O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul‘teti



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/293
Sana24.08.2021
Hajmi1,63 Mb.
#155158
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   293
Bog'liq
sotsiologiya fanidan izohli lugat

Adorno  Teodor  (1903–1960)  –  nemis  faylasufi,  Frankfurt  falsafa 
maktabining  yirik  vakillaridan  biri,  sotsiolog,  musiqashunos,  kompozitor.  U 
modernizm  estetikasi  taraqqiyotiga  katta  hissa  qo‗shgan  tadqiqotchi  sifatida 
tanilgan.  A.T.  o‗zining  ijtimoiy  faoliyatini  17  yoshlik  chog‗idan,  tanqidiy 
yo‗naltirilgan  «Ekspressionizm  va  badiiy  haqiqat»  /1920/  maqolasini  chop 
etish bilan boshladi. So‗ngra, u musiqa haqida bahs–munozaralarga keng yo‗l 
ochib bergan, tanqidiy ruhdagi qator maqolalarni yozdi. A.T.ning tadqiq qilish 
metodi o‗ziga xos bo‗lib, u musiqa materialini ratsional baholashga tayanadi. 
Olim  1920–yillardan  boshlab,  Frankfurt  ijtimoiy  tadqiqotlar  institutining 
intelektual doirasiga taklif etildi.  
A.T.  falsafasi  jamiyat  haqidagi  har  qanday  e‘tiborli  nazariyalarga 
tanqidiy yondashish tamoyiliga amal qiladi. A.T.ning ilk falsafiy izlanishlari 


 

K‘erkegor  va  Gusserlning  ijtimoiy  reallikka  e‘tiborsizlik  bilan  qarashi  va 
sub‘ekt  rolini  o‗ta  bo‗rttirishga  qarshi  qaratilganligi  bilan  ajralib  turadi.  U 
marksizmga,  ayniqsa,  Lukach  va  Korsh  tomonidan  ishlab  chiqilgan 
nomutaassib marksizmga xayrixohlik bilan qaraydi. A.T. 1934 yili fashistlar 
Germaniyasini  tark  etib,  Angliyaga  ko‗chib  o‗tadi,  1933  yildan  umrining 
oxiriga qadar AQSHda yashaydi.  
A.T.ning asosiy asarlari: «Ekspressionalizm va badiiy haqiqat» /1920/, 
«Ma‘rifat  dialektikasi»  /1947/,  «Yangi  musiqa  falsafasi»  /1949/,  «Avtoritar 
shaxs»  /1950/,  «Negativ  dialektika»  /1966/,  «Estetika  nazariyasi»  /1970/  va 
b. 
A.T.ning  Xorkxaymer  bilan  hamkorlikda  yozgan  «Ma‘rifat 
dialektikasi»  /1947/  asarida  tarixiy  taraqqiyot  mavzusiga  murojaat  qiladi. 
Unda jamiyat tarixi ko‗p qamrovli ma‘rifatning umumbashariy tarixi sifatida 
olib  qaralib,  inson  zoti  hayot  uchun  kurash  jarayonida  doimo 
mukammalashib,  aqliy  jihatidan  ulg‗ayib  boradi.  A.T.  o‗zining  tarixiy 
taraqqiyotga  bo‗lgan  tanqidiy  munosabati  orqali  adolatli  jamiyat 
konsepsiyasini  yaratdi.  U  o‗z  tadqiqotlarida  negativ  dialektikaga  asos  soldi. 
Uning  ta‘kidlashicha,  ashyolar  va  ularni  o‗zida  ifoda  etadigan  tushunchalar 
o‗rtasida  bir–biriga  mos  kelmaydigan,  muayyan  konfrontatsiya,  o‗zaro 
kelishmovchilik  yuzaga  keladi.  Negativ  dialektikada  ma‘naviy  hayotning 
barcha  ko‗rinishlari  ijtimoiy  jihatdan  belgilanganligi  qayd  etilib,  ijtimoiy–
tarixiy reallikning insonga bo‗lgan berahm, o‗ta zo‗ravonligiga alohida urg‗u 
beriladi.  
A.T.ning  falsafiy  qarashlari  hozirgi  zamon  G‗arb  falsafasi, 
sotsiologiyasi, estetikasi, musiqashunosligi 1960 yillarda shakllana boshlagan 
so‗l–radikal talabalar harakatiga faol ta‘sir ko‗rsatdi.  

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish