O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti pedagogika fakulteti


 Maktabgacha ta’lim muassasalarida metodik ishlarni  tashkil



Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/16
Sana11.01.2022
Hajmi1,44 Mb.
#348825
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
maktabgacha talim muassasalarida metodik ishlarni tashkil etish shakllari

2.3 Maktabgacha ta’lim muassasalarida metodik ishlarni  tashkil 

etishda  mehnat muhofazasi  

Mehnatni muhofaza qilish – bu tegishli qonun va boshqa me`yoriy 

hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, 

sihat-salomatligi va ish qobiliyatini saqlashni ta`minlashga qaratilgan tadbir. 

Ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiena va davolash profilak-

tika tadbirlari hamda vositalari tizimidan iborat. 

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq har bir kishi mehnat 

qilish, qonunda belgilangan tartibda erkin ish tanlash huquqiga egadir. Majburiy 

mehnat taqiqlanadi. Respublikamizda mehnat qonunchiligi faqatgina ish 

sharoitini yaxshilash va baxtsiz hodisalarining oldini olish vazifalarinigina 

ko`rish bilan cheklanmay, balki xodimlarni ishdan bo`shatishni va xodimlar 

bilan korxona ma`muriyati o`rtasidagi janjalni muhokama etishni tartibga soladi 

va mehnatkashlar manfaatini himoya qiladi.  

Jamiyatning asosiy rivojlantiruvchi  va  ishlab chiqarish tizimini 

boshqaruvchi kuch inson ekanligini e`tiborga olib, uning ishlab chiqarish 

faoliyatini va sog’lig’ini saqlash ijtimoiy taraqqiyot yo`lidagi muhim omil 

bo`lib hisoblanadi. Shuning uchun ham sanoat korxonalarining muhim talabi, 

faqat sifatli mahsulot ishlab chiqarish bo`lib qolmasdan, balki ishlab chiqarish 

sharoitini yaxshilash, ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasb kasalliklari kelib 

chiqishiga sabab bo`lgan manbalarni yo`qotish, ish faoliyati inson uchun 

charchash, toliqish va kasalliklar manbai bo`lmasdan, quvonch va baxt 

keltiruvchi faoliyat bo`lishini ta`minlashga harakat qilish zarur. 

Inson  mehnatini  muhofaza  qilishni yaxshilash-davlatimiz amalga 

oshirayotgan asosiy va muhim ijtimoiy vazifalardan biridir. ekologik xavfsizlik 

muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun 

insoniyatning umumiy muammosiga aylangan. Insoniyat qanday xavf 




 

qarshisida turganligini, atrof-muhitga inson faoliyati tufayli etkazilayotgan 

zarar qanday natijalarga olib kelganligini yaqqol his etish qiyin emas. 

O`zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimov  o`zining 

"O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va 

taraqqiyot kafolatlari" nomli asarida: «Mamlakatni jadal rivojlantirish 

borasidagi dasturiy vazifalarni amalga oshirishda fanni va ilmiy infrastrukturani 

rivojlantirish g`oyat muxim axamiyatga ega. Davlat faoliyatining muvaffaqiyati 

xozir ko`p jixatdan fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari, chuqur ilm talab qiladigan 

texnologiyalar qanchalik keng joriy etilayotgani, kadrlarning kasb tayyorgarlik 

darajasi bilan belgilanadi» - deb uqtirib o`tganlar. 

Respublikamizda chuqur iqtisodiy o`zgarish bo`layotgan bir davrda, 

kadrlar tayyorlashning milliy dasturi kuchga kirishi yuqoridagi fikrni amalga 

oshirishning dastlabki bosqichi bo`lib xizmat qiladi. Ko`p bosqichli ta`lim 

tizimiga binoan Respublikamizdagi barcha universitet va institutlarda ta`lim 

olayotgan bakalavrlarning o`quv rejasiga "Hayotiy faoliyat xavfsizligi" fanining 

kiritilishi bo`lg`usi mutaxassislarning bilimini chuqurlashtirishga, xar xil 

turdagi shikastlanishlar va kasallanish xodisalarini oldini olishda hamda 

barkamol, sog`lom kadrlarni tayyorlashda yordam beradi. 

Respublikamizda mehnat muhofazasi ishi ijtimoiy-iqtisodiy, texnik, 

gigienik hamda tashkiliy tadbirlar majmuasidan iborat bo`lib, bu tadbirlar 

mehnatkashlarning xavfsiz ishlashini, sog`lig`i va ishlash qobiliyatini saqlashni 

ta`minlaydi. 

Mehnat qonunchiligi, barcha ishchi va xizmatchilarning mehnat 

munosabatlarini boshqarib turuvchi huquqiy me`yorlar majmuasidir. Mehnat 

gigienasi va sanoat sanitariyasi, ishchilarni kasbiy kasalliklarga, zararlanish va 

zaharlanishga olib kelishi mumkin bo`lgan zararli ta`sirlarni kamaytirish yoki 

butunlay yo`q qilishga qaratilgan tashkiliy tadbirlar va texnika vositalaridir. 

"Hayotiy faoliyat xavfsizligi" ko`p bo`lg`usi mutaxassislarni mehnat 

muhofazasining ilmiy asoslariga doir bilimlar bilan qurollantirish va ularda 




 

ishlab chiqarishdagi mehnat sharoiti hamda mehnat muhofazasini yaxshilash 

muammolarini ijobiy hal etishga qiziqish uyg`otishga mo`ljallangan. 

Mehnatni ilmiy tashkil etish ishlab chiqarishga muntazam ravishda joriy 

etiladigan fan yutuqlariga hamda ilg`or tajribaga asoslanadi. Mehnat va moddiy 

boyliklardan keng, samarali tarzda foydalanishni ta`minlaydi, inson sog`lig`ini 

saqlashga yordam beradi va mehnatni hayotiy extiyojga aylantiradi. 

Hozirgi vaqtda inson - tabiiy, texnik, iqtisodiy va boshqa har xil xavf-

xatar dunyosida ishlaydi. Shu xavf - xatarlar natijasida juda ko`p insonlar 

hayotdan ko`z yumadilar (Armanistondagi zilzila, Chernobil AES halokati. 

Jigaristondagi er  siljishi,  Admiral  Naximov paroxodining cho`kishi, 

Sverdlovskiyda, Chelyabinsk - Ufa temir yo`l uchastkasida portlash va h.k. 

Shular natijasida 3000 dan ortiq odam halok bo`lgan, 20000 nogiron va 200000 

odam kasallangan. 

Birlashgan Millatlar Tashkilotining 42 sestsiyasida 1991 yildan boshlab 

tabiiy ofat va falokatlarni kamaytirish bexatarlik yillari, deb belgilangan edi. 

Hayot faoliyat xavfsizligi – inson va uning salomatligi uchun xavfsiz 

mehnat sharoitini ta`minlashga qaratilgan texnikaviy sanitar–gigienik va 

huquqiy tadbirlar majmuidir. 

Xavfsizlik texnikasi-xavfli ishlab chiqarish omillarning, ya`ni xavfsizlik 

qoidalari buzilgandagi baxtsiz hodisalar, shikastlanishlarni keltirib chiqaradigan 

omillarning insonga ta`sir etishini oldini oladigan tashkiliy va texnikaviy 

tadbirlar majmuidir. 

Ishlab chiqarish sanitariyasi-zararli ishlab chiqarish omillarining, ya`ni 

kasalliklar keltirib chiqaradigan omillarning ishchilarga ta`sirini oldini oladigan 

tashkiliy, gigienik va sanitariya-texnikaviy tadbirlar va vositalar majmui.



 

Hayotiy faoliyat xavfsizligi tushunchasi ko`p uchraydigan ta`riflar bilan 

belgilanadi. Faoliyat - insonning jamiyatda mavjud bo`lishi uchun kerakli 

sharoit. Mehnat - faoliyatning yuqori shakli. Mehnat va faoliyat shakllari 

turlicha bo`lib, ular hayotda uchraydigan aqliy, manaviy, madaniy, ilmiy va 

boshqa jarayonlarni o`z ichiga oladi. Hayotiy faoliyat xavfsizligini o`rganmay, 




 

odamlar umumiy inson huquqlarida aytilgan ...hayot, erkinlik, mehnat, shaxsiy 

daxlsizlikka erisha olmaydilar. 


Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish