O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti «Geografiya» kaferdrasi



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/246
Sana22.06.2022
Hajmi2,66 Mb.
#690949
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   246
Bog'liq
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

Mehnat vositalari 

insonning mehnat predmetlariga ta’sir etib mahsulotlar 
ishlab chiqarish sifatida ishlatadigan buyum yoki buyumlar majmuasidan iborat 
qurollardir. Mehnat qurollari tarkibi g’oyat xilma
-
xil bo’lib mashinalar, dastgohlar, 
asbob-uskunalar, shuningdek, mehnat jarayonini tashkil qilishning umumiy shart-
sharoitlari, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infrastrukturasidan iborat. 
Mehnat vositalari to’xtovsiz sur’atda jamiyat taraqqiyotiga mos rivojlanib 
bormoqda. 
Ishlab chiqarish vositalari - 
moddiy ne’matlarni yaratishda foydalanadigan 
mehnat predmetlari va mehnat vositalari majmuasi bo’lib ishlab chiqarish fondlari 
ko’rinishida ifodalanadi. Ishlab chiqarish vositalari va inson mehnati uzviy bog’liq 
bo’lib, yagona jarayonda ishtirok etadi. Mehnat qurollari jonli mehnat bilan bog’liq 
bo’ladi va ayni vaqtida inson mehnati faoliyati ham ishlab chiqarish vositalariga 
bog’liqdir. Ishlab chiqarish vositalarisiz insonning mehnat faoliyati ham 
bo’lmaydi. Bu jarayonlarda hal qiluvchi omil insonning o’zi, ya’ni uning ma’lum 
maqsadga yo’naltirilgan faoliyatdir. Inson ana shu ma’lum maqsadga yo’naltirilgan 
faoliyati tufayli ishlab chiqarish jarayonlarida keng qo’llaniladigan predmetlarni 
vujudga keltiradi.
 
Ishlab chiqarish kuchlari va uning mohiyati
- moddiy boyliklar va 
ne’matlar ishlab chiqarishda ishlatiladigan ishlab chiqarish vositalari hamda bu ana 
shu ishlab chiqarish vositalarini muayyan ishlab chiqarish tajribasi bilim va 
mahoratlari bilan harakatga soluvchi kishilar jamiyatning ishlab chiqarish 
kuchlarini tashkil qiladi.


Ishlab chiqarish kuchlarining eng faol va harakatchan, hal qiluvchi tarkibi - 
insonlardir. Insonlar ishlab chiqarishning moddiy-texnik asosini, fan va texnika 
yutuqlarini bilim va malakalarini qo’llab doimiy sur’atda o’zgartira
di. Ishlab 
chiqarish qurollari (mashinalar, dastgohlar, asboblar va boshqa) ham ishlab 
chiqarish kuchlarining o’zgarishi avvalo ishlab chiqarish qurollarining 
o’zgarishidan boshlanadi. C
hunki, inson mehnatini yengillashtirish va unumliroq 
bo’lishi uchun doimiy sur’atda mavjud qurollarni takomillashtirib boradi. Bu 
jarayonda insonning o’zi, malakasi ham rivojlanadi hamda ishlab chiqarishning 
yangi-yangi sohalari yuzaga keladi. 
Shuningdek, ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishga geografik muhit, 
geodemo
grafik jarayonlar (tug’ilish, mehnat resurslari, aholi zichligi kabilar), 
ehtiyojning o’sishi, ilmiy
-
texnika inqilobi kabi bir qator omillar ham sezilarli ta’sir 
etadi. Ayni vaqtda, fanning o’zi XX asrning 70
-yillardan boshlab bevosita ishlab 
chiqaruvchi kuchga aylandi. Ishlab chiqarish kuchlari shuningdek jamiyatning 
ma’naviy 

intelektual imkoniyatlarini ham o’z tarkibiga oladi. Ishlab chiqarish 
kuchlari taraqqiyoti tarixi jamiyat taraqqiyoti tarixining asosini tashkil qiladi.

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish