O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 1,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/82
Sana14.01.2022
Hajmi1,13 Mb.
#365398
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   82
Bog'liq
nutqi toliq rivojlanmagan bolalarning nutqiy xotirasini logopedik ish tizimida shakllantirish

 
 
 
 
 


22 
 
I bob. Maktabgacha yoshdagi nutqi tо„liq rivojlanmagan bolalarning 
nutqiy nuqsonlarini ilmiy-nazariy tahlili 
1. Bolalardagi nutqiy rivojlanishning buzilishlari. Nutqning tо„liq 
rivojlanmaganligi fenomeni 
Nutqning birlamchi rivojlanmaganligini ta‟riflashga doir kо„pgina ilmiy ishlar 
mavjud  bо„lib,  ularning  kо„rsatishicha  u  eshitish,  intellekt  nuqsonlari  va  boshqa 
tashqi  omillar  ta‟siriga  bog„liq  bо„lmay,    о„zining  mustaqil  kelib  chiqishiga  ega. 
Biroq, hozirga qadar umum qabul qilingan ta‟rif mavjud bо„lmay, uning mohiyati 
va mexanizmi haqidagi tasavvurlar xilma-xil. 
Etiopatogenetik  nuqtai  nazardan  nutqi  rivojlanmagan  bolalar  turli  xildagi 
guruhlarni  tashkil  etadi.  Ba‟zi  vaziyatlarda  mazkur  holat  kо„pincha  genetik 
tabiatga  ega  bо„lgan  konstitusional  xarakterga  ega.  Odatda  bunday  bolalardagi 
nuqsonning    klinik  manzarasi  jiddiy  psixopatologik  belgilarga,  ayniqsa 
psixoorganik belgilarga ega bо„lmaydi. Boshqa bir holatlarda zararlanish belgilari, 
ya‟ni psixoorganik va boshqa psixopatologik belgilar yorqin namoyon bо„ladi.  
Sо„nggi о„n yilliklar davomida ingliz-amerika ilmiy adabiyotlarida «specific 
language  impairment»  -  SLI  (tilning  о„ziga  xos  buzilishi)  terminini  uchratish 
mumkin.  Shu  bois,  tilning  о„ziga  xos  buzilishi  (SLI)  bu  nutqiy  tizimning 
sekinlashgan  rivojlanishi-mi  (ya‟ni  yetilmaganlik  holati)  yoki  uning  patologik 
rivojlanishimi? - degan savol tug„iladi. G„arb adabiyotida mazkur muammoga doir 
ikki  xildagi  qarashlar  mavjud.  Tadqiqotchilarning  bir  guruhi  tilning  о„ziga  xos 
buzilishini  (SLI)  rivojlanishning  kechikishi,  biroq  mantiq  va  til  imkoniyatlari 
shakllanishining  qonuniyatlari    nuqtai  nazaridan  normal  rivojlanish  sifatida  tahlil 
etadilar  (Leonard  L  Miller  1979).  Mualliflarning  xulosalariga  kо„ra  nutqi 
rivojlanmagan  bolalarda  til  egallashning  shakllanishi  tilning  barcha  bosqichlarida 
sekinlik bilan va bir vaqtning о„zida amalga oshadi. 1986 yilda R.Ye.Levina tahriri 
ostida  chop  etilgan  “Osnovi  teorii  i  praktiki  logopedii” 
9
  nomli  monografiyada 
                                                 
9
  Ayupova  M.Y.  Logopediya  /Darslik/  О„zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  о„rta  -  maxsus  ta‟lim 
vazirligi.   T.:, “О„zbekiston faylasuflari milliy jamiyati”, 2011 y. - 39 b. 


23 
 
bolalardagi  nutqning  rivojlanmaganligini  о„rganishga  bо„lgan  psixologik-
pedagogik yondashuvga asos solingan. R.Ye.Levina, N.A.Nikashina, L.F.Spirova, 
T.B.Filicheva, 
G.V.Chirkina, 
S.N.Shaxovskaya, 
A.V.Yastrebovaning 
tadqiqotlarida  fonetik  rivojlanmaganlik  (FR),  fonetik-fonematik  rivojlanmaganlik 
(FFR)  va  nutqning  tо„liq  rivojlanmaganligi  (Nutqi  tо„liq  rivojlanmagan)  singari 
nutqning  rivojlanmaganlik  shakllari  ajratib  kо„rsatilgan.  Nutqning  tо„liq 
rivojlanmaganligi nutqiy patologiyaning shunday shakliki, bunda nutqiy tizimning 
barcha  komponentlarining  shakllanishi  buzilgan  bо„ladi.  R.YE.Levinaning  fikriga 
kо„ra,  nutqning  tо„liq  rivojlanmaganligi  mexanizmiga  kо„ra  turlicha  bо„lgan 
buzilishlar guruhining jamlanmasidir 
10
.  
Nutqning tо„liq rivojlanmaganligi turli darajalarda namoyon bо„ladi. Avvalgi 
yuz yillikning 60-yillarida nutqiy rivojlanmaganlikning uch darajasi ta‟riflangan.
11
 
2000 yilda T.B.Filicheva nutqiy rivojlanishning IV darajasini ta‟riflab bergan.  
Nutqiy  rivojlanishning  I  darajasi  –  umum  qо„llaniladigan  nutqning  mavjud 
emasligi, jumlali nutqning (nutqsiz bolalar) mavjud emasligi bilan tavsiflanadi. 
Mazkur darajadagi bolalar muloqot uchun sodda 
sо„zlardan, 
tovushlarga 
bо„lgan  taqlid,  maishiy  mazmundagi  alohida  ot  va  fe‟llardan,  sodda  gap 
bо„laklaridan foydalanib, ularning tovush tarkibi noaniq va turg„un emas. Bola о„z 
“bayoni”ni  mimika  va  imo-ishora  bilan  mustahkamlaydi.  Mazkur  bolalar  uchun 
muloqot  jarayonidagi  nutqiy  izlanishga  bо„lgan  katta  tashabbuskorlik  va  о„z 
nutqiga bо„lgan tanqidiy munosabat xarakterli. 
Nutqiy  rivojlanishning  II  darajasida  –  imo-ishora  va  sodda  sо„zlardan 
tashqari,  buzilgan  bо„lsada  biroq  doimiy  umumqо„llaniladigan  sо„zlar  paydo 
bо„ladi.  
Bir  vaqtning  о„zida  ba‟zi  grammatik  shakllar  farqlana  boradi.  Biroq  mazkur 
jarayon 
turg„un  bо„lmagan  xarakterga  ega  bо„lib,  nutqning  qо„pol 
                                                 
10
 
Ayupova M.Y. Logopediya /Darslik/ О„zbekiston Respublikasi Oliy va о„rta - maxsus ta‟lim 
vazirligi.   T.:, “О„zbekiston faylasuflari milliy jamiyati”, 2011 y. - 40 b.
 
11
 
Ayupova M.Y. Logopediya /Darslik/ О„zbekiston Respublikasi Oliy va о„rta - maxsus ta‟lim 
vazirligi.   T.:, “О„zbekiston faylasuflari milliy jamiyati”, 2011 y. - 41 b.
 


24 
 
rivojlanmaganligi  mazkur  bolalarda  yorqin  ifodalanadi.  Bolalar  bayonlari  odatda 
kambag„al bо„lib, bola idrok etayotgan predmet va harakatlarni sanab о„tish bilan 
chegaralanadi.  
Maxsus  korreksion  ta‟lim  ta‟sirida  bolalar  nutqiy  rivojlanishning  yangi  III 
darajasiga  о„tadilar.  Mazkur  daraja  leksik-grammatik  va  fonetik-fonematik 
rivojlanmaganlik elementlariga ega bо„lgan keng jumlali nutqning mavjudligi bilan 
xarakterlanadi, bu esa bolalarning atrofdagilar bilan nutqiy muloqotini kengaytirish 
imkonini beradi.  
Mazkur darajadagi bolalar atrofdagilar bilan muloqotga faqatgina ota-onalari, 
tarbiyachilar, ular nutqiga tegishli izohlarni kiritishga qodir kishilar ishtirokidagina 
kirishadilar. 
Erkin  muloqot  juda  murakkab  kechadi.  Bolalar  tо„g„ri  talaffuz  eta  olgan 
tovushlar  mustaqil  nutqda  yetarlicha  aniq  jaranglamaydi.  Tovushlarning 
differensiatsiyalashmagan talaffuzi xarakterli bо„lib, bunda bir tovush bir vaqtning 
о„zida  mazkur  fonetik  guruhga  mansub  ikki  yoki  bir  necha  tovushlar  bilan 
almashtiriladi. 
Endilikda  mazkur  bosqichda  bolalar  nutqning  barcha  qismlaridan 
foydalanadilar,  sodda  grammatik  shaklllarni  tо„g„ri  qо„llaydilar,  sodda  yig„iq  va 
sodda yoyiq gaplarni qurishga harakat qiladilar. 
Bolaning talaffuz imkoniyatlari, turli bо„g„in tizimiga ega sо„zlarni takrorlash 
imkoniyatlari  yaxshilanadi.  Bolalar  ularning  hayotiy  tajribalaridan  yaxshi  tanish 
bо„lgan predmetlar, harakat, belgilar, sifat va holatlarni nomlashda qiynalmaydilar. 
Ular  о„z  oilalari  haqida  onsonlikcha  sо„zlab  bera  oladilar,  qisqa  hikoyani  tuza 
oladilar.  Og„zaki  nutqiy  muloqotda  bolalar  ular  uchun  qiyin  bо„lgan  sо„zlar  va 
iboralarni chetlab о„tishga harakat qiladilar. 
Bolalar  keng  jumlali  nutqdan  foydalanishlariga  qaramay  ular  о„zlarining 
normal  nutqga  ega  tengdoshlpariga  qaraganda  gaplarni  mustaqi  tuzishda  katta 
qiyinchiliklarni sezadilar.  
Nutqiy  rivojlanishning  III  darajasiga  ega  bolalarda  tovushlar  talaffuzidagi 
barcha nuqsonlar kuzatiladi (sigmatizm, rotatsizm, lambdatsizm). 


25 
 
Logopedik 
ishlar 
davomida 
kо„pgina  bolalarda  nutqning  tо„liq 
rivojlanmaganligini  bartaraf  etish  imkoni  mavjud,  lekin  ba‟zi  holatlarda  mazkur 
jarayon  yetarlicha  samarali  kechmagan,  bu  esa    nutqiy  rivojlanishning  IV 
darajasini ajratishni talab etdi. 
T.B.Filicheva  nutqiy  rivojlanishning  IV  darajasini  quyidagicha  ta‟riflagan  – 
nutqning  leksik-grammatik  va  fonetik-fonematik  rivojlanmaganligining  yorqin 
tarzda ifodalanmagan elementlariga ega keng jumlali nutq. 
Nutqi tо„liq rivojlanmagan bolalar uchun mо„ljallangan logopedik guruhlarga 
nutqning 
leksik-grammatik 
tomonlarining 
buzilishlariga 
ega, 
nutqiy 
rivojlanishning turli darajalariga ega bolalar qabul qilinadi.  
Zamonaviy  tadqiqot  ma‟lumotlarini  umumlashtirish  natijasida  nutqiy 
dezontogenezning  ba‟zi  umumiy  va  о„ziga  xos  qonuniyatlarini  ajratib  kо„rsatish 
mumkin. 
Adabiyot  manbalarini  tahlil  etar  ekanmiz,  nutqning  rivojlanmaganligi 
sо„zning  tibbiy  ma‟nosida  mustaqil  nozologik  birlikni  ifodalamaydi  degan 
xulosaga  keldik.  Bu  mexanizmi,  belgisi,  tizimi,  og„irligiga  kо„ra  turli-tuman 
bо„lgan guruhlar yig„indisidir.  
 

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish