H.
OsipowFrederick T. L. Leong The Ohio State University Azy Barak.2001.
7.
Bordavskaya N.V., Rean A.A. Pedagogika.-M.: Piter, 2004.
8.
Professionalnaya pedagogika. Uchebnik dlya studentov. - M.: Pedagogika,
2002.
9.
Nishonova S. Komil insonni tarbiyasi: o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
muassasalari
uchun qo’llanma. -T.: Istiqlol. 2003
10.
G’ulomov S.S. va boshqalar. Axborot tizimlari va texnologiyalari. T.:
“SHarq”
nashriyot-matbaa aktsiyadorlik kompaniyasi, 2000.
11.
Egamberdiev E., Xo’jamqulov H. Kichik biznes va tadbirkorlik. - T.:
Ma’naviyat,
2003.
12.
Xoshimov K. va boshqalar tahriri ostida. Pedagogika tarixi - T.: Fan, 2001.ф
13.
E. G’. G‘oziev, K Q. Mamedov. Kasb psixoloiyasi. T. 2003y.
14.
N. V. Gafurova, V. L. Lyax, ye. V. Feskovai dr. ‘Psixologyaprofessionalnogo
obrazovaniya” (abirskiy federalnbiy
univensitet) SFU, 2010.
Internet resurslari
1.
www.edu.uz
2.
www.ziyonet.uz
3.
www.tuit.uz
Mavzu: Ruhiy hayajon va ruhiy holat omillari. O’quv jarayonida ruhiy
zo’riqishlarni vujudga kelishini dastlabki omillari. Informasion ruhiy zo’riqishlar. Reja:
1.
Informatsion ruhiy zo‘riqishlar to‘g‘risida tushuncha.
394
2.
O‘quvchi shaxsini ma’naviy, axloqiy va intellektual taraqqiyotiga ta’sir etuvchi
omillar.
1.
Informatsion ruhiy zo‘riqishlar to‘g‘risida tushuncha.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi ta’lim jarayoniga alohida
o‘zgarishlar kiritdi va pedagogning mas’uliyatli vazifalari doirasiga katta ta’sir
ko‘rsatdi. Bugungi kunda o‘qituvchining yetuk mutaxassis shaxs sifatida shakllanishi
uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali
foydalana bilishi, haqiqiy axborot madaniyatini egallashi juda zarur.
Yangi avlod pedagoglari o‘zlari dars o‘tadigan aniq bir fan mazmuni va
maqsadlariga to‘la mos bilimni egallashlaridan tashqari, o‘quvchilarning individual
xususiyatlarini hisobga olgan holda, ularni barkamol rivojlantirishlariga yordam
beruvchi texnologiyalarni to‘g‘ri tanlab va qo‘llashni bilishlari kerak.
Mana shu vazifani bajarish uchun dastlabki qadamni amalga oshirish, yani —
kompyuterda ishlashni o‘rganish, uning va internet taqdim etayotgan imkoniyatlardan
foydalanib, ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashga o‘rganishlari zarur.
Ushbu birinchi qadam odatda, maxsus kurslarda amalga oshiriladi. Ba’zi pedagoglar
uchun bu qiyin ish emas, ammo ko‘pchilik uchun bu ma’lum emotsional hayajonlanish
holatlari bilan bog‘liq bo‘ladi.
O‘qituvchiga o‘quv materialini an’anaviy tarzda o‘zlashtirish, odatlangan hayot
tarzini o‘zgartirishni istamaslik, olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyati bilan
bog‘liq bo‘lgan psixologik xususiyatdagi muammolarni hal qilishda yordam ko‘rsatish
zarur.
Bunda
jamiyatdagi
yangi
axborot-kommunikatsiya
texnika
va
texnologiyalari(AKT) hamda internet tarmog‘idagi axborotlarga qarama-qarshi
munosabatlar, inson salomatligiga kompyuterning ta’siri va shu kabilar bilan bog‘liq
ayrim fikrlar ham ma’lum rol o‘ynaydi. Ammo asosiy psixologik to‘siq pedagogning,
ayniqsa, katta yoshdagi o‘z kasbining egasi bo‘lgan o‘qituvchining kasbiy-mutaxassislik
yondashuvi — yangi bilimlar sohasini o‘zlashtirishda muvaffaqiyatsizlikka uchrashdan
cho‘chish holati bo‘lib hisoblanadi.
Hatto ba’zan ruhiy zo‘riqish holatlarining fiziologik belgilari ham paydo bo‘lishi
395
mumkin. Bu holda albatta, psixologik hissiyotlar ta’sirini susaytirishni istagan himoya
mexanizmlari ishga tushadi: AKT’dan foydalanuvchining motivatsiyasi pasayadi,
diqqatini jamlashda qiyinchilik yuzaga keladi. Bularning barchasi ta’lim samaradorligini
pasaytirishi mumkin. Ruhiy zo‘riqish holatining fiziologik belgilaridan quyidagicha:
uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, yurakning tez urishi, bel, oshqozon, yurakdagi og‘riqlar,
siqilish holatlari yuzaga keladi.
Ruhiy zo‘riqish holatlarining psixologik belgilari: parishonxotirlik, xotira buzilishi,
xavotirlanish, yig‘loqilik, ortiqcha xavotirlanish, sababsiz qo‘rquv, jizzakilikdan iborat.
Bu o‘ziga ishonchni yo‘qotishga olib keladi. Ta’lim olishga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi,
shu sababdan ham ruhiy zo‘riqish holatini tezroq yo‘qotish kerak!
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, axborot texnologiyalari borasidagi bilimlarni
o‘zlashtirish pedagog shaxsining individual-psixologik xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Shu maqsadda yangi axborot texnologiyalarini o‘rganishni va dars jarayoniga joriy
etishni istagan pedagoglar, uning imkoniyatlaridan yanada kengroq foydalanish
niyatidagi o’quvchi-yoshlar va o‘quvchilarga bu jarayonni yengillatish hamda kun bo‘yi
kompyuter bilan muloqotda bo‘ladiganlar turli xil mashqlarni bajarishlari lozim.
Bundan tashqari, kuchli aqliy va emotsional mehhat davrida ovqatlanishga alohida
e’tibor qaratish lozim. Bunda: ko‘proq yong‘oq, sut mahsulotlari, baliq, go‘sht, meva va
sabzavotlar, shokolad iste’mol qilish zarur. Mehnat sharoitini tashkil etishda ish stoliga
sariq yoki binafsha rangli predmetlar yoki kartina qo‘yish kerak, chunki ushbu ranglar
intellektual faollikni oshiradi.
Hozirgi kunga kelib, axborot -telekommunikatsion texnologiyalari deyarli barcha
sohalarda keng qo llanilmoqda. Deyarli barcha kasb turlari ushbu texnologiyalar bilan
uzviy bog’liq. Shunday ekan, har bir kasb egalaridan axbotor texnologiyalari bilan
qanday munosabatda bolishlikni bilish talab etiladi.
Keyingi paytlarda kompyuter bilan ishlash turli xil kasalliklar keltirib chiqarish
ehtimolini oshirishi haqida tez-tez gapirilmoqda. Bundan xulosa qilib, kompyuter
sog'liqqa zararli degan fikr yuritish noto'g'ri. Kasalliklarning kelib chiqishida ko'proq
foydalanuvchilarning o'zlari kompyuterda ishlashning elementar ergonomik talablariga
396
va mehnatni tashkil etish qoidalariga rioya qilmasliklari sabab bo'lmoqda.
O'tirgan holda ishlaydigan har bir mehnat turiga o'xshash tarzda kompyuter bilan
ishlashda ham foydalanuvchi tanasi ma'lum muddat bir xil holatda bo'ladi. Bu esa
foydalanuvchining umurtqa pog'onasida va ba'zi mushaklarda statik zo'riqishning
kuchayishiga olib keladi. Shu bilan birga, bunday holat toz va boshqa quyi qismlarda
normal holatda qon aylanishi buzilishiga olib keladi. Shaxsiy kompyuter bilan ishlashda
axborot olishning asosiy manbai kompyuter monitori bo'lgani uchun ko'z tizimida ham
zo'riqish kuchayadi. Bulardan tashqari, kompyuter monitori yoki yordamchi qurilmalari
ishlashi jarayonida organizmga turli xil elektromagnit nurlar, elektrostatik maydon va
tovush shovqinlari salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Ko'pchilik foydalanuvchilarning virtual dunyoga sho'ng'ib, Internet resurslariga
murojaat qilishlari, ayniqsa chat-muloqotlariga yoki ko'ngil ochar o'yin dasturlari bilan
mukkasidan ketib, berilib ishlashlari ularning ruhiy holatlariga ham o'z ta'sirini
o'tkazmay
qo'ymayabdi.
Natijadaorganizmgaquyidagisalbiyholatlaro'zta'sirinio'tkazmoqda :
>
Ko'zxiralik ;
>
Osteoxondroz;
>
Quruqko'zsindromi;
>
Tunnellisindromi;
>
Allergiya va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |