Nаzоrаt vа muhоkаmа sаvоllаri
Signal manbai sifatida ishlatiladigan „Oq shovqin“ni tushuntiring.
Ma’lum korrelatsion funksiya bo‘yicha tasodifiy jarayonlarning spektral zichligini hisoblash tartibini tushuntiring.
Tasodifiy jarayonlarning spektral zichligini baholashda Furye almashtirishidan qanday foydalaniladi?
Tasodifiy jarayonlarning spektral zichligi bahosini qanday silliqlantiriladi?
MA’RUZA №18
TASODIFIY TA’SIRLARDA BO‘LGAN CHIZIQLI SISTEMALARNI HISOBLASH. DISKRET TIZIMLARNI SINTEZ QILISH
Reja:
Diskret tizimlarni sintez qilish
Diskret tizimni uzluksiz ekvivalent tizimga almashtirish.
Minimal o‘rtacha kvadratik xatoli chiziqli sistemalarning sintezi
1.Diskret tizimlarni sintez qilish
Diskret tizimlarni sintez qilishda qo‘yiladigan masala uzluksiz tizimlarnikidan farq qilmaydi, ya’ni boshqarish sifatining talab etilgan ko‘rsatgichlarini ta’minlash kerak. Uzluksiz tizimlarda bu maqsadga yetish uchun boshqaruv konturiga analogli rostlagichlar yoki korrektlovchi qurilmalar ulanadi. Bunda ulanish joyi, dinamik struktura va parametrlari aniqlanadi. Diskret tizimlarda sintezning imkoniyatlari keng, chunki analogli rostlagichlardan tashqari diskret rostlagichlar va korrektirovkalovchi qurilmalardan foydalanish mumkin, hisoblash texnikasidan foydalanganda esa korreksiyalash uchun hisoblash algoritmlari qo‘llanadi.
2. Diskret tizimni uzluksiz ekvivalent tizimga almashtirish
Korreksiyalovchi diskret tizimning ikkita strukturaviy sxemasini ko‘rib chiqamiz (9.1 - rasm).
9.1- rasm. Korreksiyalanuvchi diskret tizimlarning strukturaviy sxemasi: a – kalitning kirish joyida korreksiyalash; b – uzluksiz qismning kirish joyida korreksiyalash.
Sistemaning birinchi turi (9.1,a-rasm) xatolikning uzluksiz signali va uzluksiz chiqish signali bilan xarakterlanadi. Shuning uchun korrektirovkalash qirilmalarini sintez qilishda uzluksiz tizimlar usulidan bevosita foydalanish mumkin.
Ikkinchi tur tizimlarda (9.1,b-rasm) masala murakkablashadi. Muhandislik amaliyotida bunday strukturaviy sxema odatda, ekvivalent uzluksiz sxemaga keltiriladi. Bunda quyidagi o‘zgartishlarga asoslaniladi:
(9.1)
Quyidagi ifodani ideal impulsli elementning modeli deb hisoblash mumkin.
Nolinchi tartibli ekstropolyator uchun
Yuqorida ko‘rsatilganidek,
Agar bo‘lsa, bo‘ladi va impulsli elementning uzatish funksiyasi quyidagicha ifodalanadi:
(9.2)
Shunday qilib, axborotni saqlash qurilmasi bor real impulsli element ga teng kechikish kiritadi. Shu yo‘l bilan o‘zgartirilgan strukturaviy sxema 9.2 - rasmda.
9.2- rasm. Diskret tizimning o‘zgartirilgan strukturaviy sxemasi.
Amaliyotda modellashtirishda yanada aniqroq ifoda qo‘llanadi:
(9.3)
Bundan kelib chiqadiki, bu uzatish funksiyasi minimal bo‘lmagan fazaviy zvenoga to‘g‘ri keladi.
Diskret tizimni ekvivalent uzluksiz tizimga almashtirish haqida qaror qabul qilishda diskretlash davri qiymatini tizimdagi jarayonlarga ta’sir etadigan bir qator kattaliklar bilan taqqoslash zarur bo‘ladi. Bir qancha shartlar bajarilganda ekvivalentlash mumkin:
1. bunda berilgan va qo‘zg‘atuvchi signallarining eng katta chastotasi. Odatda qabul qilinadi.
2. bunda, rostlash vaqti; tizimning tartibi.
3. Dinamik aniqlik hisobga olinadigan kuzatuvchi tizimlarda bunda, kuzatish uchun berilgan xatolik; kirish signalining maksimal tezlanishi.
4. Turg‘unlik zaxirasining yomonlashishini hisobga olganda, , bunda, tizimdagi signallarning ishchi chastotasi.
5. Tebranuvchanlik ko‘rsatkichini hisobga olganda
Cheklovlar ichidan eng qat’iylari tanlanadi.
Shundan keyin uzluksiz tizimlarning usullari asosida korreksiyalar hisoblanadi. Diskretlash davrining qanchalik to‘g‘ri tanlangani tizimni kompyuterda modellashtirish natijalariga qarab tekshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |