O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


§ 6.4. O’zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish imkoniyatlari va



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/178
Sana20.04.2023
Hajmi2,47 Mb.
#930717
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   178
Bog'liq
Umarkulov JAHON IQTISODIYOTI Majmua 230413 110836

§ 6.4. O’zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish imkoniyatlari va 
mavjud istiqbollar tahlili 
Erkin iqtisodiy hududlarini tashkil etishda mamlakatimizda ham bir qator ishlar olib 
borilmoqda. Eng asosiylari sifatida 1996 yil 25 aprelda qabul qilingan “erkin 
iqtisodiy hududlari” to’g’risidagi qonun, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish to’g’risida”gi 
Farmoni (02.12.2008 y. N PF-4059) kabilarni keltirish mumkin. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan Navoiy shahri 
xalqaro aeroporti hududida MDH mamlakatlarida birinchi bo’lgan “Navoiy” erkin 
industrial-iqtisodiy zona tashkil etilmoqda. Erkin industrial-iqtisodiy zonaning 
muvaffaqiyatini belgilovchi eng muhim jihatlardan biri – bu uning yonida 
joylashgan transkontinental intermodal xab bo’lib, u 2009 yil yanvaridan buyon yuk 
tashish bo’yicha dunyoda yetakchi sanalgan “Korean Ayr” kompaniyasi tomonidan 
boshqarilmoqda.
Jahon standartlariga javob beradigan va jahon bozorlarida talab qilinadigan 
mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan, zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab 
chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy investitsiyalarni, birinchi galda to’g’ridan-
to’g’ri investitsiyalarni jalb etish bo’yicha qulay shart-sharoitlar yaratish, 
shuningdek Navoiy viloyatining sanoat salohiyatini, ishlab chiqarish, transport-
tranzit va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish maqsadlarida, "Navoiy" erkin 
industrial-iqtisodiy zona hududida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining asosiy 
yo’nalishi - zamonaviy xorijiy yuqori unumli asbob-uskunalar va texnika, 
texnologik liniyalar va modullar, innovatsiya texnologiyalarini joriy etish hisobiga 
yuqori texnologiyali, jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlarni keng 
ko’lamda ishlab chiqarishdan iborat etib belgilandi.4 
4
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Навоий вилоятида эркин индустриал-иқтисодий зона ташкил 
этиш тўғрисида”ги Фармони 


Hamda, “Navoiy” EIIH uchun quyidagi talablar hukumat tomonidan asosiy 
ustuvorliklar sifatida belgilab olindi:
-"Navoiy" erkin industrial-iqtisodiy zonaning faoliyat ko’rsatish muddati 30 yilni 
tashkil etadi, va bu muddat keyinchalik uzaytirilishi mumkin;
-EIIZ faoliyati davomida uning hududida alohida bojxona, valyuta va soliq rejimlari, 
O’zbekiston Respublikasi norezident fuqarolarining uning hududiga kirish, hududda 
bo’lish va chiqib ketishning, shuningdek ular tomonidan mehnat faoliyatini amalga 
oshirish uchun ruxsatnomalar olishning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi;
-alohida huquqiy tartib, shu jumladan, soliq, valyuta va bojxona tartibi faqat EIIZ 
hududida faoliyat ko’rsatayotgan va EIIZ direktsiyasi tomonidan ro’yxatga olingan 
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun amal qiladi;
-"Navoiy" erkin industrial-iqtisodiy zona faoliyatini muvofiqlashtirish va tezkor 
boshqarish tegishli ravishda davlat organlari vakillaridan tashkil etiladigan 
Ma’muriy kengash va EIIZ direktsiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Ma’muriy 
kengashning shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
-"Navoiy" erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etilgan barcha hudud EIIZ faoliyat 
ko’rsatadigan butun davr mobaynida foydalanish va boshqarish uchun Ma’muriy 
kengashga beriladi;
-"Navoiy" erkin industrial-iqtisodiy zona direktsiyasi xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlarga EIIZ hududida yer uchastkalarini subijaraga topshirish, o’z huquq va 
majburiyatlarini ijara shartnomasi bo’yicha boshqa shaxsga berish, ijara huquqini 
garovga qo’yish, ularni ulush sifatida ustav kapitaliga qo’shish huquqisiz ijaraga 
beradi. EIIZ hududida yer uchastkalarini sotish va boshqacha tarzda o’zgaga berish 
taqiqlanadi.
O’z navbatida "Navoiy" erkin industrial-iqtisodiy zonada ro’yxatdan o’tgan 
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga bir qator imtiyozlar taqdim etilgan, xususan - ularga 
kiritilgan to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar hajmi quyidagicha bo’lgan taqdirda yer 
solig’i, mulk solig’i, daromad solig’i, obodonchilik va ijtimoiy infratuzilmani 
rivojlantirish solig’i, yagona soliq to’lovi (kichiq korxonalar uchun), Respublika 
yo’l jamg’armasi va Respublika maktab ta’limini rivojlantirish jamg’armasiga 
majburiy to’lovlardan ozod etilsin:
-
3 million yevrodan 10 million yevrogacha - 7 yilga;
-
10 million yevrodan 30 million yevrogacha - 10 yilga. Keyingi 5 yil 
davomida foyda solig’i va yagona soliq to’lovi hajmi amaldagi stavkadan 
50 foiz miqdorida belgilanadi;
-
30 million yevrodan ortiq bo’lganda - 15 yilga. Keyingi 10 yil davomida 
foyda solig’i va yagona soliq to’lovi hajmi amaldagi stavkadan 50 foiz 
miqdorida belgilanadi.
EIIZda ro’yxatga olingan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar EIIZ faoliyat ko’rsatadigan 
butun muddatga eksportga yo’naltirilgan mahsulot ishlab chiqarish maqsadida 
mamlakatga olib kelinayotgan asbob-uskunalar, shuningdek xom ashyo, materiallar 
va butlovchi qismlar bojxona to’lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun 
yig’imlardan tashqari) ozod qilinadi. O’zbekistonning ichki bozorlarida sotish 
uchun mo’ljallangan mahsulotni ishlab chiqarish maqsadida mamlakatga olib 


kiriladigan xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar uchun bojxona to’lovlari, 
agar qonun hujjatlarida boshqa imtiyozli tartib ko’zda tutilmagan bo’lsa, belgilangan 
stavkalarning 50 foizi miqdorida (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig’imlardan 
tashqari) undiriladi, bunda ularni to’lash muddati 180 kungacha kechiqtirilishi 
mumkin. Qayd etilgan imtiyozlardan foydalangan holda EIIZ hududiga olib kirilgan 
asbob-uskunalar, xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar sotilgan yoki bepul 
berilgan taqdirda, bojxona to’lovlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
byudjetga to’liq hajmda undiriladi.
SHuningdek, "Navoiy" erkin industrial-iqtisodiy zonada ro’yxatdan o’tgan xo’jalik 
yurituvchi sub’ektlarga quyidagilar ruxsat etildi:
ular o’rtasida tuzilgan shartnomalar va kontraktlar bo’yicha hisob-kitob va 
to’lovlarni EIIZ hududida xorijiy valyutada amalga oshirish;
O’zbekiston Respublikasi rezidentlari bo’lgan boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar 
tomonidan yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ish va xizmatlarning haqini erkin 
almashtiriladigan valyutada to’lash;
eksport va import qilinadigan tovarlar uchun haq to’lash va hisob-kitob qilishning 
ularga qulay shartlari va shakllaridan foydalanish.
Umuman “Navoiy” EIIZ O’zbekistonda faoliyatini boshlagan dastlabki tajriba 
bo’lib, uning qanday rivojlanishi albatta mamlakatimiz iqtisdiyotida juda katta rol 
o’ynaydi. 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish