O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti sh. A. Do‘stmuhamedova, X. A. Tillashayxova


O‘smirlarning intellektual rivojlanishi



Download 5,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/362
Sana20.01.2022
Hajmi5,33 Mb.
#392806
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   362
Bog'liq
fayl

6.2.O‘smirlarning intellektual rivojlanishi 
      Endi  o‘smirlar  o‘yin  hamda  damga  kamroq  vaqtlarini  ajratgan  holda  ko‘proq 
jiddiy  ishlar  bilan  shug‘ullana  boshlaydilar  va  ularda  bilish  jarayonlari  jadal 
rivojlana  boshlaydi.  Maktab  ta’limi  o‘smir  bilish  jarayonlarini  rivojlanish 
yo‘nalishini  sifat  jihatidan  o‘zgarishda  asosiy  omil  bo‘lib  xizmat  qiladi.  O‘qish 
o‘smirlar hayotida katta o‘rinni egallaydi. Ular uchun mashg‘ulotlarning mustaqil 
shakllari  yoqadi.  Boshqa  davr  bolalariga  nisbatan  o‘smirlarning  fanlarni 
muvaffaqiyatli  o‘zlashtirishlari,  qiziqishlarining  ortishi,  o‘qituvchining  o‘quv 
materialini tushuntira olish mahoratiga bog‘liq. O‘qish faoliyati asosida o‘smirning 


128 
 
o‘z-o‘zini  anglash  darajasi  kengayadi,  boshqa  odamlar,  atrof  olam  haqidagi 
bilimlari  chuqurlashadi.  Psixik  rivojlanishning  yangi  bosqichi  boshlanadi.  Bilim 
o‘rganish  ehtiyojlari  asosida  asta-sekinlik  bilan  o‘quv  fanlariga  nisbatan  qat’iy 
ijobiy munosabat shakllanadi. Bu davrda o‘qishning yangi motivlari yuzaga keladi. 
Bu  motivlar  o‘smirning,  hayotiy  rejalari,  kelajak  kasbi  va  ideali  bilan  bog‘liq 
bo‘lgan holda bilish jarayonlari rivojlanish xarakteriga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 
      Aynan  o‘smirlik  davridan  boshlab,  bolalar  hayotiy,  ilmiy,  badiiy  bilimlarni 
kengaytirishga  alohida  ehtiyoj  sezadilar  va  bunga  harakat  qiladilar.  Bilimli  bola 
tengdoshlari  orasida  hurmatga  sazovor  bo‘ladi.  Bilim  o‘smirlarga  alohida  bir 
quvonch  bag‘ishlaydi  va  uning  tafakkur  qilish  layoqatini  rivojlantiradi.
 
 
 
      Bilish  jarayonlarining  rivojlanishida  nutq  og‘zaki  va  yozma  mavjud  bo‘lishi 
bilan  kuchli  vosita  hisoblanadi.  Maktabdagi  o‘quv  jarayonlarining  to‘g‘ri  tashkil 
etilishi  va  amalga  oshirilishi  bilan  o‘smir  nutqining  to‘g‘ri  rivojlanishiga  qulay 
sharoit yaratiladi. Nutqni o‘zlashtirishga harakat bu o‘smirning muomala, bilish va 
ijodiy faoliyatga kirishiga ehtiyoj va intilish hisoblanadi. 
      O‘smirlik davrida nutqning rivojlanishi bir tomondan so‘z boyligining oshishi 
hisobiga  bo‘lsa,  ikkinchi  tomondan  tabiat  va  jamiyatdagi  narsa,  voqea  va 
hodisalarning  mazmun-mohiyatini  anglashlari  hisobiga  bo‘ladi.  Bu  davrda  o‘smir 
til yordamida atrof-borliqni aks ettirish bilan bir qatorda inson dunyoqarashini ham 
belgilab berish mumkinligini his qila boshlaydi. Aynan o‘smirlik davridan boshlab, 
inson  nutq  bilish  jarayonlarining  rivojlanishini  belgilab  berishini  tushuna 
boshlaydi.O‘smirni ko‘pincha muomalada so‘zlarni ishlatish qoidalari – “«Qanday 
qilib  to‘g‘ri  yozish  kerak?»  «Qanday  qilib  yaxshiroq  aytish  mumkin?»  ,  «Nima 


129 
 
deyish kerak?», kabi savollar juda qiziqtiradi. O‘smirlar maktabdagi o‘qituvchilar, 
kattalar,  ota-onalar  nutqidagi  kamchiliklariga,  kitob,  gazeta,  radio  va  televidenie 
diktorlari  xatolariga  tez  e’tibor  beradilar.  Bu  holat  o‘smirning  bir  tomondan  o‘z 
nutqini  nazorat  etishga  o‘rgasa,  ikkinchi  tomondan  kattalar  ham  nutq  qoidalarini 
buzishlari  mumkinligini  bilishlariga  va  o‘zida  mavjud  xatoliklarni  birmuncha 
barham 
toptirishlariga 
olib 
keladi. 
 
      O‘smir  so‘zlarning  kelib  chiqish  tarixiga,  ularning  aniq  mazmuni  va 
mohiyatiga  juda  qiziqadi.  U  endi  o‘z  nutqida  yosh  bola  singari  emas,  balki  katta 
odamlardek so‘zlarni tanlab ishlatishga harakat qiladi. Nutq madaniyatini egallash 
borasida o‘smir uchun o‘qituvchi, albatta, namuna bo‘lishi shartdir. Aynan maktab 
ta’limi  o‘smir  bilish  jarayonlarini  rivojlanish  yo‘nalishini  sifat  jihatidan 
o‘zgarishda  asosiy  omil  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Maktabdagi  o‘quv  jarayonlarining 
to‘g‘ri  tashkil  etilishi  va  amalga  oshirilishi  bilan  o‘smir  nutqining  to‘g‘ri 
rivojlanishiga  sharoit  yaratiladi.  Nutqni  o‘zlashtirishga  harakat  bu  o‘smirning 
muomala, bilish va ijodiy faoliyatga kirishishiga ehtiyoj va intilish hisoblanadi. 
      O‘smirlik  davrida  o‘qish  malakalari,  yozma  va  monologik  nutq  jadal 
rivojlanadi.  5-sinfdan  boshlab  to  9-sinfgacha  o‘qish  to‘g‘ri,  tez  va  ifodali  bo‘lish 
darajasidan,  yoddan  ifodali,  ta’sirli  aytib  bera  olish  darajasigacha  ko‘tariladi. 
Monologik nutq esa asardagi kichik bir parchani qayta so‘zlab berishdan, mustaqil 
ravishda  nutq  va  chiqishlar  tayyorlash,  og‘zaki  -  mulohaza  yuritish,  fikr  bildirish 
va  ularni  asoslab  berishgacha  o‘zgaradi.  Yozma  nutq  ham  rivojlangan  holda 
o‘smirlar  endi  ularga  berilgan  erkin  mavzu  bo‘yicha  mustaqil  holda  insho  yoza 
oladilar.  O‘smirlarning  nutqi  to‘la  tafakkur  bilan  bog‘liq  holatida  amalga 
oshiriladi.  5-6  sinflardagi  o‘quvchilar  og‘zaki  va  yozma  matn  uchun  reja  tuzib, 
unga  amal  qila  oladilar.  O‘zi  yozgan  fikrni  qayta-qayta  o‘qib,  o‘z  nutqini  analiz 


130 
 
qilib ko‘rishga  majbur qiladi.  O‘quvchi  yozib bayon  qilayotganida, ko‘pincha, bu 
ishini bir necha marta qayta ko‘rib chiqishga, o‘zgartirishga, to‘ldirishga, qaytadan 
ishlab chiqishga majbur bo‘ladi. 
      O‘quvchi  o‘qituvchining  topshirig‘iga  binoan  yozma  ishlar  bajarayotganida 
o‘zining  shu  ishiga  baho  berilishini,  ammo  bu  baho  ishning  faqat  mazmuniga 
qarabgina berilib qolmasdan, balki shu bilan birga, o‘z fikrining «qanday til» bilan 
bayon  qilinganiga  qarab  ham  baholanishini  oldindan  bilib  turadi.  Mana  shu 
hollarning  hammasi  bolani  o‘z  nutqini  grammatika  va  logika  talablariga  muvofik 
keladigan  qilib,  ongli  ravishda  tuzishga  majbur  etadi.  Adabiyot  darslari  bilan 
shug‘ullanish  o‘quvchilar  nutqining  o‘sishiga  ayniqsa  katta  ta’sir  qiladi. 
O‘quvchilar  adabiyot  darslarida  to‘g‘ri  tuzilgan  nutqning  eng  yaxshi  namunalari 
bilan tanishadilar. 
      Bolalarning  yozma  nutqni  egallashlari  ularning  nutqini  o‘stirishda  muhim 
bosqich  bo‘ladi.  O‘quvchi  yozma  nutqni  to‘g‘ri  tushunishni  o‘rganib  oladi,  o‘z 
fikrlarini yozma nutq holida bayon qilish va boshqalarga tushuntirishni o‘rganadi. 
Kitob  o‘qish  va  ayniqsa  o‘zidagi  fikrlarni  yozma  tarzda  ifodalab,  bayon  qilib 
berish  tilning  grammatika  tuzilishini  egallashda  katta  ahamiyatga  ega.  Yozma 
bayon  qilish  vaqtida  fikrni  to‘liq  tushuntirib  berish  zarurligi  o‘quvchini  o‘zi 
yozayotganlarining  mazmunigagina  diqqat  qaratmasdan,  balki  qanday  qilib 
yozayotganligiga ham e’tibor berishga majbur etadi. 
      Yozma  nutqni  egallash  og‘zaki  nutqni  va  ayniqsa  mo¬nolog  nutqni  to‘g‘ri  va 
kengroq qilib tuzishga yordam beradi. 
      O‘quvchi  maktabda  berilgan  topshiriqni  tayyorlash  vaqtida  shu  topshiriqni 
o‘ziga-o‘zi  gapirib  berishni  muttasil  mashq  qilib  turishi  o‘quvchi  nutqining 
o‘sishiga katta ta’sir kiladi. O‘quvchi darslarni tayyorlayotgan vaqtda shu darslarni 
kitobdan  o‘qibgina  qolmasdan,  balki,  odatda,  u  kitobdan  o‘qigan  narsalarini 
kitobni  yopib  qo’yib,  o‘z-o‘ziga  yoki  yonidagi  sherigiga  so‘zlab  ham  beradi. 
Bunday  hollarda  o‘quvchi  o‘zi  tayyorlayotgan  darsni  grammatika  qoidalariga 
to‘g‘ri  rioya  qilgan  holda  ayniqsa,  tushunarli  qilib  og‘zaki  gapirib  berishga 
intiladi:.  O‘kituvchi  o‘quvchining  nimalarni  bilganligi  va  bilganlarini  qanday 
gapirib  berishi  bilangina  kifoya  qilmasdan,  balki,  shu  bilan  birga,  shu  bilgan 
narsasini  qanday  qilib  va  qay  tarika  gapirib  berayotganiga  ham  e’tibor  berishini 
o‘quvchi yaxshi tushunadi. 
      -O‘quvchi  ovoz  chiqarib,  aynan  yoki  o‘z  suzlari  bilan  takrorlash  yo‘li  bilan 
o‘zining  artikulyatsiya  apparatini  mashq  qildiradi,  o‘z  nutqining  qay  darajada 
to‘g‘riligini  nazorat  qiladi,  shu  bilan  birga  o‘zi  o‘zlashtirgan  bilimlarning 
to‘g‘riligini va mustahkamligini ham nazorat qiladi. 


131 
 
      Albatta,  o‘quvchi  nutqining  o‘sishida  o‘qituvchining  nutqi  katta  rol  o‘ynaydi, 
chunki  o‘kituvchining  nutqi  o‘quvchilar  uchun  namunali  nutq  hisoblanadi.  Shu 
sababli,  har  bir  o‘qituvchi  o‘quvchilar  nutqini  o‘stirishga  intilib,  o‘zi  ham  o‘z 
nutqini takomillashtirish ustida to‘xtovsiz va tinmay intilishi lozim. 
      
Diqqat.
 Agar kichik maktab davrida ixtiyorsiz diqqat ustunlik qilsa, o‘smirlik 
davrida  bola  o‘z  diqqatini  o‘zi  boshqara  oladi.  Dars  davomida  intizomning 
buzilishi  aksariyat  hollarda  o‘quvchilar  diqqatsizligidan  emas,  balki  ijtimoiy 
sabablar  bilan  belgilanadi.  O‘smir  o‘z  diqqatini  to‘la  ravishda  o‘zi  uchun 
ahamiyatli  bo‘lgan  va  yuqori  natijalarga  erishishi  mumkin  bo‘lgan  faoliyatlarga 
qarata  oladi.  O‘smirning  diqqati  yaxshi  boshqariladigan  va  nazorat  etiladigan 
darajada  rivojlangan  bo‘lishi  mumkin.  Bolaning  rivojlanayotgan  ixtiyoriy  diqqati 
o‘qituvchi  tomonidan  doimo  qo‘llab-quvvatlanishi  juda  zarurdir.  Pedagogik 
jarayonda ixtiyorsiz diqqatni ixtiyoriy diqqat darajasiga ko‘tarish uchun bir qancha 
uslublar ishlab chiqilgan. Shuningdek, o‘smirning dars jarayonida o‘z tengdoshlari 
orasida  o‘zini  ko‘rsatishi  uchun  sharoitni  yaratilishi  ham  o‘smirdagi  diqqatni 
ixtiyorsizdan  ixtiyoriyga  aylanishida  zamin  bo‘lib  xizmat  qilishi  mumkin.  Ushbu 
metodika  yordamida  o‘smirlar  diqqatining  ko‘rsatkichlarini,  shu  bilan  bir  qatorda 
taqsimlanishi  va  barqarorligini  o‘rganish  mumkin.  Sinaluvchi  1-jadval  (1a)  ni 
ko‘rib chiqadi va undagi 1dan 25 gacha bo‘lgan sonlarni tartib bilan topadi. Xuddi 
shunday harakat har bir jadval bilan bajariladi. Bitta jadval bilan ishlashga ketgan 
o‘rtacha vaqt aniqlanadi. Buning uchun har bir jadval bilan ishlashga ketgan vaqt 
qo‘shiladi  va  5ga  bo‘linadi.  Bu  o‘smir  diqqati  taqsimlanishining  indeksi 
hisoblanadi.  
 O‘smirlar diqqatini psixodiagnostika qilish metodi  
(Diqqatning taqsimlanishi va barqarorligini baholash metodikasi uchun matritsa) 


132 
 
 
      Xuddi  shu  metodika  yordamida  diqqatning  barqarorligini  ham  aniqlash 
mumkin.  Buning  uchun  har  bir  jadvalni  ko‘rib  chiqishga  ketgan  vaqt 
taqqoslaniladi. Agar 1-dan to 5- jadvalgacha har birini ko‘rib chiqishga ketgan vaqt 
orasidagi  farq  juda  kichik  bo‘lib  10  sekunddan  oshmasa  diqqat  barqaror 
hisoblanadi.  
      O‘smirlik  davrida  juda  qattiq  charchash  holatlari  ham  bo‘ladi.  Aynan  13-14 
hamda  16  yoshlarda  charchash  chizig‘i  keskin  ko‘tariladi.  Bunday  holatlarda 
o‘smir atrofdagi narsa va voqealarga to‘liq diqqatini qarata olmaydi.  
      O‘smirlik  davrida  xotiraning  barcha  turlari  o‘zining  sifat  ko‘rsatkichlari 
asosida jadal rivojlanadi. Bu davrda o‘quvchilarga beriladigan o‘quv materialining 


133 
 
hajmi  katta bo‘lgani uchun  ham  uni  eslab  qolishi  yoki bir necha  marta  takrorlash 
yo‘li bilan o‘zlashtirish qiyin. O‘smirlik yoshida bolalar o‘qigan va o‘rganganlarini 
so‘zma-so‘z yodlashdan voz kechib uning ma’nosiga ko‘ra eslab qolishga harakat 
qiladilar.  Ularda  faol  ravishda  mantiqiy  xotira  rivojlanib  boradi.  Mexanik 
xotiraning  rivoji  esa  birmuncha  sustlashadi.  Bu  esa  ba’zan  salbiy  xolatlarni  ham 
keltirib  chiqarishi  mumkin.  O‘smirlik  davriga  kelib  yangi  fanlar,  jumladan, 
o‘quvchilar  eslab  qolishi  zarur  bo‘lgan  ma’lumotlar  miqdori  ko‘payadi.  Ammo 
mexanik xotiraning sustlashuvi ma’lumotlarni eslab qolishda muammolarni keltirib 
chiqaradi va o‘smirlar tomonidan xotiralari zaiflashuvi haqidagi shikoyatlariga va 
o‘z-o‘zidan o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarining pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin. 
Buning  uchun  o‘quvchi  o‘quv  materialining  mazmunini  tahlil  qilishi,  undagi 
mantiqiy tuzilishni bilishi muhim.  
      O‘smirlik  davrida  nazariy  tafakkur  yuqori  ahamiyatga  ega  bo‘la  boshlaydi. 
Chunki  bu  davrdagi  o‘quvchilar  atrof-olamdagi  bog‘lanishlar  mazmunini  yuqori 
darajada  bilishga  harakat  qiladilar.  Bu  davrda  o‘smirning  bilishga  bo‘lgan 
qiziqishida  keskin  rivojlanish  sodir  bo‘ladi.  Ilmiy  nazariy  bilimlarning  egallab 
olinishi  o‘smir  tafakkurining  rivojlanishiga  olib  keladi.  Buning  ta’sirida  isbot, 
dalillar  bilan  fikrlash  qobiliyati  rivojlanadi.  Unda  deduktiv  xulosalar  chiqarishga 
qobiliyati paydo bo‘ladi. 
      Maktabda  o‘qitiladigan  fanlar  o‘smir  uchun  o‘z  taxminlarini  yuzaga  keltirish 
yoki  tekshirish  uchun  sharoit  bo‘lib  xizmat  qiladi.  J.Piajening  ta’kidlashicha, 
“Ijtimoiy  hayot  uch  narsaning  ta’siri  -  til,  mazmun,  qoidalar  asosida 
shakllantiriladi».  Bu  borada  o‘zlashtirilgan  ijtimoiy  munosabatlar  o‘z-o‘zidan 
tafakkurning yangi imkoniyatlarini yaratadi. 
      11-12  yoshdan  boshlab  o‘smir  endi  mantiqiy  fikrlab  harakat  qila  boshlaydi. 
O‘smir  bu  yoshda  xuddi  kattalar  singari  keng  qamrovli  tahlil  etishni  o‘rgana 
boshlaydi.  O‘smir  tafakkurning  nazariy  darajaga  qanchalik  tez  ko‘tarila  olishi, 
o‘quv  materiallarini  tez  va  chuqur  egallashi  uning  intellektini  ham  rivojlanishini 
belgilab  beradi.  O‘smirlik  davri  yuqori  darajadagi  intellektual  faollik  bilan 
farqlanadi.  Bu  faollik  o‘ta  qiziquvchanlik  hamda  atrofdagilarga  o‘z  layoqatlarini 
namoyish etish, shuningdek, ularda yuqori baho olish ehtiyojining mavjudligi bilan 
belgilanadi.  O‘smirning  kattalarga  beradigan  savollari  mazmunli,  mulohazali  va 
aynan  o‘sha  masala  doirasida  bo‘ladi.  Bu  yoshdagi  bolalar  turli  farazlarni  keltira 
oladilar, taxminiy fikr yuritib, tadqiqot o‘tkaza oladilar hamda ma’lum bir masala 
bo‘yicha  muqobil  variantlarni  taqqoslay  oladilar.  O‘smir  tafakkuri  ko‘pincha 
umumlashtirishga  moyil  bo‘ladi.  Respublikamizning  bozor  iqtisodiyoti  sharoitiga 
o‘tishida  kishilardagi  amaliy  tafakkurning  ahamiyati  oshmoqda.  Amaliy  tafakkur 
tizimiga quyidagi aqliy sifatlar kiradi: 


134 
 
-  tadbirkorlik,  tejamkorlik,  hisob-kitoblik,  yuzaga  kelgan  muammolarni  tez  yecha 
olishlik va boshqa shu kabi sifatlar mavjud bo‘lgan taqdirdagina amaliy tafakkurni 
rivojlangan  deb  hisoblash  mumkin.  Bu  sifatlarni  1-sinfdanoq  rivojlantira  borish 
nihoyatda muhim. 
 
      O‘smirlik 
davrida 
ishbilarmonlik 
sifatini 
o‘quvchilarning  o‘z-o‘zini 
boshqarishini yo‘lga qo‘yishi, umumiy foydali tadbirkorlik ishlarida ishtirok etishi 
orqali  rivojlantirish  mumkin.  Bu  borada  o‘quvchi  ijrochi  rolida  emas,  balki 
boshqaruvchi,  mustaqil  yo‘l  tanlovchi  va  tadbirkorlik  munosabatlarida  o‘zi 
ishtirokchi  bo‘lgan  taqdirdagina  rivojlanish  amalga  oshishi  mumkin.  Bu  yoshda 
tadbirkorlikni  rivojlantirishda  ko‘proq  mustaqillikning  berilishi  o‘smir  amaliy 
tafakkurining  rivojiga  ijobiy  ta’sir  ko‘rsatadi.  O‘smir  yoshdagi  bolalarda 
tejamkorlikni  rivojlantirish  aqlning  boshqa  sifatlariga  nisbatan  osonroq  kechadi, 
buni  ko‘proq  ularni  qiziqtiradigan  narsalarga  mustaqil  ravishda  hisob-kitob  qilib 
borishga  yo‘llash  orqali  amalga  oshirish  mumkin,  o‘smirlarda  yuzaga  kelgan 
muammolarni  tez  va  operativ  holda  yechish  malakasini  shakllantirish  birmuncha 
qiyinroq  kechadi.  Albatta,  bu  bolaning  temperamentiga  ham  bog‘liq.  Barcha 
o‘smirlarni  ham  tez  yo‘llab,  tez  harakat  qilishga  o‘rgatish  mushkul,  lekin  ularni 
biror  muammo  yuzaga  kelishi  bilan  orqaga  chekinmay,  zudlik  bilan  muammoni 
yechishning  umumiy  qoidalariga  o‘rgatib  borish  mumkin.  O‘smirlik  davrida 
iitellektning  yuqori  darajada  rivojlangan  bo‘lishi  qimmatli  va  obro‘li  hisoblanadi. 
O‘smir shaxsida va uning bilishga qiziqishidagi o‘zgarishlar o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. 
Ixtiyoriy psixik jarayonlarning rivojlanishi o‘smirdagi shakllanib kelayotgan shaxs 
mustaqilligiga  tayanadi,  o‘zining  shaxsiy  xususiyatlarini  anglash  va  shakllantirish 
imkoniyatlari esa undagi tafakkurni rivojlanishi bilan belgilanadi. 
 
 

Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish