O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

shunchalik boyib boradi
6
.  
 Ko‟p  hujayralilarning  kelib  chiqishi.  Ko‘p  hujayralilarni  bir  hujayralilardan  kelib 
chiqqanligi  isbot  qilingan.  Lekin  ular  bir  hujayralilarning  qaysi  guruhidan  kelib  chiqqanligi 
to‘g‘risida  turli  fikrlar  mavjud.  Ko‘p  hujayralilarni  kelib  chiqish  muammosini  hal  etishda 
koloniya bo‘lib yashovchi hayvonlar muhim o‘rin tutadi. Ko‘p hujayralilarni volvoksga o‘xshash 
koloniyali  xivchinlilardan  kelib  chiqqanligini  ko‘pchilik  olimlar  tan  olishadi.  Koloniyali  bir 
hujayralilardan ko‘p hujayralilarning paydo bo‘lishi to‘g‘risida bir qancha nazariyalar bor. 
1.  Gastrey  nazariyasi.  Bu  nazariyaga  binoan  ko‘p  hujayralilarning  qadimgi  ajdodi 
sharsimon  koloniyali  hayvonlar  bo‘lgan.  Bu  nazariyaning  asoschisi  E.  Gekkel  (1874) 
hisoblanadi.  Ko‘p  hujayralilar  embrional  rivojlanishida  gastrula  davrida  ichki  ikkinchi  embrion 
varag‘ini  blastula  devorini  blastula  bo‘shlig‘iga  botib  kirishi  -  invaginatsiya  natijasida  hosil 
bo‘lishi  bu  fikrni  tasdiqdaydi.  Gekkel  fikricha  ko‘p  hujayralilarning  dastlabki  ajdodi  filogenez 
jarayonida sharsimon koloniyadan uning bir bo‘lagini ikkinchi bo‘lagi ichiga botib kirishi natija-
sida  hosil  bo‘lgan.  Gastrula  bo‘shlig‘i  birlamchi  ichak  bo‘shlig‘iga  aylangan,  u  og‘iz  teshigi 
bilan  tashqariga  ochilgan.  Gekkel  "gastrey"  deb  atagan  bu  gipotitik  organizm  suvda  kipriklar 
yordamida suzib yurgan, jinsiy ko‘paygan. 
2. Fagotsitella nazariyasi. Bu nazariyani 1886 yilda I. I. Mechnikov asoslab berdi. Tuban 
tuzilgan  ko‘p  hujayralilarning  gastrula  stadiyasi  invaginatsiya  yo‘li  bilan  emas,  balki  ayrim 
hujayralarning  blastula  bo‘  shlig‘i  (blastotsel)ga  ko‘chishi  -  immigratsiya  natijasida  hosil 
bo‘lgan.  Keyinchalik  ichki  hujayralar  tig‘iz  joylashishi  bilan  birlamchi  ichak  bo‘shlig‘i 
gastrotsel, undan ham keyinroq birlamchi og‘iz blastopor hosil bo‘lgan. 
Mechnikov ham Gekkel singari ko‘p hujayrali hayvonlarni koloniyali bir hujayralilardan 
kelib  chiqqanligini  tan  oladi.  Lekin  uning  ko‘rsatishicha  ichki  qavat  qutblardan  biridagi 
hujayralarning  botib  kirishi  bilan  emas,  balki  hujayralarning  ichki  bo‘  shliqqa  ko‘  chib  o‘  tishi 
tufayli  hosil  bo‘  ladi.  Hujayralarni  ichki  bo‘  shliqqa  o‘  tishi  ularni  oziqni  hazm  qilishga 
ixtisoslashuvi  bilan  bog‘liq.  Shuning  uchun  ham  I.  I.  Mechnikov  bunday  hujayralarni 
fagotsitoblastlar, o‘z nazariyasini "fagotsitella" deb ataydi. Eng sodda tuzilgan ko‘p hujayralilar 
hisoblangan  plastinkasimonlarning  tuzilishi,  ko‘pchilik  g‘ovaktanlilarning  embrion  rivojlanishi 
bu nazariyaning to‘g‘ri ekanligini tasdiqlaydi. 
3.  A.  A.  Zaxvatkin  nazariyasi.  Zaxvatkin  fikricha,  E.  Gekkelning  "Gastreya"  va  I.  I. 
Mechnikovning  "Fagotsitella"  nazariyalari  ko‘p  hujayralilarning  kelib  chiqishini  aniq  aks 
ettirmaydi,  chunki  blastula  va  gastrula  voyaga  yetgan  organizmlar  ajdodlari  tuzilishini 
ifodalamaydi,  balki  turlarni  tabiatda  tarqalishiga  imkon  beruvchi  erkin  hayot  kechiradigan 
lichinkalari  hisoblanadi.  Ko‘p  hujayralilarni  qadimgi  ajdodlari  koloniya  bo‘lib  yashashdan 
g‘ovak  tanlilar  va  gidroid  poliplar  singari  o‘troq  hayot  kechi-rishga  o‘tgan  hayvonlar  bo‘lgan. 
Lekin bu fikr haqiqat-dan ancha yiroq deyish mumkin. Chunki hazm sistemasi rivojlanmagan va 
sodda  o‘troq  hayvonlardan  murakkab  tuzilishga  ega  bo‘lgan  hayvonlarning  kelib  chiqishiga 
ishonib bo‘lmaydi. 
                                                           
6
 Hikmen. Roberts Keen.  Larson I‘Anson.  Eisanbaur  Integratet Principles of  ZOOLOGY  45-53 betlar 
mazmun mohiyatidan foydalanildi 
  


4.  Sellyulirizatsiya  nazariyasi.  Ayrim  zoologlarning  fikricha  ko‘p  hujayralilar  bevosita 
yakka  yashovchi  bir  hujayralilardan  kelib  chiqqan.  Yugoslaviyalik  olim  Iovan  Hoji  ko‘p 
hujayralilar bevosita ko‘p yadroli in-fuzoriyalardan kelib chiqqan degan fikrni bildirdi. 
Iovan  Hoji  infuzoriyalar  tanasidagi  ma‘lum  vazifalarni  bajarishga  moslashgan  ayrim 
qismlari, ya‘ni organoidlari ko‘p hujayrali hayvonlarning xuddi shunday vazifalarni bajaradigan 
organlariga  aylangan  degan  fikrni  ilgari  suradi.  Shunga  ko‘ra  u,  ko‘p  hujayralilarning  teri 
qoplami  ektoplazmadan,  ichaklari  esa  endoplazmadan,  muskullari  mionemalardan,  ayiruv 
organlari  qisqaruvchi  vakuollardan  va  jinsiy  organlari  infuzoriyalarning  mikronukleuslaridan 
rivojlangan  deydi.  Hatto  olim  ko‘p  hujayralilarning  jinsiy  urchishi  infuzoriyalarning 
qonyugatsiyasiga,  tuxum  hujayralarning  urug‘lanishi  esa  mikronukleusning  migratsiyalanuvchi 
va  statsionar  yadrochalarining  o‘zaro  qo‘shilishiga  moc  keladi,  deb  hisoblaydi.  Shunday  qilib, 
I.Hojining sellyurizatsiya (cellula - hujayra) nazariyasiga binoan infuzoriyaning tanasi bir butun 
ko‘  p  hujayrali  organizmga  aylanib  qo‘  yaqolgan.  Mazkur  nazariya  haqiqatdan  uzoq  bo‘lishiga 
qaramay, zoologlar orasida uni qo‘llab quvvatlovchilar ham uchraydi. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish