O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti umumiy tilshunoslik



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/218
Sana24.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#700919
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   218
Bog'liq
umumiy tilshunoslik

I. Fonema
Til birligi bo`lgan fonema fonologik sath ob‘ekti sifatida muayyan jihatlari bilan boshqa til 
birliklaridan ajralib turadi, nisbiy mustaqillikka ega bo`ladi. 
Fonema tilning boshqa birliklariga nisbatan, ay-tilganidek, eng kichik (minimal) birligi 
bo`lib, til sistemasida (strukturasida) eng katta (maksimal) vazi-fa bajaradi. Boshqacha aytganda, 
fonema hajm taqozo-siga ko`ra minimal, ammo vazifasiga, «amaliga», til strukturasida tutgan 
mavqeiga ko`ra tengi yo`q maksimal birlik hisoblanadi. Aniqrog‘i, fonema moddiy birlik-tovush 
sifatida tilni ham, uning qator birliklarini, shuningdek, nutq birliklarini ham «yaratadi», 
«yasaydi», ya‘ni u ushbu birliklarning moddiy ashyosi, qurilish materiali hisoblanadiki, 
fonemalarsiz-tovushlarsiz na til (nutq), na uning birliklari mavjud bo`ladi, muayyan vazifa 
bajaradi. Demak, til birligi muammosini yoritish mantiqan fonemasiz (tovushsiz) uning 
xususiyatlarini aniq-lamasdan amalga oshmaydi, to`liq, mukammal bo`lmaydi. Bu — aksioma. 


154 
SHunday ekan, fonemaning o`ziga xosligi nimalarda ko`rinadi? Bular: 
1. Fonema (tovush) tilning eng kichik qurilish materiali, moddiy birligi bo`lib, ta‘sir qilish, 
sezgi uyg‘otish quvvatiga ega. 
2. Til va nutq birliklari-morfema, leksema, so`z kabilar asosida fonema (tovush) yotadi. 
Fonema ushbu birliklarning tovush qiyofasini tashkil qiladi. 
3. Fonema morfema va so`zlarni tovush jihatidan farqlaydi. Qiyoslang: bot — bor-bir-kir; 
gul - kul-kel-kim va boshqalar. SHunga ko`ra mazkur so`z ma‘nolarida o`zgarish, farqlanish yuz 
beradi. Boshqacha ayt-ganda, fonema muayyan birliklarning mazmun (ma‘no) jihati bilan 
bog‘lanadi. Demak, fonema til (nutq) bir-liklarini tashkil qilishiga, ularni tovush jihatidan 
farqlashiga, mazmun jihatiga ta‘sir qilishiga ko`ra ijtimoiy vazifa bajaradi, ijtimoiy birlik 
hisoblanadi. 
4. Fonema faqat bir tomonlama birlik-ifoda to-moniga ega. U til birligi sifatida muayyan 
belgi hi-soblanmaydi. 
5. Fonema so`zlovchilarning xotirasida o`zining ti-pik farqlovchi belgilari yig‘indisi 
zaminida shakl-langan maxsus ideal «akustik nazorat» yoki «tovush obrazi» sifatida saqlanadi. 
Fonemaning farqlovchi belgilari esa artikulyatsion (nutq a‘zolarining avto-matlashib yoki 
standartlashib qolgan tipik harakati, holati haqidagi tasavvur) va aqustik (fonema aloqador 
bo`lgan tovush tipiga xos talaffuz sifati: o`ziga xos balandligi, kuchi, tembri, cho`ziq - qisqaligi 
kabi) bel-gilar haqidagi tasavvurlar asosida qaror topadi. 
6. Fonema inson nutq a‘zolari yordamida hosil qilinadigan tovush tiplarining andozalari 
bo`lib, ular psixik — akustik obrazlar «galereyasi», qatori sifatida bizning xotiramizda saqlanadi. 
So`zlovchilar ushbu psixik — akustik obrazlar asosida nutq a‘zo-larini harakatga keltiradi va 
natijada, fonema-larning nutqiy ko`rinishlarini (tovushlarni) hrsil etadi. 
7. Fonema invariant sifatida namoyon bo`ladi, ya‘ni u til birligi sifatida umumiylik 
hisoblanadi, nutqdan tashqaridagi-nutqqacha bo`lgan — reallashmagan birlik bo`ladi, 
«nofunksional» holat. 
8. Fonemaning nutqsagi - so`z (so`z formasi), so`z birikmalari tarkibidagi ko`rinishi, 
qurshov tovush-lari ta‘sirida paydo bo`lgan qiyofasi uning vari-antidir. Demak, bunda 
fonemaning variantlari ma‘no farqlamaydi. CHunki ular bir fonemaning turli so`z tarkibida 
namoyon bo`lishi, qo`llanishi hisoblanadi. Qiyoslang: 
uyim, tun, turmush, yugur, urg’u, quruvchi 
va boshqalar. Ushbu so`zlardagi u bir fonemaning — u fonemasining - invariantning turlicha 
variantlari, xususiyliklari bo`lib qayd etiladi. 
Aytilganlardan ma‘lum bo`ldiki, tilning eng kichik qurilish materiali sifatida fonemalarning 
eng muhim, bosh vazifasi — fonologik xususiyati morfema, leksema, so`z kabi ma‘no 
ifodalovchi birliklarni hosil qilish — ularning tovush tomonini shakllantirish hamda o`rni bilan 
tovush jihatini farqlash kabi ijtimoiy vazifalarni bajarishdir. 

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish