O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti



Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/132
Sana13.06.2022
Hajmi2,16 Mb.
#665105
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   132
Bog'liq
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари

Olcha –
 
Cerasus vulgaris.
Olchani bo’yi 2,5-7,5 metrga boradigan shifobaxsh 
mevali daraxt. Mevalari pushti, to’q qizil, rangda, dumaloq bo’lib mayda (diametri 
15 mm dan 17 mm gacha boradi), eti shirin, sal nordonroq. Navlari ko’p, barglari 
navbatma-navbat joylashgan, to’q qizil rangda, teskari tuxumsimon, cheti tishli, 
mevasi sharsimon bo’lib, danagi etidan ajralmaydi. 
Olcha viloyatimiz sharoitida mart-aprelda gullab, mevasi iyun-iyulda yetiladi. 
Olchaning tarqalish areali keng bo’lib, u Ukraina, Volga bo’yi, SHimoliy Kavkaz, 
Krim, Dog’iston, Markaziy Osiyo respublikalari, Uzoq SHarqda ko’p ekiladi. Iroq, 


131 
Afg’oniston, Xitoy, Yaponiya, Angliya va boshqa mamalkatlardaham keng 
tarqalgan. Olchani tibbiyotda inson salomatligini tiklashda ildizlari, barglari, 
gulbandlari va mevalari ishlatiladi. Olcha mevalaida 3,84-5,24 foiz glyukoza, 3,31-
4,31 foiz qruktoza va 0,29-0,8 foiz saxaroza, 0,1 foiz gemitsellyuloza, 0,5 foiz 
kletchatka, 0,4-1,1 foiz pektin, 0,8 foiz oqsil moddalari, 0,4 foiz yog’lar bo’ladi. 
Umumiy kislotalar miqdori olchaning navlariga qarab 1,46 foizdan 2,16 
foizgacha boradi. Olchada talaygina vitaminlar, jumladan B guruhi vitaminlari, 
vitamin E, P, karotin, biotin bor. Olcha tarkibidagi makro- va mikroelementlar 
miqdori (mg foiz hisobida): kaliy – 256, kalsiy – 35, magniy – 26, natriy – 20, 
oltingugurt – 6, fosfor – 30, xlor – 8, bor – 2, nikel– 15, ftor – 13, rux – 150, olchada 
oshlovchi moddalar kumarin, katexinlar va boshqalar ham bo’ladi. 
Xalq tabobatida olcha suvini traxeit, bronxitlarda balg’am kuchiruvchi vosita 
sifatida, mevalarning etidan suvda tayyorlangan ekstraklarini esa shamollashga 
aloqador kasalliklarda issiqni pasaytiruvchi vosita tariqasida, shuningdek ishtahani 
kuchaytirishi uchun ko’ngilni ochadigan hamda qalqonlikka davo bo’ladigan dori 
tariqasida ishlatish tavsiya etiladi. SHamollashga aloqador va har xil isitmali 
kasalliklarda olcha suvi, sharbati, murabbosi, kokisidan tayyorlangan qaynatmasi, 
umuman ko’ngilni ochib, tonusni kuchaytiradigan vosita tariqasida keng 
qo’llaniladi. Gullaridan damlagan choyi, shoxlaridan tayyorlangan qaynatmasi va 
barglarining damlamasi milk yallig’lagan paytda, anginalarda, badan kuygan 
paytlarda og’iz va tomoqni chayish, kuygan joylarga qo’yish uchun ishlatiladi. 
Ildizlaridan tayyorlangan qaynatmasi ich surgi o’rnida qo’llaniladi.
Qadimgi hakimlar olcha mevalarini umuman quvvatga kirgizadigan, qonni 
ko’paytiradigan, changqoqni qoldiradigan, balg’amni ko’chiradigan vosita 
tariqasida ko’p ishlatishgan. Olcha ichni qotiradigan xususiyatiga ham egadir. Uning 
bu xususiyati kokisida yangi mevasidagidan ko’ra kuchliroq. Zamonaviy tabobatda 
olchadan ishtaha ochish uchun, siydik haydaydigan, balg’am ko’chiradigan, 
yallig’lanishga qarshi ta’sir ko’rsatadigan, antiseptik, antianemik, antisklerotik 
vosita tariqasida foydalaniladi. Olcha ich ketishiga ham davo bo’ladi, shuningdek, 
kapillyarlar o’tkazuvchanligini kamaytiradi. Olchada bo’ladigan kumarinlar va 
oksikumarinlar qon uchuvchanligini ko’payib ketgan mahallarda yaxshigina 
shifobaxsh ta’sir ko’rsatadi. SHu munosabati bilan olcha miokard infarktini 
kechirgan odamlarga foydalidir. 
Olcha mevalarida yallig’lanishga qarshi va burishtiruvchi ta’sir ko’rsatadigan 
hamda ichakdan zaharli moddalar surilishini kamaytiradigan pektin bor. Olcha 
mevalari odam ishtahasini ochib, ovqat hazmini yaxshilaydi, chanqoqni bosib, ichni 
bir qadar bo’shashtiradi. Olcha urug’laridantayyorlanadigan qaynatmalar sezilarli 
darajada siydik haydovchi ta’siriga ega bo’lib, siydik tosh xastaligi, xronik kolitlar, 
ichak atoniyasiga davo qilishga ishlatiladi. Sutda qaynatadigan yangi barglari sariq 
kasalligida (gepatitlarda) bir qadar naf beradi. Olcha meva barglari va novdalaridan 
tayyorlangan qaynatmasi yallig’lanishga, revmatizmga qarshi va qon to’xtatuvchi 


132 
xususiyatiga egadir. Uni enterokolitlarda, badanga shish kelgan va hayz paytida ko’p 
qon ketayotganda qo’llaniladi. SHuningdek, kamqonlik, isitma holatlarida umuman 
quvvatiga kiritadigan va yengil surgi vositasi tariqasida buyuriladi. Olcha 
mevasining eti va suvi antiseptik xossaga ega bo’lib, mikroblarga qarshi ta’sir 
ko’rsatadi: 
1. Olchadan uy sharoitida qaynatma tayyorlash uchun 2 osh qoshiq 
miqdordagi olcha mevasi ustiga solingan sirli idishga 400 ml qaynoq suv qo’yib, u 
boshqa idishdagi suvda 20-30 minut qaynatiladi, keyin idish suvdan olinib
qaynatma sovutiladi, umuman quvvatga kirg’izadigan vosita tariqasida ovqatdan 
ilgari yarim-bir stakandan kuniga 2-3 mahal ichiladi. 
2. 10 gramm miqdordagi olcha mevalarni ustiga 200 ml qaynoq suv 
qo’ilib,idishdagi suv ustiga un minut qaynatiladi, keyin sovutib suzib olinadida
gipertoniya xastaligi, ich ketarda, badanga shish kelganda, siydik tosh kasalligi va 
boshqa kasalliklarda ichiladi. 
Olcha tarkibida 12-14 % oshlovchi modda bor. Mahalliy aholi uni poya va 
ildizi qobig’idan teri oshlash uchun tannid, matolarni ranglash uchun buyoq oladi. 
Mevasidan esa har xil siroblar va ‘rafyumeriya hamda oziq-ovqat uchun (limonad, 
ichimliklar) rang buyoq oladi. 

Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish