Amaliy mashg’ulot № 8
Spiralli klassifikatorlarning parametrlarini hisoblash
Mexanik klassifikatorlar va gidrotsiklonlar. Mexanik klassifikatorlarga reykali, spiralli va kosali klassifikatorlar kiradi. Reykali va kosali klassifikatorlar qumni chiqarib yuborish mexanizmining murakkabligi tufayli spiralli klassifikatorlar tomonidan siqib chikarilgan va xozirda qurilayotgan fabrikalarda qo’llanilmaydi. Spiralli klassifikatorlar ikki turda-botmagan va botgan spiralli qilib tayyorlanadi. Amaldagi boyitish fabrikalarida ikkala turdagi klassifikatorlarni uchratish mumkin. Lekin spiralli klassifikatorlar ҳam gidrotsiklonlarga almashtirilmokda.
Spirali klassifikatorlar gidrotsiklonlarga nisbatan kam elektr energiya sarflaydi, nisbatan yirikrok mahsulotni klassifikatsiyalayoladi va uzoqrok tahmirlash davriga ega. Asosiy kamchiligi narxining balandligi va gabarit o’lchamlarining kattaligi. Bu dastgoҳlarga va boyitish fabrikasi binolarining qurilishiga kapital xarajatlarni oshiradi. Shu kamchiliklar tufayli spiralli klassifikatorlar gidrotsiklonlar tomonidan siqib chiqarilmoqda.
Dastlabki vaqtlarda gidrotsiklonlar mexanik klassifikatorlar o’rniga asosan yanchishning ikkinchi bosqichida o’rnatildi. Bu shu bilan tushuntiriladiki ikkinchi bosqich tegirmonidan tushiriladigan mayin tuyulgan mahsulotdan asoslar va gidrotsiklonlarning ishdan chiqishi, gidrotsiklon nasadkasining yopilib qolish extimoli yanchishning birinchi bosqichidagi tegirmondan chikayotgan yirik mahsulotga nisbatan kam.
Keyinroq, qo’pol spiralli klassifikatordan kutulish va shu bilan nasos va gidrotsiklonlar ishini osonlashtirish uchun birinchi bosqich sterjenli tegirmonlar mahsuloti to’g’ridan-to’g’ri ikkinchi bosqich sharli tegirmoniga tushuvchi yanchish sxemasi qo’llanila boshlandi. Bu sxemaning kamchiligi shundaki, ikkinchi bosqichda yanchish tegirmoniga katta miqdorda yiriklik bo’yicha tayyor mahsulot tushadi. Bu rudaning ortiqcha shlamlanishiga va tegirmonning yangidan ҳosil bo’layotgan tayyor sinf bo’yicha ishlab chiqarish unumdorligini pasayishiga olib keladi.
Bazi boyitish fabrikalarida sterjenli tegirmonlarning quyulmasi gidrotsiklonlarga tushadi, bunda tegirmonning bo’g’ziga yirik mahsulotni ajratib olish uchun butara o’rnatiladi. Gidrotsiklonlarni sterjenli tegirmonlar quyulmalarini klassifikatsiyalash uchun ishlatilishi mumkinligi spiralli klassifikatorlarni ishlatish sohalarini yanada chegaralaydi.
Biroq bir qator sharoitlarni jamlaganda spiralli klassifikatorlarni o’rnatish tejamliroq hisoblanishi mumkin. Bunday sharoitlarga quyidagilar kiradi: tegirmonni bitta spiralli klassifikator bilan bog’lashga imkon beruvchi o’rtacha o’lchami, yirik va abraziv mahsulotni klassifikatsiyalash zaruriyati, elektr energiyaning yuqori narxi, markazdan qochuvchi nasos va gidrotsiklonlarning almashtiriluvchi qismlari uchun yeyilmaydigan materiallar qo’llash imkonining chegaralanganligi. Bu holda spiralli klassifikatorning roli gidrotsiklonga kelib tushadigan mahsulot tarkibidagi nisbatan yirik qumlarni ajratib olib, sharli tegirmonga yunaltirishga qaratilgan. Mexanik klassifikatorlarning o’lchamini kichraytirish uchun klassifikatorning maksimal ishlab chiqarish unumdorligiga to’g’ri keluvchi zichlikda imkon boricha dag’al (-0,6-0,8mm) quyulma olish kerak. Qolgan barcha hollarda gidrotsiklonlarni qo’llash afzal.
Do'stlaringiz bilan baham: |