O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti sh. A. Do‘stmuhamedova, X. A. Tillashayxova


 Keksayish davrida bilish jarayonlari



Download 5,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/362
Sana20.01.2022
Hajmi5,33 Mb.
#392806
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   362
Bog'liq
fayl

 
6. Keksayish davrida bilish jarayonlari 


203 
 
Kundalik  hayotda  ko‘pchilik  qariyalarning  aqli  ham  susayadi,  deb  hisoblaydi. 
Masalan, yosh yigit qo‘ygan narsasini eslay olmasa, hech kim bunda hech qanday 
qo‘rqinchli  narsani  ko‘rmaydi,  lekin  bunday  e’tiborsizlik  qariyalar  tomonidan 
amalga oshirilsa, bunday o‘zgarishlarni qarilik o‘zgarishlarining namoyon bo‘lishi 
deb, skleroz deb baholaydi. 
So‘nggi vaqtlarda ilmiy adabiyotlarda normal qarilikda intellektual faoliyatning 
susayishi  haqidagi  qarama-qarshi  fikrlar  uchraydi.  Qarilik  davrida  kognitiv 
jarayonlarning 
o‘zgarishi 
muammosini 
o‘rgangan 
tadqiqotchilarning 
ta’kidlashicha,  ko‘pchilik  aqliy  ko‘nikmalar  nisbatan  saqlanib  qoladi.  Bu  yosh 
davrida  xotirani  keng  doirada  o‘rganish  natijalariga  ko‘ra  (Perlmutter,  Adams, 
Barry,  Kaplan,  Person  &  Verdonik,  1987)  xotiraning  susayishi  nafaqat  qarilik 
oqibati  emas,  balki  boshqa  omillar,  depressiya,  faol  faoliyatning  to‘xtatilishi  va 
dorilarning salbiy ta’siri natijasidir. 
Qarilik  davrida  kognitiv  rivojlanish  darajasida  ma’lum  susayish  ro‘y  beradi. 
Masalan,  bilish  jarayonida  ma’lumotlarni  qayta  ishlash,  mexanik  eslab  qolish  
tezligining pasayishi kuzatiladi. Lekin bunga mos ravishda kompensatsiyalar ham 
ro‘y  beradi.  Natijada  ma’lum  kognitiv  xarakteristikalarning  yo‘qotilishi  kundalik 
hayotga ta’sir qilmaydi. (Perlmutter et al., 1987; Salthouse, 1985). 
Qarilik  davridagi  inson  bilish  qobiliyatidagi  muhim  o‘zgarishlardan  biri  –  bu 
jismoniy  va  aqliy  operatsiyalar  bajarish  tezligining  susayishida  namoyon  bo‘ladi. 
Bu  yoshga  yetgan  insonlarda  reaksiya  vaqti  ortadi,  perseptiv ma’lumotlarni  qayta 
ishlash sekinlashadi, kognitiv jarayonlar tezligi susayadi. 
Qariyalarda 
kognitiv 
qobiliyatlarning 
susayishi 
muammosi 
xotira 
funksiyalarining o‘zgarishi doirasida ko‘proq o‘rganilgan. 
Informatsion nuqtai nazardan yondashuvchi xorij psixologlari sensor, birlamchi, 
ikkilamchi va uchlamchi xotira mavjudligini ta’kidlaydi. Ularning fikricha, 
sensor 
xotira
  –  juda  qisqa  muddatli  ko‘rish  yoki  eshitish  xotirasidir,  bunda  informatsiya 
qayta  ishlanguncha  250  millisekund  vaqt  oralig‘ida  xotirada  saqlab  turiladi. 
O‘tkazilgan  tadqiqotlardan  ma’lum  bo‘lishicha,  qariyalar  yoshlarga  qarganada 
kamroq ma’lumotni xotirada saqlab qoladi. 
Birlamchi xotira
 xorijlik tadqiqotchilar 


204 
 
tomonidan cheklangan ma’lumotlar hajmini saqlash sifatida tavsiflanadi. Masalan, 
sotib olinayotgan tovarning narxini eslab qolishni misol sifatida keltirish mumkin. 
Bu  xotira  turini  ishchi  xotira,  yoki  operativ  xotira  ham  deb  atash  mumkin. 
Tadqiotlarda yoshlar keksalarning birlamchi xotirasida farqlar aniqlanmagan. 
Ikkilamchi  xotira
  uzoq  muddatli  xotira  turi  bo‘lib,  unda  yosh  xususiyatlari 
yaqqol  namoyon  bo‘ladi.  Yodlash  va  qayta  esga  tushirishni  o‘rganishga 
bag‘ishlangan  tadqiqotlarda  qariyalar  berilgan  ro‘yxatdagi  kam  so‘zlarni,  rasm 
detallarining oz qismini eslab qolishi aniqlandi. 
Uchlamchi  xotira
  bu  ilgari  bo‘lib  o‘tgan  voqeani  eslashdir.  Xotiraning  bu  turi 
keksalarda  to‘liq  eslab  qolinadi.  Keksalar  ilgari  bo‘lib  o‘tgan  tarixiy  voqealarni 
batafsil eslab qoladi, agar bu voqeada o‘zi ishtirok etgan bo‘lsa, yanada yaxshiroq 
xotirada saqlanadi. 
Shu  bilan  birga  keksalik  davridagi  insonlarda  xotira  saqlanishida  individual 
farqlar  kuzatiladi.  Masalan,  oliy  ma’lumotli  keksalar  o‘rta  ma’lumotli 
tengdoshlariga nisbatan xotira testlarini yaxshiroq eslab qoladi. Intellektual faoliyat 
bilan faol shuhullanadiganlar bu testlarda yaxshi natija ko‘rsatishadi. 
Rus psixologlari tomonidan xotiraning yosh funksiyalari o‘zgarishini kuzatilgan 
tadqiqotlarda  aniqlanishicha,  yosh  o‘tishi  bilan  mexanik  esda  olib  qolish 
yomonlashadi,  mantiqiy  xotira  esa  saqlanib  qoladi.  Obrazli  xotira  so‘z-mantiq 
xotiraga  nisbatan  kamroq  esda  qoladi.  Shunday  qilib,  keksalik  davrida  xotira 
asosida  mantiqiy  bog‘lanish  yotadi,  mantiqiy  xotira  tafakkur  bilan  chambarchas 
bog‘langani uchun keksalarda tafakkur yaxshi rivojlangan deyish mumkin. 
Yoshlar  xotira  jihatdan  keksalardan  ustun  bo‘lsalar-da  donolik  jihatidan  ustun 
emas.  Donolik  –  bu  inson  bilimlarining  ekspert  tizimi  bo‘lib,  hayotning  amaliy 
jihatlariga yo‘naltirilgan, hayotiy muhim muammolar bo‘yicha foydali maslahatlar 
berishdir. 
Pol B. Bal hamkasblari bilan birga donolikni o‘rganib, uning bir necha kognitiv 
xususiyatlarini  aniqlagan.  Birinchidan  donolik,  insonlarning  hayot  mazmuniga 
aloqador muhim va murakkab muammolarni yechish bilan bog‘liqdir. Ikkinchidan, 
donolik  bilimlar,  fikrlar  va  maslahatlarning  yuksak  darajasi  bilan  ajralib  turadi. 


205 
 
Uchinchidan,  donolik  bilan  bog‘liq  bilimlar  shunchalik  keng  va  chuqurki,  ularni 
maxsus  vaziyatlarda  qo‘llash  mumkin.  To‘rtinchidan,  donolik  shunday  aqlni  o‘z 
ichiga  oladiki,  undan  shaxsiy  foydaga  hamda  insoniyat  foydasiga  foydalanish 
mumkin.  Beshinchidan,  donolikka  erishish  qiyin,  lekin  ko‘pchilik  insonlar  uni 
osongina anglaydi. 
Intellektual  funksiyalar  pasayishining  sabablari.
  Keksalarda  intellektual 
funksiyalarning  pasayishiga  turli  sabablar:  bevosita  va  bavosita  sabablar  bo‘lishi 
mumkin. Intellektual funksiyalar pasayishining bevosita sabablariga miya kasalligi, 
masalan  Altsgeymer  kasalligi  va  miya  qon-tomirlarining  kasallanishini  keltirish 
mumkin. Bavosita sabablariga esa bosh miya funksiyalari bilan bog‘liq emas, lekin 
intellektual  funksiyalarni  amalga  oshirish  uchun  ta’sir  ko‘rsatadigan  sabablar 
kiradi.  Ularga:  inson  sog‘lig‘ining  umumiy  yomonlashuvi,  ma’lumot  darajasining 
quyiligi, bilish faoliyati motivatsiyasining mavjud emasligi va boshqalar kiradi. 
Demensiya
  –  keksalik  boshlanishi  bilan  bog‘liq  shaxs  o‘zgarishlari, 
amneziya,  bilish  nuqsonlarini  o‘z  ichiga  olgan  buzilishlarning  bir  butun 
kompleksidir. 
Senil  demensiya  – 
inson  tafakkurining  adekvatligida  namoyon 
bo‘ladigan  miyaning  organik  kasalligidir.  Amerikalik  olimlar  tadqiqotlarida 
aniqlanishicha,  qariyalar  uyida  yashovchi  75-84  yoshli  keksalarning  20% 
demensiya  kasalligining  bir  turi  hisoblangan  Alsgeymer  kasalligiga  chalinishgan. 
85  yoshdan  keyin  qariyalar  uyida  yashovchi  keksalarning  47  %  ida  senil 
demensiya kuzatilgan (Evans et al., 1989). O‘z oilalarida va faol hayot tarzini olib 
borayotgan keksalarda demensiya kamroq kuzatilgan. 
Atsgeymer  kasalligi. 
Ushbu  kasallikda  keksalarda  bosh  miya  po‘stlog‘i 
hujayralarining  buzilishi  kuzatiladi.  Kasallikning  dastlabki  belgilari  mayda-
chuydalarni  esdan  chiqarib  qo‘yishda  namoyon  bo‘ladi.  Keyinchalik  qaerda 
bo‘lganligini,  kundalik  ishlarni  ham  esdan  chiqarib  qo‘yadi,  o‘ziga  ovqat  ham 
tayyorlay  olmaydi,  yaqin  kishilarini  ham  tanimaydi.  Demensiyaning  boshqa 
bevosita  sababi  mikroinsul’tdir.  Mikroinsul’t  –  miya  qon  bilan  ta’minlanishining 
o‘tkir buzilishidir. 


206 
 

Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish