Modelda detallarni o‘zaro biriktirishning, uzellarni mustahkamlashning eng ratsional usularini aniqlash amalga oshiriladi.
Model konstruksiyasini, uning ishlov berish (tayyorlash va yig‘ish) uchun qulayligini tanqidiy analiz qilish ba’zan talabalardan ilgarigi yechimlarni qayta ko‘rib chiqishni, yangi detallarni loyihalashni, so‘ng ularni takomillashgan konstruksiyaning hisobga olib, joylariga moslashtirishni, yig‘ish operatsiyalarning xarakterini o‘zgartirishni va bunda zarur texnologik jixozlashni nazarda tutishni taqazo etadi. Model konstruksiyasida qo‘yilgan talablar o‘zgarsa yoki ortsa, unga boshqacha vazifa yuklansa, bu konstruksiyani modelning kinematik sxemasida ko‘rinadigan tubdan takomillashtirish, yangi uzellar va mexanizmlarni konstruksiyalash yoki tanlash, ulardagi ayrim detallarni almashtirish zaruriyati tug‘iladi. Bu ish talabalardan texnik konstruksiyalash va modellashtirish jarayonida jiddiy ijodiy kuch-g‘ayrat sarfdashni talab qiladi. Talabalar modellashtirishni o‘rganishning birinchi bosqichida asosan vazifalarni bajarish uchun kerakli barcha muhim ma’lumotlarni oladilar. Lekin bundan ana shu bosqichda talabalar o‘z ijodkorligini ko‘rsatishlari uchun sharoit yo‘q, degan ma’no kelib chiqmaydi. Chunki xato, ob’ektning chizmasi, texnik shartlari va texnologik xaritalar mavjud bo‘lsa-da, talabalar muayan darajada mustaqillik ko‘rsatishlariga to‘g‘ri keladi. Ular avvalo texnik hujjatlarni yaxshi tushunishlari: chizmalarni o‘qiy olishlari, buyumni tayyorlash va yig‘ish texnologiyasini o‘rganib chiqishlari kerak. Xususan chizmaga muvofiq materialni to‘g‘ri tanlash, kerakli asboblarni, detallarning birikish usullarini aniqlash masalalarini mustaqil hal qilish lozim bo‘ladi. Bu bosqichda talabalar muayyan bilimlarni, ko‘nikma va amaliy malakalarni o‘zlashtiradilar, ammo konstruksiya yechimlarini topish uchun asosiy izlanish amalga oshmaydi. Modellashtirishning o‘rgatishning ikkinchi bosqichi studentlar topshiriqni bajarish uchun kerakli barcha ma’lumotlarni olmasligi bilan xarakterlanadi. Ular ma’lumotlarni bir qismini spravochnik adabiyotidan foydalanib va buyum konstruksiyasini ishlashga ijodiy yondashib mustaqil holda topishlari kerak. Qisqartirilgan texnologiya hujjatlarida ham chizmalarni o‘qish va ishlashga doir, ham konstruksiyalash va texnologik jarayonni tuzishga doir topshiriqlar nazarda tutilishi tavsiya etiladi. Shu tariqa talabalar yetishmaydigan detallarni topish uchun chizmachilikka shuningdek, konstruksiyalash va texnologiyaga doir muayyan bilimlarni ijodiy qo‘llashlari kerak. Qisqartirilgan texnik hujjatlarni bajarishda talabalar tobora murakkabroq vazifalarni hal qilishlari kerakligi hisobga olinadi. Modellashtirishni o‘rgatishning uchinchi bosqichi-talablarning model uchun texnik topshiriqni bajarish bo‘yicha mustaqil holda ishlashidir. Bunda talabalar uchun texnik adabiyotlar bilan ishlashga, konstruktorlik, texnologik va tashkiliy masalalarni hal qilishga, eskizlar, chizmalar, sxemalarni, turli hisoblashlarni bajarishga, detallarni tayorlash va ulardan modelni yig‘ishga, uni ishda sinab ko‘rishga hamda tegishli tuzatishlar qilishga to‘g‘ri keladi. Texnik modellar uchun ishlab chiqariladigan texnologik hujjatlarni ikki variantda bajarish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |