyatlardagi xalq ta’limi xodimlarining malakasini 
oshirish  institutlaridir.  Toshkent  xalq  talimi  xodimlarining  malakasini  oshirish 
instituti  va  Avloniy  nomidagi  xalq  ta’limi  xodimlarining  malakasini  oshirish 
Markaziy institutlaridir. 
 
Xalq  ta’limidagi  bu  tizimning  asosiy  vazifasi  doimiy  ravishda  o’qituvchi 
kadrlarning malakasini oshirish, o’qituvchi kadrlarni o‘zlarining kasbiga xos bilim 
saviyasini, ko‘nikma, malakalarini, ma’naviyat va ma’rifatini, shu bilan bir qatorda 
iqtisodiy,  ekologik  va  huquqiy  ma’lumotini  oshirishga  da’vat  etuvchi  ijtimoiy 
psixologik sohalarni rivojlantirib borishdan iboratdir. 
 
O‘qituvchining  mustaqil  bilim  egallashi  va  malakasini  oshirish  pedagogik 
faoliyatning samaradorligini oshirishda zaruriy shartlaridandir. 
 


299 
 
Shark mutafakkirlari o’qituvchio‘zi o‘qib tursagina –  o’qituvchibo‘la oladi, agar 
 
у
 
o‘qishni to‘xtatib qo‘yar ekan, unda o‘qituvchilik ham o‘ladi, deb juda haqqoniy 
aytganlar. Bu haqiqatni yoshi qanday bo‘lishidan, pedagogik mahoratidan, qanday 
dars berishidan qat’iy nazar barcha o‘qituvchilar yaxshilab bilib olishlari lozim. 

Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish