Ma’naviyat tushunchasi, uning tasnifi
O’zbekistonda mohiyatan tamoman yangi jamiyat qurish jarayonida ma'naviyat, iqtisodiyot bilan birga, ustun yo’nalishlardan hisoblanmoqda. Islom Karimov: "Xalqning ma'naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish - Uzbekistonda davlat va jamiyatning eng muhim vazifasidir", deya bejiz ta'kidlamagan edilar. Prezidentimiz fikrini davom ettirib: "Ma'naviyat insonning, xalqning, jamiyatning davlatning kuch-qudratidir", deb alohida uqtirganlar.
"Ma'naviyat" atamasi, rasmiy xujjatlarda, ilmiy adabiyotlarda, matbuotda ko’p qo’llanishiga qaramasdan, uni ilmiy tushuncha sifatida alohida tahlil va ta'rif etish foydadan xoli emas.
"Ma'navnyat" va uning o’zagidan yasalgan "ma'naviy" sifatlashining qo’llanish doirasi keskin kengayib, ularning lug’aviy va atama sifatidagi mazmuni behad boyib bormoqdaki, bu esa ma'naviyatni aloqida ilmiy tushuncha sifatida o’rganishni, uning madaniyat, ong, tafakkur, dunyoqarash, ruhiyat hamda badiiy, siyosiy, axloqiy qadriyatlar va shu singari boshqa tushunchalar tizimidagi o’rnini aniqlashni, ular bilan o’zaro munosabatini tahlil qilishni taqozo etmoqda.
Ma'naviyat harakatdagi ong, dunyoqarash, iroda, urf- odatlar, madaniy qadriyatlar tizimi hamda u aqliy va hissiy muhit sifatida ijtimoiy hayotning barcha sohalari va shakllari bilan bevosita bog’liq. Ko’p larda ularga nisbatan aqliy, g’oyaviy-mafkuraviy negiz vazifasini o’taydi, ammo o’zi ham ijtimoiy hayot yangiliklari hisobiga boyib boradi: shaklan rang-baranglik, mazmunan teranlik kasb etadi.
O’zbek xalqining ma'naviyati uning tarixan bosib o’tgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy rivojlanish yo’liga, iymon-e'tiqodiga, dunyoqarashiga, irodasiga, jamiyatda qaror topgan muhitga mos ravishda shakllangan va kamol topib bormoqda. Ma'naviyatimizning gurkirab yuksalgan yoki tanazzulga yuz tutgan davrlari bo’lgan.
Prezident Islom Karimov ta'kidlaganidek, "Xalqimizning ma'naviy poydevori - bo’lajak davlatimizning tayanchlari juda qadimiy va mustaqkam. Buni hech kim inkor qila olmaydi. Tariximiz necha-necha ming yillarga borib taqaladi".
Ma'naviyatimizning bugungi kundagi ayrim xususiyatlarini, o’ziga xos jihatlarini to’g’ri tushunish uchun uning shakllanishiga va rivojlanishiga ta'sir ko’rsatgan asosiy omillar to’grisida gapirish kerak. Ma'naviyatning o’zak tushunchalari, avvalo, tarixan vujudga kelgan tabiiy iqlim sharoitlari bilan uzviy bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish xususiyatlari ta'sirida shakllanadi.
Har qanday jamiyat, tuzum barqaror rivojlanishga intilibgina qolmasdan, o’zining tabiatiga, mohiyatiga mos shaxsni voyaga yetkazishga ham muhim e'tibor beradi; uning axloqiy, huquqiy, estetik me'yorlari ijtimoiy institutlarining faoliyati shu maqsadga bo’ysundiriladi.
Mustaqil O’zbekiston ham jahonning eng ma'rifatli mamlakatlari orasida o’z o’rnini topib, barqaror rivojlanish uchun mustaqillik dunyoqarashiga ega bo’lgan, milliy iftixor tuyg’usi bilan yo’grilgan, ammo millatchilik va milliy mahdudlikdan holi, hur va erkin fikrlovchi, ayni vaqtda fuqarolik mas'uliyatini to’g’ri tushunadigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o’z kasb-kori, ijtimoiy muhiti talab qiladigan darajada o’zlashtirgan shaxsni tarbiyalashi lozim. Buning uchun jamiyatla ikki yo’nalishda ish olib boriladi. Birinchidan, shaxs kamoloti uchun obyektiv shart-sharoitlar yaratiladi. Bu haqida Islom Karimov shunday degan edi: “Amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi har bir fuqaroning shaxs sifatida shakllanishi uchui, o’z qobiliyatini, o’z talantini ishga solib hayotini yanada yaxshilashi, ma'nan boyitishi uchun barcha imkoniyatni yaratib berishdan iboratdir"'. Demak, eng avvalo, iqtisodiy va madaniy imkoniyatlar, moddiy va ma'naviy ishlab chiqarish kengaytiriladi hamda ijtimoiy munosabatlar takomillashtiriladi: tegishli qonunlar qabul qilinadi, eski ijtimoiy muassasalar qayta ko’rib chpqiladi,zaruratga qarab yangilari tashkil etiladi. Ikkinchidan, muayyan tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi. Jamiyat o’ziga mos shaxsni shakllantirish uchun unga targ’ibot, tashviqot, ta'lim-tarbiya tizimi va boshqa mafkuraviy institutlar orqali, madaniy meros va zamonaviy qadriyatlar hamda turli xil axborotlar bilan tanishtirish ularga baho berish (salbiy yoki ijobiy) vositasida ta'sir o’tkazadi.
Ma'naviyat tushunchasi hali ilmning turli sohasi vakillari tomonidan atroflicha taqlil va tadqiq etiladi, deb ishonamiz. Zero, Vatanimiz mustaqil taraqqiyotining ma'naviy asoslarini mustahkamlash zarurati ham shuni taqozo etadi.
Ma'naviyat insonning (jamiyatning) keng ma'noda olamga, hayotga, taraqqiyotga muayyan qadriyatlar, yuksak ideallar tizimi asosida munosabatda bo’lishi va shu negizda o’z faoliyatini yuritishidir. Ushbu qadriyatlar tizimi ham sub'ektiv (ong va iroda), ham ob'ektiv (adabiyot, san'at, urf-odatlar), ham aqliy va hissiy, ruhiy va mafkuraviy muhit sifatida mavjuddir.
Ma'naviyat "inson tabiati"ni tashkil etuvchi xislatlar va xususiyatlarni yuksaltiradi va boyitadi. Milliy ma'naviyat esa millatning asosiy xususiyatlarini, belgilarini mustahkamlaydi: millatning jipsligi va mushtarakligini ta'minlaydi, tilini, iymon-e'tiqodinn, milliy psixologiyasini, urf-odatlari va madaniyatini muqofaza etadi, rivojtantiradi, ijtimoiy-iqtisodiy hayotini milliy qadriyatlar bilan chambarchas bog’laydi. Har bir millatning ma'naviyati uning milliy qiyofasini, uni boshqa xalqlardan ajratib turadigan o’znga xos madaniyatini, xarakterini ko’rsatadi. Ma'naviyat tufayli bilim va aql - axloq bilan, mehnat va xulq-atvor - go’zallik va odob bilan uyg’u nlashadi.
Ma'naviyat, insonniig o’ziga va olamga faol munosabati o’laroq, uning hayotiy pozitsiyasini belgilaydi.
Millatning kamolotga erishishi, taraqqiy etishi ham bevosita milliy ma'naviyatga asoslanadi. Demak, ma'naviyat milliy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi, aqliy-intellektual, hissiy-emotsional irodaviy salohiyatidir.
Ma'naviyatni yuksaltirish, boyitish- milliy mustaqilliknni mustahkamlashning muhim shartidir. Bu masalaga muayyan guruhning, sinfning manfaatlaridan, dunyoqarashidan va mafkurasidan kelib chiqib yondashish mumkin emas. Shu bois davlatimizning ta'lim-tarbiya va madaniy-ma'rifiy siyosati asosida har bir fuqaroda yuksak ma'naviy ehtiyojlarni shakllantirish va o’stirish muhim ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.
Ma'naviyat va milliy taraqqiyot masalasini bir butun holda o’rganish o’zligimizni anglab olishga, milliy qadriyatlarimizni umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg’unlashtirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |