1 – topshiriq. Berilgan mavzularga yozma tahlliy javob tayyorlang (reja asosida, manbalar kо‘rsatilgan va iqtiboslar keltirilgan holda).
Rossiyaning Xiva xonligiga bosqinchilik yurishlari
Qurbonjon dodhoh boshchiligidagi milliy ozodlik harakatlari
Jadidchilik – yangi fikr va ijtimoiy qarashlarning shakllanishi
2 – topshiriq: Mustaqil o‘rganish uchun test topshiriqlari. Test savollariga javob bering.
Quyidagi musiqa asboblaridan qaysi biri past jaranglovchi musiqa asbobi hisoblanmaydi?
A) surnay B) dutor
C) doira D) g’ijjak
Buxorolik ustalar asosan ranglar va naqshlar uyg’unligiga katta e’tibor qaratishgan edi. Tinchlik va xotirjamlikni anglatgan rangni aniqlang.
A) oq rang B) qizil rang
C) yashil rang D) havo rang
Ustalar ijodida oq rang nimani anglatgan?
A) tinchlik va xotirjamlikni
B) baxt-saodat va omadni
C) quvonch va salomatlikni
D) do’stlik va sadoqatni
Buxoro tasviriy san’atida qizil rang nimani anglatgan?
A) ayriliq va dardni
B) quvonch va shodlikni
C) quvonch va salomatlikni
D) salomatlik va baxtni
Xivada ochilgan dastlabki bosmaxona nechanchi yilgacha faoliyat ko’rsatgan?
A) 1904-yil B) 1907-yil
C) 1910-yil D) 1917-yil
Xivada faoliyat ko’rsatgan dastlabki bosmaxonada nechta asar nashr etilgan?
A) 40 ta B) 80 ta
C) 120 ta D) 150 ta
1883-yilda o’zbek matbaachisi Esonboy Hasanboyev qayerda bosmaxona tashkil qilgan?
A) Samarqandda B) Buxoroda
C) Toshkentda D) Xivada
Chor hukumati tomonidan Toshkentda tashkil etilgan bosmaxonalar faqat ... xizmat qilar edi.
A) harbiy va siyosiy maqsadlarga
B) iqtisodiy maqsadlarga
C) adabiyot va san’atni rivojlantirishga
D) ruslashtirish siyosatini kuchaytirishga
XIX asrning ... tijorat maqsadlarini ko’zlagan xususiy bosmaxonalar paydo bo’la boshladi.
A) 60-yillarida B) 70-yillarida
C) 80-yillarida D) 90-yillarida
... Toshkentdagi bosmaxonada mumtoz janrdagi she’rlar to’plami «Devoni Navoiy» chop etildi.
A) 1885-yilda B) 1888-yilda
C) 1893-yilda D) 1898-yilda
«Turkistanskiy albom» (Turkiston albomi) –XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlaridagi fotografiyaning noyob to’plami hisoblanadi. Ushbu albom ma’lumotlari kim tomonidan tuzilgan?
A) V.Bartold B) L.Kun
C) N.Mayev D) A.Semyonov
«Turkiston viloyatining gazetasi» dastlab «Turkestanskiye vedomosti»ga ilova tariqasida chop etilgan edi. Ushbu gazeta qachondan boshlab mustaqil nashr sifatida chiqariladigan bo’ldi?
A) 1868-yildan B) 1871-yildan
C) 1876-yildan D) 1883-yildan
Toshkentda birinchi bosmaxona qachon ochilgan?
A) 1868-yil B) 1872-yil
C) 1876-yil D) 1883-yil
«Turkistanskiy albom» nechta kitobdan iborat bo’lgan?
A) 9 ta B) 13 ta
C) 17 ta D) 22 ta
1917-yilda Turkistonda necha nomdagi gazeta va jurnallar nashr etilgan?
A) 12 nomdagi B) 18 nomdagi
C) 23 nomdagi D) 27 nomdagi
... Turkistonda o’zbek tilida chop etilgan ilk bosma to’plam «Taqvim» deb atalgan.
A) 1868-yili B) 1871-yili
C) 1876-yili D) 1883-yili
Ko’plab nasihatlar va maslahatlar kiritilgan «Taqvim» kalendari kim tomonidan tuzilgan?
A) M.Behbudiy
B) Sh.Ibrohimov
C) Ayoziddin Mirbadal
D) Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’ja o’g’li
1913-yildan nashr etila boshlagan «Samarqand» gazetasiga kim rahbarlik qilgan?
A) M.Behbudiy
B) Sh.Ibrohimov
C) Ayoziddin Mirbadal
D) Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’ja o’g’li
Toshkentda nashr etilgan «Sadoyi Turkiston» (Turkiston ovozi)ga kim rahbarlik qilgan?
A) M.Behbudiy
B) Ashurali Zohiriy
C) Ayoziddin Mirbadal
D) Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’ja o’g’li
«Oyna» jurnali qachondan nashr etila boshlangan?
A) 1901-yildan B) 1909-yildan
C) 1913-yildan D) 1916-yildan
Do'stlaringiz bilan baham: |