Mavzu:Yanchishda klassifikatsiyalash jarayoni sxemasi parametrlarini hisoblash
Ishdan maqsad: Yanchish sxemalarida tasniflash parametrlarini hisoblashni o`rganish.
Yanchish sxemalarida quyidagi tasniflash jarayonlari qatnashishi mumkin: dastlabki tasniflash; to`liq yopiq sikldagi tekshirish tasniflash; qisman yopiq sikldagi tasniflash; slivni nazorat tasniflash; qumni nazorat tasniflash (3-rasm).
Dastlabki tasniflash
3-rasm. Yanchish sxemasida tasniflash jarayonlari
Dastlabki tasniflash jarayoni tegirmonning ish unumdorligini oshirish, shlamlanishni kamaytirish, yengil yanchiluvchan rudalarni va birlamchi shlamlarni alohida mahsulotga ajratish (agar ularni alohida siklda boyitish zarur bo`lsa) uchun qo`llaniladi.
Yanchish sxemasiga dastlabki tasniflash jarayonini qo`shish yoki qo`shmaslik ruda tarkibidagi zarrachalarning maksimal o`lchamiga va undagi tayyor mahsulotning miqdoriga bog’liq. O`ta yirik zarrali rudalarni mexanik tasniflagichga va gidrotsiklonlarga yuklash mumkin emas. Tarkibida tayyor mahsulotning miqdori juda kam bo`lgan rudalarni dastlabki tasniflashga yuborish maqsadga muvofiq emas.
Birinchi bosqich yanchishdan avval dastlabki tasniflash jarayoni kam hollarda, ya`ni rudaning o`lchami 6-8 mm dan kichik bo`lganda va undagi tayyor mahsulotning miqdori 15 % dan ko`p bo`lgan hollarda qo`llaniladi.
To`liq yopiq sikldagi tekshirish tasniflash jarayoni yanchilgan mahsulotni yirikligini nazorat qilish, tegirmonning ish unumdorligini oshirish va yanchish jarayonida shlamlanishni kamaytirish uchun qo`llaniladi.
Tekshirish tasniflash jarayoni o`rnatilganda o`lchami bo`yicha maromiga yetmagan mahsulot (aylanma yuklama) tegirmonga qaytariladi, tegirmonga tushadigan mahsulotda o`lchami katta mahsulotning miqdori ortadi va natijada tayyor mahsulot bo`yicha tegirmonning ish unumdorligi ortadi.
Bir bosqichli yanchish sxemasida (4-rasm) aylanma yuklama quyidagicha bo`ladi:
4-rasm. Yanchish sxemasi
Aylanma yuklama qiymati va tegirmonning nisbiy ish unimdorligi o`rtasida o`ziga xos bog’liqlik mavjud.
Ideal sharoitda yopiq siklda ishlaydigan tegirmonning ishlashini ko`rib chiqamiz: tegirmonga tushayotgan mahsulotda tayyor sinf bo`lmasa, tasniflagich (gidrotsiklon) ning samaradorligi 100 % ga teng bo`ladi (slivda yirik sinfdagi va qumda tayyor sinfdagi mahsulot bo`lmaydi) va tegirmon aylanma yuklama qiymatining katta–kichikligidan qat`I nazar hamisha bo`tana bilan to`lib ishlaydi.
Aylanma yuklamaning texnologik ma`nosi shundaki, u tegirmonning nisbiyish unumdorligini va undagi yirik sinfning o`rtacha miqdorini aniqlaydi. Agar tasniflash samaradorligi 100 % bo`lsa, aylanma yuklama yirik sinf miqdorini tegirmondan chiqqan mahsulot yirik sinf miqdoriga nisbatiga teng bo`ladi.
Bu yerda:
β3 — 3 chi mahsulotdagi tayyor sinf miqdori (4 rasm).
Agar tasniflash samaradorligi 100 % dan kichik bo`lsa, unda
Agar tegirmon ochiq siklda ishlab, yirikligi bo`yicha tayyor mahsulot bersa, u holda tegirmondan chiqqan mahsulotda yirik sinf miqdori nolga teng, tegirmondagi shu sinf miqdori 50 % dan kam bo`ladi. Bunday sharoitda tegirmonning ishlashi samarasiz—tegirmon nazariy unumdorlikning faqat 50 % ini beradi. Bundan tashqari rudaning o`ta yanchilib ketishi ortadi.
Ikki bosqichli yanchish sxemasida birinchi bosqichdagi tegirmon tayyor mahsulot bermaydi va u ochiq siklda samarali ishlaydi, ammo ikkinchi bosqichda o`rnitilgan tegirmonning hajmi birinchi bosqichdagi tegirmon hajmiga nisbatan ancha katta bo`lishi zarur.
Yopiq siklda tegirmonning samarali ishlashi uchun aylanma yuklamaning qiymati 150-200 % dan kam bo`lmasligi kerak. Ikki bosqichli yanchish sxemasida birinchi bosqichdagi tegirmon ochiq siklda samarali ishlashi uchun ikkinchi bosqichdagi tegirmon hajmining birinchi bosqichdagi tegirmon hajmiga nisbati 1,5-2,0 dan kam bo`lmasligi kerak.
Qisman yopiq sikldagi tasniflash jarayoni (5-rasm) faqat birnecha bosqichli yanchish sxemalarida qo`llaniladi.
Ikki bosqichli yanchish sxemalarida mahsulotni birinchi va ikkinchi bosqich tegirmonlari o`rtasida taqsimlash muhim hisoblanadi. Ikkinchi bosqichda tegirmonni to`liq quvvatda ishlashi uchun birinchi bosqich tasniflagichining slivida yetarli darajada yirik mahsulot olinishi kerak, buning esa hamma vaqt iloji yo`q, asosan tez cho`kadigan kristalli rudalarni yanchishda va yirik oxirgi mahsulot olishda.
Qisman yopiq siklda ikkinchi bosqichdagi tegirmonga yuklama sliv orqali emas, balki qum orqali beriladi, oqibatda yirik oxirgi mahsulot olish uchun ham ikki bosqichli yanchish sxemasini qo`llash sharoiti tug’iladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |