O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti «Geografiya» kaferdrasi


Imtiyozlar turtta asosiy guruhga ajratiladi



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/246
Sana22.06.2022
Hajmi2,66 Mb.
#690949
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   246
Bog'liq
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

Imtiyozlar turtta asosiy guruhga ajratiladi

Tashqi savdo imtiyozlari
. Bu alohida bojxona-tarif rejimini kiritish (ekport-
import bojlarini kamaytirish yoki bekor qilish) va tashqi savdo operatsiyalarini 
amalga oshirish tartibini soddalashtirish; 
Soliq imtiyozlari
. Bunda faoliyatning ma’lum ko’rinishlari soliq imtiyozlari 
orqali rag’batlantiriladi. Bu imtiyozlar so
liq bazasi (daromad, mulk qiymati va 
h.k.), uning tarkibiy qismlari (amortizatsiya ajratmalari, ish haqiga xarajat, 
transport), soliq stavkalarining darajasi, soliqqa tortilishdan doimiy va vaqtinchalik 
ozod qilish masalalari; 
Moliyaviy imtiyozlar
. U o’z i
chiga turli shakldagi subsidiyalarni oladi. 
Ularga kommunal xizmatlarning arzonligi, yer maydonlari va ishlab chiqarish 
binolari, ijara haqini kamaytirish, imtiyozli kreditlar berish kiradi; 
Ma’muriy imtiyozlar
. Korxonalarni ro’yxatdan o’tkazish va xorijiy
fuqarolar kirib-
chiqishini yengillashtirish, shuningdek turli xizmatlar ko’rsatish 
maqsadida ma’muriyat tomonidan maxsus hududlar ajratilishi.
Erkin iqtisodiy hududlar tashkil qilishning jahon tajribasi ularning umumiy 
yutuqlari, umumiy xususiyatlari va r
ivojlanishining o’ziga xos tomonlari haqida 
ma’lum bir xulosalar chiqarishga imkon beradi. Sanoati rivojlangan davlatlardagi 


erkin iqtisodiy hududlar yaxshi rejalashtirilganligi va ularni boshqarishning 
moslashuvchanligiga bog’liqdir. 
Bu hududlarni tashkil qilish ijtimoiy-
iqtisodiy jihatdan juda foydali bo’lib, 
ko’plab ish o’rinlarini tashkil qilishda, xalqaro tovar ayirboshlashni jonlantirishda, 
tashqi savdo aloqalari natijalarini yaxshilashda, ilmiy-ishlab chiqarish salohiyatini 
oshirishda katta rol o’yn
aydi. 
Rivojlanayotgan davlatlardagi erkin iqtisodiy hududlar ham o’ziga xos qator 
o’xshashliklarga egadirlar.
Birinchidan, bu davlatlarda eksport-ishlab chiqarish hududlari (EIChH) keng 
tarqalgan. Yuqorida aytilganidek, EIChH tashkil qilishga qator iqtisodiy sabablar, 
avvalambor, eksport uchun sanoat tovarlari ishlab chiqarishni rivojlantirish, 
mamlakatga xorijiy kapital, ilgor fan va texnika, zamonaviy texnik axborotlar jalb 
qilish zaruriyati kabi sabablar turtki bo’ladi.
Ikkinchidan, erkin iqtisodiy hudud
lardagi xo’jalik yuritish rejimi xorijiy 
ishbilarmonlar uchun erkinroq va imtiyozli bo’ladi. Bu erkin iqtisodiy hududlar 
orasida xalqaro raqobatning kuchayishi bilan bog’liqdir.
Uchinchidan, erkin iqtisodiy hududlar faoliyati davomida ular faoliyatining 
tovar-
sanoat diversifikatsiyasi ro’y beradi. Zamonaviy ITI yangi va yuqori 
texnologiya ishlab chiqish bilan bog’liq bo’lgan ilmtalab ishlab chiqarish 
jamlangan erkin iqtisodiy hududlarni ilgor o’rinlarga olib chiqadi.
Rivojlanayotgan davlatlar orasida Xitoyda maxsus iqtisodiy hududlar 
sezilarli rivojlandi. 80-yillarning boshlarida maxsus hududlarga birlashtirilgan 
kichik-kichik hududlar bilan boshlagan Xitoy hukumati 90-yillarning boshlarida 
bunday hududlarni yuzlab kvadrat kilometrga yoydi. Malakatda va xorijda 
mashhur bo’lgan «S
h
enchjen», «C
h
juxay», «Syamenь», «S
h
antou», «Xaynan»dan 
tashqari mamlakatda texnik-iqtisodiy hududlar (yigirmadan ortiq) va yangi va 
yuqori texnikani rivojlantirish hududlari - texnoparklar ham sezilarli rivojlandi. 
Sh
anxaydagi «Pudun» iqtisodiy rivojlanish hududiga alohida rolь
ajratilgan. Bu 
loyihaga ko’ra «Pudun» hududi bir necha o’n yil mobaynida S
hanxayni Osiyo-
Tinch okeani mintaqasidagi yirik savdo va moliyaviy markazga aylantiradi. 
Erkin iqtisodiy hududlar tashkil qilish Xitoy hukumati tomonidan 70-yillar 
oxirida e’lon qilingan
«ochiq eshiklar» tashqi iqtisodiy siyosatning tashqiliy bir 
qismi bo’lib qoldi. Erkin iqtisodiy hududlar rivojlantirish modelini tanlashda Xitoy 
rahbariyati mamlakatning joriy ehtiyojlari va bunday hududlar tashkil qilishning 
xorijiy tajribalarini e’tibor
ga oldi. Singapur, Tayvan va AQSh tajribasi alohida 
e’tibor bilan o’rganildi. Erkin iqtisodiy hududlar tashkil qilishga tayoyrgarlik 
davrida ular faoliyatining bir necha variantlari taklif qilindi. Natijada eksportga, 
xorijiy kapitalni jalb qilishga, shuningdek, ishlab chiqarish texnologiyasini 
yaxshilashga yunaltirilgan EIH tanlab olindi. Maxsus iqtisodiy hududlar «ochiq 
eshiklar» siyosatini amalga oshirgan holda, mamlakatning boshqa tumanlarini 
bog’lab turuvchi rolini o’ynay boshladi.
Xitoydagi maxsus iqtisodiy hududlar va boshqa imtiyozli investitsion 
iqlimdagi tumanlar faoliyatining amaliyoti shubhasiz muvaffaqiyatga erishdi. 
Xitoylik va xorijiy mutaxassislar EIH erishgan yutuqlar qatoriga avvalo, barqaror 
iqtisodiy o’sish sur’ati, hududlarga ko’p miqdo
rda xorijiy investitsyalarning jalb 


qilinishi, mehnat unumdorligining sezilarli o’sishi va nihoyat, aholi turmush 
darajasining o’sishini kiritishadi.
Erkin iqtisodiy hududlar muvaffaqiyati haqida guvohlik beruvchi 
misollardan tashqari ularni tashkil qilishda muvaffaqiyatsizlikka ham uchralgan. 
Masalan, Shri Lanka, Gvatemala, Liberiya, Senegal va boshqa davlatlarda turli 
ko’rinishdagi erkin iqtisodiy hududlar nafaqat muvaffaqiyatsizlikka uchradi balki 
umuman faoliyatini to’xtatdi. Buning asosiy sabablariga s
iyosiy, iqtisodiy, 
tashkiliy sabablarni ko’rsatish mumkin.
Siyosiy sabablar mamlakatdagi umumiy siyosiy beqarorlik, fuqarolar 
kelishmovchiliklari va boshqalardir. Iqtisodiy sabablarga avvalo, erkin iqtisodiy 
hududlardagi investor nuqtai nazaridan juda murakkab investitsion rejim haqidagi 
qonunchilik kiradi. EIXdagi byurokratik bashqaruv, hududda investorlarni 
ro’yxatga olishda kerak bo’lmagan protseduralar mavjudligi, hudud ustunliklarini 
yomon reklama qilinishi ham erkin iqtisodiy hududlar taqdiriga sezil
arli ta’sir 
ko’rsatadi.

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish