O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti «Geografiya» kaferdrasi


Ishlab chiqarish kuchlarining joylashishida ijtimoiy-demografik



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/246
Sana22.06.2022
Hajmi2,66 Mb.
#690949
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   246
Bog'liq
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

Ishlab chiqarish kuchlarining joylashishida ijtimoiy-demografik 
omillar

aholi soni, aholi sonining ko’payishi, zichligi, milliy tarkibi, mehnat 
resurslari va uning sifat tarkibi, aholin
ing iqtisodiy (malaka) tarkibi, ma’lumot 
darajasi, migratsion harakatlarga tortilishi, aholining hududiy joylashish tizimi 
(ovul, qishloq, kichik, o’rta, yirik va o’ta yirik shaharlar) katta o’rin tutadi.
Ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va joylashtirishda demografik 
jarayonlarning bugungi va istiqboldagi holati hisobga olinadi. Mehnat resurslari 
mavjud hududlarda sermehnat iqtisodiyot tarmoqlarini, ishlab chiqarish va 
noishlab chiqarish infrastrukturasi tizimlarini, yuqori malakali mehnat resurslari 
mavjud hududlarda zamonaviy va o’ta zamonaviy sanoat tarmoqlarini 
rivojlantirishni taqozo qiladi. Aholining hududiy joylashishiga mos ishlab 
chiqarish tizimini shakllantirish migratsion jarayonlarning tartibga solish va 
boshqarish imkonini beradi. Bu 
o’rinda sanoat korxonalarini «filiallashtirish» 
orqali ishlab chiqarish kuchlarini hududlar bo’yicha bir tekis rivojlantirishdan 
tashqari ekologik muammolarni ham yumshatish mumkin. 
4. 
Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning ijtimoiy-ekologik 
omillari
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ilmiy-texnika inqilobi tufayli 
yuzaga kelgan ekologik inqirozlar va sanoatning eng yangi sohalarining sof tabiiy 
muhitga bo’lgan talabi bilan bog’liqdir. Aholi o’sishi va ishlab chiqarish 
sur’atlarining haddan tashqari tezlashuvi, uning to’planuv jarayonining kuchayishi 
oqibatida atrof-
muhitga ta’siri kuchaydi. Atmosferaning ifloslanishi, tuproq va yer 
resurslarining yaroqsiz holga kelishi, o’rmon resurslarining qisqarishi, yirik 
shaharlardagi (megalopolislar) ijtimoiy-ekologik muammolarning haddan tashqari 
kuchayishiga olib keldi. Natijada, ishlab chiqarish kuchlarini «engillashtirish», 
ya’ni sanoat, qishloq xo’jaligi, transport va infrastuktura sohalarini mamlakat 
hududlari bo’yicha bir tekis joylashtirish, atrof
-mu
hitga ta’siri kuchli korxonalar 
(kimyo, neft-kimyo, metallurgiya va boshqalar) qurilishini cheklash siyosatini 
amalga oshirilishi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning boshqa hudud va 
mamlakatlarga «iflos» ishlab chiqarish sohalarini ko’chirish siyosatini 
yuzaga 
keltirdi. 
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarishga tobora keng sur’atda 
kamchiqit va chiqitsiz texnologik jarayonlarni qo’llashdan iborat berk ishlab 
chiqarish tizimini to’la joriy qilish qo’llanmoqda.
Umuman, sanoat, qishloq xo’jali
gi, transport, ishlab chiqarish va noishlab 
chiqarish sohalarining rivojlanishi va joylashishida, bu tarmoqlar iqtisodiy 
samaradorligini oshirishda mavjud tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy-resurslardan 
samarali foydalanishda barcha omillar majmuasini hisobga olish samarali hududiy 
ishlab chiqarish tizimini shakllantirish imkonini beradi. 
Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda barcha shart - sharoitlar, omillar 
hisobga olinadi. Lekin, ma
ь
lum tarmoqni hududiy tashkil etishda barcha omillar 
emas, balki ulardan faqat ayrimlari yetakchi, hal etuvchi rol
ь
uynaydi. Bu masalani 
tushunish uchun yaratiladigan maxsulot uchun suv yoki elektr quvvati, ishchi 
kuchining qay darajada sarflanishi k
o’
rsatish kifoya. Boshqacha qilib aytganda 
kasr maxrajida maxsulot birligi, uning suratida esa alohida-alohida omil turadi 
(masalan, 1 tonna shakar olish uchun qancha kand lavlagi ishlatiladi, qancha elektr 


kuvvati yoki mehnat sarflanadi) turadi. Q
aysi omil bo’y
icha yirik son chiksa, 
odatda uning axamiyati shuncha joylashtirishda belgilovchi, aniqlovchi vazifani 
o’
taydi. 
Shuni alohida qayd etish joizki, ma
ь
lum tarmoqka kiruvchi barcha 
korxonalar yoki kichik «tarmoqchalar» uchun bittagina omil tegishli bo’lishi 
mumkin. Jumladan, mashinasozlik tarmo
g’
iga kiruvchi ba
ь
zi bir korxonalarni 
joylashtirishda xom ashyo (metall) ko’proq axamiyatga ega bo’lsa, boshqasi
uchun 
malakali ishchi kuchi muhim omil hisoblanadi. 

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish