Selderey
(
A’ium graveolens
) - soyabongullilar yoki selderey-simonlar
oilasiga kiradi. Seldereyning 3 ta: ildizmevali, bandli va bargli xillari mavjud.
Ildizmevali selderey birinchi yil is¬tehmolga yaroqli yumaloq ildizmeva va to’pbarg
hosil qiladi. Bandli selderey o’simligining yo’g’on barg bandi ovqatga ishlatiladi.
Bargli selderey barra hosil qiladi.
Bizda asosan ildizmevali selderey o’stiriladi.
O’suv davri uzun bo’lib 150-200 kunni tashkil etadi. Selderey urug’i juda mayda
bo’lib, sekin bo’rtadi, unib chiqadi (15-20 kunda), hamda maysalari ham sekin
o’sadi. SHuning uchun uni odatda, parniklarda o’stirilgan ko’chatlardan
ko’paytiradilar. Selderey hayotining ikkinchi yili gulpoya hosil qiladi. Gulto’plami
murakkab soyabon. Guli ikki jinsli bo’lib, chetdan hasharotlar yordamida
changlanadi. 1000 ta urug’ vazni 0,35-0,5 garmm. Unuvchanligi 1 klass urug’larida
75 %. Selderey sovuqqa chidamli o’simlik, tuproq unumdorligiga talabchan.
CHunki unumdor, oziq elementlarga boy tuproqlarda yaxshi o’sadi.
O’zbekistonda ildizmevali seldereyning Yablochniy navi ekiladi. Bu nav
tezpishar, hosildor (200 s.ga va ziyod).
Ildizmevasi yumaloq va yumaloq-yassi, yirik
vazni 200-300 gramm. To’pbargi katta emas, yarim tarqoq. U 15-26 ta uzunligi 24-
45 sm gacha to’q-yashil bargdan iborat. Ildizmeva tarkibida 14,4-18,7 % quruq
modda, 1,1-3,9 % shakar, 11,0-16,8 mg% C vitamin, bargida esa 11,4-14,1 % quruq
modda, 1,6-2,5 % shakar, 25-51 mg% C vitamini hamda 2,9-3,0 mg % karotin bor.
Tomatdosh sabzavot ekinlar vakillari va ularning ahamiyati.
Sabzavot-
poliz ekinlarining tomatdosh sabzavot ekinlar vakillariga tomatdoshlar oilasiga
mansub – pomidor, qalampir, boyimjon va fizalis kiradi. Bular issiqqa, namlikka va
tuproqdagi oziq moddalarga talabchanligi, o’suv davrining uzoq davom etishi bilan
xarakterlanadi. SHuning uchun asosan janub ekini bo’lib, bizda keng ekiladi.
Pomidor
- eng muhim va qimmatli sabzavot ekinlaridan biri hisoblanadi.
Uning pishgan mevasi nihoyatda lazzatliligi, parxezliligi bilan ajralib, tarkibida turli
vitaminlar, mineral tuzlar, organik kislotalar va uglevodlar saqlaydi. pomidor qizil
mevasining biokimyoviy tarkibi quyidagicha (ho’l vazniga nisbatan, %): quruq
55
modda – 0,6-6,6; oqsil – 0,95-1,0; shakar – 4,0-5,0; moylar – 0,2-0,3; sellyuloza –
0,8-0,9; kul – 0,6; organik (olma, limon) kislotalar – 0,5; vitamin S askorbin kislota)
– 19-35 mg.%; karotin (provitamin A) – 0,2-2 mg.%; tiamin (B1) – 0,3-1,6 mg.%;
riboflavin (B2)- 1,5-6 mg.%;
Lekin, pomidor mevasining tarkibi o’zgaruvchan bo’lib, u ekin naviga,
mevalarning pishish darajasiga, hosilni yig’ish muddatiga, o’stirish sharoiti va
texnologiyasi kabi omillarga bog’liq. Eng shirin, sifatli, lazzatli, shifobaxsh hamda
kaloriyali (215 kaloriya 1 kg mevada) hosil bizda yetishtiriladi.
Pomidor yangiligicha, tuzlangan va marinovkalangan holda iste’mol qilinadi.
U konserva (qayta ishlash) sanoati uchun muhim xom ashyo hisoblanadi. pomidor
mevalari terib olingach, yetilish xususiyati va uzoq saqlashga chidamli. SHuning
uchun uni iste’mol qilish muddatini hosil yig’ib olingach yana 1,0-1,5 oyga
uzaytirish mumkin.
Pomidor shirasini qaynatib tayyorlangan tomat-’yure, tomat-pasta, tomat
sharbati (soki) qimmatli oziq-ovqat mahsulotlaridan hisoblanadi. CHunki, bunday
pomidor mevasi mahsulotlarida vitaminlar to’liq saqlanib qoladi. Bizda pomidor
pishgan mevalari oftobda quritilib, qoqi ham olinadi. pomidor qayta ishlangach,
undan qolgan chiqindilar, tarkibida 17-29% gacha moyi bo’lgan urug’lari iste’mol
qilishga yaroqli pomidor moyi olishga, kunjarasi esa chorva mollari uchun oziqa va
o’g’it sifatida foydalaniladi.
Poyasi naviga qarab, yotib yoki tik o’sadigan bo’lishi mumkin. poyasi tik
o’sadigan navlar oziqlanish maydonining katta bo’lishini talab qilmay, ularni
mexanizatsiya yordamida parvarishlash oson. Naviga qarab, poyasining balandligi
ham o’zgarishi mumkin. Baland bo’yli pomidor navlari ko’pincha kechpishar
bo’ladi va meva shoxlarining siyrak – 2-3 ta bargdan keyin joylanishi bilan farq
qiladi. SHu sababli baland bo’yli navlarning hosil berish davri chopzilib ketadi. past
bo’yli navlar 1-2 ta bargdan keyin, to’pgulining g’uj joylashganligi, tezpisharligi va
ommaviy meva tugishi, bir vaqtda pishishi bilan xarakterlidir;
Bargi o’simlikning naviga qarab, turlicha kesimli, shakli va sathining tuzilishi
ham har xil (silliq yoki g’adir-budur) bo’lishi mumkin;
Mevasining yirikligi. Mevasining og’irligi 70 g gacha bo’lganlari mayda
mevali, 70-100 g gacha bo’lganlari o’rtacha, 100 g dan yuqorilari yirik mevali navlar
hisoblanadi. Faqat yangiligida is-tehmol qilinadigan navlarining mevalari ancha
yirik bo’lgani yaxshi. Konserva qilinadigan navlar mevasi yirik bo’lishining
ahamiyati yo’q. Tuzlash va konservalash uchun esa mevasi mayda pomidor navlari
maqsadga muvofiq;
Mevaning shakli o’simlikning naviga qarab yumaloq-yassi, yumaloq,
olxo’risimon yoki noksimon bo’lishi mumkin; mevaning rangi po’stining va u orqali
ko’rinib turadigan etining rangiga bog’liq. Rangi qizil, pushti yoki ana shu
ranglarning turlicha tuslari aralashgan sarg’ish bo’lishi mumkin. Qizil mevali navlar
56
vitamin A (karotin) ga boy bo’ladi. pushti va ayniqsa sariq mevali navlarida bu
vitamin deyarli bo’lmaydi;
Respublikamizda pomidorning ertapishar Talalixin-186, Temnokrasniy 2077;
o’rtatezpishar Peremoga-165, Vostok-36, Progressivniy, Raketa, O’zbekiston-178,
Surxon-142; o’rtapishar Volgogradskiy 5/95, TMK-22, Novinka ‘ridnestrovya,
Bohodir, Ronko, Riogrande, Riofuego navlari hamda Briksi F1, Sulton F1, Kaltlrok,
So’rano F1, Superstreyn duragaylari, o’rtakechpishar Oktabr 60, Yusupovskiy
navlarini ekish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |