Fromm Erix(1900-1980)— germaniyalik — amerikalik faylasuf,
sotsiolog va psixolog. Neofreydizmning asoschilaridan biri. Ijtimoiy
taraqqiyot g‗oyalarining targ‗ibotchisi. Geydelberg un-tining tugatgach, fal.
d-ri ilmiy darajasini olgan (1929). 1923-1924 y.da Berlindagi psixoanalitik i-
t.da psixoanaliz kursini o‗tagan. 1929-1932 y.larda Frankfurt-Maynedagi
ijtimoiy tadqiqotlar i-t.ida ishlagan. 1933 y.da AqSHga muhojir bo‗lgan,
o‗qituvchilik va ilmiy-tadqiqot ishlari b-n shug‗ullangan. 1951-1967 y.larda
Meksikada yashagan. Mexiko milliy un-ti qoshidagi psixoanaliz i-t.ga
rahbarlik qilgan. 1974 y.dan SHvetsariyada yashagan. Uning ―Erkinlikdan
qochish‖ (1941), ―o‗zi uchun yashayotgan inson‖ (1947), ―Sevmoq san‘ati‖
(1956), ―Dzen-buddizm va psixoanaliz‖ (1960), ―Marksning inson
51
konsepsiyasi‖ (1961), ―Illyuziyalar qurshovida‖ (1962), ―Inson qalbi‖ (1964),
―Umidlar revolyusiyasi‖ (1968), ―Inson destruktivligining anatomiyasi‖
(1973) ―Ega bo‗lmoq yoki bor bo‗lmoq‖ (1976) kabi asarlarida gumanistik,
psixoanalistik qarashlari aks etgan. F. fikriga ko‗ra, inson evolyusion
o‗zgarishlar natijasida vujudga kelgan mavjudot bo‗lib, xuddi o‗sha
o‗zgarishlar, instinktlar, ya‘ni tug‗ma his-tuyg‗ulari tufayli avvaldan
moslashgan, o‗zini o‗rab turgan atrof-muhit doirasidan tashqariga chiqadi,
fahm-farosat, ong hosil qiladi. YAngi moslashuv mexanizmi insonni biologik
kemtiklarini bekitish uchun qulayliklar yaratadi. Maxsus xususiyatlar: o‗zini,
alohida o‗ziga xos mavjudot ekanligini fahmlash, o‗tmishni eslash va
kelajakni oldindan ko‗ra bilish, hodisalar va voqealarni birini-ikkinchisidan
ajratib turadigan belgilarni aniqlay olish, olamni tushunish va uni aql-farosat
yordamida bilish kabilar insoniy sifatlarni shakllantirish uchun asos
vazifasini bajaradi. Inson borlig‗ining turli xususiyatlarini hoz. zamon
sivilizatsiyasi va madaniyati ta‘sirida chuqur tahlil qilgan F. ning
tushuntirishicha, inson deb nomlanuvchi mavjudotning ontologik asoslarini
bir tomondan inson borlig‗ining biri-birini doimo to‗ldirib turuvchi
umumiylik va noyoblik tashkil etsa, ikkinchi tomondan, o‗sha umumiylik va
noyoblik biri-ikkinchisi b-n hech qachon murosaga kela olmasligi tashkil
etadi. Umumiylik b-n noyoblik o‗rtasidagi ziddiyat insonni mavjud bo‗lib
turishi uchun muhim shart vazifasini bajaradi. o‗z navbatida, inson
borlig‗idagi o‗sha noyoblik, uni tabiatdan, jamiyatdan, odamlardan, hatto
o‗zidan-o‗zining begonalashuviga olib keladi. Inson o‗zining individual
xususiyatlari yordamida butun qalbini egallab olgan: bezovtalik, vahimaga
tushish, qo‗rquv kabi illatlar uchun, o‗zini aybdor, gunohkor deb, his qila
boshlaydi, uni doimo bartaraf etish yo‗llarini izlaydi. F. ta‘limotining
yadrosini, inson borlig‗idagi murakkab ziddiyatlar — dixotomiya o‗rtasidagi
o‗zaro aloqadorlik mexanizmini har tomonlama tahlil qilish tashkil etadi.
Uning fikriga muvofiq, inson borlig‗i to‗g‗risida aniq ma‘lumotga ega bo‗lish
uchun kishi faoliyatidagi biri-ikkinchisiga qarama-qarshi tomonlarni ajrata
bilish zarur. F.ning fikriga muvofiq, inson degan mavjudotni erkinlikdan
ajratib bo‗lmaydi. Chunki, inson va erkinlik o‗zining boshlang‗ich asosiga
ko‗ra biri-ikkinchisidan ajralmasdir. Ushbu asos, tabiatga moslashish
mexanizmi vujudga keltirgan majburiylikdan qochishga borib taqaladi.
Insonning o‗sha ―boshlang‗ich tomir‖ b-n aloqani uzishi, kishi tabiatida
qarama-qarshiliklar va muammolar, ekzistensial dixotomiyani vujudga
keltiradi. F.ni tushuntirishicha, inson tabiatidagi eng asosiy dixotomiya — bu
hayot b-n o‗lim orasidagi kurashdir. o‗lim insonni yana boshqa dixotomiyaga
— hali foydalanilmagan imkoniyatlar b-n, kishilarni qisqa hayoti jarayonida
o‗sha imkoniyatlarni ro‗yobga chiqarish mumkin emasligi orasidagi kurashga
undaydi. F. inson tabiatini tanishtirishda Freyd biopsixologizmidan
52
yiroqlashdi. Evolyusion sotsiobiologik pozitsiyada turdi. Tarixiylik prinsipiga
asoslandi. Insondagi turli ehtiroslar kishining instinktlari b-n emas, balki
uning ijtimoiy tabiati b-n bog‗liq ekanligini isbotlashga urindi. Instinktlar
insonni fiziologik ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qiladi. Ehtiroslarni
vujudga kelishida, nafaqat instinktlar, balki biosotsial motivlarning kuchi
yirik ahamiyatga ega bo‗ladi. Insonning ehtiroslari (mas.: muhabbatga,
erkinlikka, sadizmga, mazoxizmga moyilligi) uning o‗ziga xos maxsus
ekzistensial ehtiyojlariga bo‗lgan javobidir. Ushbu holatlar, shubhasiz uning
xarakterida o‗z ifodasini topadi. Bunday almashish holatlarni F. insondagi
zaif rivojlangan instinktlarning almashinuvidir, deb tushuntiradi. F. fal-iy
ta‘limotidagi eng muhim g‗oyalardan yana biri— inson erkinligi
muammosidir. Uning e‘tirof etishicha, insondagi erkinlik unga bunyodkorlik
b-n shug‗ullanish uchun qulay shart-sharoit yaratib beradi. Favqulodda
tashkilotchilik va uyushqoqlikka da‘vat etadi. Agar inson shunday sharoitda
b. kishilar b-n hamkorlik qila olmasa, unda erkinlikdan qochish holatlari
sodir bo‗ladi. Xuddi shunday holatlar, F. asos solgan ―Erkinlikdan qochish‖
konsepsiyasida har tomonlama tahlil qilindi. Ushbu konsepsiya yordamida
Germaniyada fashistlarni hokimiyat tepasiga kelish jarayoni tushuntirib
berildi. ―qochish‖ning asosida tashqi muhitdan ajratib qo‗yilgan individning
ishonchsizligi va uning besamar mehnati, yuzaki hamkorlikka intilishi yotadi.
―qochish‖ni avtoritar yo‗li sadizm va mazoxizm kabi ijtimoiy mexanizmlar
yordamida amalga oshiriladi. YAngi hukmronlikka (sadizm) yoki tobelikka
(mazoxizm) intilish ruyobga chiqariladi. F.ni e‘tirof etishicha, sadizm va
mazoxizm biri-ikkinchisidan ajralgan holda alohida yashamaydi va yagona
avtoritar xarakterni turli tomonlari shaklida namoyon bo‗ladi. Xuddi shuning
uchun ham avtoritarizmda – yo tobelikka, yo xukmronlikka ya‘ni
―hokimiyatga intilish‖ga moyillik kuchli bo‗ladi. ―qochish‖ning boshqacha
uslubi destruktivizm bo‗lib, inson ongi va faoliyatdagi najotsizlikni bartaraf
etishda, jamiyatning shaxs ma‘naviyatini emiruvchi omillarga qarshilik
ko‗rsatishga bo‗lgan intilishlarida yaqqol ko‗rinadi. Destruktivizm insonni
ruhiy energiyasi b-n dialektik aloqador. Destruktiv psixika insonni
favqulodda hamkorlikka intilishga imkon bermaydi. Chunki, o‗sha
destruktivizm insonni tashqi muhitdan ajratib qo‗yishga xizmat qiladi.
Shuning uchun ham, destruktivizm va sadomazoxizmning maqsadlari turlicha
bo‗lishiga qaramasdan, ular o‗z mohiyatiga o‗xshashdirlar. Va g‗oyat
―avtomatlashgan konformizm‖ vositasida ―qochish‖ shakli, F.ning fikriga
ko‗ra, rivojlangan industrial jamiyatlarda eng ko‗p tarqalgan bo‗lib, insonni
o‗z ―men‖idan yiroqlashishida, shaxs mustaqilligini emirilishida, bir qolipda
fikr-mulohaza yurituvchi kishilar soni qo‗yilishida, standartlashgan xulq-
atvor, xatti-harakatni vujudga kelishida o‗z ifodasini topadi. F. yaratgan fal-iy
ta‘limot-psixoanalitik, ekzistensialistik, antropologik va marksistik
53
g‗oyalarning sintezidir. U o‗z ta‘limotida inson borlig‗ida mavjud bo‗lgan,
biri-ikkinchisiga hamisha zid turgan murakkab ziddiyatlarni bartaraf etish
yo‗llarini qidirdi. Ayniqsa, inson faoliyatidagi begonalashuvning turli
ko‗rinishlarini yo‗qotishga urindi. G‗arbiy Evropa sivilizatsiyasini
sog‗lomlashtirmoqchi, insonparvarlashtirmoqchi bo‗ladi. SHaxsning erkin va
ijodiy rivojlanishi yo‗llarini aniqlab berishga harakat qildi. Insonshunoslik
to‗g‗risidagi fanga, individ psixikasi b-n jamiyat sotsial strukturasi
o‗rtasidagi o‗zaro aloqadorlikni ifodalovchi ―ijtimoiy xarakater‖
tushunchasini kiritdi. Xuddi shu tushuncha yordamida G‗arbiy Evropa
madaniyati taraqqiyotining asosiy xususiyatlarini aniqlab berdi. Ushbu
metodologik tayanchga asoslanib, jamiyatning ijtimoiy hayotida vujudga
kelgan depersonalizatsiya, degumanizatsiya, begonalashuv kabi illatlarning
sabablarini tushuntirishga harakat qildi. Ana shunday illatlar ta‘sirida
shakllangan ijtimoiy xarakterni barcha turlarni (mazoxistik, sadistik,
destruktiv, konformistik va b.) aniqlab berdi. Ijtimoiy xarakterni uzluksiz
o‗zgarib turishini alohida qayd etdi. F.ning fikricha, ijtimoiy xarakter qudrati
inson shaxsini shakllanish jarayoniga, uning ijtimoiy yoki madaniy
modellariga ko‗rsatayotgan ta‘siri b-n belgilanadi. Ijtimoiy xarakter o‗ziga
turli ijtimoiy xususiyatlar yig‗indisini mujassamlashtiradi. F. o‗zi yaratgan
ta‘limotni ―Gumanistik psixoanaliz‖, deb atadi. Uningcha, inson borlig‗ida
mavjud bo‗lgan turli illyuziyalar, chunonchi, totalitar, begonalashuv
sharoitida inson o‗zining ijtimoiy ahvolini anglab etishi, o‗zining ijtimoiy
mohiyatini va ―kichkina men‖i o‗rniga haqiqiy ―o‗zligini‖ namoyon qilishi,
chinakam hayotiy dunyoqarashning shakllanishi va ichki axloqiy poklanish,
individ b-n tabiat, shaxs b-n jamiyat o‗rtasidagi uyg‗unlashuvning tiklanishi
―gumanistik psixoanaliz‖dagi taklif etilgan ijtimoiy vositalardan foydalanish
tufayli amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |