Hissiy-emotsional sohasidagi o‘zgarishlar:
Empatiyadagi o‘zgarishlar. Ye. P. Ilin va A. N. Lipina
ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra empatiya darajasi
o‘smirlik davridan boshlab, 40-50 yoshdagi ayollar va
erkaklarda maksimal qiymatga erishadi. Bu yoshda
empatiya darajasi 15-20 yoshlilardan ikki marta
oshadi. Keyinchalik ayollar va erkaklarda empatiya
darajasining keskin pasayishi kuzatiladi, minimal
ko‘rinishda 60-75 yoshdagilarda kuzatiladi. Bu yosh
guruhida empatiya darajasi 15-20 yoshdagilarga
nisbatan ham past bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |