O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti «Geografiya» kafedrasi



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/156
Sana28.01.2023
Hajmi3,22 Mb.
#904767
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   156
Bog'liq
O`UM Amaliy geografiya

kooperatsiya
bilan chambarchas bog‘liq. Yuqorida 
ta‘kidlaganimizdek, o‘tish davri iqtisodiyotida mamlakatlararo, xususan sobiq ittifoqdosh 
respublikalar orasidagi kooperatsiya ancha bo‘zildi. Mamlakat ichida dastlabki paytlarda har bir 
korxona, shahar yoki viloyat xo‘jaligi ham mustaqil bo‘lishga uringanligi tufayli ular o‘rtasidagi 
hamkorlik ham biroz qisqarishi mumkin.
Masalan, to‘qimachilik sanoatini olaylik. Ilgari Toshkent, Farg‘ona, Buxoro kabi 
markazlarda yirik ip-gazlama kombinatlari barpo etilgan edi. Ular xom-ashyoni, ya‘ni paxta 
tolasini yaqin joylashgan qo‘yshni viloyatlar paxta tozalash zavodlaridan ham olar edi. Hozirgi 
kunda bunday tipdagi korxonalar deyarli barcha viloyatlarda qurilgan. Natijada yuqoridagi 
korxonalarning kooperatsiyasi (hamkorligi) bo‘zildi, katta quvvatga, ko‘p ishchi xodimlarga ega 
bo‘lgan kombinat oqsab qoldi. 
Ayni paytda kooperatsiyaning boshqa shakllari rivojlanib bormoqda. CHunonchi, xorijiy 
mamlakatlar bilan hamkorlikda qo‘shma korxonalarning qurilishi ham kooperatsiyaning muhim 
bir turidir. 
Ishlab chiqarishda detal va texnologik ixtisoslashuvning vaqtincha kamayishi, 
kooperatsiya jarayonining qisqarishi o‘z navbatida 
kombinatlashuvning
rivojlanishini taqozo 
etadi. CHindan ham hozirgi sharoitda har qanday yiriklikdagi korxona yoki tashkilot «universal» 
bo‘lishga harakat qilmoqda.
Ma‘lumki, kombinatlashuvda muayyan bir xom ashyo aosida turli xil mahsulot ishlab 
chiqarish tashkil etiladi. U deyarli barcha sanoat tarmoqlariga xos ob‘ektiv jarayonlardir. Ammo 
kombinatlashuv albatta aniq bir yo‘nalishga ixtisoslashuv, asosiy ishlab chiqarish jarayoni 
atrofida shakllanishi lozim. CHunki har qanday mamlakat yoki viloyat xo‘jaligi eng avvalo 
ma‘lum rivojlangan soha bilan tavsiflanadi. 
Kombinatlashuvning muhim iqtisodiy tomonlari mavjud. CHunonchi, xom-ashyo, «yarim 
mahsulot» (polufabrikat) va boshqa imkoniyatlardan foydalanishda transport harajatlari 
kamayadi, iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Kombinatlashuv ishlab chiqarish chiqindilaridan, 
«ikkilamchi» xom-ashyodan foydalanish negizida ham olib boriladi. Bu, shubhasiz, katta 
iqtisodiy va eng zaruri- ekologik ahamiyatga egadir. Ammo, avval ta‘kidlaganimizdek, korxona-
kombinat darajsini nihoyatda kattalashtirish ham maqbul emas. Sababi-bunday holatda aks yoki 


15 
teskari samaradorlik vujudga keladi, transport xarajatlari, integratsiya jarayonlari, ekologik 
vaziyat salbiylashadi.
Oddiy ishlab chiqarish kombinatlaridan tashqari hududiy ishlab chiqarish komplekslari 
yoki majmualarida ham xuddi shunga o‘xshash sharoit yuzaga keladi. Bu esa iqtisodiy geografik 
samaradorlik bilan bog‘liq bo‘lib, mintaqaviy iqtisodiyotning miqdor ko‘rsatkichinigina emas, 
balki uning sifat jihatlarini ham belgilab beradi.
SHunday qilib, bozor munosabatlariga (bu demak-ochiq va erkin iqtisodiyot, 
mulkchilikning turli shakllari, monopoliyaga qarshi iqtisodiyot, raqobat muhiti va h.k.) o‘tish 
davrida ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etish shakllarida ham o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. 
Bunday sharoitda kichik va o‘rta korxonalarni barpo qilish, ixtisoslashuvni kooperatsiya va 
kombinatlashuv bilan uyg‘unlashtirgan holda amalga oshirish katta ahamiyatga ega. 
Muhandislik geografiyasi inson bilan tabiat o'rtasidagi o'zaro ta'sir natijasida vujudga 
kelishi mumkin bo'lgan oqibatlami baholash va bashorat qilish hamda ularning oldini olish 
muammolari bilan shug'ullanadi. 
Muhandis-geografik tadqiqotlar qurilish loyihalarini amalga oshi-rishda asos bo'lib xizmat 
qiladi. Muhandis-geografik tadqiqotlar asosan sanoat korxonalarini joylashtirishda, gidrotexnik 
inshootlarni (kanallar, to'g'onlar, suv omborlari va h.k.), yo'llarni loyihalashda, foydali qazilma 
konlarini qidirishda olib boriladi. 
Sanoat korxonalarini joylashtirishda muhandis-geografik tadqiqotlar ikki bosqichda 
o'tkaziladi. Birinchi bosqichda korxona qanday xomashyo asosida mahsulot ishlab chiqarishi va 
atrof-muhitga qanday chiqindilar tashlashi aniqlanadi. Ikkinchi bosqichda korxona uchun joy 
tanlanadi va mazkur joyning tabiiy-geografik sharoitining asosiy xususiyatlari aniqlanadi 
(geologik to‘zilishi, relyefi, iqlimi, suvlari, tuprog'i, o'simlik va hayvonot dunyosi, aholisi, 
xo'jaligi). Sanoat korxonasi zararli chiqindilarni ko'proq chiqaradigan boisa (ko'mir asosida 
ishlaydigan issiqlik elektrostansiyalari, sement, kimyo zavodlari), ularni aholi manzilgolilaridan 
olisda, shamol yo'nalishiga teskari bo'lgan hududlarga joylashtirish zarur. Masalan, Buxoro 
viloyatidagi Qorovulbozor neftni qayta ishlash zavodi, Qashqadaryo viloyatidagi Sho'rtang gazni 
qayta ishlash zavodi cho'lda, ya'ni aholi zich yashaydigan hududlardan ancha olisda joylashgan, 
shuning uchun ularning tabiat va insonga ta'siri kam. 
Gidrotexnik inshootlarni loyihalashda muhandis-geografik tadqiqotlar olib borishda 
quyidagilarga e'tibor beriladi: suv inshooti va tabiiy muhit o'zaro ta'sirining asosiy qirralari, 
suvning kirish-chiqishi, sho'rlanganlik darajasi, loyqaligi, bug'lanishi, to'lqinlar ta'sirida 
qirg'oqlarning yemirilishi, suvning shimilishi va suv inshootining samaradorligi, botqoqlanish, 
to‘z to'planishi, o'simlik va tuproq qoplamining o'zgarishi kabilar aniqlanadi, ayrim noxush 
hodisalarning oldini olish bo'yicha choralar ishlab chiqiladi. Masalan, Amudaryo suvi loyqa 
bo'lganligi (1 kub m da 3500 g loyqa bor) sababli, undan suv oladigan Amu-Buxoro, Qarshi, 
Shovot, Toshsoqa, Qizketken va boshqa kanallarda "o'tirib" qoladigan loyqa nasoslar yordamida 
qirg'oqqa chiqarib tashlanadi. 
Yo'l qurilishini loyihalashda muhandis-geografik tadqiqotlar, asosan relyefning tahliliga 
yo'naltirilgan bo'ladi. Chunki ko'p hollarda loyihalanayotgan yo'lning yo'nalishini, o‘zunligini, 
kengligini, arzon-qimmatligini relyef sharoiti belgilab beradi. Shuning uchun yo'llarni 
loyihalashda relyefning qiyaligi, qanday tog‘' jinslaridan tashkil topgardigi, mutlaq balandligi 
birinchi navbatda tahkl qilinadi. Avtomobil yo'llarining qiyaligi 12—15° dan oshmasligi lozim. 
Baland va qiyaligi yuqori bo'lgan joylarda yo'llar yer osti tunnellari orqali o'tkaziladi. 
Masalan, Toshkent — Andijon avtomobil yo'lining Kamchiq dovonida o‘zunligi 2,5 km I tunnel 
qazilgan). bundan. tashqari, yo'llarni loyihalashda surilmalar, sellar, qor ko'chkilari, daryo 


16 
toshqinlari ham hisobga olinadi. 
Foydali qazilma konlarini qidirish davomida muhandis-geografik tadqiqotlar ikki 
yo'nalislida olib boriladi. Birinchi yo'nalishda kon joylashgan hududning tabiiy va iqtisodiy-
geografik sharoiti o'rganiladi va baholanadi. Ikkinchi yo'nalishda foydali qazilma konini qazib 
olish jarayonida atrof-muhitda ro'y beradigan o'zgarishlar bashorat qilinadi (relyef, tuproq, 
o'simlik, iqlim, ichki suvlari, qishloq xo'jaligi, sanoati, transporti, aholisi va h.k.). 
Eslab qoling! 
Muhandislik geografiyasi inson bilan tabiat o'rtasidagi o'zaro ta'sir natijasida vujudga 
kelishi mumkin bo'lgan oqibatlarni baholash va bashorat qilish hamda ularning oldini olish 
muammolari bilan shug'ullanadi. 
Tabiiy geografik jarayonlar deb, tabiiy va sun'iy omillar ta'sirida sodir bo'ladigan 
jarayonlarga aytiladi
Tabiiy geografik jarayonlar tog‘' jinslarining yemirilishida, tog‘' jinslari fizik holatining 
o'zgarishida, yer yuzasi relyefming shakllanishi va o'zgarishida, vulkan va zilzilalar sifatida, 
atmosfera hodisalari rivojlanishida namoyon bo'ladi. 
Tabiiy geografik jarayonlar rivojlangan hududlarda turli xil in-shootlarni joylashtirish, 
qurish va ishlatishda ma'lum bir qiyinchi-liklar tug'iladi. Shuning uchun tabiiy geografik 
jarayonlar rivojlangan va tarqalgan joylarda turli xil inshootlar qurishning ilmiy asoslarini ishlab 
chiqish muammosi vujudga kelmoqda. 
Tabiiy geografik jarayonlar turlari zilzila, vulkan, sel, surilma, ko'chki, botqoqlanish, ko'p 
yillik mo‘zloq, qurg'oqchilik, o'pirilma tarqalgan joylarda qurilish ishlari olib borish uchun 
hozirgi paytda maxsus qoidalar, yo'riqnomalar ishlab chiqilgan. 
Tabiiy geografik jarayonlar tabiiy va sun'iy omillar ta'sirida vujudga keladi va rivojlanadi. 
Tabiiy omillar o'z navbatida ikki katta guruhga bo'linadi: Yerning ichki kuchlari bilan 
bog'liq bo'lgan jarayonlar va tashqi kuchlar yoki tashqi omillar bilan bog'liq bo'lgan jarayonlar. 
Yerning ichki kuchlarini endogen (yunoncha "endo" - ichki, "genos" — kelib chiqish) 
kuchlar deb ataladi. Ular ta'sirida vulkanlar otiladi, zilzilalar sodir bo'ladi. Bunday jarayonlar 
endogen jarayonlar deb ataladi. 
Tashqi omillarni ekzogen (yunoncha "exo" - tashqi, "genos" - kelib chiqish) omillar yoki 
kuchlar deb ataladi. Tashqi kuchlar ta'sirida vujudga keladigan jarayonlar ekzogen jarayonlar 
deb ataladi. Bunday jarayonlar Quyosh issiqligi, og'irlik kuchi, yer usti va osti suvlari hamda 
organizmlar ta'sirida vujudga keladi, rivojlanadi. Ekzogen jarayonlarga nurash, eroziya, 
qirg'oqlarning yemirilishi, mo‘z va shamolning ishi kabi hodisalar ham kiradi. 
Sun'iy omillarni antropogen yoki texnogen omillar deb ham ataladi. Ularga insonning turli 
xil xo'jalik faoliyati kiradi: qishloq xo'jaligi, suv xo'jaligi, tog‘'-kon sanoati, metallurgiya, shahar 
qu-rilishi, transport va boshqalar. Sun'iy omillar ta'sirida antropogen yoki texnogen jarayonlar 
sodir bo'ladi. Bunday jarayonlarga suril-malar, yer yuzasining cho'kishi, o'pirilishlar, yer osti 
suvlari sathining ko'tarilishi yoki pasayishi, daryo va ko'llarning qurishi, yangi suv havzalarining 
vujudga kelishi, yerlarning sho'rlanishi kiradi. Mazkur jarayonlar xalq xo'jaligiga katta zarar 
yetkazadi. 
 
Amaliy landshaftshunoslikning tub moxiyati xalq ho`jaligining turli xil amaliy 
maqsadlarini xal etishda landshaft haqidagi ta`limotning nazariy tamoyillari va usullaridan 
foydalanish va tatbik etishdan iboratdir. 
Landshaftshunoslikning amaliy jixatlaridan biri, asosan xalq ho`jaligining u yoki 6u 
tarmogi talablaridan kelib chikkan xolda landshaftlarni ta`riflovchi turli ma`lumotlar bilan 
ta`minlab turishdir. Bunday ma`lumotlar bilan ta`minlab turishdir. Masalan, landshaft xaritalari 


17 
tabiiy geografik rivojlantirish natijalari landshaftlarning batafsil ta`rifi va xakozolar kiradi. 
Landshaftlarga ta`lukli ma`lumotlarni amaliyotga tadbik qilishning yana bir turi landshaftlarni 
xalq ho`jaligining ma`lum tarmoklari maqsadlarida baholash bo`lishi mumkin. U ayniksa 
qishloq ho`jaligi maqsadlarida yul kurilishi, shaxar kurilishi soglikni saqlash yoki rekreatsiya 
maqsadlarida qilingan ishlarda yakkol ko‘zga tashlanadi. Ammo landshaftshunoslik fanining 
maqsadi tabiiy muxitni faqat o`rganibgina yoki baholabgina kolmasdan balki tabiiy muxitni 
yaxshilash, samaradorligini oshirish rssurslardan to‘g‘ri va okilona foydalanishning 
ilmnyhnazariy asoslarini ishlab chikishda faol ishtirok etishdir. Bundagi dastlabki kadamlardan 
biri xalq ho`jaligining yoki uning ayrim tarmoklarining yirik va muxim dasturlarini ishlab 
chikishda, turli inshootlar kurilishlari, loyixa oldi izlanishlarida landshaftshunoslarning faol 
ishtiroki bo`lishi ksrak. 
Amaliy landshaftshunoslik buyicha qilingan izlanishlar mantikan olganda umum amaliy 
landshaft xaritalariga asoslangan xolda olib borilishi shart. Bunday xaritalar odatda yagona 
dastur metodika buyicha to‘zilib, zalvorli (fundamental) tadqiqiotlar ma`lumotlariga va 
natijalariga asoslangan, ya`ni geotizmlarning ob`ektiv umumilmiy taxliliga tayangan bo‘ladi. 
CHunki ilmiy nazariy landshaftshunoslikda xam amaliy landshaftshunoslikda xam tadqiqiot 
ob`ekti bir, ya`ni turli kulamdagi geotizimlar xisoblanadi. 
Ilmiy nazariy landshaft tadqiqiotlaridan amaliy landshaft izlanishlariga utishda 
geotizimlarning kulami izlanishlarining qaysi kulamda olib borishini aniqlab olish axamiyatlidir 
. CHunki izlanishlarning maqsadiga maydoning katta kichikligiga bog‘liq xolda uning bevosita 
izlanishi ob`ekti xam masshtabi xam turlicha bo`lishi mumknn, 
Amaliy landshaftshunoslik uchun zarur ma‘lumotlarning yana biri bu umumilmiy landshaft 
xaritasida aks ettirilgan xar bir landshaft (kompleks)ii xar tomonlama yoritib bora oladigan 
ta`rifdir. Bunday ta`rifdan oldimizda to`rgan vazifa va maqsaddan kelib chikkan xolda turli 
ma`lumotlarni olishimiz mumkin. Masalan, qishloq ho`jaligi maqsadlarida bir turdagi 
ma`lumotlar kerak bo‘lsa, shaxarsozlik nuktaihnazarida esa boshqa turdagi ma`lumotlar zarur 
bo‘ladi. Bunday ma`lumotlarnn to‘g‘ri va okilona ajratib ola bilish ishning natijalariga 
to‘g‘ridanhtugrn ta`sir etadi. Boshqacharok kilib aytganda qishloq ho`jaligidagi 
maqsadlarida xam shaxarsozlnk yoki boshqa maqsadlarda xam joyning iqlimi tog‘ jinslari, 
rel‘efi, tuprogi, suv rejimi kabilarni xisobga olish kerak bo‘ladi, Ammo qishloq ho`jaligi 
maqsadlarida iqlim yoki tuproqning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar taxlil 
kilinsa. shaxarsozlik bilan shugullanuvchi muxandis uchun esa boshqa xususiyatlarni aks 
ettiruvchi ko‘rsatkichlar ko`proqaxamiyat kasb etadi. 
Landshaftlarga taalukli ma`lumotlarni amaliyotga tadbik qilish jarayonida landshaftlarning 
ma`lum bir maqsadni ko‘zlagan xolda guruxlarga birlashtirish ya`ni landshaft turlarini aniqlash 
zaruriyati tugiladi. Ularni xalq ho`jaligining u yoki bu tarmogini rivojlantirish maqsadlaridan 
kelib chikkan xolda inson tomonidan amalga oshiriladigan tadbir (inshoot kurilish, melioratsiya, 
agrotexnika va xokazo) larga qanday rsaktsiya bsrishiga karab ayrim guruxlarga birlashtirish 
landshaftlarni amaliy jixatidan baholanishni osonlashtiradi. YAna bir narsani ta`kidlab kuymok 
kerakki zalvorli ilmiy hnazariy landshaft tadqiqiotlarning natijalari joylar amaliy jixatidan 
baholashnn zarur asos bo`lishi bilan bir katorda xar doim xam ma`lum maqsad uchun zarur 
bo‘lgan ma`lumotlarni beravsrmaydi. Bunday xolda kushimcha tarzda tadqiqiotlar dalada 
o`rganish ishlari utkazishga to‘g‘ri ksladi 
A.G. Isachenko 1991 tabiiy muxitni muvofiqlashtirish maqsadlarida bajariladigan 
landshaft tadqiqiotlarning ikki qismdan nborat deb ko‘rsatadi. 


18 
1 Tadqiqotlarning zalvorli qismihgsotizmlarning strukturasi va xayotiy faoliyatiga 
bo‘ladigan inson ta`sirini xar tomonlama taxlil qilish sanaladi. 
2 Amaliy qismi esa geotizmlarni muxofaza qilish, yaxshilash va okilona foydalanish 
buyicha amaliy masalalarni echishda zalvorli tadqiqiotlardan olingan ma`dumotlarni kullay 
bilishdir. 
Amaliy landshaftshunoslikning tadqiqiot ishlari haqikatdan xam bosknchmahboskich 
bajarilishi kerak. Birinchi boskichda bajarilishi lozim bo‘lgan asosiy ishlar landshaftlarni 
aniqlash xaritaga tushirish, ularni tafsifini to‘zishdan iborat bo‘lsa, keyingi boskichda 
landshaftlar baholanadi. Bunda xar bir landshaft inson xayoti va salomatligi nuktaihnazaridan 
yoki yangi erlarni o‘zlashtirish turli sanoat va ho`jalik kurilishlari rskretsiya kabi u yoki bu 
maqsadlarda baholanishi va taxlil kilinishi lozim bo‘ladi. Xozirgi kungacha bajarilgan amaliy 
landshaft tadqiqiotlarining ko`pchiligi ana shu baholash ishlariga bagishlangandir. Ammo amaliy 
landshaftshunoslik faqat baholash bilan cheklanib kolmay o‘z oldida to`rgan maqsad va 
vazifalardan kelib chikkan xolda turli xil tavsifnomalarni ishlab chikishda faol ishtirok etish 
kerak. Landshaftshunoslik bunday ishlarni amalga oshirishda ksrakli mutaxassislar bilan 
xamkorlik qilishi lozim. 
Xalq ho`jaligining u yoki bu tarmogini rivojslantirish maqsadlarida tavsifnomalar ishlab 
chikishda albatta landshaftlarning tabiiy rivojlanishi davomida ruy bsrishi mumkin bo‘lgan 
o‘zgarishlar va insonning ho`jalikdagi faoliyati natijasida yo‘z beradigan o‘zgarishlar inobatga 
olinishi kerak. Bunday o‘zgarishlarnnng bo`lish yoki bo‘lmasligini oldindan kura bilish 
(prognozlash) amaliy landshaftshunoslikning muxim masalalaridan biridir. 
Birinchi boskichda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar ya`ni landshaftlarni aniqlash xaritaga 
tushirish ularni ta`riflab berish kabilarnn landshaftshunoslikning nazariy qismida ko‘rib o‘tgan 
edik. SHuning uchun biz quyida asosan keyingi bosqichlar haqida tuxtalamiz. 
Lanshaftlarni xalq xo‘jaligining u yoki bu tarmoqning rivojlantirish maqsadlarida 
baholash amaliy lanlshaftshunoslikning yo‘nalishidir. SHuning uchun landshaftlarni baholash
muammosi amaliy landshaftshunoslikning shu kunga asosiy muammolaridan biri 
xisoblanadi. 
Landshaftlarni u yoki bu maqsad uchun baholashning asosiy mazmuni kishilik 
jamiyatining u ski bu talablaridan kslib chiqqan xolda landshaftlarning yaroqliligi. Qulay yoki 
noqulayligini aniqlab berishdan iboratdir. Tabiiy komplekslarni baholashning uch jixati aniq 
bo`lishi kerak. 

Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish