birinchi topshiriq
natijalari shuni kо„rsatdiki, nutqi tо„liq rivojlanmagan
bolalarning kо„pchiligi sodda tugallangan jumla darajasidagi bayonni mustaqil
tuzishda qiyinchilik sezdilar, buning natijasida esa, tasvirlangan harakatni
nomlashni talab qiluvchi "Bola nima qilmoqda? Qizcha nima qilmoqda?" kabi
qо„shimcha savollar berish zaruriyati tug„ildi. Kо„pgina bolalarda sо„zlarning
gapdagi bog„liqligini buzilishiga sabab bо„luvchi sо„z shakllarini qо„llashdagi
xatoliklar, kerakli sо„zni izlab uzoq muddatli pauzalar, sо„zlar ketma-ketligining
buzilishi kuzatildi. Tekshirilayotgan nutqi tо„liq rivojlanmagan 20 boladan 14
bolada turli darajada namoyon bо„lgan ma‟no va sintaktik xarakterdagi
qiyinchiliklar kuzatildi.
Masalan: Kubiklar bilan narsa yasavotti. (Jо„rayev Javohir, 5 yosh).
Uchta rasm asosida (qiz, savat, bog„) gap tuzishdan iborat
Do'stlaringiz bilan baham: |