Axborot jamiyati konsepsiyasi — industrial va postindustrial jamiyat
nazariyalarining davomi. Unga ko‗ra ijtimoiy tizimlarni o‗zgartirishning
yangi omili sifatida informatika, kompyuterlar va elektronika chiqadi va ular
negizida yangi sinflar va millatlardan yuqori ijtimoiy guruhlar (uyushmalar)
vujudga keladi, ijtimoiy rivojlanish mexanizmlari o‗zgaradi. Nazariyotchilari
O.Tofler, J.Neysbit, E.Masuda va boshqalar. «Axborot jamiyati»da insonning
barcha muammolari axborotdan global foydalanish hisobiga hal qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |