tajribaga, kasbkorlik maxoratiga ega ekanliklarini yaqqol
ko`rsatib turibdi. SHoirning ruxiy xolati, xis-tuyg`ulari rav –
shan, ishonarli ifodalangan, lekin, tik turgan xolati ovrupacha uslubiylik doirasida yartilganligi bilan sharq an`analarini xisobga olinmaganligi asarni shartli ravishda salbiy tomonlarini belgilaydi. Milliy bog`ning eng so`lim go`shasidan o`rin olgan Alisher Navoiy yodgorligida [E. Aliev,
N. Bandeladze, B. Degtyarov, 1991 y.] esa sharqona yaratilganligi bilan ijobiy farqlanadi. U bog`ning eng baland
qismiga joylashtirilgan bo`lib, uning atrofini milliy uslubda barpo qilingan qovurg`asimon gumbazli ayvoncha va ko`kalamzor bog` o`rab turadi. Bronzadan yasalgan xaykalda
fozillik alomatlari o`z ifodasini topgan. Ramziy manoda barpo etilgan memoriy unsur esa, shoirning maxobatli qiyofasini yanada jonlantiradi. Xaykal ishlash uslubiga ko`ra,
Do'stlaringiz bilan baham: |