O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
FILOLOGIYA FAKULTETI
O`ZBEK TILI YO`NALISHI
4-KURS 401-GURUH TALABASI
TURG’UNBOYEVA GULHAYOning
“O’ZBEK TILIDAN MAXSUS SEMINAR” FANIDAN
“Ozbek tili leksikasida
o‟z qatlam va
o‟zlashma qatlam ”
Mavzusidagi
REFERATI
Ilmiy rahbar: o`qit. N. Qozoqova
O’zbek tili leksikasida o’z qatlam va o’zlashma
qatlam
I. O’zbek tili leksikasi o’z qatlamining shakllanishi va taraqqiyoti
1. Tub turkiy so’zlar
2. Umumturkiy so’zlar
3. O’zbekcha so’zlar
II. O’zbek tili lug’atida o’zlashma so’zlarning yuzaga kelishi va
taraqqiyoti.
1. Fors-tojik tilidan so’zlarning o’zlashishi
2. Arabcha o’zlashmalar
3. Rus va Yevropa tillaridan o’zlashgan so’zlar
Hozirgi o‟zbek tilining lug‟at tarkibi bu tilning leksik-semantik
sistemasi sifatida shakllangan. O‟zbek tilida mavjud bo‟lgan barcha so‟zlar,
grammatik vositalar bu tilning o‟ziniki, uning o‟z boyligidir. Ammo bu
lug‟aviy boylik o‟zbek tilida birdan yuzaga kelgan emas. O‟zbek tili lug‟at
tarkibi murakkab rivojlanish bosqichlarini boshidan kechirgan.
Til lug‟at tarkibini tarixiy-etimologik nuqtai nazardan tekshirganda,
avvalo o‟zbek tilining genetik jihatdan o‟ziniki bo‟lgan so‟zlari belgilab
olinadi. Bunday so‟zlar o‟zbek tilida qadimdan mavjud bo‟lgan turkiy til
so‟zlaridir. Bunday so‟zlar o‟zbek tili leksikasining asosiy negizini tashkil
etuvchi qadimiy qatlamdir. So‟ngra o‟zbek tili tarixan qaysi tillar bilan
aloqada bo‟lganligiga qarab lug‟at tarkibidan o‟zga, yahni chet tillarning
elementlari axtariladi. Mana shu nuqtai nazardan o‟zbek tili lug‟at tarkibidan
qadimiy uyg‟ur tili, so‟g‟d tili, xitoy tili, arab tili, mo‟g‟ul fors-tojik tili va
boshqa tillarning elementlarini axtarish qonuniydir. Bu tillar o‟zbek tili lug‟at
tarkibiga turli davrlarda, turli darajada, turli yo‟llar bilan tahsir etgan. SHunga
ko‟ra, o‟zbek tiliga o‟tgan so‟zlarning miqdori ham turli darajadadir.
Demak, leksikani tarixiy-etimologik nuqtai nazardan tekshirish ikki
masalaga qaratiladi: a) ozbek tili leksikasidagi o‟z so‟zlarni belgilash; b)
o‟zbek tili leksikasidagi o‟zlashgan so‟zlarni belgilash. Mana shu asosga
ko‟ra, o‟zbek tili leksikasidagi so‟zlarni tarixiy-etimologik nuqtai nazardan
ikki katta qatlamga bo‟lish mumkin:
1. O‟zbek tili leksikasidagi o‟z qatlam.
2. O‟zbek tili leksikasidagi o‟zlashgan qatlam.
Biror so‟zning o‟z qatlam yoki o‟zlashma qatlamga mansub bo‟lishi
doimo konkret hodisadir. Masalan, qo’y, qo’y( moq), bosh, bosh ( lamoq )
so‟zlari o‟z qatlamga mansub, chunki bu so‟zlar genetik nuqtai nazardan
turkiy til so‟zlari, demak o‟zbek tilining o‟z so‟zi. SHuning uchun bu so‟zlar
o‟z qatlamga mansub. Ammo qalam, adabiyot, qalha so‟zlari o‟zbek tiliga
arab tilidan kirgan, shu tufayli bu so‟zlar o‟zlashma qatlamga mansub. Lekin
o‟zbuk tili leksikasida shunday so‟zlar ham borki, ular ikki tilda ishlatiladi.
CHunonchi, siyreg ( siyrak), taylag ( toyloq), tang ( tanglay), temuu ( tumov),
elchin ( elchi), ert ( erta), xox ( ko‟k), xunjit ( kunjut) so‟zlari o‟zbek tilida
ham, mo‟g‟ul tilida ham bor va bu tillarda bir xil yoki yaqin mahnolarda
ishlatiladi. Agarda mo‟g‟ul tili turkiy til, qardosh til deb tushunilganida
keltirilgan so‟zlar umumturkiy leksik qatlamga mansub bo‟lar edi. Lekin
hozirda o‟zbek va mo‟g‟ul tillari ko‟‟ holda boshqa-boshqa sistemaga mansub
tillar deb ham qaraladi. Bu so‟zlarni mo‟g‟ul tilidan o‟zbek tiliga qabul
qilingan yoki, aksincha, turkiy tillardan mo‟g‟ul tiliga o‟tgan, qabul qilingan
deb bo‟lmaydi. SHu sababli bunday so‟zlar tilshunoslikda “ o‟rtoq so‟zlar”,
“ turk-mo‟g‟ul leksik „arallellari” deb atalmoqda. Demak, mana shu mahnoda
o‟zbek tili leksikasida “ o‟rtoq so‟zlar” qatlami ham mavjuddir.
SHunday qilib, o‟zbek tili leksikasida quyidagi qatlamlar borligi aniq
bo‟ladi:
1. O‟z qatlam.
2. O‟zlashma, yahni o‟zlashgan qatlam.
3. Turk-mo‟g‟ul leksik „arallellari, yahni “ o‟rtoq so‟zlar” qatlami.
O‟z qatlam leksikasi o‟zlashma qatlam leksikasiga nisbatan ajratiladi.
Tub turkiy so‟zlar yoki asl turkiycha so‟zlar aslida turkiy bo‟lmagan
leksemalar, yahni o‟zlashma so‟zlarga nisbatan olingandir. Demak, tub turkiy
so‟zlar va o‟zlashgan so‟z; o‟z qatlam yoki o‟zlashgan qatlam kabi
o‟‟ozitsiyalar lug‟aviy birliklarni genetik manbalariga ko‟ra sistemalashning
usullaridan biridir.
O‟zbek tili lug‟at tarkibida tarixan qadim davrlardan beri mavjud bo‟lib
kelgan ko‟‟gina turkiy so‟zlar bor. Genetik jihatdan qadimiy turkiy urug‟ va
qabila tillarining leksik boyligi hisoblangan bunday so‟zlar hozirgi turkiy
tillarning ko‟‟chiligida bor bo‟lib, ular bu tillarning umumiy lug‟aviy
boyligini tashkil etadi.
O‟zbek tilidagi turkiy so‟zlar struktura jihatdan quyidagi so‟zlarni o‟z
ichiga oladi: 1) tub so‟zlarni ( o’t, o’ch, besh, o’n , o’q, qiz, qosh, bosh, esh,
qush kabi ); 2) aslida tarixan yasama bo‟lsa-da, hozirda bir so‟z, bir o‟zak deb
qaraluvchi sodda so‟zlarni ( o’’qon, qalin, burun, qarin, o’qlov, yalov, cho’tir,
chuchuk, to’qson, to’ng’iz, to’ng’ich, to’’iq kabi); 3) yasama, qo‟shma va juft
so‟zlarni ( ayirma, ayg’oqchi, bezak, belgilamoq, betkay, beshov, botqoq,
bog’lamoq, bog’lam, bog’ich, bog’lag’ich, bog’loqli; bo’yo’sar, bo’yinbog’,
dovyurak, itqovun, kunchiqar, ko’ktosh, ochko’z; atak-chechak, achchiq-
chuchuk, bola-chaqa kabi). Demak, o‟z qatlamga mansub so‟zlarning asosiy
negizini tub o‟zak xarakteridagi turkiy so‟zlar, bu so‟zlar negizida yasalgan
sodda so‟zlar, shuningdek, turkiy sodda so‟zlardan yasalgan qo‟shma, juft
leksemalar tashkil etadi.
Umumturkiy leksika genetik jihatdan barcha turkiy tillar uchun
umumiy bo‟lsa-da, ushbu so‟zlar negizida har bir turkiy tilda keyinchalik
hosil qilingan ko‟‟gina original so‟zlar yuzaga kelgani aniq. Masalan, o‟zbek
tilida boshlang’ich, belgili, yollanma ( mehnat), to’shiriq, yutuqli ( omonat ),
yonilg’i, yoqilg’i, ishxona singari o‟zbek tilining o‟ziga xos so‟zlari mavjud.
Mana shu ti‟ so‟zlar ham o‟z qatlamga mansubdir.
O‟z qatlam leksikasi genetik jihatdan turkiy bo‟lgan so‟zlardangina
iborat emas. O‟zbek tilining so‟z yasash sistemasida o‟zbek tiliga boshqa
tillardan kirgan so‟z materialidan keng foydalanish hollari mavjud. O‟zbek tili
leksikasining uzoq dqvr tarixiy taraqqiyoti davomida chet tildan kirgan
negizlarga o‟zbekcha affikslarni qo‟shish orqali ko‟‟gina so‟zlar hosil
qilingan: abgorlik, avjli, adllik, dushmanlik, zaharli, shafqatsiz, qalamcha
kabi, Mana shu usulda so‟z yasash hozirgi o‟zbek tilida ancha sermahsuldir:
traktorchi, ‘ochtachi, ‘lanli, ‘lanlashtirish, nikellamoq, neftchi, kislotali kabi.
Yangi so‟z hosil qilish uchun o‟zlashgan so‟zdan emas, o‟zlashgan
elementlardan foydalaniladi: beish, beishlik, bebosh, bekuch, beo’rin, noo’rin,
noto’g’ri, g’adqiliq, notayin, notanish, notekis, notinch, o’gitgo’y, yag’rindor,
yarog’siz, o’yinboz, o’ymakor, o’lkashunos, o’rikzor, olmazor, o’tzor,
o’tinfurush, qal’oqdo’z, qamoqxona kabi.
O‟zbek tilinig grammatik qurilishi negizida, o‟zbek tilining o‟zida turli
davrlarda yuqoridagi usullarda hosil qilingan so‟zlar o‟z qatlamga kiradi.
CHunki bunday leksemalar garchi chet tildan kirgan so‟zlar bazasida
yaratilsa-da, o‟zbek tilining o‟zida yasalgan, bu tilning o‟z qonuniy
rivojlanishi mahsulidir.
SHunday qilib, o‟zbek tilining o‟z qatlami: 1) tub turkiy so‟zlardan; 2)
tub turkiy so‟zlardan yasalgan o‟zbekcha so‟zlardan; 3) chet til elementi
negizida o‟zbek tilining o‟zida, o‟zbekcha affikslar qo‟shib yasalgan
so‟zlardan; 4) o‟zbekcha so‟zlarga chet tillardan o‟zlashgan qo‟shimchalar
qo‟shish orqali hosil qilingan o‟zbekcha so‟zlardan; 5) tub turkiy so‟zlarni
qo‟shish orqali yasalgan qo‟shma so‟zlardan; 6) tub turkiy so‟z va o‟zlashgan
so‟zni qo‟shish usulida yasalgan qo‟shma so‟zlardan; 7) ikki o‟zlashma so‟zni
qo‟shish orqali o‟zbek tilida yasalgan qo‟shma so‟zlardan iboratdir.
O‟zbek xalqi va o‟zbek tilinig yuzaga kelishi va shakllanishida hozirgi
O‟zbekiston hududida qadimdan yashab kelgan etnik guruhlar, shuningdek,
ushbu hududga keyinchalik kirib kelgan qadimiy turkiy urug‟ va qabilalar,
O‟rta Osiyo hududida yashovchi qo‟shni xalqlar muhim rolg‟ o‟ynagan.
Shuningdek, o‟zbek tilining qadimiy negiziga turli davrlarda hukmronlik
qilgan bosqinchilarning tili ham tahsir etgan va bu tilda ayrim sezilarli
o‟zgarishlar yuzaga kelgan. Turkiy urug‟ va qabilalar O‟rta Osiyoda juda
qadimdan yashaganlar. Oltoy oilasining turkiy tillar guruhiga kiruvchi tillarda
ga‟lashgan xunlar miloddan avvalgi II asrda O‟rta Osiyo chegaralarida
yashaganlar. Xunlar Yettisuv va Sirdaryo bo‟yidagi yerlarga miloddan
avvalgi II-I asrlardayoq kirib kelgan va o‟sha yerda yashovchi mahalliy sinf –
massagetlar qabilalariga qo‟shilib keta boshlaganlar. SHunday qilib, O‟rta
Osiyo, xususan O‟zbekiston hududiga turkiy tillarda so‟zlovchi markaziy
osiyolik etnik elementlarning kirib kelish jarayoni miloddan avvlgi II-I
asrlarning o‟zida boshlangan deyish mumkin. Bu jarayon ko‟‟ asrlardan keyin
turkiy qabila tillari o‟zbek va boshqa turkiy tillarning asosi bo‟ldi
1
. Mana
1
Ўзбекистон тарихи. 1-том. Тошкент, 1970, 132-133-бетлар.
shunday asoslarga ko‟ra ham Movarounnahrda qadimda faqat so‟g‟dlar
yashagan, ko‟chmanchi turklar esa faqat Yettisuvdagina yashagan deb aytish
o‟rinli emas: “ Movarounnahrda turkiy tilda so‟zlashuvchi qabilalar qadimdan
yashagan. Turkiy qabilalarning ko‟‟roq qismi SHosh va Farg‟onada, kamroq
qismi Zarafshon va Qashqadaryoda yashagan. Ular VIII-IX asrlarda Farg‟ona
va SHoshga juda tez tarqalganlar”.
O‟zbek xalqi va o‟zbek tilining yuzaga kelishi va shakllanishida O‟rta
Osiyoda qadimdan yashagan etnik guruhlarning roli kuchli bo‟ldi. Turkiy
qabilalardan, ayniqsa, turli mayda etnik guruhlarni o‟zida birlashtirgan qarluq,
qi‟choq, shuningdek, o‟g‟uz kom‟onentining o‟rni sezilarlidir
2
.
Qarluqlar haqida ilk mahlumotlar eramizdan oldin yozilgan manbalarda
uchraydi. Qarluqlarning eng qadimiy makonlari G‟arbiy Oltoy, Irtishning har
ikkala qirg‟og‟i bo‟ylab janubiy-g‟arbiy chegaralar bo‟lgan. Qarluqlar
keyinchalik VIII asrlarda qisman Yettisuvga, Tyang‟shanning janubiy va
janubi-sharqiy qismlariga, shuningdek, Farg‟onaga kirib kelgan bo‟lsa-da,
ularning asosiy qismi
VIII asrda hali ham Oltoy tog‟larida yashar edi. Qarluqlarning VIII asr oxiri
va IX asrning birinchi yarmida Farg‟ona vodiysida, X asrlarga kelib hozirgi
O‟zbekistonning keng hududida, jumladan Samarqand, Buxoro viloyatlarida,
Sirdaryo bo‟ylarida yashaganligi aniq.
VIII asr oxiridan to XI asr oxirigacha O‟rta Osiyo va SHarqiy
Turkistondagi katta hudud qarluqlar hukmronligi ostida bo‟ladi.
Qarluqlarning asosiy qismi XI asrning birinchi yarmida Toshkent, Zarafshon,
Farg‟ona va Qashqadaryo vodiylarida, Mirzacho‟l, Malik, Qarshi cho‟llarida,
bir qismi Yettisuv va Qashqadaryoda yashagan: “Qarluqlarning ko‟‟ qismi
VIII ning oxiri va IX asr boshlaridan o‟troqlasha boshlaydilar. VIII asrda
qarluqlarning katta bir guruhi Zarafshon bo‟yida yashab, keyinchalik shu
yerda o‟troqlashib qoldilar. VI asrdan buyon Farg‟onada yashab kelayotgan
2
Шаниязов К. К. Этнический истории узбекского народа. Ташкент, 1974, с. 10.
qarluqlarning ko‟‟chiligi o‟troqlasha boshlaydi”
3
. Qarluq qabilasi va uning
tiliga xos xususiyatlar hozirda ham saqlanib qolgan bo‟lib, bu o‟zbek tilining
qarluq shevalarida ravshan ko‟rinadi.
Bu davrlarda turk qabilalari orasida muhim o‟rin tutuvchi turkiy etnik
guruhlardan chigil va yag‟molar ham yashar edi. CHigil qabilasi IX- X
asrlarda Ili daryosidan janubroqda, Issiqko‟l atroflarida yashagan. CHigil,
yag‟mo qabilalari bir guruh turkiy qabilalarning birlashmasi bo‟lgan
32
. Ushbu
etnik guruhlar keyinchalik o‟zbek xalqi va ular tilining shakllanishida sezilarli
o‟rin tutgan. SHunday qilib, “ Ko‟rib chiqilayotgan davrda turkiy tillarda
ga‟lashuvchi qabilalar O‟rta Osiyoga jiddiy etnik kom‟onent sifatida kirib
keldilar. O‟rta Osiyoning shimoliy viloyatlari etnik jihatdan sezilarli darajada
rang-barang bo‟lib qoldi. Turklar bu yerga goh harbiy ittifoqchilar sifatida,
goh aslzoda dehqonlar, cho‟arlarni yoki „odsho gvardiyasini to‟ldirish uchun
yollangan kishilar sifatida kelib turdilar. O‟rta Osiyo xalqlarining turkiy
tillarda ga‟lashuvchi qabilalar bilan aralash nikohlar qilishi ham o‟z tahsirini
ko‟rsatdi. SHu tariqa O‟rta Osiyo hududining mahlum qismida o‟zbek xalq
tilining shakllanishi uchun shart-sharoitlar asta-sekin jamlanib bordi”.
Hozirgi o‟zbek tilida tub turkiy so‟zlarning boy va xarakterli
materiallari mavjud. Bu so‟zlarning tub turkiyligi va qadimiy turkiy
leksemalar
ekanligini
maxsus
tekshirishlar
olib
borish
orqaligina
oydinlashtirish mumkin. Bunda o‟zbek tilida mavjud bo‟lgan turkiy so‟zlarni
qadimiy turkiy yozma manbalarda uchrovchi leksikaga solishtirish muhim
natijalar beradi.
O‟zbek tili leksikasidagi tub turkiy so‟zlarni belgilashda qadimiy turkiy
yodnomalar leksikasi bo‟yicha tuzilgan lug‟atlar, glossariylardan, shuningdek,
bahzi ilova-lug‟atlardan foydalanildi
4
3
Шониѐзов К. Қарлуқ қабиласи ва унинг тили ҳақида айрим мулоҳазалар. –
Адабиѐтшунослик ва тилшунослик масалалари. 4-китоб. Тошкент, 1962, 485-бет.
Qadimiy turkiy yozma yodgorliklar tili leksikasiga doir lug‟at va
glossariylardagi materiallar avtor tomonidan maxsus kartotekaga olindi va
sistemaga solindi. So‟ngra bu materiallar hozirgi o‟zbek ada
biy tili leksikasida uchrovchi turkiy so‟zlar bilan birma bir solishtirildi. O‟sha
asosda o‟zbek tilidagi tub turkiy so‟zlar belgilandi. Tekshirish qadimiy turkiy
tillarda qo‟llangan ko‟pgina so‟zlarning hozirgi o‟zbek tilida saqlanganini
ko‟rsatdi.
Mavjud adabiyotlarda umumturkiy so‟zlarning real hodisa ekani qayd
etilib, bu haqda bir qator mulohazalar bildirilgan bo‟lsa-da, biroq umumiy
leksik fondning yuzaga kelishidagi tarixiy-lingvistik asoslar, konkret
xususiyatlar tadqiq etilgan emas. SHuningdek, umumturkiy leksikaningbarcha
turkiy tillar uchun mushtarak bo‟lgan asosiy va umumiy belgilari,
shuningdek, bu umumiy fondning har bir turkiy til leksik sistemasidagi holati
( miqdori, funktsiyasi, semantikasi va bundagi umumiylik, farqlar) konkret
turkiy tillar materiali asosida o‟rganilmagan. Mazkur ishda imkoniyat
doirasida umumturkiy so‟zlarning bahzi tomonlarini tahlil qilishga harakat
qilamiz.
Turkiy tillardagi umumturkiy lug‟aviy fondning yuzaga kelishi uzoq
o‟tmish bilan bog‟liq tarixiy jarayon bo‟lib, u umumturkiy til, umumturkiy
asos deb yuritiluvchi murakkab sotsial-lingvistik muammolarni o‟rganish va
hal etish bilan bog‟liqdir. Bu masala qadimiy davrlarga daxldor bo‟lib, uning
ham konkret hal etilmagan va hali ilmiy farazlar holida bo‟lgan ko‟‟gina
tomonlari mavjud. Mazkur muammo umumturkologik as‟ektda, shuningdek,
har bir konkret turkiy tilning „aydo bo‟lishi bilan bog‟liq tarixiy as‟ektda
o‟rganilishi mumkin. SHuningdek, bu muammo diaxronik as‟ektda, tarixiy-
qiyosiy metod asosida maxsus tadqiqotlarni talab qilishi aniq.
Turkiy leksika, turkiy leksik qatlamning mohiyati haqida ga‟ borar
ekan, umumturkiy til ( umumturkiy asos til) masalasini tamoman chetlab o‟tib
4
Древнетюркский словарь. М. – Л., 1969; Малов С. Е. Памятники древнетюркский письменности.
Тексты и исследования. М. – Л., 1951; Он же. Памятники древнетюркский письменности Монголии и
Киргизии. М. – Л., 1969; Он же. Енисейская писмунность тюрков. Тексты и переводы. М. – Л., 1952.
bo‟lmaydi. SHu sababli ham biz quyidagi keyingi „aytlarda ehlon qilingan
bahzi adabiyotlar tahlili asosida bu masalaga qisqacha to‟xtashni lozim to‟dik.
Umumturkiy til, umumturkiy asos til kabi tushunchalar keyingi
„aytlarda E. V. Sevortyan, E. R. Tenishev, A. M. SHcherbak, N. A. Baskakov,
T. M. Gari‟ovlarning ishlarida tilga olindi.
„rof. E. V. Sevortyan “ umumturkiy ” tushunchasiniing mohiyatini
quyidagicha tahlil qiladi: “ Umumturkiy tushunchasi turkologiyada hali
maxsus aniqlangan emas. Har holda, bu terminning o‟zi ham turkiy
tilshunoslik tarixida keng qo‟llanilganicha yo‟q... “ „ratyurkskiy”, “
„rototyurkskiy”, keyinchalik yuzaga kelgan “ turkiygacha bo‟lgan til” (“
dotyurkskiy”) terminlari mavjud. “ „ratyurkskiy” termini rus va
g‟arbiy Yevro‟a turkologiyasida keng qo‟llanadi”
5
.
Bir qator adabiyotlarda qadimda umumturkiy til ( turkiy tillarning
qadimiy davrlardagi umumturkiy holati) mavjud bo‟lgani qayd etiladi. Mana
shu
tushunchaga
asoslanilgani
holda
umumturkiy
leksik
asos
(
obo‟etyurkskaya leksicheskaya osnova) haqida ga‟irish mumkin bo‟ladi.
Hozirgi tilshunoslikda umumturkiy leksika, umumturkiy qatlam, umumturkiy
so‟zlar deb nomlanuvchi lug‟aviy hodisalarning mavjudligi aslida bu
tillarning tarixan mana shu bitta asosdan yuzaga kelganligi tufaylidir.
Turkologiyada umumturkiy leksik asos, shuningdek, morfemalar haqida
aytilgan fikrlar mavjud, hatto bahzi ishlarda so‟z va morfemalarning
xarakterli fonetik, morfologik xususiyatlari yuzasidan ham mulohazalar
bildirilgan
6.
Umumturkiy so‟zlarga xos bahzi fonetik belgilarni E. V.
5
Севортян Э. В. О содержании термина “ общетюркский”. – “ Советская
тюркология”, 1971, № 2, с. 3.
6
Дульзон А. П. Некоторые вопросы методики реконструкции общетюркской
системы звуков. – “ Советская тюркология ”, 1971, № 2, с. 17-20; Макаев Э. А.
Вопросы построения сравнительной грамматики тюркских языков. - “ Советская
тюркология ”, 1971, № 2, с. 21-25; Асланов В. И. К проблеме реконструкции
корневых морфем. - “ Советская тюркология ”, 1971, № 2, с. 67-75 ва б.
Sevortyan ham ko‟rsatgan. Ammo umumturkiy tilga xos so‟zlar va ularning
qadimiy tovush shaklini doimo ham aniq tiklash mumkin bo‟lavermaydi.
Hozirgi turkiy tillardagi umumturkiy leksikani tadqiq qilganda bu so‟z
va so‟z formalarining holatini faqatgina umumturkiy til davridan, umumturkiy
leksik asosdan kelib chiqqan holdagina belgilab bo‟lmaydi. “ Umumturkiy
lug‟aviy negizlar va formalarning anchagina qatlami keyingi, yahni tarixiy
davrda yaratildi. Bu davrda umumturkiy negiz til (“ yazqk- osnova”)
allaqachon o‟tmishga chekingan, keng territoriyada qabila tillari, ularning
mayda tarmoqchalari, aksincha, tillar uyushmalari vujudga kelgan edi.
Bunday sharoitda lug‟a-
viy negiz va formalarning bir manbadan tarqalishi jarayoni ham yuz bergan
bo‟lishi mumkin. SHu bilan birga biror bir lug‟aviy negiz yoki formaning
„arallel ravishda va mustaqil holda yuzaga kelgan bo‟lishi ehtimolligini inkor
etib bo‟lmaydi”
7
.
Demak, umumturkiy so‟zlar: uch tarixiy holatning, yahni davrlarning
mahsulidir: a) turkiy tilning umumturkiy til holati davri mahsuli; b)
umumturkiy til holatidan keyingi davrlar mahsuli; v) turkiy qabila tillari va
ularning mayda shoxobchalari bo‟lmish tillarda „arallel holda yasalish
mahsuli.
E. V. Sevortyanning qayd etishicha, materialiga ko‟ra turkiy bo‟lgan va
turkiy tillar uchun mushtarak barcha so‟zlarni umumturkiy asos til davri
uchun tegishli deb bilish munozaralidir. Masalan: avul ( qishloq ), aqcha (
kumush tanga), arg’ach, ag’//a’g’ak
8
kabi.
Yuqoridagi fikrlar asosida qardosh turkiy tillar uchun mushtarak
bo‟lgan, jumladan o‟zbek tilida ham uchrovchi ko‟‟gina yasama turkiy
so‟zlarni umumturkiy leksika deb atashga to‟g‟ri keladi. To‟g‟ri, hozirgi
7
Севортян Э. В. Ўша мақола, 9 бет.
8
Севортян Э. В. Ўша мақола, 4 бет.
lingvistik adabiyotlarda uchrovchi umumturkiy o’zlar termini ikki mahnoda
qo‟llanadi: a) turkiy tilning umumturkiy holatdagi davri uchun mansub
leksikani anglatadi; b) hozirgi qardosh turkiy tillar leksikasida „aralllel
uchrovchi umumiy lug‟aviy fond ( o‟xshash-lik)ni anglatadi. Bu o‟rinda bir
narsani aniqlamoq kerak: umumturkiy so‟zlar deyilganda bu so‟zlarning
aslida turkiy tilning umumturkiy holati davriga tegishli ekanligi nazarda
tutiladimi yoki bu so‟zlarning hozirda bir qator qardosh tillarda mavjudligimi.
Albatta, ikkinchi holat birinchi jarayonning mahsulidir. So‟zning umumturkiy
bo‟lishi so‟zning birdan ortiq turkiy tilda uchrashida emas, balki bu
leksikaning aslida bitta (yagona) turkiy manbaga tegishli ekanidadir.
Bu o‟rinda turkiy va mo‟g‟ul tillari uchun umumiy bo‟lgan bir qator
so‟zlarning tilshunoslikda “ umum” termini bilan emas, balki ‘arallellar,
o’rtoq so’zlar terminlari bilan yuritilishini eslash ham o‟rinlidir. O’rtoq
so’zlar turkiy va mo‟g‟ul tillarida umumoltoy tili davrida yuzaga kelgandir.
Turkiy tillar bilan oltoy tillarining qardoshligi va ularning aslida bir manbaga
mansub bo‟lganligi tamoman hal etilmagan, munozarali masala. Bu hol
mo‟g‟ul va turkiy tillarda baravar uchraydigan so‟zlar guruhini qadimgi bir
manba ( asos til) materiali deb uzil-kesil hukm chiqarishga yo‟l qo‟ymaydi.
SHu sababli ham turkiy va mo‟g‟ul tillari uchun umumiy bo‟lgan so‟zlar
guruhi lug’aviy ‘arallel yoki o’rtoq so’zlar deb yuritiladi. Umumturkiy
so‟zlar bo‟lsa, qadimdagi bir manba til – umumturkiy til davri mahsulidir.
SHunday qilib, umumturkiy so‟zlar turkiy tilning umumturkiy asos til
davri mahsulidir.
Turkiy tillarda mana shu umumturkiy lug‟aviy qatlamning yuzaga
kelishi o‟tmishda bir qator murakkab tarixiy jarayonlarni o‟z boshidan
kechirgani aniq. Ammo bu masalaning ko‟‟ tomoni hali fan uchun qorong‟i va
munozaralidir. Ayniqsa, “umumturkiy til”, “umumturkiy asos til”,
“umumturkiy holat” deb yuritiluvchi hodisani konkretlashtirish juda
muhimdir. SHu nuqtai nazardan „rof E. R. Tenishevning bu masalaga oid
maqolasi
9
qimmatlidir.
Umumturkiy so‟zlar turkiy tillar leksikasida ko‟p asrlar
davomida shakllangan o‟ziga xos lug‟aviy o‟odisadir. Umumturkiy so‟zlar
qardosh turkiy tillar lug‟at tarkibini xarakterlovchi muhim belgilardan biridir.
Maxsus lug‟aviy hodisa sifatida umumturkiy so‟zlar mahlum o‟ziga xos
xususiyatlarga ega va u quyidagilardan iborat:
Umumturkiy so‟zlarning aksariyati hozirgi davr turkiy tillarning
barchasida uchraydi. Bu hol bu so‟zlarning bir turkiy tildan ikkinchi turkiy
tilga o‟tganligini ko‟rsatmaydi, balki ularning bu tillarda juda qadimdan
turkiy asos til tufayli mavjudligini ko‟rsatadi. Umumturkiy so‟zlarning
barchasi turkiy tillar lug‟at tarkibida borligi va ular bu tillar leksik
sistemasining negizini tashkil etishi, turkiy tillarda mushtarak lug‟aviy
fondning yuzaga kelishi uchun sabab bo‟lganligi bilan xarakterlanadi.
Turkiy tillardagi o‟xshash, umumiy leksik fond bu tillarning har
qaysisining o‟z so‟zi, yahni o‟z so‟z boyligidir. Qayd etilganidek, biror
so‟zning ikki yoki undan ortiq turkiy tilda uchrashi bu leksemaning bir tildan
ikkinchisiga qabul qilinganini ko‟rsatmaydi. Bunday umumiylikning sababi
turkiy tillarning aslida bir manbaga, bir genetik asosga aloqador ekanini,
ularning lug‟at fondi qadimda yagona manbaga taalluqli bo‟lganini ko‟rsatadi.
Demak,
umumturkiy
leksikaning
mushtarakligi
– tarixiy-genetik
umumiylikdir. Turkiy tillardagi umumturkiy so‟zlar biror bir turkum tilning
o‟zinikigina emas, balki barcha turkiy tillarning mushtarak boyligidir.
SHunisi ham borki, so‟zning umumiy mulklik belgisi umumturkiy so‟zlarning
asosiy belgisidir. Lekin u belgi absolyut va birdan-bir o‟lchov emas. CHunki
hozirgi turkiy tillarda bu tillar leksikasi uchun umumiy bo‟lgan boshqa ti‟
so‟z guruhlari ham mavjud. Masalan, arabcha o‟zlashma so‟zlar, fors-tojikcha
9
Тенишев Э. Р. К понятию “ общетюркское состояние”. - “ Советская тюркология ”,
1971, № 2, с.11 -16.
o‟zlashma so‟zlar, mo‟g‟ulcha o‟zlashma so‟zlar va nihoyat ruscha-
internatsional so‟zlar. Bu so‟zlar bir qator turkiy tillarda „arallel uchraydi va
ularning lug‟at tarkibi uchun mushtarakdir. Demak, umumiylik o‟zlashma
so‟zlar qatlami uchun ham tegishlidir. Lekin keltirilgan ti‟ so‟zlarning turkiy
tillar uchun umumiyligi funktsional umumiylikdir, yahni bu so‟zlar bir qator
turkiy tillarda baravar qo‟llanadi. Umumturkiy so‟zlarning umumiyligi esa,
genetik umumiylik, qarindoshlik umumiyligidir.
Konkret til leksikasining o‟ziga xos so‟zlari har qanday tilda ham
mavjud bo‟lib, har bir turkiy tilning o‟z ( individual) ijodidir. SHuning uchun
bunday so‟zlarni adabiyotlarda o‟zbekcha so‟zlar, qozoqcha so‟zlar yoki
uyg‟urcha so‟zlar deb yuritilayotgani qonuniydir.
Mana shu ma‟noda o‟zbekcha deb yuritiluvchi leksemalarning borligi
munozarasiz bir holdir. Umumturkiy leksikaga nisbatan olinganda o‟zbekcha
so‟zlar o‟zbek tilining o‟ziga xos bo‟lgan individual ijod mahsulidir.
O‟zbekcha so‟z yoki qozoqcha so‟z deb nomlash mumkin bo‟lgan
leksemalarning „aydo bo‟lishi, albatta, o‟zbek tili yoki qozoq tili deb ataluvchi
mustaqil xalq tillarining yuzaga kelishi bilan bog‟liqdir. Turkiy til
umumturkiy holatda bo‟lgan davrda uning leksikasi ham umumturkiy holatda
edi. Bu tildan keyinchalik mustaqil turkiy tillarning ajralib chiqishi va bu
tillarda har bir turkiy xalqning obhektiv ehtiyoji tufayli yangi so‟zlarning ijod
etilishi o‟sha tillarning har qaysisi uchchun original bo‟lgan bir qator
leksemalarni yuzaga keltirilgan. Bu masalaga yanada konkretroq yondashish
maqsadida “ o‟z so‟z”, “ o‟ziniki bo‟lgan so‟zlar” yuzasidan rus tilshunoslari
bildirgan bahzi mulohazalarni keltiramiz.
N. M. SHanskiy rus tili leksikasining o‟z qatlamini bu tilda turli tarixiy
davrlarda yuzaga kelgan qatlamlar: a) umumslavyan so‟zlari; b) sharqiy
slavyan yoki qadimiy rus so‟zlari; v) rus tilining o‟z so‟zlari
10
tashkil etishini
tahkidlaydi.
10
Шанский Н. М. Лексикология современного русского языка, с. 73.
N. M. SHanskiy “ rus tilining o‟z so‟zlari”ni “ tub rus so‟zlari”ning
tarmog‟idan biri sifatida tahriflaydi. Ammo u bu ikki hodisani yetarli darajada
chegaralamaydi. N. M. SHanskiy “ rus tilining o‟z so‟zlarini”, ularning „aydo
bo‟lish asoslarini rus, ukrain, belorus tillarining mustaqil elat tili sifatida
yashay boshlagan davr
bilan bog‟lagan holda izohlaydi.
Demak,
tilning
o‟ziniki
bo‟lgan
so‟zlarga
xalq
tilining
umumqardoshlik, umumtillik holatidan ajrab mustaqil rivojlanish davriga
o‟tgandan keyingi davrlarda bu tilda yaratilgan so‟zlar kiradi. N. M. SHanskiy
bu tushunchani rus tili misolida yanada konkret izohlaydi: “ Rus tilining o‟z
so‟zlari deyilganda bu tilda XIV asrdan hozirgi kunga qadar „aydo bo‟lgan
so‟zlar tushuniladi. Bu so‟zlar rus nutqining s‟etsifik mulki bo‟lib, ularning
boshqa tillarda ham uchrashi o‟sha leksikaning bizning tilimizga tegishli
ekanini inkor etmaydi”.
Keltirilgan satrlar avtori rus tilining o‟z so‟zlari qatoriga rus tilida ( rus
nutqiga) tub ruscha so‟zlar negizida yasalgan so‟zlarni va o‟zlashgan so‟zlar
negizida rus tilida hosil qilingan yasalmalarni kiritadi. Masalan: shnurok,
deneshnqy, negrityanskiy, kassirsha kabi.
Mana shunga o‟xshash fikrlar boshqa avtorlar tomonidan ham aytilgan.
CHunonchi, M. I. Fominaning rus tilining o‟z so‟zlariga ( “ sobstvenno
russkie”) bergan tahrifi N. M. SHanskiyning qarashlariga yaqin turadi: “ Rus
tilining o‟z so‟zlari deyilganda rus tili rus xalqining ( velikoruss deb atalgan)
mustaqil tili (XIV asrdan), keyinchalik rus millatining tili ( rus milliy tili
XVII-XVIII asrlar davomida shakllandi) bo‟lgan „aytlarda bu tilda „aydo
bo‟lgan barcha
.
so‟zlar tushuniladi”
Demak, tilning o‟z so‟zlari ( o‟ziniki bo‟lgan so‟zlar) har bir tilning
mustaqil taraqqiyoti davrida yuzaga kelgan so‟zlardir. Mana shu mahnoda
o‟zbekcha so‟zlar o‟zbek tilining mustaqil til – o‟zbek elati tili bo‟lib
shakllangan davrdan to shu bugunga qadar bu tilda yasalgan so‟zlardir.
O‟zbekcha so‟zlarni belgilovchi asosiy mezon bu ushbu so‟zlarning
o‟zbek tilining o‟zida „aydo bo‟lganidir. O‟zbekcha so‟zlar o‟zbek tilining
o‟ziniki ekanligi jihatdan umumturkiy leksikada farqlanadi. Umumturkiy
so‟zlar turkiy tillar doirasidagi umumfunktsional leksemalardir, o‟zbekcha
so‟zlar o‟zbek tili doirasidagi fakulg‟tativ xarakterdagi so‟zlardir.
O‟zbekcha so‟zlar bu tilning o‟ziniki ekanligi jihatdan o‟zlashma
so‟zlardan ham farqlanadi. O‟zbekcha so‟zlar o‟zga tillardan olingan emas,
o‟z resurs materiali va mahsulidir.
O‟zbekcha so‟zlar bilan umumturkiy so‟zlar va o‟zlashma so‟zlar
orasida farqlar
mavjud bo‟lish bilan birga so‟zlarning bu guruhlari o‟zaro
aloqador hamdir. Bunga sabab o‟zbekcha so‟zlar uchun material, negiz bo‟lib
tub turkiy so‟zlar va o‟zlashma so‟zlar xizmat qiladi.
O‟zbek tilining lug‟aviy materiali sifatida o‟zbekcha so‟zlar, umuman
olganda, mohiyat ehtibori bilan tub turkiy so‟zlar va umumturkiy so‟zlarga
qarama-qarshi turmaydi. Mahlumki, tub turkiy so‟zlar va umumturkiy so‟zlar
turkiy tillarning mulki – turkiy leksikadir. O‟zbek tili turkiy tillar oilasiga
mansub bo‟lgani, yahni turkiy til bo‟lgani uchun uning original leksemalari –
o‟zbekcha so‟zlar ham turkiy til mahsuli hisoblanadi. Bu jihatdan o‟zbekcha
so‟zlar turkiy til so‟zidir.
O‟zbeklarning ajdodlari eroniy tilda so‟zlovchi aholi bilan qadimdan
birga yashab kelgan, ular bilan qo‟shilgan, aralashgan. Turkiy va eroniy (
so‟g‟d) qabilalar qadimdan territorial yaqin, o‟xshash hayot kechirgan,
iqtisodiy-madaniy aloqada bo‟lgan, chet el bosqinchilariga qarshi birgalikda
kurashgan.
Turkiy xalqlar va tillarga singib ketgan so‟g‟dlar va so‟g‟d tili
tamoman izsiz yo‟qolgani yo‟q, albatta. O‟rta Osiyo tillarida bir qator katta,
kalta, ko‟‟ singari so‟zlar, ko‟‟gina to‟onimik nomlar saqlanib qolgan. Aslida
tojikcha element ekani, tojik tilidan olingani struktura jihatdan o‟xshamovchi,
lekin o‟zbek tilida qadimdan mavjud ( ammo turkiy bo‟lmagan ) bahzi so‟zlar
aslida o‟sha so‟g‟d tili qoldiqlari bo‟lishi kerak.
O‟zbek tili o‟tmishda aloqada bo‟lgan eroniy tillardan biri qadimiy
xorazm tilidir. Qadimiy xorazm tili va qadimgi Xorazm yozuvi O‟rta Osiyo
xalqlari tarixida mahlum rolg‟ o‟ynagan. Ammo qadimiy xorazmiylar va
eroniy til xarakterida bo‟lgan qadimiy xorazm tili, uning turkiy tillarga
tahsirini undan o‟zbek tili leksikasiga kirib qolgan elementlar fanda deyarli
o‟rganilgan emas. Ammo o‟zbek tili leksikasida, ayniqsa, xalq shevalari
lug‟at tarkibida bu tilning ayrim elementlari saqlangan.
XIII-XIV asrlarda Xorazm vohasi aholisi ikki tilda – turkiy til va
qadimiy xorazm tilida so‟zlashgan. XII-XIII asrda O‟rta Osiyoda turkiy
qabilalar ko‟‟ayishi va ustunlik qilishi turkiy tillarning ham ustunlikka
erishishiga olib keladi. Natijada qadimiy xorazm tili ( xuddi so‟g‟d tili) XIV
asrlarda o‟zbek tiliga singib ketadi. O‟zbek tilida bu mag‟lub tilning bahzi
so‟zlari saqlanib qoldi: xo‟‟ ( xo‟b), bog‟, „ochcha ( „ichchomi – “ dadam”),
osmon ( osm), juft ( er mahnosida), ariq ( ar - suv) va boshqalar. O‟zbek
tilining Qarnoq shevasida akasini va dadasini “ „ochcham” deb atash hozir
ham bor.
SHunday qilib, o‟zbek tiliga qadimiy davrlarda tahsir qilgan eroniy
tillar so‟g‟d va qadimiy xorazm tilidir. Arablar kelmasdan oldin so‟g‟dlik
dehqonlar hukmron sinf bo‟lgan. Turkiy tillarning VII-IX asr tarixi arab tili
tahsiriga o‟tdi. Keyinchalik eroniy tillar yana o‟z mavqeini tikladi. Natijada
IX-X asrlarda fors-tojik adabiy tili va mmahalliy tojik tili o‟zbek tiliga kuchli
tahsir o‟tkazdi. Bu tahsir XI-XII asrlarda, ayniqsa, kuchaydi. Bu davrga kelib
fors adabiy tili o‟sha vaqtda davlat, adabiyot va din tili bo‟lgan arab tilini
siqib qo‟yadi va istehmoldan surib chiqaradi. Somoniylar dinastiyasi davrida
( IX-X asrlar) arab tili o‟rniga “ forsiyi dari” yoki forsiy til, yahni dariy deb
atalgan mahalliy til adabiy til sifatida keng yoyiladi. IX-X asrlarda
Movarounnahr va Xurosonda yashovchi eroniy tilda ga‟lashuvchi aholi
dariylar yoki tojiklar deb yuritilgan. “ Forsiyi dari ” yahni fors adabiy tiliga
Xurosonda yashovchi tojiklarning so‟zlashuv tili asos bo‟lgan.
Forsiy adabiy til arab tilini dastlab shexriyat sohasidan siqib chiqaradi.
Bu jarayon XI asrda batamom fors tilining g‟alabasi bilan tugallanadi. Forsiy
til fan, adabiyot va madaniyat tiliga, rasmiy davlat tiliga aylanadi. Bu tilda
mashhur adiblar Abu Abdullo Rudakiyning noyob shehrlari, Abulqosim
Firdavsiyning “ SHohnoma” dostoni, Umar Hayyomning bebaho ruboiylari,
Sahdiy SHeroziyning “ Guliston”, “ Bo‟ston” kabi asarlari, Nizomiy Ganjaviy
va Amir Xisrav Dehlaviyning g‟azal va dostonlari, SHamsiddin Muhammad
Hofiz va Abdurahmon Jomiyning o‟lmas asarlari yozildi.
XV asrlardan boshlab dariy tilida hozirgi fors va tojik tillariga ajralish
jarayoni boshlanadi. Natijada fors va tojik xalqlari tillarida bahzi tafovutlar
yuzaga keladi.
Xullas, somoniylar davrida forsiy tilda yozish kuchayadi. Agarda diniy-
mistik adabiyot arab tilida yozilgan bo‟lsa, fors-tojik tilida dunyoviy adabiyot
namunalari yaratildi. Fors-tojik tilining rasmiy davlat tili, dunyoviy adabiyot
tili ekani bu tilning obro‟sini juda oshirdi. Natijada bu til mahalliy turkiy
tillarga, jumladan o‟zbek tiliga kuchti tahsir o‟tkazdi.
Tojik tilining o‟zbek tiliga tahsirini to‟rt as‟ektda olib qarash mumkin:
1) o‟zbek tiliga qadimiy eron tillari ( so‟g‟d, qadimiy xorazm tili va b.)
tahsiri; 2) o‟zbek tiliga yangi fors adabiy tili tahsiri ( IX-XV asrlar), 3) o‟zbek
tiliga tojik adabiy tili tahsiri (XV asrdan keyingi davrlar), 4) o‟zbek tiliga
mahalliy tojik shevalari tahsiri ( turli davrlarda).
Fors-tojik va eski o‟zbek adabiy tillarining to‟qnashishi, shuningdek
mahalliy o‟zbek va tojik tillarining o‟zaro hamkorligi turli tarixiy davrlarda
o‟zbek-tojik ikki tilliligi hodisasini tug‟dirgan muhim faktordir. Tojik tili
fors-tojik adabiy tili va tojik xalqi tili eta‟larida ham o‟zbek xalqi hayotida
rasmiy davlat tili sifatida alohida o‟rin tutgan. O‟zbek xonliklarining ko‟‟ida
XVI-XVIII asrlar davomida rasmiy yozishmalar, yozuv-chizuv ishlari,
asosan, fors-tojik tilida olib borilgan. Tojik tili, turmushda, adabiyotda va
tahlimda ham muhim o‟rin tutgan.
Xullas, tojik tili rasmiy adabiy til sifatida ham birga, aralashib yoki
qo‟shni yashovchi xalq tili sifatida ham o‟zbek tili bilan to‟qnashdi. Natijada
o‟zbek-tojik ikki tilliligi adabiy til doirasida ham, mahalliy shevalar doirasida
ham mavjud edi. O‟zbeklar rasmiy va adabiy doirada, shuningdek norasmiy
muomalada ham o‟zbek tili bilan birga tojik tilidan ham bemalol foydalana
olgan. Ayniqsa, bu hol Samarqand va Buxoro vohasi, Farg‟ona va
Qashqadaryo vodiylari, shuningdek boshqa bir qator hudud aholisi uchun
xarakterli bo‟lgan. Bu jarayon ushbu hudud aholisi tilida hozir ham kuzatiladi.
O‟zbek va tojik tillarining o‟zaro tahsiri ikki tomonlama bo‟ldi. Tojik
tiili o‟zbek tiliga tahsir etgani kabi o‟z navbatida o‟zbek tili ham tojik tiliga
o‟z tahsirini o‟tkazgan.
O‟zbek va tojik tillarining o‟zaro aloqasi va tahsiri turli tarixiy
davrlarda turlicha sharoitlarda yuzaga kelgan. Bu jarayon O‟zbekistonning
turli rayonlarida ham turli darajada bo‟lgan. Tojik tilining o‟zbek tiliga tahsiri,
ayniqsa o‟tmishda kuchli bo‟lgan va uzoq davr davom etgan. O‟zbek
xalqining buyuk shoiri, o‟zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy o‟z
ona tili – turkiy ( o‟zbek) tilini nihoyatda chuqur bilgani, uning obro‟si uchun
kurashgan holda fors-tojik tilini ham yaxshi egallagan edi. Alisher
Navoiyning turkiy va forsiy tilda „arallel ravishda yozgan asarlari o‟zbek-tojik
ikki tilliligi – zullisonaynlikning ajoyib namunasidir. Alisher Navoiy davrida
fors-tojik tili ancha keng tarqalgan va uni turkiy aholi ham yaxshi bilar edi.
O‟zbek va tojik tillari o‟zaro bevosita to‟qnash kelgan, aralashgan
tillardir. SHuning uchun tojikcha so‟zlar o‟zbek tiliga bevosita tojik tilining
o‟zidan olindi.
Xullas, V. V. Bartolg‟d tili bilan aytganda: “ ... agar arab tili musulmon
dunyosi uchun Yevro‟adagi latin tilidek ahamiyatga ega bo‟lsa, fors tilini
frantsuz tilining tahsiri bilan tenglashtirish mumkin”.
Hozirgi o‟zbek tili leksikasida anchagina tojikcha so‟zlar bo‟lib, o‟zbek
tili leksikasida turkiy so‟zlardan keyin miqdor jihatdan ikkinchi o‟rinda
turadi.
Fors-tojik so‟zlarining o‟zbek tiliga kirishi uchun turli tarixiy davrlarda
har xil omillar sababchi bo‟lgan. Ammo ular orasida bahzi xarakterli va
muhim sabablar ham bor. Bular tubandagilar:
1.O‟zbek va tojiklarning ajdodlari qadimiy davrlardan bir hududda,
birgalikda hayot kechirib kelishgan. Ular o‟zaro iqtisodiy, xo‟jalik sohalarida
yaqindan aloqada bo‟lgan. Bu o‟zbek va tojik tillarining o‟zaro
to‟qnashuviga, biridan ikkinchisiga so‟z o‟tishiga sababchi bo‟lgan.
2. O‟tmishda bahzi hududlarda turkiy va eroniy tillar to‟qnashgani va
o‟zaro chatishganida turkiy til g‟olib kelgan. Mag‟lub tilning ( masalan,
so‟g‟d tili, qadimiy xorazm tili va b.) elementlari g‟olib turkiy til tarkibida
qisman saqlanib qolgan.
3. Fors-tojik adabiy tili, keyinchalik tojik tili O‟rta Osiyoda ko‟‟ davr
rasmiy davlat tili sifatida qo‟llanib kelgan. Davlat, tijorat ishlari, mahmuriy,
rasmiy yozishmalar, mahkama hujjatlari, tarixiy memuarlar tojik tilida
yozilgan. Bu hol o‟zbeklarni tojik tilini bilishga, uni tushunishga undagan.
Natijada tojikcha rasmiy uslub so‟zlari o‟zbek tiliga kirib borgan.
4. O‟rta Osiyo, jumladan O‟zbekistonning anchagina qismi aholisi turli
tarixiy ehtiyoj va sabablarga ko‟ra ikki tillidir. Aholining ikki tilda – o‟zbek
va tojik tillarida so‟zlashi bu tillarning o‟zaro almashishiga sababchi bo‟lgan.
5. O‟tmishda, ayniqsa X-XI asrlardan keyin badiiy, tarixiy va yuridik
asarlar ikki tilda – o‟zbek va tojik tillarida yozilgan. Ko‟‟gina yozuvchilar o‟z
asarlarini ikki tilda yozishni odat qilgan. Natijada o‟zbek aholisi tojikcha
asarlarni ham o‟qigan. Bu ular tiliga tojik so‟zlarining kirib borishiga yo‟l
ochgan. Tojik adabiy tili yozma adabiyot orqali o‟zbek adabiy tiliga,
o‟qimishli kishilar tiliga kuchli tahsir qilgan.
O‟zbek adabiy tili leksikasida aslida arabcha bo‟lgan anchagina so‟zlar
uchraydi. Arabcha so‟zlarning o‟zbek tilida mavjud bo‟lishi o‟tmishda O‟rta
Osiyo hududining arablar tomonidan istilo qilinishi va buning tarixiy-ijtimoiy
oqibatlari bilan bog‟liqdir.
Arablarning O‟rta Osiyoga hujumining dastlabki davri VII asr o‟rtalari
( aniqrog‟i, 674 yil) ga to‟g‟ri keladi. VIII asrda arablar O‟rta Osiyoni
batamom istilo qiladi. Buning oqibatida O‟rta Osiyo, jumladan O‟zbekiston
hududida yashovchi mahalliy xalqlar arab bosqinchilari istibdodi va zulmiga
duchor bo‟ladi. Arab bosqinchilari mahalliy xalqni ijtimoiy-siyosiy, madaniy-
mahnaviy, diniy-ruhiy, iqtisodiy-moddiy jihatdan qaram, bo‟ysinuvchi
mustamlakaga aylantirishga intildi. Bosqinchilar barcha mahalliy xalqlar,
jumladan turkiy xalqlarning ham traditsion adabiyoti, madaniyatini yo‟qotish,
dini va tilini tahqiqlashga intildi. Mahalliy yozuvlar o‟rniga arab yozuvi
ishlatiladigan bo‟ldi. Arab tili esa rasmiy til sifatida majburan singdirildi.
Natijada arab tili mahalliy mustamlakalarda keng yoyildi. Barcha mahalliy
tillar ( qadimiy so‟g‟d, qadimiy uyg‟ur, fors-tojik, qadimiy xorazm tili va b.)
singari turkiy tillarga ham bu davrda arab tili bilan aloqada bo‟lishga to‟g‟ri
keldi. Arab tilining keng tarqalishi, bu tilda yozishga, o‟qishga, mmuomala
qilishga va diniy aqidalarni bajarishga to‟g‟ri kelgani mahalliy xalqlarning
mahlum darajada arab tilini egallashiga olib keldi. Bu hol o‟z navbatida
o‟zbek- arab ikki tilligi hodisasini tug‟dirdi. Arab madaniyati va turkiy xalqlar
madaniyati, arab dini va mahalliy dinlar, arab tili va mahalliy tillar
kurashining dastlabki davrida rasmiy jihatdan arablar tomoni g‟olib chiqdi.
Bunday faktorlar madaniy va mahnaviy, ijtimoiy-siyosiy aloqaning muhim
quroli bo‟lgan arab tilining arablar bosib olgan o‟lkalarda keng tarqalishiga
olib keldi.
Arab tilining keng tarqalishi, o‟zbekcha (turkiy) – arabcha va arabcha-
tojikcha ikki tillilik, „irovardida, turkiy tillarga ko‟‟gina arabcha so‟zlarning
kirishi va o‟zlashishiga olib keldi. Arabcha o‟zlashmalarning o‟zbek tiligi
kirishi uchun sababchi bo‟lgan muhim omillar sifatida tubandagilarni keltirish
mumkin:
1)
Arab tili davlat tili, rasmiy adabiy til edi. Davlatning barcha
rasmiy, yuridik hujjatlari arab tilida olib borilar, rasmiylashtirilar edi.
2)
Arab tili rasmiy ravishda badiiy adabiyot tili edi.
3)
Arab tili o‟sha davrda O‟rta Osiyo va SHarq xalqlari uchun fan
va madaniyat tili bo‟ldi. Xorazmiy, Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino
kabi mahalliy xalq olimlari o‟z ilmiy va badiiy asarlarini arab tilida yozdi.
4)
Arab tili o‟sha davr tahlimi tili edi. Maktab va madrasalarda
tahlim ishlari arab tilida olib borildi.
5)
Arab tili hukmron xalq tili, rasmiy majburiy til edi.
6)
Arab tili din va shariat tili edi. Bu hol mahalliy xalqlar orasida
uzoq vaqt yashadi.
7)
Turkiy tillarga arabcha so‟zlarning kirishiga sababchi bo‟lgan
omillardan biri arabcha va turkiycha so‟zlashuvchilarning bevosita
to‟qnashuvi deb baholanishi mumkin. Harbiy lagerg‟ va qarorgohlar arab
tilini mahalliy xalq orasida tarqatuvchi manbalardan biri edi.
8)
Arab tilining turkiy tillarga tahsiri mahlum darajada bu tilning
lingvistik fazilatlari bilan bog‟liq bo‟ldi.
9)
Arab tilining turkiy tillarga, jumladan o‟zbek tiliga kuchli tahsiri
mahlum darajada bu tilning tarixda O‟rta Osiyoda o‟sha davrda yashagan
ko‟‟chilik xalqlar uchun umumtillik funktsiyasini bajargani bilan bog‟liqdir.
Yuqorida keltirilgan ijtimoiy-tarixiy sabablarga ko‟ra o‟zbek tiliga
mahlum miqdorda arabcha so‟zlar kirgan. O‟zbek tilidagi arabcha
o‟zlashmalar
qatlamini
tematik,
nominatsion
va
leksik-semantik
xususiyatlariga ko‟ra tubandagi guruhlarga ajratish mumkin.
Ilm-fanga oid so‟zlar: maqola, faylasuf, ilm, tahlimot, amaliyot,
naazariya, asos, kashf, ixtisos, alloma, asar, bayon, masala, imlo, kasr, izofa,
ilova, lug’at, muzokara, munajjim, musibat, mavzu, mazmun, nahv, nuqta,
olim, rivoyat, tafakkur, tadqiq, taqriz, tahlil, tajriba, uslub, fan, fozil, izoy,
xandasa, jadval va b.
Adabiyot va sanhat tushunchalariga oid so‟zlar:
A) adabiyotga oid: aruz, adabiyot, bayt, qissa, g’azal, g’azaliyot, masnaviy,
ruboiy, shoir, adib, badiiy, hikoya, hikoyat, masal, maqol, nazm, nasr,qofiya,
vazn, ilhom, laqab, matn, mahorat, majmua, misra, mubolag’a, radif, satira,
tazkira, tanqid, taxallus, qasida, qissa;
B) sanhatga oid: rasm, rassom, raqqos, raqqosa, sanhat,sahna, mashshoq,
surat, tasvir, madaniy, maqom, mehmor, munaqqosh, munojat, musavvir,
mug’anniy, nafosat, naqsh, naqqosh, ramz, sayqal, haykal va b.
Kitob va nashriyot ishlari bilan bog‟liq so‟zlar: nashriyot, nashr,
muharrir, muallif, matbaa, matbuot, tahrir, bob, jild, nusxa, muxbir, axborot,
xabar, bayoz, tarjima, varaq, kulliyot, muallif, muarrix, risola, sahifa, tabaqa,
xattot va b.
Vaqt tushunchasi bilan bog‟liq so‟zlar: fursat, vaqt, zamon, zamona,
doim, abad, abadiy,abadiyat, abadul abad, azal, azaliy, ayyom, baqo, davr,
davron, daqiqa, ibtido, ibtidoiy, ilk, lahza, mavrid, mavsum, muddat, mudom,
muqaddam, muhlat, nahor, sana, sahar, qadam va b.
Xususiyat, belgi, xossa va holat anglatuvchi so‟zlar:
1) Ijobiy belgi, xususiyat anglatuvchi so‟zlar: azamat, abzal, ajoyib, odil,
adl, alomat, asil, afifa, ahlo, mashkur, mumtoz, nazokat, nafis, nodir,
mmuzayyan, munis, madaniy, loyiq, muvofiq, istihola, kamol, layoqat, latif,
loyin, marg’ub, matonat, mahzur, mahlum, mahmur, mahsum, maqbul,
maqsud, mohir, muloyim, munosib, mustahkam, mushfiq, muqaddas,
odamiyat, oqil, salobat, sahiy, sof, toqat, shahlo, qodir, halol va b.
2) Salbiy xususiyat anglatuvchi so‟zlar: ablah, ayyor(a), zolim, takabbur,
ahmoq, ayb, battol, baxil, botil, vahshiy, zaif, zahar, zil, zinnat, iblis, isnod,
ishkal, kazzob, kasofat, maddoh, makkor, malhun, mag’rur, mudhish, mumsik,
munofiq, nuqson, osiy, razil, tannoz, unsur, fosiq, xasis, g’addor, g’alat, g’ali,
g’ubor, qabih, qitmir, harom, josus, johil, va b.
3) Ijobiy „sixik holat anglatuvchi so‟zlar: zavq,inoyat, iftixor, mamnun,
manzur, masrur, maftun, oriyat, rohat, sobir,sukunat, tabassum, tantana,
shavq, qahqaha, havas, hayo, halovat, huzur, hur, jilva va b.
4) Salbiy „sixik holat anglatuvchi so‟zlar: alam, alhazar, araz, vasvas,
vahim, vahshat, vajohat, dahshat, iztirob, kayf, kibr, kulfat, majnun,
mashaqqat, mahyus, mahzun, mojaro, mulzam, mushkulot, tashvish, uqubat,
xavotir, xafa, xijil, xijolat, g’am, g’ussa,qahr, hazar, hazin, hasrat, hajr, jahl
va b.
O‟zbek tiligatog‟zaki til orqali kirgan arabcha o‟zlashmalar boshqa
manbalar orqali kirgan so‟zlarga nisbatan kamchilikni tashkil qiladi. Buni
o‟zbek leksikasida arabcha so‟zlar miqdorining kamligi ham tasdiqlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. O‟zbek tili leksikologiyasi. T – 1981.
2. Sanaqulov U. O‟zbek adabiy tili taraqqiyotining o‟rta asrlardan so‟ngi
davrlari.
3. „inxasov Y.D. Hozirgi zamon o‟zbek tili leksikasi. T., 1960.
4. Begmatov E. Hozirgi o‟zbek adabiy tilining leksik qatlamlari.
5. Muhammadjonova G. O‟zbek tili leksikasi taraqqiyotining bahzi
masalalari. T., 1982.
6. Abdullaev F. Til qanday rivojlanadi? T., 1972.
7. Usmonov S. O‟zbek tilining lug‟at tarkibida tojikcha-forscha va
arabcha so‟zlar. T., 1962.
8. Hamdamov J. XIX asrning yarmida rus tilidan o‟zbek tiliga so‟z qabul
qilishning asosiy sabablari. T., 1964.
9. „o‟latov M. Rus tilining o‟zbek tili taraqqiyotiga tahsiri haqida. T.,
1956.
10. Hozirgi zamon o‟zbek tili. T., 1957.
11. Mirzaev M., Usmonov S., Rasulov I., O‟zbek tili. T., 1978.
12. Abdullaev F. O‟zbek tili leksikasining bahzi bir masalalariga doir. T.,
1949.
13. Aliqulov T. O‟zbek tilida „olisemantik otlar.
14. Abdullaev F. Hamza asarlarining tili.
15. O‟zbek klassik adabiyoti asarlari uchun qisqacha lug‟at. T., 1953.
16. Usmonov O., Doniyorov R., Ruscha-internatsional so‟zlar izohli
lug‟ati. T., 1965.
17. SHoabdurahmonov SH. O‟zbek tili va o‟zbek xalq shevalari. T., 1962.
18. Qishloq xo‟jaligi terminologiyasi. T., 1931.
19. Abdunazarov O., Yigirmanchi yillardagi o‟zbek adabiy tili leksika va
frazeologiyasi taraqqiyotining bahzi masalalari.T.,1968.
20. Tursunov U., Muxtorov J., Rahmatullaev SH. Hozirgi o‟zbek adabiy
tili. T., 1968.
21. „o‟latov M. Rus tilining o‟zbek tili lug‟at sostavining boyishidagi roli.
T., 1958.
22. Ibrohimov S.Farg‟ona shevalarining kasb-hunar leksikasi. T., 1956.
23. Nurmonov A., Teshaboev A., So‟fixo‟jaev N. O‟zbek tiliga g‟arbiy
Ovru‟o tillaridan olingan ilmiy-texnik terminlarga doir mulohazalar //
Tahlim muammolari. 1999. № 3.
24. To‟raxo‟jaeva A. O‟zbek ijtimoiy-siyosiy leksikasi. T., 2012.
25. Rahmatullaev SH. Hozirgi zamon o‟zbek tilidagi o‟zlashtirma
frazeologik birliklar haqida. T., 1957.
Do'stlaringiz bilan baham: |