Xitoy Xalq Respublikasi Texnik – iqtisodiy
rivojlantirish hududlari
№
Hududlar nomlanishi
Joylashgan joyi
1 Yangi tajribali texnologiyalarni rivojlantirish hududi
Pekin sh.
2 Eksportga mo’ljallangan yuqori texnologiyalarni
rivojlantirish hududi
Uxan sh.
3 Yangi sanoat – texnologiyalarini rivojlantirish hududi Nankin sh.
TSukou rayoni
4 Fan va texnologiyalarni rivojlantirish hududi
SHenyan sh. Nanxu
rayoni
5 Yangi sanoat texnologiyalari hududi
Tyantszin sh.
6 Eksportga mo’ljallangan yuqori texnologiyalarni
rivojlantirish hududi
Sian sh.
7 Yuqori industrial – texnologiyalarini rivojlantirish
zonasi
CHendu sh.
8 “VEYXAY” yuqori industrial texnologiyalarni
rivojlantirish hududi
Veyxay sh.
9 “CHjunshan” yuqori industrial – texnologiyalarni
rivojlantirish hududi
CHjunshan sh.
10 Yangi sanoat texnologiyalari hududi
CHanchun sh.
11 Yuqori texnologiyalarni rivojlantirish hududi
Xarbin sh.
12 Fan-texnika yutuqlarini tajribadan o’tkazish hududi
CHansha sh.
13 Fan – texnika hududi
Fuchjou sh.
14 Yuqori industrial – texnologiyalarni rivojlantirish
hududi
Guanchjou sh.
15 Fan va texnikani rivojlantirish hududi
Xeyfey sh.
16 Yuqori industrial texnologiyalarni rivojlantirish
hududi
CHuntsin sh.
17 Yuqori industrial texnologiyalarni rivojlantirish
hududi
CHanchjou sh.
18 Yangi texnologiyalarni rivojlantirish hududi
Guylin sh.
19 Yuqori texnologiyalarni rivojlantirish hududi
CHjenjou sh.
20 Yangi texnologiyalar tajribasini rivojlantirish zonasi
Lanchjou sh.
21 Yuqori industrial texnologiyalarni rivojlantirish
hududi
SHitszyachjuan sh.
22 Yuqori industrial texnologiyalarni rivojlantirish
hududi
TSzinan sh.
23 Yangi texnologiyalarni rivojlantirish hududi
SHanxay sh.
24 Yuqori texnologiyalar sanoat hududi
Dalyan sh.
25 Fan va tnexnikani rivojlantirish hududi
SHenchjen
EIX
26 Yuqori industrial texnologiyalarni rivojlantirish
hududi
“Syamin”
EIX
27 Xalqaro fan – texnika rivojlantirish hududi
Xaynan
EIX
Manba: Capital Access Index. Milken Institute, Policy Brief. Santa Monica, USA,
May 2006.
Xitoyda tashkil etilgan texnik iqtisodiy rivojlanish zonalarida esa chet el
investitsiyalari bilan birgalikda tashkil etilgan korxonalar soni 30 mingni tashkil
etgan (shulardan 4 mingtasi Pudunda tashkil etilgan), jalb qilingan chet el
investitsiyalari esa qarib 25 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan (shu jumladan 2
mlrddan oshiqrog’i – Pudun maxsus hududiga to’g’ri keladi). Eksport miqdori bu
hududlarda 90 mlrd. AQSH dollarini tashkil etib butun Xitoy Xalq Respublikasi
eksportining 7 foizini tashkil etadi. SHundan 36 mlrd. AQSH dollari Pudun maxsus
hududidan eksport qilingan, demak 3 foiz eksport qilingan tovar va xizmatlar Pudun
erkin iqtisodiy hududdiga to’g’ri kelmoqda.
Xitoy Xalq Respublikasi iqtisodiy rivojlanishining asosi bo’lib 1979 yilda xukumat
tomonidan o’tkazilgan va iqtisodiyotni integratsiyalash, tashqi iqtisodiy aloqalarni
yuksaltirish va chet el investitsiyasini jalb etish borasida “ochiq eshiklar”
siyosatining o’tkazilishi bo’lib xizmat qiladi. Bu siyosat o’z o’rnida bir necha
davrlardan tashkil topgan.
3
Tashkil etilgan erkin iqtisodiy hududlar asosan mamlakatning janubiy – sharqida
joylashganligi uchun bu hududda sanoat ishlab chiqarish va savdo faoliyati, tashqi
savdoni rivojlantirish xalqaro iqtisodiy va texnologik kooperatsiya jarayonlarida
qatnashishni yo’lga qo’yish uchun xizmat qiladi. Biz yuqorida Xitoy Xalq
Respublikasiga jalb qilingan investitsiyalar faoliyati va ularning iqtisodiyotga
ta’sirini ko’rib o’tgan bo’lsak, endi o’sha investitsiyalarning erkin iqtisodiy
hududlarga qanchalik ta’sir etishini ko’ramiz.
Bu erkin iqtisodiy hududlarga iqtisodiy boshqaruv tizimidan qatiy nazar xuquqlar
berilgan. Investorlar uchun bu yerda kamaytirilgan soliq stavkalari, kirish va chiqish
uchun maxsus qoidalar amal qiladi. Bu hududlardagi barcha sanoat ishlab chiqarish
va savdo koxonalari chet el investitsiyasi xisobiga, bir qismi esa Xitoy Xalq
Respublikasi mehnat resurslari xisobiga tashkil etilgan. Bu hududlarda ishlab
chmqarilgan mahsulotning teng yarmi xalqaro bozorlarda realizatsiya qilinadi. Erkin
iqtisodiy hududlarda mehnatni tashkil qilish va muxofazasi masalalarida
mamlakatning boshqa korxonalariga qaragnda bir muncha farqlanadi. CHet el
texnikasi va texnologiyasini ishlab chiqarishga jalb etish borasida SHenjen iqtisodiy
hududi qo’shma korxonalarida mehnat unumdorligi 5-6 barobar, kapital
qo’yilmalarining samaradorligi esa davlat sektoriga qaragnda ikki barobar yuqoridir.
Ishchilarning yashash sharoiti va xizmat ko’rsatish darajasi yuqoriligi va yangi
xo’jalik usullarining qo’llanilishi uchun barcha sharoitlar yaratilgandir. CHet el
investorlari uchun mehnat unumdorligini oshirish – foyda normasining oshishi
uchun xizmat qilganligi bois kuchli xuquqiy va iqtisodiy asoslangan bo’lishi lozim.
Erkin
iqtisodiy
hududlar
iqtisodiyotining
rivojlanish dinamikasi
shuni
ko’ratmoqdaki 2006 yil ma’lumotlariga ko’ra – YaMM ning o’sishi Pekinda 11,3
foizga, SHanxayda 21,4 foizga, Guandunda 31,5 fizga va SHandunda 33,4 foizga
o’sgan. Ichki yalpi mahsulot esa bu 5 erkin iqtisodiy hududlarda 180 mlrd. yuanni
tashkil etgan bo’lib, eksport va import xajmi oxirgi besh yillikda 3 barobar o’sgan.
Uning xajmi esa 55 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Qolgan 30 ta erkin iqtisodiy
va texnologik rivojlanish hududlarida ishlab chiqarilgan YaIM esa 76 mlrd. yuanga
3
Богомолов О.Т. Мировая экономика в век глобализации: Учебник. — М.: ЗАО «Экономика», 2007
teng bo’lib, ularning eksporti esa 3,8 mlrd. AQSH dollariga tengdir. Jami erkin
iqtisodiy hududlar va erkin rivojlanish hududlariga jalb qilingan chet el kapitali –
sanoatda 60 foiz qo’shma qiymat va nodavlat sektorlarida sanoatdagi qo’shimcha
mulk asosida 61 foiz qayta ishlab chiqarilgan qo’shimcha qiymatning tashkil
topishiga olib keldi. Qo’shimcha qiymat chet kapitali bilan tashkil etilgan
korxonalarda 48,8 foizga o’sgan bo’lsa, chet el investorlari jalb qilinmagan jamoa
korxonalarida 28,5 foizga, davlat korxonalarida esa 14,4 foizga o’sdi xolos.
Erkin iqtisodiy hududlar rivojlanish dinamikasini taxlilidan ko’rinib turibdiki bu
hududlarning tashkil etilishi xaqiqatdan ham iqtisodiyot uchun muhim ahamiyat
kasb etadi. Buni Pudun iqtisodiy hududi misolida isbotlash mumkin.
Pudun iqtisodiy hududining rivojlanish asoslarini yuqorida aytib o’tdik. Qo’shimcha
sifatida shuni takidlash joiz – ki, 1996 yildan boshlab bu iqtisodiy hudud uchun
yangi imtiyozlar belgilangan me’yoriy xujjatlar ishlab chiqildi. Bu me’yoriy
xujjatlar asosida hududlarda korxonalarning faoliyat ko’rsatishi uchun litsenziyalar
berish Pudun rayoni ma’muriyatining o’zida amalga oshiriladigan bo’ldi. Rayon
ma’muriyatiga shu bilan birga 30 mln. AQSH dollarigacha bo’lgan loyixalar
taqdirini mustaqil xal etish xuquqi ham berildi. SHu bilan bir qatorda bu rayonda
chet ellik tadbirkolar ko’chmas mulklarni, yerni ijaraga olish xuquqiga egadirlar.Bu
yerda o’zlari uchun ofislar va boshqa qurilish ishlarini amalga oshirishlari mumkin.
Qishloq xo’jaligi uchun kerakli bo’lgan ishlab chiqarish vositalari, ko’mir, metallar
va qimmat baho qog’ozlar savdosi uchun 10 mlrd. AQSH dollari xajmigacha
bo’ladigan jarayonlar uchun umumiy asosdagi forvrd birjalari tashkil etildi. Bir yil
davomida 4 mlrd. AQSH dollari xajmidagi jarayonlar uchun valyuta markazi va
valyuta jarayonlarini sug’urta qilish kompaniyalari, chet ellik tadbirkolar uchun
Xitoy Xalq Respublikasidagi kompaniyalar aktsiyalarini tarqatuvchi qo’shma
banklar faoliyat ko’rsatmoqda. Tashkil etilgan ko’pchilik korxonalar eksport
maxsulotlari ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan bo’lib, chet ellik investorlarni
xizmat ko’rsatish sohasiga, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarini va uning
infrastrukturalarini tashkil etish uchun sarflamoqdalar.
Pudun iqtisodiy hududining faoliyat ko’rsatayotgaligi sababli SHanxay rayoni
xalqaro iqtisodiy - savdo va bank markaziga aylanib, yirik kompaniyalarning 130
tasi faoliyat ko’rsatmoqda. YaIMning o’sish sur’atlari esa 1980 yildagiga nisbatan
1990 yilda 15 fiozga o’sgan bo’lsa, chet el investitsiyalarining salmog’i 2 barobarga
o’sib 3.5 mlrd. AQSH dollarin tashkil etdi. 1995 yilda bu rayonda YaIM 41.2 mlrd
yuanni tashkil etib, 1994 yilga nisbatan 22 foizga o’sgan. SHu bilan birga 3.5 ming
dona chet el investitsiyasi bilan ishlaydigan korxonalar tashkil etilgan bo’lib, jalb
etilgan investitsiyalar salmog’i 1995 yilda 14.2 mlrd.AQSH dollarni tashkil etdi. Bu
korxonalardan eksport qilingan mahsulot xajmi esa 2.5 mlrd. AQSH dollari
miqdoridadir.
Erkin iqtisodiy hududlar bilan bir qatorda Xitoy Xalq Respublikasida yuqori
texnologiyalar zonasi ham muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatmoqda.Bunday
zonalarning tashkil etilishi, fan – texnika yutuqlarini sanoat ishlab chiqarishga tezroq
jalb etish uchun muhim ahamiyatga ega omillardan biridir. Bunday zonalarning
tashkil etilishi 1985 yilda Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar Akademiyasi rayosati
tomonidan Pekin shahriga yaqin bo’lgan CHjunguantsunda “Elektron ko’chalar”
deb atalgan zona va SHenchjenda ilmiy – texnik sanoat zonasining tashkil etilishi
bilan asos solindi.
Erkin yuqori texnologiyali rivojlanish zonasi mamalakat hududida bir tekisda
taqsimlanmagan. Bu taqsimlanish mamlakatda fan – texnika yutuqlarini barcha
erkin iqtisodiy rivojlanish hududlarida tajribadan o’tkazish imkonini beradi. Bu
hududlarning barchasi o’z – o’zini mablag’ bilan ta’minlash, iqtisodiy mustaqillik
tamoyillari asosida tashkil etilgan. Bu zonalarga chet el investitsiyalarining
kiritilishi ham muhim ahamiyatga egadir. SHu bilan bir qatorda bu zonalarda
joylashgan korxonalar soliq va bojxona imtiyozlariga egadir. Bu korxonalarda
boshqaruv apparatining ratsional formalaridan foydalanish va ishlab chiqarishning
turli xil usullaridan barcha mulk ko’rinishlarida foydalanish loyixalari sinovdan
o’tkaziladi. Davlat tomonidan moliyalashtirish miqdori ko’p emas, shuning uchun
bu korxonalar ko’pchilik xollarda bank kreditlaridan foydalaniladi. Albatta bu
tashkil etilgan zonalarda o’ziga xos muammolar mavjud. Bu muammolar
majmuasini 1997 yilda Xitoy Xalq Respublikasiga qaytarib berilgan – Gonkong
iqtisodiy offshor hududi faoliyatini taxlil qilish orqali olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |