O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat konchilik instituti energo-mexanika fakulteti



Download 3,7 Mb.
bet28/37
Sana17.09.2022
Hajmi3,7 Mb.
#849164
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37
Bog'liq
Metodichka amaliy mashg\'ulot

Amaliy mashg‘ulot №25-26


Mavzu: Aktiv va reaktiv, bir pog’onali va ko’p pog’onali, o’qdi va radial, 
nazariy va haqiqiy ish siklli gaz turbinalari. (4-soat)
Havoni pog’onali siqish va pog’onali yondirishli gaz turbina qurilmalari
Gaz turbinali qurilmalarda havoni siqish uchun sarflanadigan mexanik ishni kamaytirish uchun har bir pog’onada havoni sovitish yo’li bilan siqiladi. Bu jarayonlarni oraliq sovitgich (xolodilnik) larda amalga oshiriladi. Qancha ko’p sovitgichli pog’onalar bo’lsa, tsikl izotermaga yaqin bo’ladi va kam ish sarf bo’ladi, lekin qurilmaning murakkabliligi, qimmatliligi va gidravlik qarshiliklari ortishi tufayli quvvat tushadi. SHuning uchun sanoatda asosan, ikki pog’onali va kamdan kam uch pog’onali gaz turbinali qurilmalari qo’llanilishi mumkin (14.5–rasm).

14.5–rasm. Havoni pog’onali siqishli gaz turbina qurilmasi sxemasi.

Atmosferadan havo K1 kompressor orqali so’rib olinadi va Z kerakli bosimni siqib haroratini oshirib beradi. U yerdan havo sovitgichga kelib o’zgarmas bosimda T3 haroratgacha soviydi va K2 kompressorga kelib tushadi, K2 da yana siqiladi harorati T4 gacha oshadi. R regeneratorda harorati T5 gacha oshgan havo yonish kamerasiga kelib tushadi. U yerdan kerakli bosim va harorat olgach, turbinaga tushadi ish bajarib, yana regenerator orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi.


Bu qurilma ichki f.i.k:
0 = 11/qsov,
bu yerda: 11 – GTQ ichki foydali ishi;
qsov–yonish kamerasiga uzatilgan issiqlik miqdori.
li = lt lk1+k2
Jarayonning TS-diagrammasi 14.6 – rasmda ko’rsatilgan.

14.6–rasm. Havoni pog’onali siqishli gaz turbina qurilmasining
TS-diagrammasi.
3–4*– birinchi kompressorda havoning siqilish jarayoni:
3*–4– ikkinchi kompressorda havoning siqilishi;
4*–3* –havo sovitgichida havoning sovushi;
4–5 –regeneratorda havoning qizishi;
5–1 –yonish kamerasida issiqlik uzatilishi;
1–2 –turbinada havoning kamayishi;
2–3 –ishlatilgan havoning regeneratorga uzatilishi va atmosferaga chiqarilishdagi issiqlik almashinuvi.

Bu tsikl regeneratsiyadagi tsiklga nisbatan ko’proq samara beradi. Oraliq sovitgichlari o’rnatilishi qurilma f.i.k. oshishiga va ishlovchi gaz miqdorini kamaytirishga olib keladi.


GTQ iqtisodiy samaradorligini oshirish oraliq pog’onalardagi yonish kameralarida yoqilg’ini yoqish hisobiga bo’lishi mumkin (14.7–rasm).

14.7–rasm. Yoqilg’ini pog’onali yondirishli gaz turbina qurilmasi sxemasi.
Havo kompressor orqali regeneratorga tushadi, u erdan kerakli bosim va harorat olib birinchi yonish kamerasida yonadi. Yonish gazlari birinchi turbinaga kelib kengayadi. Birinchi turbinada ishlagan gazlar ikkinchi yonish kamerasiga kelib tushadi, bu yerda qo’shimcha issiqlik olib (yonish hisobiga) ikkinchi turbinaga tushadi. Turbinada kengayib, regenerator orqali chiqarib yuboriladi.
Bu turdagi GTQning f.i.k:
o = 11 / qn1 + qn2
bu yerda: 11–GTQ ichki foydali ishi;
qn1, qn2 – birinchi va ikkinchi yonish kameralarida olingan issiqlik miqdori.
Jarayonning T–S-diagrammasi 14.8 – rasmda ko’rsatilgan.

14.8–rasm. Yoqilg’ini pog’onali yondirishli gaz turbina qurilmasining TS-diagrammasi.
3–4 –kompressorda havoning siqilishi;
4–5 –regeneratorda havoning qizishi;
5–1 –birinchi yonish kamerasida issiqlik ajralishi;
1–2* –birinchi turbinada gazning kengayishi;
2*–1* –ikkinchi yonish kamerasida issiqlik ajralishi;
1*–2 –ikkinchi turbinada gaz kengayishi;
2–6 –regeneratorda gazning issiqlik uzatishi;
6–3–ishlatilgan gazning atmosferaga chiqarishidagi issiqlik chiqarilishi.

Oraliq pog’onalarda sovitish kabi bu tipdagi qurilmalarda yonish kameralari asosan 2 pog’onali qilib olinadi. Uni, to’rt yonish kamerali qilib olishda f.i.k. aytarlik oshmasligini va qurilma murakkab bo’lib ketishini ko’rsatadi.


Yuqori quvvatli gaz turbina qurilmasini ishlab chiqarishda ba’zan pog’onali sovitish va pog’onali qizdirish sxemalarini birgalikda qo’llaniladi. Bu sxema qurilma murakkab bo’lishiga qaramasdan, yuqori f.i.k. va optimal bosim orttirish darajasi hamda ishlatiladigan havo miqdorining kamligi bilan ham xarakterlanadi.

Download 3,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish